Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid
davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, bugungi kunda oliy taʼlim soqasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni izchil davom ettirish, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va fan dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib mustaqil ravishda ishlab chiqishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga:
taʼlim sohalarining davlat taʼlim standartlarini, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash, tayanch (yetakchi) oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va fanlar dasturlarini kelishish, ular asosida darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarining yangi avlodini yaratishni tashkil qilish”;
b) quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standarti. Asosiy qoidalari”ga zaruriyat boʻlganda Respublika oliy taʼlim kengashi bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda tasdiqlash”;