1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoniga muvofiq yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni maʼnaviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish belgilanganligi;
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va topshiriqlari bilan 2018 — 2020-yillar davomida mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida 2 116 ta uy-joylardan:
350 tasi foydalanishga topshirilganligi;
296 tasi yoshlar tomonidan rad etilganligi va 556 tasining qurilishi boshlanmaganligi;
2019-yilda 558 ta va 2020-yilda 356 ta uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan yosh oila sifatida hisobga qoʻyilgan va tavsiyanoma berilgan yosh oilalar uchun 2019-2020-yillarda qurilgan yoshlar uylari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq uy-joyni ipoteka krediti asosida sotib olish uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyanomasi (keyingi oʻrinlarda — tavsiyanoma) asosida 2020-yil uchun hisobga qoʻyilgan 356 nafar yosh oilaga uy-joy ajratishda ularning talabidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020-yilda “Oʻzshahar qurilish invest IK” MChJ va “Qishloq qurilish invest IK” MChJ ishtirokida shaharlarda va qishloq joylarida koʻp kvartirali arzon uy-joylar qurishning asosiy parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
4. “Qishloq qurilish invest IK” MChJ “Qishloq qurilish bank” ATB bilan birgalikda Islom taraqqiyot bankining kredit liniyalari boʻyicha “Qishloq qurilish invest IK” MChJ hisobraqamlarida uy quruvchilarning dastlabki badallari hisobidan jamlangan mablagʻlarni uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining asoslangan hisob-kitobiga muvofiq Islom taraqqiyot bankining kredit liniyalari boʻyicha “Qishloq qurilish invest IK” MChJ hisobraqamlarida uy quruvchilarning dastlabki badallari hisobidan jamlangan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga qaytarilgan qismi hisobidan:
2019-yilda yoshlar uchun qurilgan 558 ta uyning dastlabki badali uchun 30,0 mlrd soʻm;
2020-yilda quriladigan uy-joylar uchun 356 nafar yosh oilaga uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha boʻlgan qismini moliyalashtirish uchun 11,6 mlrd soʻm mablagʻlarni qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshgan holda ajratsin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yosh oilalarga uy-joy qiymatining dastlabki badali sifatida toʻlangan ssudani va unga hisoblangan foizlarni (keyingi oʻrinlarda — ssuda va foizlar) undirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatida Yosh oilalarga ajratilgan uy-joylar bilan ishlash boʻyicha nazorat guruhi (keyingi oʻrinlarda — nazorat guruhi) tashkil etiladi;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining barcha hududiy kengashlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar)ning ssuda va foizlarning belgilangan muddatlarda qaytarilishi boʻyicha faoliyati nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
hududiy kengashlar ssuda va foizlarni shartnomada belgilangan muddatda qaytarmagan yosh oilalarga bir ish kuni ichida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda shartnoma asosida toʻlovlarni amalga oshirish yuzasidan muddat belgilagan holda, notarius orqali yozma bildirishnoma (keyingi oʻrinlarda — yozma bildirishnoma) yuboradi;
yosh oilalar tomonidan yozma bildirishnoma talablari bajarilmagan taqdirda, hududiy kengashlar ikki ish kuni ichida muddati oʻtgan qarzdorlik boʻyicha ijro xati yozib berishni soʻrab notariusga murojaat qiladi;
notarius tomonidan bir ish kuni ichida ijro xati yozib beriladi va Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlinmasiga taqdim etiladi;
Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlinmasi belgilangan tartibda muddati oʻtgan qarzdorlikni undirish choralarini koʻradi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:
bir oy muddatda nazorat guruhining ish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
yosh oilalarning ssuda va foizlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligini undirish choralarini koʻrishda, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga doimiy ravishda amaliy koʻmaklashsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-avgust,
521-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 521-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan yosh oila sifatida hisobga qoʻyilgan va tavsiyanoma berilgan yosh oilalar uchun 2019-2020-yillarda qurilgan yoshlar uylari
ROʻYXATI
T/r
Hudud nomi
Yosh oilalar uchun 2019-yilda qurilgan uy-joylar soni (qoldiq qismi)
Yosh oilalarga uy-joy berilishi lozim boʻlgan va 2020-yilda davlat dasturi doirasida beriladigan uylar soni
Uy-joylar (kvartiralar) soni
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan ajratiladigan boshlangʻich badalning jami summasi (mln soʻm)
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
8
80,6
33
2.
Andijon viloyati
25
1216,3
–
3.
Buxoro viloyati
–
–
31
4.
Jizzax viloyati
52
2491,3
–
5.
Qashqadaryo viloyati
–
–
51
6.
Navoiy viloyati
–
–
42
7.
Namangan viloyati
–
–
12
8.
Sirdaryo viloyati
22
277,6
86
9.
Toshkent viloyati
–
–
60
10.
Fargʻona viloyati
98
5225,8
12
11.
Xorazm viloyati
84
3664,5
29
12.
Toshkent shahri
269
17029,3
–
Jami
558
29985,4
356
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 521-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 8-sentabrdagi 250-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 37-son, 468-modda):
“1. Qayd etilsinki, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berishning quyidagi shartlari belgilanadi:
a) davlat dasturlarida 2019-yilda qurilishi belgilangan uylar boʻyicha:
shaharlarda koʻp kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagicha miqdorni tashkil etadi:
ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun — 10 foiz;
ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun — 25 foiz;
b) 2020-yil va keyingi yillarga moʻljallangan davlat dasturlari doirasida shaharlarda va qishloq joylarda bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi, bunda kvartiraning dastlabki badali:
shaharlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlariga muvofiq;
qishloq joylarda — sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi”;
“3. Qayd etilsinki, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berishning quyidagi shartlari belgilanadi:
a) davlat dasturlarida 2019-yilda qurilishi belgilangan uylar boʻyicha:
shaharlarda koʻp kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagi miqdorni tashkil etadi:
ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun — 10 foiz;
ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun — 25 foiz;
b) 2020-yil va keyingi yillarga moʻljallangan davlat dasturlari doirasida shaharlarda va qishloq joylarda bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi, bunda kvartiraning dastlabki badali:
shaharlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlariga muvofiq;
qishloq joylarda — sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Yosh oilalarning kvartira sotib olish toʻgʻrisidagi murojaatlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxemaga binoan koʻrib chiqiladi”;
12-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Bunda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi har yili davlat dasturlarida mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalar uchun belgilanadigan uy-joylar sonidan kelib chiqqan holda, yosh oilani uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj sifatida hisobga qoʻyadi”;
2. Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashda qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 23-sentabrdagi 753-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 39-son, 1045-modda):
a) 2-banddagi “2018 — 2021-yillarda” soʻzlari “2018 — 2020-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3. Qayd etilsinki, dasturlar doirasida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari (keyingi oʻrinlarda ipoteka krediti deb ataladi) berishning quyidagi shartlari belgilangan:
a) 2018-2019-yillarga moʻljallangan davlat dasturlari doirasida:
shaharlarda koʻp kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;
qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagicha miqdorni tashkil etadi:
ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun — 10 foiz;
ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun — 25 foiz;
b) 2020-yil va keyingi yillarga moʻljallangan davlat dasturlari doirasida shaharlarda va qishloq joylarda bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi, bunda kvartiraning dastlabki badali:
shaharlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlariga muvofiq;
qishloq joylarda — sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi”;
“Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badallar va foiz toʻlovlari “Yoshlar” uylari boʻyicha Respublika komissiyasining tavsiyanomasiga asosan ipoteka kreditining butun davri davomida yosh oilalarning oʻz mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
g) 5 va 6-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“PARAMETRI stroitelstva v 2018 — 2020 godax jilya dlya osobo otlichivshixsya molodix semey, aktivno uchastvuyuщix v obщestvennoy jizni strani
№
Naimenovaniye regiona
Vsego kol-vo jilya (ed.)*
V tom chisle:
2018 god
2019 god
2020 god
tipo-vie doma v sel-skoy mest-nosti
kvartiri v mnogokvar- tirnix domax v selskoy mestnosti
kvartiri v mnogokvar-tirnix domax v gorodax
vsego
tipo-vie doma v sel-skoy mest-nosti
kvartiri v mnogokvar-tirnix domax v gorodax
vsego
tipo-vie doma v sel-skoy mest-nosti
kvartiri v mnogokvar-tirnix domax v gorodax
vsego
kvartiri v mnogokvar-tirnix domax v selskoy mestnosti
kvartiri v mnogokvar- tirnix domax v gorodax
VSEGO:
4960
1316
331
3313
2149
658
1491
2149
658
1491
662
331
331
1.
Respublika Karakalpakstan
244
102
26
116
96
51
45
96
51
45
52
26
26
2.
Andijanskaya oblast
328
50
13
265
151
25
126
151
25
126
26
13
13
3.
Buxarskaya oblast
354
68
17
269
160
34
126
160
34
126
34
17
17
4.
Djizakskaya oblast
252
56
14
182
112
28
84
112
28
84
28
14
14
5.
Kashkadarinskaya oblast
390
140
35
215
160
70
90
160
70
90
70
35
35
6.
Navoiyskaya oblast
348
120
30
198
144
60
84
144
60
84
60
30
30
7.
Namanganskaya oblast
150
44
11
95
64
22
42
64
22
42
22
11
11
8.
Samarkandskaya oblast
390
140
35
215
160
70
90
160
70
90
70
35
35
9.
Surxandarinskaya oblast
301
88
22
191
128
44
84
128
44
84
45
22
23
10.
Sirdarinskaya oblast
225
90
23
112
90
45
45
90
45
45
45
23
22
11.
Tashkentskaya oblast
450
132
33
285
192
66
126
192
66
126
66
33
33
12.
Ferganskaya oblast
444
184
46
214
176
92
84
176
92
84
92
46
46
13.
Xorezmskaya oblast
244
102
26
116
96
51
45
96
51
45
52
26
26
14.
g. Tashkent
840
0
0
840
420
420
420
420
* Kolichestvo jilya podlejit utochneniyu v zavisimosti ot zayavok Soyuza molodeji Uzbekistana”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-sentabrdagi 760-son qarorida:
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/521/1232-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)