1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-avgust,
484-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 484-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda:
“21. Mazkur Nizomga muvofiq quyidagi hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi:
texnik reglamentlar;
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar;
sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya normalari va qoidalari;
shaharsozlik normalari va qoidalari;
ekologik normalar va qoidalar;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar.
Ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda hisobga olinadi”;
“jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik, qoʻshimcha toʻlov va yigʻimlarni belgilaydigan, ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutadigan, ular uchun asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keladigan, ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi”;
v) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “xat, telefonogramma” soʻzlari “texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, xatlar, telefonogrammalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Meʼyoriy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish unga adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa asosida unikal raqam bergan holda davlat reyestriga kiritish orqali amalga oshiriladi”;
toʻrtinchi xatboshidan “shuningdek tadbirkorlik subyektlari javobgarligining yangi choralarini belgilovchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“17. Vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin”.