1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq kadastr sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga;
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga;
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga;
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga;
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5-ilovaga;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5a-ilovaga muvofiq;
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5b-ilovaga muvofiq;
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5v-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
kadastr sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiyalashtirishni va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi, shu jumladan ularning faoliyati yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, davlat xizmatlarni koʻrsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi X.S. Turaxujayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-sentabr,
535-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Koʻchmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yigʻmajildini shakllantirish natijasida koʻchmas mulk obyekti boʻyicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
3. Kadastr pasportining shakllari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq turlar boʻyicha belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
4. Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida boʻlinganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan soʻng ularning bir qismiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtganda;
yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari oʻzgarganda;
koʻchmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki oʻzgartirishda;
5. Kadastr pasportini olish hamda belgilangan tartibda koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra bir vaqtda yoki alohida murojaat qilish mumkin.
Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga koʻra obyektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta soʻrovnomaga asosan kadastr pasporti, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasi, koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi reyestrdan koʻchirma bir vaqtda beriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga oʻtganda, bekor boʻlganda yoki koʻchmas mulk obyektining huquqiy holati oʻzgarganligini tasdiqlash yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha murojaat qilinganda, ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra qogʻoz yoki plastik shakldagi kadastr pasporti beriladi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filiallari (keyingi oʻrinlarda — DK filiallari) kadastr yigʻmajildini shakllantirib, uning natijasi boʻyicha kadastr pasportini taqdim etadilar.
Davlat siri bilan bogʻliq boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha kadastr pasportini tayyorlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri DK filiallariga murojaat qilinadi.
7. Davlat xizmatlari markazlari va DK filiallari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
8. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
9. Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
10. Ariza beruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
11. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida DK filialiga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda DK filialiga yuboriladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
14. DK filiali zarur hollarda ariza beruvchi bilan kelishib, soʻrovnomada koʻrsatilgan joyga chiqqan holda, obyektning parametrlari boʻyicha oʻlchov ishlarini amalga oshiradi, xatlovdan oʻtkazadi hamda talab etilganda koʻchmas mulk obyektining manzilini belgilaydi yoki oʻzgartiradi.
15. Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan vaqtda va manzilda boʻlmagan taqdirda, soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami orqali aloqaga chiqilib, sababi aniqlanadi va bu haqda xolislar (qoʻshnilar) ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va murojaat (soʻrovnoma) koʻrilmasdan qoldiriladi.
Rasmiylashtirilgan dalolatnomaga asosan murojaat (soʻrovnoma) koʻrilmasdan qoldirilganligi haqida DK filiali masʼul xodimlari tomonidan ERI bilan tasdiqlangan xabarnoma 1 ish kuni davomida tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
16. Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) koʻchmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha:
koʻp kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
b) koʻchmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi boʻyicha:
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari boʻyicha — 3 ish kunigacha.
Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.
17. Toshkent viloyati va Toshkent shahrida malaka shahodatnomasiga ega boʻlgan koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi tomonidan oʻtkazilgan texnik xatlov natijasiga koʻra tayyorlangan kadastr ishlari taqdim etilgan taqdirda, DK filiali tomonidan kadastr pasporti ariza beruvchiga 3 ish kuni mobaynida rieltorlik tashkilotlari orqali taqdim etiladi.
18. Kadastr yigʻmajildi shakllantirilgandan soʻng DK filiali tomonidan kadastr pasporti berish va koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish (talab etilganda) uchun toʻlov miqdori qiymati koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Bunda qogʻoz shaklidagi kadastr pasporti YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.
Kadastr pasportini berish uchun undiriladigan toʻlov miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga asosan belgilanadi.
19. Davlat xizmatlari markazlari xabarnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomani olgandan soʻng bir oy mobaynida kadastr pasportini berishning toʻlov qiymatini xabarnomada qayd etilgan miqdorda toʻlaydi.
Sud boshqaruvchisiga kadastr pasporti oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasdan beriladi va xabarnomada koʻrsatilgan toʻlovning oʻrni sud boshqaruvchisi tomonidan “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 150-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Kadastr pasporti berish uchun toʻlov qiymati toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimi orqali tasdiqlanadi.
Belgilangan muddatda tegishli toʻlov miqdori toʻlanmasligi kadastr pasportini berishni rad etish uchun asos boʻladi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi umumiy tartibda davlat xizmatidan foydalanish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.
20. Toʻlov miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
15 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) rieltorlik tashkilotlari orqali murojaat etilganda:
10 foizi — rieltorlik tashkilotlari hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
21. Xabarnomada koʻrsatilgan toʻlov toʻliq toʻlangandan soʻng Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan tizimdan kadastr pasportini yuklab olish (qogʻoz yoki plastik shaklda chop etish) imkoni paydo boʻladi va ariza beruvchiga real vaqt rejimida kadastr pasporti beriladi.
22. Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasi.
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Arizaberuvchi
1. Kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filialiga (DK filiali) yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
DKfiliali
1. Obyektda joyiga chiqib oʻlchov ishlarini amalga oshiradi va toʻlov miqdori qiymati koʻrsatilgan xabarnomani (invoys) Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
2. Obyekt manzilini belgilaydi yoki oʻzgartiradi (talab etilganda).
Reglamentda koʻrsatilgan
(obyekt murakkabligidan kelib chiqib) muddatlarda
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Xabarnomani (invoys) ariza beruvchiga beradi.
1. Real vaqt rejimida
2. Avtomatik tarzda
5-bosqich
Arizaberuvchi
Xabarnomada (invoys) belgilangan toʻlovni amalga oshiradi.
1 oy mobaynida
6-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Tizimdan kadastr pasportini yuklab oladi (chop etadi) va ariza beruvchiga kadastr pasportini beradi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)
III. Kadastr pasportini tayyorlashning maqsadi:
1. Yangi koʻchmas mulk obyektiga (birlamchi) kadastr pasportini shakllantirish
(toʻlov asosida)
koʻp kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
noturar joy toifasidagi koʻchmas mulk obyektining kadastr pasporti;
yer uchastkasining kadastr pasporti;
koʻp kvartirali turar joyda joylashgan noturar joyning kadastr pasporti;
qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.
2. Koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, obyektda oʻzgarishlar mavjud boʻlmaganda bepul asosda kadastr pasportini berish
kadastr pasporti yaroqsiz holga kelganda yoki yoʻqolganda;
begonalashtirilganda (egasi oʻzgarganda);
rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilgand, obyektning qolgan qismiga.
3. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarning kadastr pasporti, obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma va reyestrdan koʻchirmasini bir vaqtda berish
a) kadastr pasporti (toʻlov asosida);
b) obyektni foydalanish uchun ruxsatnomasi (bepul);
v) koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi reyestrdan koʻchirma (bepul).
4. Koʻchmas mulk begonalashtirilganda yoki eski kadastr hujjatini (oʻzgarishsiz) yangi shakldagi kadastr pasportiga yangilash (bepul)
Siz ijtimoiy imtiyozga egamisiz?
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)
Kadastr pasporti shakli:
qogʻoz shaklida
plastik shaklda
IV. Soʻrovnomaga ilova:
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatning skanerlangan nusxasi: (notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shatrnomasi, sud qarori va uning rekvizitlari va shunga oʻxshash hujjatlar) mavjud boʻlganda.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 2-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni (keyingi oʻrinlarda — ipoteka) davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi (birlamchi bozordan koʻchmas mulk olishda ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma bundan mustasno) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
3. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Qonun asosidagi ipoteka alohida ariza berilmasdan va roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va Reyestrdan koʻchirma taqdim etadi.
6. Tijorat banklari, davlat notarial idoralari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) va Markaz oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vakolatli organlar orqali oʻzi kelib murojaat etganda, vakolatli organ xodimi ariza beruvchi nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga ipoteka shartnomasi ilova qilinadi.
9. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilganda, yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
10. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat notarial idoralari orqali murojaat etganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) tijorat banklari orqali murojaat etganda:
10 foizi — tijorat banklarning hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
11. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
13. Zarur maʼlumotlar rasmiylashtirilgandan va soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng vakolatli organ uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi va Markazga yuboradi.
14. Quyidagilar roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi:
taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan roʻyxatdan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan kundan boshlab bir oy mobaynida ipotekani roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
15. Markaz soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, koʻchmas mulk obyekti boʻyicha ipoteka taqiqi qoʻyadi, QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va tegishli vakolatli organga yuboradi.
16. Vakolatli organlar Reyestrdan koʻchirma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi yoki talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Vakolatli organlar talabgorning soʻroviga koʻra, unga Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida berishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan holda arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha berilgan elektron hujjatlar asli bilan tenglashtiriladi.
18. Vakolatli organlar va Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
20. Ariza beruvchi vakolatli organlar va Markaz xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ipotekani davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun tijorat banklari, davlat notarial idoralari (vakolatli organlar) orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshiradi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Vakolatli organ
Soʻrovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Markaz
1. Ipotekani roʻyxatdan oʻtkazadi, tegishli reyestrdan koʻchirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi.
2. Ipotekani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Vakolatli organlar
1. QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan tegishli reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. Ariza beruvchining oʻzi kelib murojaat qilganda reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
__________________
(sanasi)
_______________
(raqami)
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha SOʻROVNOMA
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. STIR (JSHSHR):
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Joylashgan joyi:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻchmas mulk obyektining nomlanishi: (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):
2. Koʻchmas mulk obyektining manzili (indeks, manzil, moʻljal):
3. Koʻchmas mulkning kadastr raqami:
4. Siz ijtimoiy imtiyozga egamisiz?
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 3-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Bir yildan kam boʻlmagan muddatga tuzilgan koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma) davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
3. Shartnomaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.
Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va Reyestrdan koʻchirma taqdim etadi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlarii xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Soʻrovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
13. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida Markazga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda Markazga yuboriladi.
16. Quyidagilar shartnomani davlat roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan roʻyxatdan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
17. Markaz soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
18. Davlat xizmatlari markazlari Reyestrdan koʻchirma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
21. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
22. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Shartnomani davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshiradi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Markaz
1. Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazadi, Reyestrdan koʻchirmani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi.
2. Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu xaqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilganda Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
__________________
(sanasi)
________________
(raqami)
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. STIR (JSHSHR):
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Joylashgan joyi:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻchmas mulk obyektining nomlanishi: (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):
2. Koʻchmas mulk obyektining manzili (indeks, manzil, moʻljal):
3. Koʻchmas mulkning kadastr raqami:
4. Siz ijtimoiy imtiyozga egamisiz?
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) koʻchmas mulk egasi qoʻshni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni (keyingi oʻrinlarda — servitut) davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Servitut uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi.
3. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish;
oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish;
oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olish;
mollarni oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
Servitut shakli ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq namunaviy shakl boʻyicha ariza beruvchilar oʻrtasida tuziladi.
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
4. Servitut davlat roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim va yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitutni roʻyxatdan oʻtkazish Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Palata) yer uchastkasi boʻyicha oʻrnatilgan servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va Reyestrdan koʻchirma taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
6. Davlat xizmatlari markazlari va Palata oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
7. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchi servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Soʻrovnomaga servitut yoki sudning qarori ilova qilinadi.
10. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
10 foizi — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
13. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida Palataga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda Palataga yuboriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
16. Quyidagilar servitutni davlat roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi:
taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan roʻyxatdan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Palata soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi xaqida QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
18. Davlat xizmatlari markazlari Reyestrdan koʻchirma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda beradi.
19. Davlat xizmatlari markazlari va Palata oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
21. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
22. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ILOVA
Yer uchastkasining huquq egasi (keyingi oʻrinlarda — huquq egasi), bir tarafdan, va _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________
(servitut oʻrnatilishidan manfaatdor shaxs nomi)
servitut oʻrnatilishidan manfaatdor (keyingi oʻrinlarda — manfaatdor shaxs) ikkinchi tarafdan, birgalikda “Taraflar” deb ataluvchilar ushbu kelishuvni quyidagilar haqida tuzdi:
1. Kelishuv predmeti
1.1. Yer uchastkasi huquq egasiga _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________
(hujjat nomi, berilgan sanasi va raqami)
huquqi bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
1.2. Yer uchastkasining manzili ____________________________________________ _____________________________________________________________________
(yer uchastkasining toʻliq manzili koʻrsatiladi)
1.3. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanadi: _____________________________ _____________________________________________________________________
(servitutning maqsadi koʻrsatiladi)
1.4. Umumiy maydoni ________ kv m.ga teng boʻlgan yer uchastkasining servitut oʻrnatilayotgan qismining umumiy maydoni ___ kv m.ni tashkil etadi.
1.5. Servitut oʻrnatilishi natijasida yerdan foydalanishni cheklash: _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________
(huquq egasi tomonidan yer uchastkasidan foydalanishda yuzaga keladigan cheklovlar koʻrsatiladi)
1.6. Yer uchastkasi boʻyicha oʻrnatilgan servitut boʻyicha kelishilgan sxemasi ilova qilinadi va ushbu sxema kelishuvning ajralmas qismi hisoblanib, yer uchastkasining chegaralari, servitut chegaralari va qoʻshni yerdan foydalanuvchilarning nomlari koʻrsatiladi.
1.7. Ushbu kelishuv boʻyicha servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
1.8. Servitut va ushbu kelishuv 20___ yil “__” ________ ga qadar amal qiladi.
1.9. Manfaatdor shaxs tomonidan yer uchastkasining bir qismidan cheklangan tarzda foydalanishi (servitut) uchun yigʻim miqdori: ________________________________________________________________________________________________________________________________________
(toʻlov miqdori va uni amalga oshirish muddati, toʻlovni amalga oshirish shartlari yoki toʻlovning mavjud emasligi koʻrsatiladi)
1.10. Yer uchastkasining huquq egasi oʻzgargan taqdirda, servitut berish shartlari, shu jumladan, kelishuv boʻyicha toʻlov miqdori saqlab qolinadi.
2. Taraflarning huquq va majburiyatlari
2.1. Yer uchastkasining huquq egasi quyidagilarga majbur:
servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab manfaatdorga ushbu kelishuvning 1.2-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasining ushbu kelishuvning 1.4-bandida koʻrsatilgan maydonidan cheklangan tarzda foydalanish huquqini taqdim etish;
ushbu kelishuvning 1.5-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklovlarga rioya qilish;
manfaatdor shaxsga servitutdan maqsadli foydalanishga toʻsqinlik qilmaslik;
yer uchastkasidan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan uni yigʻishtirish, qoʻriqlash, taʼmirlash va unga boshqacha tarzda xizmat koʻrsatish;
uchinchi shaxslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash toʻgʻrisida kelishuv tuziladig?n taqdirda, ushbu masalani manfaatdor shaxs bilan yozma shaklda kelishish
2.2. Yer uchastkasining huquq egasi quyidagilarga haqli:
manfaatdor tomonidan servitutdan muntazam ravishda ushbu kelishuvga asosan belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda, ushbu kelishuvni bekor qilishni talab qilish;
servitut tashkil etilgan asoslar bekor qilingan taqdirda, manfaatdor shaxsni bu haqda yozma ravishda xabardor qilish orqali ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
oʻz vaqtida toʻlanmagan servitut uchun toʻlovni undirish uchun sudga murojaat qilish;
manfaatdor shaxs yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanganlik (servitut) uchun mazkur kelishuvning 1.9-bandida koʻrsatilgan miqdor va muddatlarda haq toʻlamasa, manfaatdor shaxsni shartnomani bekor qilish haqida ogohlantirish, manfaatdor tomondan rad javobini olganda yoki qonunda yoxud shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmaganida esa — oʻttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin talabni sudga taqdim etish.
2.3. Manfaatdor quyidagilarga majbur:
yer uchastkasining huquq egasi bilan birgalikda servitutni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
servitutdan faqat ushbu kelishuvga asosan belgilangan maqsadlarda foydalanish;
servitut oʻrnatilgan yer uchastkasidan foydalanishda, ushbu kelishuvning 1.4-bandida koʻrsatilganidan tashqari, huquq egasiga qoʻshimcha cheklovlar yaratmaslik;
servitut oʻrnatilishiga asos boʻlgan harakatlarni jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali amalga oshirish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, yer uchastkasi huquq egasining birinchi talabiga koʻra servitutdan foydalanishni toʻxtatish;
uchinchi shaxslar bilan ushbu yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash toʻgʻrisida kelishuv tuzish masalasini kelishish yuzasidan yer uchastkasining huquq egasidan xabarnoma olingan taqdirda, shunday xabarnoma olingan paytdan boshlab ____________ kun ichida yozma ravishda javob berish.
2.4. Manfaatdor shaxs quyidagi huquqlarga ega:
ushbu shartnomaning 1.3-bandida nazarda tutilgan servitut maqsadlaridagi harakatlarni amalga oshirish;
servitut oʻrnatilishiga asos boʻlgan harakatlarni jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali amalga oshirish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, shartnoma talablarini toʻliq bajargan tartibda, shartnomada bunday talablar keltirilmagan taqdirda, taraflarning oʻzaro kelishuvi asosida servitutdan foydalanishni toʻxtatish.
3. Servitut amal qilishini bekor qilish hollari
3.1. Ushbu kelishuv bilan belgilangan servitutning amal qilishi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
servitut oʻrnatilishi sababi (maqsadi) tugaganda;
manfaatdor shaxs va yer uchastkasining huquq egasi bitta shaxs boʻlib qolganda;
manfaatdor shaxs servitutdan voz kechganda, buning uchun servitut bekor qilinishidan ______kun oldin yer uchastkasi huquq egasiga yozma xabarnoma yuborishi zarur;
ketma-ket ____________ yil mobaynida servitutdan foydalanilmaganda;
manfaatdor shaxs yer uchastkasidan cheklangan foydalanganlik (servitut) uchun haq toʻlashni rad etgan taqdirda;
servitut bitimida belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadda foydalanish.
4. Fors-major holatlari
4.1. Taraflar bir-birlarini fors-major holatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida ular yuzaga kelgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida xabardor qilishi kerak.
4.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, ushbu kelishuv boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati shunday holatlar va ularning oqibatlari amalda boʻlgan davrga koʻchiriladi.
5. Yakunlovchi qoidalar
5.1. Ushbu kelishuvga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda amalga oshiriladi va shartlashayotgan Taraflarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi.
5.2. Ushbu kelishuv boʻyicha nizolar Taraflar tomonidan muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi, kelishuvga erishishning imkoni boʻlmaganda esa — sud orqali hal etiladi.
STIR (jismoniy shaxs boʻlganda JSHSHIR): _____________________________
STIR (jismoniy shaxs boʻlganda JSHSHIR): _____________________________
Bank hisob raqami: _____________________________ _____________________________ _____________________________
Bank hisob raqami: _____________________________ _____________________________ _____________________________
M.Oʻ.
M.Oʻ.
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ILOVA
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Servitutni davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qiladi
yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshiradi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani Palataga yuboradi
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Palata
1. Servitutni roʻyxatdan oʻtkazadi, tegishli reyestrdan koʻchirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi.
2. Servitutni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-
kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilganda Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ILOVA
__________________
(sanasi)
________________
(raqami)
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha SOʻROVNOMA
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. STIR (JSHSHR):
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Yuridik manzili:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻchmas mulk obyektining nomlanishi: (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):
2. Koʻchmas mulk obyektining manzili (indeks, manzil, moʻljal):
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5-ILOVA
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) respublika miqyosida nomida turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) berish tartibini belgilaydi (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi soʻrovnomalari bundan mustasno).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) maʼlumotnoma taqdim etadilar.
3. Davlat xizmatlari markazlari yoki davlat organlari va Markaz oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
4. Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi yoki davlat organi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
8. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yigʻim undiriladi (har bir shaxs uchun).
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) davlat organlari orqali murojaat etilganda:
10 foizi — davlat organlari hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
10. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib yoki davlat organlari orqali murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari yoki davlat organlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng soʻrovnoma real vaqt rejimida Markazga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda Markazga yuboriladi.
13. Palata soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
14. Davlat xizmatlari markazlari maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga maʼlumotnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
17. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi, davlat organlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. Davlat organlari
Soʻrovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Markaz
1. QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
2. Maʼlumotnoma rasmiylashtirishni rad etadi.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Maʼlumotnomani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot- kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilganda, maʼlumotnomani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
________________
(sanasi)
_________________
(raqami)
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha SOʻROVNOMA
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. STIR (PNFL):
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Maʼlumotnoma oluvchilar:
T/r
F.I.O. (oʻzgargan boʻlsa, oldingi F.I.O. ham koʻrsatiladi)
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi
№ ___________
Hujjat yaratilgan sana: ______
Hujjat berilgan: F.I.O.
Ariza raqami: _________
Qabul qiluvchining identifikatsiya raqami:
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida MAʼLUMOTNOMA
Fuqaroning 20__ “__” ____dagi __ son arizasiga asosan, 20__ “__” ____ holatiga Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestrida quyidagi maʼlumotlar mavjud:
T/r
F.I.O.
Oldingi F.I.O.
Turar joy
Huquq turi
Kadastr raqami
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun repo.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning mobil telefon yordamida QR-kodini skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
QR-code
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5a-ILOVA
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarning koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻp yillik dov-daraxtlarning turlari, soni va ular egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritish orqali amalga oshiriladi.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishini qamrab oladi.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqining yuzaga kelishi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
3. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bekor qilinishi va cheklanishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi uchun quyidagilar asos boʻladi:
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarori yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkalarini ularda joylashgan koʻp yillik dov-daraxtlar bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori;
koʻp yillik dov-daraxtlarning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, koʻp yillik dov-daraxtlarning renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga oʻtishi nazarda tutilgan, notarial tasdiqlangan shartnomalar;
koʻp yillik dov-daraxtlarni yoʻq qilish toʻgʻrisida mulkdorning qarori;
koʻp yillik dov-daraxtlarning tabiiy ofatlar natijasida barham topganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud undiruvchi va qarzdor oʻrtasida koʻp yillik dov-daraxtlarni berish toʻgʻrisida davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma.
Huquqning bekor boʻlishi koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarning bekor boʻlgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
koʻp yillik dov-daraxtlar xatlab qoʻyilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma;
koʻp yillik dov-daraxtlarning boshqa shaxsga oʻtkazilishini taqiqlash toʻgʻrisidagi xabarnoma;
koʻp yillik dov-daraxtlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnoma.
Huquqlarning cheklanishi koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarning cheklanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
4. Ijaraga olingan yer uchastkasida yaratilgan koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, ushbu koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi ham boshqa shaxsga oʻtadi.
5. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari) tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
7. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi yuzaga kelganda, boshqa shaxsga oʻtganda, bekor qilinishida, cheklanganda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Arizada koʻp yillik dov-daraxtlar oʻsadigan yer uchastkasining kadastr raqami koʻrsatiladi hamda koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
11. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan toʻlov miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga asosan belgilanadi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, belgilangan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻimni undirish Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar uni koʻrsatishdan bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
14. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida tegishliligi boʻyicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalariga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishliligi boʻyicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalariga yuboriladi.
15. Quyidagilar koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
koʻp yillik dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganligi;
koʻp yillik dov-daraxtlarning birlamchi kadastr yigʻmajildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilganligi;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻxtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
huquqlarning yuzaga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi;
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik (bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun xabarnomada koʻrsatilgan toʻlov miqdori bir oy mobaynida toʻlanmagan buyurtmalar avtomatik rad etiladi).
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan roʻyxatdan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan kundan boshlab bir oy mobaynida mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
16. Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalari soʻrovnoma tushgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
17. Davlat xizmatlari markazlari Reyestrdan koʻchirma tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Davlat xizmatlari markazlari va Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
21. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqiga ega boʻlgan kundan boshlab 1 oy mobaynida
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Arizani Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining boshqarmalari
1. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazadi, Reyestrdan koʻchirmani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi.
2. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilganda Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
________________
________________
(sana)
(raqami)
Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. JSHSHIR:
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Joylashgan joyi:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
III. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻp yillik dov-daraxtlar oʻsadigan yer uchastkasining kadastr raqami:
2. Yer uchastkasining manzili (indeks, manzil, moʻljal):
IV. Soʻrovnomaga ilova:
1. Koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) berish tartibini belgilaydi.
2. Maʼlumotnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Palata) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga rioya qilgan holda taqdim etiladi.
3. Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnomada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
bino va inshootlarning joylashgan manzili;
bino va inshootlarning kadastr raqami;
bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;
bino va inshootlarning umumiy maydoni;
bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;
bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);
bino va inshootlarga boʻlgan huquqlar turi;
bino va inshootlarga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
cheklanish mavjudligi;
bino va inshootlarning kadastr qiymati.
4. Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki davreestr.uz veb-sayti (belgilangan tartibda avtorizatsiya va identifikatsiyadan oʻtish lozim) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda esa — ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
8. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvaragʻiga, 40 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvaragʻiga, 40 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etilganda mablagʻlarning 40 foizi “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK shaxsiy hisobvaragʻiga, 40 foizi Palata hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Palataning hududiy boshqarmalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
10. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng soʻrovnoma real vaqt rejimida Palataga elektron shaklda yuboriladi.
YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa — soʻrovnoma avtomatik tarzda Palataga yuboriladi.
13. Palata soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.
14. Davlat xizmatlari markazlari maʼlumotnoma tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga maʼlumotnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda taqdim etiladi (koʻchmas mulk mulkdori tomonidan oʻz bino va inshootlarining mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bundan mustasno).
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
16. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
17. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat qiladi.
2. Xizmat koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. davreestr.uz veb-sayti
Soʻrovnomani Palataga yuboradi.
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Palata
QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.
Real vaqt rejimida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. davreestr.uz veb-sayti
1. Maʼlumotnomani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. Oʻzi kelib murojaat qilganda, maʼlumotnomani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
________________
________________
(sana)
(raqami)
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha SOʻROVNOMA
Ariza beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs) toʻldirishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:
1. Jismoniy shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi, yuridik shaxsning nomi (ishonchnoma egasining F.I.O.)
2. Yuridik shaxslarda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxslarda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
3. Koʻchmas mulkning kadastr raqami
4. Jismoniy shaxsning yashash manzili yoki yuridik shaxsning joylashgan joyi (yuridik manzili)
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTNOMA
20__ “__” ______
№ _______
20__ “__” ______da tushgan arizaga asosan shuni maʼlum qilamiz:
Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar
Koʻchmas mulk obyektining nomi
Bino va inshootning turi
Kadastr raqami
Joylashgan joyi
Huquq egasi (egalari) va huquqdagi ulushi
Huquq turi
Huquq belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi
Bino va inshootlarning umumiy maydoni (m2)
Koʻchmas mulkning kadastr qiymati, (soʻm)
Cheklanish mavjudligi
Izoh. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5b-ilovaga muvofiq yuqoridagi maʼlumotlar taqdim qilinadi.
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
1. Mazkur Maʼmuriy reglament Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi (keyingi oʻrinlarda — kadastr muhandisi) — yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yurituvchi kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs;
malaka imtihoni — kadastr muhandisiga qoʻyilgan talablarga talabgorning mos kelishini tekshirishga yoʻnaltirilgan, malaka imtihoni komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan imtihon;
talabgor — kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʻlgan jismoniy shaxs.
3. Kadastr munosabatlari sohasida tayyorlash kurslarida oʻqishni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Palata) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Malaka imtihonini topshirish uchun talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
geodeziya, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
geodeziya, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha kamida bir yil ish stajiga ega boʻlishi yoki ish stajiga ega boʻlmagan holda kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari boʻyicha taʼlim olgan boʻlishi.
5. Kadastr muhandisi Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida faoliyat yuritadi.
Bunda kadastr muhandisi oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzadi yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi.
6. Malaka imtihonini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) direktorining buyrugʻi bilan besh kishidan kam boʻlmagan toq sonli tarkibda malaka imtihoni komissiyasi tashkil qilinadi.
Agentlik direktori malaka imtihoni komissiyasi raisi hisoblanadi.
Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi Agentlik va Palata masʼul xodimlari hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining masʼul vakillaridan shakllantiriladi.
8. Malaka imtihoni komissiyasi qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda komissiya majlisi komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Komissiya majlisini oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, komissiyaning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana va vaqti eʼlon qilinadi.
9. Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malakasini oshirish va ularga malaka shahodatnomasini berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
10. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani hamda ushbu Reglamentning 4-bandida keltirilgan mutaxassisliklardan biri boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi yoki xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasini pdf formatida taqdim etadi.
Talabgor taqdim etgan hujjatlar toʻliq va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlishi zarur.
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Mazkur Reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari qolgan zarur boʻlgan hujjat va maʼlumotlarni, xususan, talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va mehnat daftarchalarining maʼlumotlari Agentlik tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
12. Agentlik ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
13. Agentlik quyidagi asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etadi:
talabgor mazkur Reglamentning 4-bandi talablariga javob bermaganda;
talabgor taqdim qilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilgani aniqlanganda;
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik (bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun xabarnomada koʻrsatilgan toʻlov miqdori bir oy mobaynida toʻlanmagan buyurtmalar avtomatik rad etiladi).
Boshqa asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Talabgorning malaka imtihonini topshirishi rad etilgan taqdirda, Agentlik tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va talabgor rad etish sabablari koʻrsatilgan holda, qabul qilingan qaror haqida bir ish kuni ichida talabgor ariza va hujjatlarni Agentlikka taqdim etgan usulda xabardor qilinadi.
15. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishda rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga uch ish kunilik muddat beriladi.
Belgilangan muddatda talabgor tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmasa, imtihon topshirishga ruxsat etilmaydi va uning arizasi rad etiladi.
16. Talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilinganida talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatiga kiritiladi va roʻyxat malaka imtihoni boshlanishidan oldin malaka imtihoni komissiyasiga topshiriladi.
17. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgor malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi haqida imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida besh ish kuni oldin mobil telefoni (mavjud boʻlganda), pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali xabardor qilinadi.
Malaka imtihonini oʻtkazish kuni, vaqti va joyi toʻgʻrisida maʼlumot vakolatli organning rasmiy veb-saytida mavjud imtihon sanasidan oʻn besh kun oldin joylashtiriladi.
Malaka imtihonini tashkil etish va oʻtkazish, shu jumladan, imtihon savollarini tuzish va qayta ishlash hamda natijalarini tekshirishni amalga oshirish uchun talabgorlar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu summaning 90 foizi miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
Toʻlov miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Palataning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Palataning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali murojaat etilganda mablagʻlar toʻliq miqdorda Palataning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Toʻlovlar davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
18. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati hamda malaka imtihonini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumot uni oʻtkazish haqidagi qaror qabul qilingan kunda Agentlik va Palataning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
19. Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga koʻra, lekin kamida bir oyda bir marotaba oʻtkazilishi lozim.
20. Malaka imtihoni komissiyasining tarkibi, ish reglamenti, shuningdek, test savollari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
21. Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.
22. Talabgor Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim qilmaganda yoxud malaka imtihoniga kechikkan taqdirda, imtihonga qoʻyilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan hisoblanadi.
23. Malaka imtihoniga kechikkan talabgor navbatdagi malaka imtihonidagi talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi va bu haqda mobil telefoni, pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali ikki ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
24. Agarda talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikki marotaba malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, navbatdagi malaka imtihonidagi talabgorlar roʻyxatiga kiritilmaydi. Bunday hollarda talabgor malaka imtihonidan oʻtish uchun qaytadan ariza bilan murojaat qilishi lozim.
25. Malaka imtihoni test sinovi usulida, kompyuter texnikasidan foydalangan holda, talabgorning tanloviga koʻra oʻzbek tilida yoki zaruratga koʻra rus tilida ham oʻtkaziladi.
26. Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida imtihon jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir kamida bir yil saqlanadi.
27. Test savollarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan mavzular Agentlik va Palata rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Test savollari qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi.
28. Test sinovi sohaga oid 75 ta savoldan iborat boʻladi.
Talabgorga malaka imtihonini topshirish umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.
29. Test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga jadval, kitob, uyali telefon va shpargalkalar olib kirish, boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovlari oʻtkaziladigan xonadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan oʻtmagan hisoblanadi.
30. Malaka imtihoni test sinovi natijalari test sinovi yakuni bilan eʼlon qilinadi.
Malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida malaka imtihoni komissiyasining test sinovi natijalari qayd etilgan bayonnomasi rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
31. Malaka imtihoni natijalari hamda malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi Palatada saqlanishi lozim.
32. Talabgorning toʻgʻri javoblar boʻyicha yakuniy natijasi 70 foiz va undan yuqori koʻrsatkichni tashkil qilgan boʻlsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.
33. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgorlar uni navbatdagi malaka imtihonida takroran topshirish huquqiga ega, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Talabgor navbatdagi malaka imtihonini qayta topshirishiga qadar taqdim qilingan hujjatlar Palatada saqlanadi.
34. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga malaka shahodatnomasi beriladi.
35. Kadastr muhandislarini Palatada oʻqitish va doimiy tarzda (uch yilda bir marotaba) malakasini oshirib borish lozim.
3-bob. Apellyatsiyani koʻrib chiqish
36. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgor imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda Agentlikka apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya yozma yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etiladi.
37. Agentlik bir ish kuni muddatida apellyatsiyani malaka imtihoni komissiyasiga taqdim etadi.
Malaka imtihoni komissiyasi uch ish kunida apellyatsiyani koʻrib chiqadi va Agentlikka qabul qilingan qaror haqida xabar beradi.
Agentlik malaka imtihoni komissiyasining qarori toʻgʻrisida talabgorga bir ish kuni muddatida xabar beradi.
38. Malaka imtihoni komissiyasi tomonidan apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
apellyatsiyani qanoatlantirish va talabgorni malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb hisoblash toʻgʻrisida;
malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
39. Malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror apellyatsiyada koʻrsatilgan asoslar oʻz tasdigʻini topmagan hollarda qabul qilinadi.
40. Agentlikning qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
4-bob. Malaka shahodatnomasini rasmiylashtirish va berish
41. Malaka shahodatnomasi mazkur Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladi va Toshkent shahar va Toshkent viloyatining barcha hududlarida amal qiladi.
42. Malaka shahodatnomasi Agentlik axborot tizimining elektron hujjatlar bazasida shakllantirilib, veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR-kodni skaner qilish yoʻli bilan tekshirish imkoniyati boʻladi.
43. Malaka shahodatnomasi Agentlik tomonidan malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi olinganidan boshlab besh kun ichida rasmiylashtiriladi va talabgor ariza va hujjatlarni Agentlikka taqdim etgan usulda elektron koʻrinishda talabgorga taqdim etiladi.
44. Agar talabgor malaka shahodatnomasini olgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz faoliyatini amalga oshirmagan boʻlsa, Agentlik mazkur shahodatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
5-bob. Malaka shahodatnomasini qayta rasmiylashtirish
45. Kadastr muhandisining familiyasi yoki ismi yoxud otasining ismi oʻzgargan taqdirda, u tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan boshlab ikki oy ichida Agentlikka mazkur Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda arizaga tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
46. Malaka shahodatnomasining qayta rasmiylashtirilishi kadastr muhandisi tomonidan ariza berilgan vaqtdan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
47. Yangi malaka shahodatnomada qayta rasmiylashtirilayotgan malaka shahodatnomasining raqami qoʻshimcha tarzda qayd qilinadi.
48. Kadastr muhandisi yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka shahodatnomasi oʻrniga Agentlik axborot tizimining elektron hujjatlar repozitoriysi veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR-kodni skaner qilish yoʻli bilan malaka shahodatnomasini qayta yuklab olishi mumkin.
6-bob. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish va uni bekor qilish
49. Kadastr muhandisining tashabbusi bilan malaka shahodatnomasini tugatish va bekor qilish Agentlik tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vakolatli organlar tashabbusi bilan malaka shahodatnomasini tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
50. Quyidagilar malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish uchun asos boʻladi:
kadastr muhandisining arizasi;
kadastr muhandisi faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarini buzish;
kadastr yigʻmajildi tayyorlashda, uning qavatma-qavat rejalarini tuzishda, texnik rejalarni rasmiylashtirishda, shuningdek, uning texnik hisobga qoʻyish ishlarini amalga oshirishda notoʻgʻri maʼlumot berish;
shaxsni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi sud qarori.
51. Malaka shahodatnomasining amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi.
52. Malaka shahodatnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Agentlikning malaka shahodatnomasini berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
malaka shahodatnomasi soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
53. Malaka shahodatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ushbu qaror qonuniy kuchga kirgan sanadan boshlab amal qiladi.
54. Qonunchilik hujjatlari talablarini buzgani uchun malaka shahodatnomasining amal qilishi tugatilgan kadastr muhandisiga, u tugatilgan sanadan boshlab quyidagi muddatlar mobaynida takroran malaka shahodatnomasi berilmaydi:
koʻchmas mulk obyektlarida xatlov ishlarini olib borib kadastr yigʻmajildini shakllantirishda texnik xatoliklarga yoʻl qoʻyganda olti oy mobaynida;
koʻchmas mulk obyektiga tegishli huquq belgilovchi hujjatlarga amal qilmagan xolda kadastr yigʻmajildini shakllantirishda bir yil mobaynida.
55. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish yoki malaka shahodatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
56. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish yoki malaka shahodatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kunning oʻzida tegishli kadastr muhandisi va kadastr muhandisi bilan mehnat shartnomasi tuzgan yuridik shaxsga uning nusxasi yuboriladi.
57. Malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
7-bob. Kadastr muhandislari reyestri
58. Agentlik tomonidan kadastr muhandislari reyestri yuritiladi va unda kadastr muhandislarining quyidagi maʼlumotlari qayd etiladi:
kadastr muhandisining familiyasi, ismi, otasining ismi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
malaka shahodatnomasining raqami, berilgan sana;
malaka shahodatnomasi olingan sana;
malaka imtihonida qayd etilgan natija;
malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki amal qilishini tugatish, qayta rasmiylashtirish haqidagi maʼlumotlar.
59. Kadastr muhandislari reyestri elektron shaklda yuritiladi.
60. Kadastr muhandislari reyestriga kiritilgan maʼlumotlardan ochiq foydalanilishi mumkin.
Kadastr muhandislari reyestri Agentlikning rasmiy veb-saytida aks ettiriladi.
61. Kadastr muhandisi tomonidan kadastr yigʻmajildi tayyorlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar Mazkur reglamentga 4-ilovaga muvofiq minimal stavkalar asosida amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
62. Mazkur Reglamentni bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
63. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malakasini oshirish va unga malaka shahodatnomasini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali arizani hamda mazkur Reglamentning 3‑bandida keltirilgan mutaxassisliklardan biri boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi yoki xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasini pdf formatida taqdim etadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
Soʻrovnomani tegishlicha Agentlikka yuboradi
1. Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
2. YIDXP
2. Avtomatik tarzda
3. Agentlikning rasmiy veb-sayti
3. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Agentlik
Talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi, natijasi boʻyicha talabgorni xabardor qiladi.
Uch ish kuni ichida
4-bosqich
Talabgor
1. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng miqdorda toʻlov amalga oshiradi;
Uch ish kuni ichida
2. Malaka imtihonini topshirish rad etilgan taqdirda, koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi.
Uch ish kuni ichida
5-bosqich
Agentlik
1. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgor malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi haqida mobil telefoni (mavjud boʻlganda), pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali xabardor qiladi.
Imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida besh ish kuni oldin
2. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxati Komissiyaga taqdim etadi.
Malaka imtihoni boshlanishidan bir kun oldin
3. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati h?mda malaka imtihonini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumot Agentlik va Palataning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
3. Koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda malaka imtihonini topshirishga ruxsat etilmaydi.
Malaka imtihonini oʻtkazish haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kun ichida
6-bosqich
Talabgor
Belgilangan vaqtda kelib malaka imtihonini topshiradi
45 daqiqa
7-bosqich
Agentlik
1. Malaka imtihonini oʻtkazadi.
Belgilangan muddatda
2. Test sinovi natijalari boʻyicha bayonnomani rasmiylashtiradi va eʼlon qiladi.
Uch ish kunida
3. Malaka shahodatnomasini rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi yoki YIDXP, elektron pochta orqali talabgorga taqdim etadi.
Ikki ish kunida
8-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Malaka shahodatnomasi tushgandan soʻng ularni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga
ARIZA
Menga koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olish uchun malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Shu bilan birga, oʻzim toʻgʻrimda quyidagi axborotlarni maʼlum qilaman:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. (JSHSHIR):
4. Tugʻilgan yili, oyi, sanasi:
5. Yashash manzili:
6. Telefon raqami:
7. Elektron pochta manzili:
8. Mehnat faoliyatini olib borgan joy (tashkilot nomi):
9. Lavozimi:
10. Ishga kirgan sana:
11. Ishdan boʻshagan sana:
12. Oʻqigan taʼlim muassasasi:
13. Mutaxassisligi:
14. Oʻqishga kirgan yil:
15. Oʻqishni bitirgan yil:
Shaxsiy maʼlumotlarimdan kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi va uni rasmiylashtirish bilan bogʻliq jarayonlarda foydalanilishiga roziman.
Shaxsiy imzo __________________
20___ yil “____” _______________.
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
KADASTR MUHANDISINING MALAKA SHAHODATNOMASI
______-son
20__ yil “___” ______________
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan ________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ga
(kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olgan shaxsning F.I.O.)
malaka imtihon komissiyasining 20__ yil “__”_______dagi qaroriga asosan kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi berildi.
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
I. Koʻchmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr yigʻmajildini tayyorlash
1.1.
Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari
1.2.
Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi
1.3.
Umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan 5 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Bazaviy hisoblash miqdorining 17,25 baravari
1.4.
Umumiy maydoni 5 000 kvadrat metrdan 15 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Bazaviy hisoblash miqdorining 34,5 baravari
1.5.
Umumiy maydoni 15 000 kvadrat metrdan 50 000 kvadrat metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk
Bazaviy hisoblash miqdorining 57,5 baravari
1.6.
Umumiy maydoni 50 000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk
Bazaviy hisoblash miqdorining 80,5 baravari
II. Koʻchmas mulk obyektlarining turar joy fondiga oid qismiga kadastr yigʻmajildini tayyorlash
2.1.
Koʻp kvartirali uydagi kvartira
Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi
2.2.
Yakka tartibdagi turar joy
Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi
Izoh.
1. Umumiy maydonni aniqlashda barcha bino va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi.
2. I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun xizmatlar narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.
3. Ushbu ilovaga muvofiq belgilangan davlat xizmatlari uchun jismoniy shaxslarga hisoblangan haq miqdorlariga quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi:
tumanlarda (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar, tuman boʻysunuvidagi shaharlar va tuman markazi hisoblangan shaharchalar bundan mustasno) — 0,9;
borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarda — 0,8.
(5a — 5v-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibida:
a) 4.10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish”;
b) 4.11.-pozitsiyaning “Davlat xizmatlarining nomi” ustunidagi “axborot” soʻzi “maʼlumotnoma” soʻzi bilan hamda “Ishlar narxi” ustunidagi “20 foizi” soʻzlari “3 foizi (har bir fuqaro uchun)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 4.12 va 4.13-pozitsiyalar qoʻshilsin:
“
4.12.
Koʻchmas mulkka oid kadastr maʼlumotlarini taqdim etish
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi (davlat organlari uchun bepul)
4.13.
Shahodatnomaga ega boʻlgan kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan kadastr yigʻmajildiga asosan koʻchmas mulkni hisobga olish va kadastr pasportini berish
a) bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari
b) koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari
“2. Quyidagi hollarda davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻimlar undirilmaydi:
a) kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;
kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda va koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan);
b) koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar va ular boʻyicha tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 318-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“kadastr pasporti — huquq egasiga beriladigan hamda koʻchmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan plastik shaklda yoki qogʻoz shaklda beriladigan elektron hujjat”;
b) 6-bandning birinchi xatboshidagi “tegishli tuman (shahar)dagi filiallari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 71-bandning birinchi xatboshidagi “elektron shakldagi kadastr pasportini tayyorlash yakunlari boʻyicha notariuslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda (koʻchmas mulk bilan bitim tasdiqlanishidan avval)” va “bir vaqtning oʻzida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 9-bandning uchinchi xatboshidagi “texnik xatlovdan oʻtkazish” soʻzlari “kadastr pasportini tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq turi yoki egasi oʻzgarganda, ushbu Nizomga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng kadastr pasporti faqat koʻchmas mulk obyekti mulkdorining ixtiyori va soʻroviga koʻra rasmiylashtiriladi.
Bunda koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki unda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlganda, obyektni davlat roʻyxatidan oʻtkazish kadastr pasporti rasmiylashtirilgandan soʻng amalga oshiriladi.
11. Koʻchmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt boʻyicha ashyoviy huquqlar egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga oʻtganda, cheklanganda yoki bekor boʻlganda yoxud koʻchmas mulk obyektining huquqiy holati oʻzgargan kundan boshlab bir oy muddatda mazkur Nizomning 21, 22, 23, 30, 31, 32, 35, 38, 39, 40, 41, 42, 43-bandlarida koʻrsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona davlat xizmatlari portali orqali, garov xati rasmiylashtirilganda esa — koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishlari shart.
Arizada koʻchmas mulk obyektining turi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq, unga kadastr yigʻmajildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan koʻchmas mulk obyektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi”;
“16. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) tashkilotlarga, Markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi.”.
i) quyidagi mazmundagi 171 va 172-bandlar qoʻshilsin:
“171. Markazlar yoki tashkilotlar yigʻim summasi koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) kelib tushganidan soʻng real vaqt rejimida bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomada koʻrsatilgan miqdorda yigʻim summasini toʻlaydi.
Reyestrdan koʻchirma berish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandda koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
172. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazlar orqali murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) koʻchmas mulk “E-IJRO AUKSION” Yagona elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotilganda va rieltorlik xizmatlari koʻrsatilganda:
10 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) tijorat banklari tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, shu jumladan qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda:
10 foizi — tijorat banklarning bank hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
g) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
d) notarial idora orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
“18. Xabarnomada koʻrsatilgan yigʻim toʻliq toʻlanganidan soʻng real vaqt rejimida markazlar yoki tashkilotlar xodimi tomonidan tizimdan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tegishli huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi elektron koʻrinishdagi Reyestrdan koʻchirma yuklab olish imkoni paydo boʻladi va ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga reyestrdan koʻchirma elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berilishi mumkin.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”;
l) quyidagi mazmundagi 211-band qoʻshilsin:
“211. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga qoʻyish uchun tayyorlangan yer uchastkasi haqidagi materiallar ushbu yer uchastkasi boʻyiicha kadastr yigʻmajildi shaklida qabul qilinadi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990 — 1998-yillarda) olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos boʻladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud boʻlmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, oʻrnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:”;
“Oʻzbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos boʻladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud boʻlmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, oʻrnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Yakka tartibdagi turar-joy noturar joy toifasiga oʻtkazilgan taqdirda, yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Noturar joy yakka tartibdagi turar-joy toifasiga oʻtgazilganda, yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”;
“Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi mumkin. Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi”;
uchinchi xatboshidagi “Qurilishi tugallanmagan” soʻzlaridan keyin “turar va” soʻzlari qoʻshilsin;
t) 51-bandga quyidagi tahrirdagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganda”;
u) 54-bandning ikkinchi xatboshidagi “davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Markaz ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani yuridik va jismoniy shaxslar arizalari, shuningdek notarial idoralar va tijorat banklari tomonidan elektron shaklda tuzilgan qonun asosida ipoteka shartnomasi haqida axborotlar asosida roʻyxatga oladi va ipoteka taqiqi qoʻyadi.”;
x) 56-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ” soʻzlari “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
ch) 60-bandning birinchi xatboshidagi “davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ” soʻzlari “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
sh) 89-banddagi “organning” soʻzi “organ va Markazning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Markazlar yoki tashkilotlarga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi