1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan taʼminlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019-yilda mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar (keyingi oʻrinda yosh oilalar deb ataladi) uchun 1064 ta uy-joyning qurilishi tugaganligi hamda 2116 ta uy-joyda qurilish davom etayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, joriy yilda yosh oilalar uchun qurilayotgan 1264 ta uy-joy:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 521-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/521/1232-son)
uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha boʻlgan qismi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻlari hisobiga 7 yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng boʻlgan foizli stavkada ssuda tariqasida ajratiladi;
ipoteka krediti boʻyicha birinchi besh yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablagʻlari hisobiga toʻlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 521-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/521/1232-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV