1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda statistika ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, bo‘lib o‘tayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, jumladan xalqaro tashkilotlarning maxsus nashrlari va ma’lumotlar bazalarida xolis va ishonchli aks ettirishni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, statistika ma’lumotlari sifatini yanada yaxshilash, statistika ko‘rsatkichlarining to‘laqonli ma’lumot bazalarini yaratish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sohalarda statistikaning zamonaviy usullarini joriy etish zarurati mavjud.
Milliy statistika tizimini takomillashtirish, davlat statistika organlarining mustaqilligini ta’minlash, statistika ma’lumotlarining xolisligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini takomillashtirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilansin:
statistika organlarini talab yuqori bo‘lgan, sifatli va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishga, statistika ma’lumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish;
statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirishga qaratilgan vakolat va majburiyatlarni mustahkamlash orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, nashr etish va saqlash bo‘yicha yaxlit tizimni tashkil etish;
rasmiy statistikani ishlab chiqarish, tarqatish va muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatning butun milliy statistika tizimi doirasida qo‘llaniladigan uslubiy asoslar va boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish;
idoraviy ma’lumotlar bazalarini yagona ma’lumotlarni boshqarish tizimiga integratsiya qilish orqali kuzatuvlarni bosqichma-bosqich optimallashtirish va respondentlardan hisobot topshirish yukini kamaytirish, shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish va yalpi statistika hisobotlarini tanlanma kuzatuvlar bilan almashtirish hisobiga statistikani shakllantirish tizimini takomillashtirish;
statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali hamkorlik siyosatini yo‘lga qo‘yish va mavjud statistika ma’lumotlari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish orqali foydalanuvchilarning statistika axborotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish;
davlat statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashni yanada yaxshilash, xodimlarning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samarali joriy etilishi hisobiga hududiy statistika organlari tuzilmalari va ularning vazifalarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish;
davlat statistika organlari xodimlarining kasbiy darajasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda kelgusida amaliyotda qo‘llash uchun ilg‘or statistika usullari va texnologiyalari, shu jumladan ochiq ma’lumotlar sohasida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bog‘liq o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi;
statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan rasmiy statistika hisobotlari va kuzatuvlarini o‘tkazish hamda ularni nashr qilish va e’lon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan statistika ma’lumotlari rasmiy statistika axboroti sifatida e’lon qilinadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar), shuningdek, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildirlar va bevosita Davlat statistika qo‘mitasiga bo‘ysunadi;
hududiy boshqarmalar boshliqlari Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari boshliqlari hududiy boshqarmalar boshliqlarining taqdimnomasiga ko‘ra Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
3. Davlat statistika qo‘mitasiga quyidagi huquqlar berilsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
boshqa rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarning statistika metodologiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazish va audit natijalariga ko‘ra, vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
kuzatuvlarni o‘tkazish, rasmiy statistika materiallarini shakllantirish va tahlillarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro elektron bog‘lanish.
Bunda, vazirlik va idoralar rahbarlari Davlat statistika qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasidagi so‘roviga muvofiq o‘zlarining axborot tizimlariga kirish va undan erkin foydalanishni ta’minlash uchun shaxsan javobgardirlar.
4. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Jahon banki ko‘magida ishlab chiqilgan 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Vazirlar Mahkamasi (J.A. Qo‘chqorov):
Strategiya va “Yo‘l xaritasi”ning to‘liq bajarilishini tashkil qilsin, belgilangan vazifalar bajarilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatsin;
bir oy muddatda Strategiyaning yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarning bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat tarmoq ishchi guruhlarini shakllantirsin;
Strategiya va “Yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining o‘z vaqtida, sifatli tayyorlanishi va belgilangan tartibda kiritib borilishini ta’minlasin;
Strategiyaning ijrosi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirishda Jahon banki bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin hamda ularning ijrosi uchun Jahon banki tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan monitoring o‘rnatsin;
Strategiya va “Yo‘l xaritasi”ning ijro holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yillik axborotlarning taqdim etib borilishini ta’minlasin.
6. Davlat statistika qo‘mitasi huzurida o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadigan Jamoatchilik kengashi faoliyat yuritishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Jamoatchilik kengashiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
Davlat statistika qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni va foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
statistika ma’lumotlarining shaffofligi, oshkoraligi va qulayligini oshirishni ta’minlash;
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan dolzarb, sifatli va ishonchli statistikaning shakllantirilishiga ko‘maklashish;
mavjud statistika ma’lumotlari haqida jamoatchilikning xabardorligini hamda ularning statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish uchun foydalanuvchilar bilan yaqindan aloqa o‘rnatish.
7. Davlat statistika qo‘mitasi:
Jamoatchilik kengashi faoliyatiga nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ilmiy jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillarini, milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilish choralarini ko‘rsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar mamlakatda milliy iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarining ishonchliligi va to‘liqligini inobatga olgan holda Davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqsin va Jamoatchilik kengashiga kelishish uchun taqdim etib borsin;
har yili 1-oktabrga qadar Davlat statistika ishlari dasturining bajarilishi natijalari va statistika sohasida metodologiyani takomillashtirish hamda ishlarni tashkil etish borasida olib borilayotgan faoliyat samaradorligi to‘g‘risidagi hisobotning Statistika kengashiga kiritib borilishini ta’minlasin.
8. Davlat statistika qo‘mitasiga ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun 65 ta qo‘shimcha shtat birligi, shu jumladan:
markaziy apparat uchun — 17 ta shtat birligi;
hududiy boshqarmalar uchun — jami 48 ta shtat birligi ajratilsin.
Bunda, Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlari cheklangan sonini oshirish davlat soliq xizmati organlari xodimlari sonini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi.
9. Mazkur qarorning 5-ilovasiga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha vazirlik va idoralar bir oy muddatda xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida idoraviy statistika ma’lumotlarini shakllantirish va Davlat statistika qo‘mitasi bilan axborot almashinuvini ta’minlashga ixtisoslashtirilgan bo‘limni tashkil etsin.
10. Moliya vazirligi:
Davlat statistika ishlari dasturini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratishda foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Statistika kengashi va Jamoatchilik kengashi tomonidan shakllantirilgan takliflarni inobatga olsin;
2020-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi sarf-xarajatlar uchun Davlat budjeti parametrlari doirasida zarur mablag‘larni ajratsin va 2021-yildan boshlab har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin.
11. Davlat statistika qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
statistika ishlab chiqaruvchilarning statistika metodologiyalarini auditdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom loyihasini;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashi tarkibi to‘g‘risida”gi F-1838-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-avgust,
PQ-4796-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-son qaroriga 1-ILOVA
2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning
milliy strategiyasi
1-bob. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimining istiqboldagi barqaror rivojlanishi, sohada davlat siyosatini yangicha yondashuv asosida amalga oshirishni talab qiladi. 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) bu vazifalarni amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Strategiyaning asosiy maqsadi — mamlakatning butun milliy statistika tizimini kompleks rivojlantirish hisoblanadi, bu esa foydalanuvchilar ehtiyojlariga javob beradigan statistikaning dolzarbligini oshirishga, statistika tizimini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirishga yordam beradi hamda quyidagi strategik maqsadlarni qamrab oladi:
huquqiy va tashkiliy infratuzilmani yaxshilash;
statistik infratuzilmani takomillashtirish;
statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash;
statistika ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash;
alohida statistik yo‘nalishlar va metodologiyalarni takomillashtirish.
2020 — 2025-yillarda strategiyani amalga oshirish quyidagi keng ko‘lamli strategik natijalarga erishish imkonini beradi:
statistika ma’lumotlarini yetkazib beruvchilarning sifatli motivatsiyasi;
hukumat va hamkorlar tomonidan milliy statistikani rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi;
xodimlar motivatsiyasi va yuqori malakasi;
mamlakatning milliy statistika tizimini samarali muvofiqlashtirish.
Milliy statistika tizimini rivojlantirish Strategiyaning 1-ilovasida belgilab berilgan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish va 2-ilovasida keltirilgan tadbirlarni o‘z muddatlarida amalga oshirishga asoslanadi.
2-bob. Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari
I. Tashkiliy-huquqiy infratuzilmani takomillashtirish
Mamlakatning butun milliy statistika tizimini tashkil etuvchi Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa barcha rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilari uchun o‘z vazifalarini sifatli bajarishda aniq huquqiy asoslar va samarali tashkiliy tuzilma muhim ahamiyat kasb etishi bois, statistika sohasidagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqiladi va milliy statistika tizimining tashkiliy infratuzilmasi modernizatsiya qilinadi.
Sifatni boshqarish dasturi joriy etiladi, milliy statistika tizimini muvofiqlashtirib borish kuchaytiriladi va statistika ma’lumotlari yanada samaraliroq taqsimlanadi va tarqatiladi.
1. Statistika qonunchiligini takomillashtirish
Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa barcha rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘z vazifalarini bajarish uchun quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan rasmiy statistikaning aniq huquqiy va tashkiliy tuzilmasi zarur bo‘ladi: birinchidan, milliy statistika tizimini tashkil etish, statistika organlarining huquqiy maqomi, shuningdek, mamlakat milliy statistika tizimi doirasida boshqa davlat idoralari va tashkilotlarining huquqiy maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlari; ikkinchidan, milliy statistika tizimi tashkilotlari uchun statistika ma’lumotlarini yig‘ish bo‘yicha aniq vakolatlar.
Amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Xususan, yangi qonun quyidagilarga yo‘naltiriladi:
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni.
sohaga doir qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish yo‘li bilan yagona qonunga birlashtirish orqali rasmiy statistika shaffofligini oshirish;
vakolatli va mustaqil organ sifatida Davlat statistika qo‘mitasi maqomini mustahkamlash va ularning rahbarlari vakolatlarini kengaytirish;
statistik faoliyat sohasida idoralararo hamkorlikni takomillashtirish maqsadida zarur normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish;
samarali hamkorlik va axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida statistika tashkilotlari o‘rtasidagi mavjud kelishuvlarni takomillashtirilayotgan qonunchilik asosida qayta qo‘rib chiqish;
mamlakatning butun milliy statistika tizimini tashkil etuvchi, ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchi davlat idoralarida statistika bo‘yicha alohida bo‘linmalarni tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ma’lumotlari va boshqa hujjatlarini statistik maqsadlarda foydalanish uchun olish va ularga kirishni yaxshilash bo‘yicha ma’lumot almashinuvi qoidalarini takomillashtirish;
statistika idoralari va boshqa statistika tashkilotlari faoliyatidagi so‘nggi o‘zgarishlarni hisobga olish;
statistika ma’lumotlarining dolzarbligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, foydalanuvchilar va ma’lumotlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi muntazam o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini yaratish;
rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilari, ularning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, yuritish va foydalanish metodologiyasini ishlab chiqish;
ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish hamda fuqarolar va subyektlarning ularda ishtirok etishi va so‘rovnomalarga javob berish mas’uliyati bo‘yicha tartiblarni kiritish;
statistika ma’lumotlarini tarqatish sifatini nazorat qilish tartibini belgilash.
2. Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirib borishni yaxshilash
Statistika kengashi idoralararo qo‘mita sifatida barcha idoralarni kelishuvlarga rioya etishga undash uchun lozim darajada vakolatli hamda strategik qarorlar qabul qilishga yetarli salohiyatga ega bo‘lishi darkor.
Shu bilan birga, avvalgi Statistika kengashi lozim darajada faoliyat yuritmagan va so‘nggi yillarda ma’lumot ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida statistika tizimini muvofiqlashtirishni takomillashtirish dolzarb masalaga aylangan.
Ma’lumotlarni shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borishni yaxshilash, quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
Statistika kengashi vakolati va majburiyatlarini mustahkamlash;
statistika ma’lumotlari, usullar va tasniflagichlarni milliy manfaatlarga uyg‘unlashtirish uchun tegishli sohalarda vakolatga ega bo‘lgan texnik ishchi guruhlarni tashkil etish;
ma’lumotlarni shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, ularning statistikasini uyg‘unlashtirish maqsadida, mavjud kelishuvlar, memorandum va o‘zaro aloqalarni qayta ko‘rib chiqish.
3. Milliy statistika tizimining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish
Puxta ishlab chiqilgan, samarali faoliyat ko‘rsatadigan va yetarli miqdorda resurslar bilan ta’minlangan statistika organining mavjudligi, mamlakatdagi mustahkam statistika tizimining asosi hisoblanadi.
Shu bilan birga, Davlat statistika qo‘mitasining muvofiqlashtiruvchi rolini oshirish, uning statistik faoliyatini takomillashtirish va unda ma’lumotlar va metama’lumotlarni integratsiyalash imkonini beruvchi Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish bo‘yicha namunaviy model tizimini joriy etish borasida taklif etilayotgan chora-tadbirlar yanada samarali va vakolatli tuzilmani talab etishi mumkin.
Bundan tashqari, yuqori sifatli va ishonchli ma’lumotlarni o‘z vaqtida ishlab chiqish uchun, alohida statistika bo‘linmalari va lozim darajada inson resurslariga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi aksariyat tashkilotlar tashkiliy tuzilmasini ko‘rib chiqishiga ehtiyoj kuzatiladi.
Milliy statistika tizimining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish uchun quyidagi tadbirlar nazarda tutiladi:
Davlat statistika qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasini tegishli vakolatlari bilan qayta tuzish;
Davlat statistika qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasini, shu jumladan majburiyat va lavozim yo‘riqnomalarini maqbullashtirish;
talab etiladigan xodimlar sonini va malakasini aniqlash, mavjud xodimlarning talablarga muvofiqligini baholash va tizimdagi mavjud bo‘shliqlarni tahlil qilish.
4. Milliy statistika tizimi uchun sifatni ta’minlashning milliy tayanch tamoyillarini ishlab chiqish
Sifatni boshqarish, monitoring qilish va baholash tizimi milliy statistika tizimlarining ajralmas qismidir, bu statistik materiallar va jarayonlar sifatining muhim jihatlarini milliy va xalqaro sifatni baholash tizimlariga mos kelishini ta’minlaydi.
Biroq, hozirgi vaqtda mamlakatda sifatni boshqarishning yagona kompleks siyosati mavjud emas, xususan, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish bo‘yicha siyosat amalga oshiriladi, lekin rejalashtirish va tarqatish bo‘yicha siyosat ishlab chiqilmagan.
Sifatni boshqarish tizimining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
ISO 9001 — 2008 sifatni boshqarish vositalari va BMTning sifatni ta’minlashning milliy bazaviy tamoyillari bo‘yicha qo‘llanmasiga muvofiq, sifatni ta’minlashning bazaviy tamoyillarini joriy qilish;
sifatni boshqarish masalalarida Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari xabardorligini oshirish hamda sifat tamoyillari va jarayonlari bo‘yicha o‘qitish;
sifatni boshqarish vositalarini ishlab chiqish va sifat siyosatini amalga oshirish;
statistik mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari, dolzarbligi, ishonchliligi, o‘z vaqtida bajarilishi, qulayligi, tushunarliligi va kelishilganligi kabi tushunchalarni o‘z ichiga olgan sifat modelini takomillashtirish;
foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanoatlantirish va mavjud jarayonlarni yangilash maqsadida sifat sohasidagi siyosatni takomillashtirish;
sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda ularni o‘lchash tizimlarini, sifatni nazorat qilish tizimlari, shuningdek, sifatni tekshirish dasturlarini ishlab chiqish;
sifat siyosati va uni baholash dasturini amalga oshirish.
5. Statistika tizimining kadrlar salohiyatini yaxshilash
Inson resurslarini boshqarish tizimi ishonchli, sifatli va o‘z vaqtida ma’lumotlarni taqdim etish maqsadlariga erishishga hissa qo‘shadigan malakali kadrlarni tanlab olish va tayyorlash jarayonlarini takomillashtirishga yordam beradi.
Davlat statistika idoralarining va boshqa ma’lumot ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning kadrlar salohiyati, istiqboldagi statistika ehtiyojlarini qanoatlantirishga yetarli emas. O‘zining faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida, milliy statistika tizimi lozim darajada tayyorgarlik ko‘rgan malakali kadrlarga muhtoj.
Shu bois, rag‘batlantirish mexanizmlaridan foydalangan holda malakali kadrlarni jalb qilish va saqlab qolishga yo‘naltirilgan inson resurslarini boshqarish tizimini ishlab chiqish zarur.
Bundan tashqari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (keyingi matnlarda — Institut) statistika sohasida malaka oshirish yo‘nalishida faoliyat olib boradi.
Bu yo‘nalishda quyidagi choralar ko‘riladi:
mamlakatning milliy statistika tizimida inson resurslari va malakali kadrlar tayyorlash sohasida keng qamrovli siyosatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
rag‘batlantirishni yaxshilash yo‘nalishida lavozim majburiyatlarini tegishli funksiyalar va mehnatga haq to‘lashning tarif setkalari bo‘yicha qayta qo‘rib chiqish;
kadrlar rotatsiyasini amalga oshirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, kadrlarni tanlash va saralash tartibi va siyosatini qayta ko‘rib chiqish;
xodimlarning shaxsiy yutuqlari asosida lavozimda ilgari surish va rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish;
Institutning moddiy-texnik, axborot-kommunikatsiya va statistik infratuzilmasini takomillashtirish;
Institutda statistika sohasida kadrlarni kasbiy tayyorlash va rivojlantirish borasida ochiq va onlayn tarzdagi masofaviy o‘quv kurslarini joriy qilish, inson va moliya resurslarini boshqarish masalalarida seminarlar o‘tkazish;
Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishda ko‘maklashish;
iqtisodiy tahlil bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun magistrlik va doktorlik dasturlarini tashkil etish;
kasbiy faoliyatni monitoring qilish.
II. Statistik infratuzilmani takomillashtirish
Yuqori sifatli va dolzarb ma’lumotlarni shakllantirish uchun statistik infratuzilmani takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Maqsad — registrlar, usullar, tasniflagichlar, tizim va axborot arxitekturasi, metama’lumotlar ombori kabi statistik infratuzilmaning asosiy elementlarini mustahkamlashdan iborat.
1. Tasniflagichlar va boshqa instrumentariylarni takomillashtirish
Xalqaro darajada qabul qilingan va tavsiya etilgan standartlar asosida ishlab chiqilgan milliy tasniflagichlar, metodologiya va standartlarning mavjudligi ma’lumotlar integratsiyasini, ularni almashinuvini va tegishli statistik ko‘rsatkichlarni tayyorlanishini ta’minlashning kaliti hisoblanadi.
Statistika kengashiga milliy statistika tizimi doirasida yagona bo‘lgan konsepsiyalar, ta’rif va tasniflagichlarni izchil qo‘llab borish vazifalari yuklatiladi.
Mazkur yo‘nalishda tadbirlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
Statistika kengashining xalqaro standartlarga muvofiq statistika tizimi muassasalari tomonidan foydalaniladigan usullar, tasniflagichlar va metodologiyalarni muvofiqlashtirish va birxillashtirishdagi rolini mustahkamlash;
statistika organlari tomonidan qo‘llaniladigan usullarni qayta ko‘rib chiqishga mas’ul bo‘lgan Davlat statistika qo‘mitasi bo‘limining faoliyatini, Statistika kengashi hamda Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa statistika ma’lumotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan o‘zaro anglashuv memorandumlari qarorlari ustidan monitoring olib borishni takomillashtirish;
xalqaro standartlarga muvofiq, tasniflagichlarni qayta ko‘rib chiqish, Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar faoliyatida qo‘llash;
ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq, shu jumladan maxfiylikni himoya qilishni inobatga olib, etika Kodeksi va statistika sohasida ilg‘or amaliyotlar Kodeksini takomillashtirilgan loyihalarini, ularni asosiy ma’lumot ishlab chiqaruvchilar bilan muhokama qilish orqali ishlab chiqish;
ma’lumotlar sohasida ko‘p tilli glossariy va lug‘atlarni yaratish hamda ularni keng jamoatchilikka yetkazilishini ta’minlash;
ma’lumotlarni shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar mutaxassislarini muntazam o‘qitib borish.
2. Statistik registrlarni yaratish
Xalqaro standartlarga muvofiq biznes registrlarni yaratish Davlat statistika qo‘mitasini korxonalarning turli xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlarini to‘plash, shuningdek, turli xil iqtisodiy statistika ma’lumotlaridagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun korxonalar kuzatuvlari tanlanmasi tizimini yaratish bo‘yicha mukammal vosita bilan ta’minlash imkonini beradi.
Strategiya doirasida korxonalarning mavjud ma’lumot bazalarini profillashtirish maqsadida ma’lumotlar bilan to‘ldirish yordamida kengaytirish hisobiga takomillashtirilgan statistik registrlar yaratiladi.
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
statistik registrlarni joriy qilishning ilg‘or xalqaro tajribalarini o‘rganish, mavjud davlat registrlarini qayta ko‘rib chiqish va statistik maqsadlar uchun biznes registrni ishlab chiqish;
har bir statistik registr uchun texnik xizmat ko‘rsatish va yangilash tartiblarini ishlab chiqish va tizim spetsifikatsiyalarini tayyorlash;
statistik registr tizimi va jarayonlarini sinovdan o‘tkazish;
tanlanmani amalga oshirishning asosi sifatida statistik registrlardan foydalanish uchun kuzatuvlar dasturlarini o‘zgartirish.
3. So‘rovnomalarni ishlab chiqish jarayonlari va usullarini takomillashtirish
So‘rovnomaning mazmuni so‘rov davomida olingan javoblar foiziga, olingan javoblarning sifatiga va shunga mos ravishda so‘rov natijalaridan olingan xulosalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Savolnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha joriy usullar talabga javob bermaydi. Umumiy muammolarga javoblarning past darajasi, respondentlarga yuqori hisobot yuki va ma’lumot yig‘ishga xarajatlar kiradi.
Bundan tashqari, tanlanmaning formati, tuzilmasi va usullari olinadigan ma’lumotlarning ishonchliligini va butun aholining reprezentativligini ta’minlashda muhimdir. Tanlanmaning yagona yaxlit standarti va milliy statistika tizimida uni shakllantirish masalalarida, lozim darajada tayyorgarlikning mavjud emasligi tanlov sifatini baholash va takomillashtirish jarayonlarini qiyinlashtirmoqda.
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
qog‘oz va elektron ko‘rinishidagi savolnomalar, yuzma-yuz intervyular va avtomatlashtirilgan telefon orqali intervyularni o‘z ichiga olgan turli shakllar uchun savolnomalar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
barcha mavjud savolnomalarni ko‘rib chiqish va ularning bazasini yaratish bo‘yicha dastur ishlab chiqish;
savolnomalarni foydalanishga qadar standartlarga mos kelishi bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish tartiblarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
statistik kuzatuvlar uchun savolnomalarni ishlab chiqish usullaridan foydalanish masalalarida o‘qitishlarni tashkil etish;
tanlanmani o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganish;
Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa tashkilotlarni tanlanma usullari bo‘yicha o‘qitish;
tanlanma kuzatuvlarni umumiylikni yo‘qotmagan holda o‘tkazishni ta’minlovchi variantlarni aniqlash uchun amaldagi kuzatuvlar to‘plamini o‘rganish;
statistik registrlarda rejalashtirilgan yangilanishlar va ishlanmalarni hisobga olgan holda korxonalar va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari tanlanmalarini takomillashtirish.
4. Vaqt qatorlarini tahlil qilish, mavsumiy tuzatish usullari va ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish siyosatini joriy qilish
Vaqt qatorlari shaklida statistika ma’lumotlarini taqdim etish xalqaro miqyosda tan olingan an’ana bo‘lib, davriy, mavsumiy va tartibsiz hodisalar tufayli ma’lumotlarni haqiqiy o‘zgarishlarini prognoz qilish, shuningdek, tahlilning boshqa turlari nuqtai nazaridan foydali ma’lumotlarni beradi.
Ma’lumotlarni vaqt qatorlari bo‘yicha shakllantirish uchun muayyan shartlar mavjud: vaqt davomida uslubiy muvofiqlik, yuqori chastotali ma’lumotlar bo‘yicha mavsumiy tuzatishlar, deflyatsiyaning lozim bo‘lgan usullaridan foydalanish.
Ma’lumot ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning vaqt qatorlarini tayyorlash bo‘yicha salohiyatini mustahkamlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilanmoqda:
maksimal uzoq vaqt kesimida diskret ko‘rsatkichlarning vaqt qatorlarini yaratish;
diskret ma’lumotlarni yig‘ish uchun savolnomalarni o‘zgartirish;
barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yillik diskret ma’lumotlarga mavsumiy tuzatishlar kiritish usulini joriy qilish;
mavjud indekslar va deflyatsiya usullarini takomillashtirish;
vaqt qatorlaridan foydalanish bo‘yicha keng tushuntirishlar olib borish dasturlarini ishlab chiqish.
5. Tadqiqot, tahlil va monitoring qilish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish
Statistika tizimidagi asosiy ma’lumot ishlab chiqaruvchilarning tadqiqot va tahliliy ishlari foydalanuvchilar uchun ularning statistikasini mazmuni, ahamiyatliligi va dolzarbligini oshirish nuqtai nazaridan muhimdir.
Strategiyani amalga oshirish doirasida milliy statistika tizimi tashkilotlarining ilmiy tadqiqotlar va tahlil sohasidagi salohiyatini oshirish, shuningdek, modellashtirish, prognozlashtirish va monitoring qilish usullarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
tahliliy materiallar va hisobotlarni tayyorlashning samarali usullarini ishlab chiqish;
asosiy ma’lumot ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning tahlil qilish salohiyatini rivojlantirish;
zamonaviy tahlil vositalarini yaratish va tahlil bo‘yicha hisobot shakllarini ishlab chiqish;
prognozlashtirish va modellashtirish masalalarida mamlakat milliy statistika tizimining barcha statistika ma’lumotlari ishlab chiqaruvchilarining salohiyatini oshirish.
III. Statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash
Ma’lumotlardan foydalanuvchilar statistika tizimining ajralmas qismini tashkil etadi va sifatli ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tarqatishni takomillashtirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun statistik materiallarni tayyorlashda foydalanuvchilarning fikrlarini hisobga olish muhimdir.
Ma’lumotlardan foydalanuvchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash Strategiyani asosiy maqsadlaridan biridir va bu mamlakatning milliy statistika tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi.
1. Foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqalarni takomillashtirish
Foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilash uchun ularni funksiyalari va statistika ma’lumotlariga bo‘lgan talablaridan kelib chiqib toifalarga, xususan davlat idoralari, iqtisodiyot tarmoqlari, ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlar va umuman jamoalarga taqsimlash va tahlil qilish zarur bo‘ladi.
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
jamoatchilikni mavjud statistika ma’lumotlari to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni takomillashtirish;
Davlat statistika qo‘mitasida aholining statistik savodxonligini oshirishga qaratilgan videomateriallarni tayyorlash uchun media-markaz tashkil etish;
foydalanuvchilarning umumiy ehtiyojlari tahlilini o‘tkazish va tegishli mavzular bo‘yicha qayta aloqani ta’minlash;
turli guruh foydalanuvchilariga ma’lumotlarni taqdim etish standartlarini ishlab chiqish;
foydalanuvchilar fikrlarining o‘zgarishi haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun foydalanuvchilarning qoniqish darajasini o‘rganish bo‘yicha kuzatuvlarni takomillashtirish;
asosiy statistika ma’lumotlarini olishni ta’minlash uchun statistika idoralari va boshqa ma’lumot ishlab chiqaruvchilarni rasmiy saytlarining yangilangan shakllarini ishlab chiqish;
obunalarning elektron shaklini ishlab chiqish;
foydalanuvchilarni statistika ma’lumotlarini ishlatish va tahlil qilishga o‘rgatish.
2. Statistika ma’lumotlarini tarqatish sohasida siyosatni takomillashtirish
Ayni paytda foydalanuvchilar yetarli va kerakli miqdordagi ma’lumotlarga ega emaslar va ma’lumotlarni tarqatish sohasidagi mavjud siyosat lozim darajada samarali emas.
Ma’lumotlarni tarqatishda izchil va kompleks yondashuvlarni yaratish uchun quyidagi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan:
Ma’lumotlarni tarqatish dasturi, shu jumladan dastlabki ma’lumotlarni e’lon qilish taqvimini tayyorlash va amalga oshirish;
ma’lumotlarni tarqatish funksiyalarini takomillashtirish;
ma’lumot ishlab chiqaruvchi barcha tashkilotlarga, ularning ma’lumotlari integratsiyasini ta’minlash, shuningdek, ochiq ma’lumotlar portali orqali tarqatish uchun statistika ma’lumotlarini tarqatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ma’lumotlarni tarqatishning xalqaro standartlarini joriy etish;
vaqt qatorlari bo‘yicha nashrlarni ko‘paytirish;
ma’lumotni olishni monitoring qilish va doimiy ravishda takomillashtirib borish;
Davlat statistika qo‘mitasi elektron axborot resurslarini doimiy ravishda yangilab borish.
3. Statistika ma’lumotlarini yetkazib beruvchilar bo‘yicha siyosatni takomillashtirish
Ma’lumotlarni yig‘ishning mavjud tizimi ma’lumot yetkazib beruvchilarga yuqori hisobot yuklamasini qo‘yadi, xususan so‘rovnomalarning murakkabligi va katta hajmdaligi olingan javoblarning to‘liqligi va ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, samarali tanlab olish, savolnomalarning tushunarli bo‘lishini ta’minlash, so‘rovni o‘tkazish yoki to‘ldirilgan so‘rovnomani olish muddatlari borasida ko‘proq moslashuvchanlik, shuningdek, respondentlarga axborot taqdim etish shaklini tanlash huquqini berish hisobiga hisobot yukini minimum darajaga keltirish bo‘yicha siyosatni joriy etish kerak.
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
respondentlar bo‘yicha siyosatni aniqlash va amalga oshirish;
kuzatuvlar o‘tkazish vaqtida respondentlarga hisobot yuklamasini o‘lchash tizimini joriy qilish;
respondentlarga hisobot yuklamasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash va nazorat qilish;
respondentlarning huquq va majburiyatlarini aniqlash va tegishli axborotlarni tarqatish;
ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq, koll-sentrlardan foydalangan holda so‘rov o‘tkazish uslubiyatini ishlab chiqish va tajriba loyihasini amalga oshirish.
IV. Statistika ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari samarali faoliyat yurituvchi statistika tizimini yaratishning eng muhim talablaridan biridir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishini hisobga olib, statistika idoralari ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tarqatish jarayonlarida ushbu texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish uchun zamon bilan hamnafas bo‘lishlari darkor.
Maqsad — ma’lumotlarni yig‘ishning (kuzatuv/boshqaruv) to‘liq siklini qamrab oluvchi ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha kompleks tizimni yaratish. Bu jarayon savolnomalar ishlab chiqish, kuzatuv instrumentariylarini yaratish, kuzatuvni o‘tkazish, raqamli qurilmalar yordamida ma’lumot yig‘ish, tahrir qilish, ko‘chirish, umumlashtirish va tarqatish uchun integratsiyalashgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni nazarda tutadi, shu o‘rinda bularning barchasi metama’lumotlarning umumiy bazasidan olinadi.
Davlat statistika qo‘mitasining axborot tizimlari boshqa statistika ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchilarning axborot bazalari bilan integratsiyalashuvi zarur. Tizimda avtomatlashtirilgan shaxsiy intervyu (ASHI), telefon orqali avtomatlashtirilgan so‘rov (TAS), avtomatlashtirilgan veb-so‘rov (AVS) va boshqa ma’lumotlarni yig‘ish usullarini joriy etish lozim.
1. Statistika ma’lumotlarini shakllantirish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha integratsiyalashgan tizimni yaratish
Strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri mavjud bo‘lgan turli xil dasturlar va ma’lumotlar bazalari o‘rniga kompleks axborot tizimini yaratishdir.
Umuman olganda, ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha samarali faoliyat yuritadigan kompleks tizimni yaratish maqsadida milliy statistika tizimi uchun AKT sohasida quyidagilarni qamrab oluvchi batafsil reja ishlab chiqilishi nazarda tutiladi:
vositalarni modernizatsiya qilish va yangi dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish yo‘li bilan onlayn tarzda qayta ishlash va tahlil qilish funksiyalarini joriy qilish orqali axborot bazalari va metama’lumotlar, shuningdek, ularning klassifikatsiyalarini takomillashtirish;
ma’lumotlarni yig‘ish va kiritish uchun mobil ilovalarni ishlab chiqish;
ma’lumotlar kelishilganligini va mutanosib yangilab borilishini ta’minlash maqsadida statistik registrlarni ishlab chiqish va joriy etish;
avtomatlashtirilgan shaxsiy intervyu (ASHI) vositalarini joriy qilish;
avtomatlashtirilgan shaxsiy intervyu (ASHI) va telefon orqali avtomatlashtirilgan so‘rov (TAS) vositalaridan foydalanish bo‘yicha xodimlarni tayyorlash;
respondentlar va foydalanuvchilar uchun yangi veb-servislarni ishlab chiqish yo‘li bilan Davlat statistika qo‘mitasi veb-portalining ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qismini takomillashtirish;
ma’lumotlarni himoya qilish va qo‘riqlash tizimini ishlab chiqish;
axborot bazalari xavfsizligini kafolatlovchi qo‘shimcha zaxira tizimini yaratish va o‘rnatish;
videokonferensiyalar va o‘qishlarni tashkil etish uchun markaziy apparatni Institut va hududiy bo‘linmalar bilan bog‘lovchi VoIP tizimini yaratish.
2. Davlat statistika qo‘mitasi, uning hududiy bo‘linmalari va Institutning moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modernizatsiya qilish
Davlat statistika qo‘mitasi, uning hududiy bo‘linmalari va Institutning moddiy-texnika ta’minotini deyarli to‘liq, jumladan 60 foizdan ortiq axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yangilash zarurati mavjud. Ma’lumot bazalarini boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashda foydalanilayotgan dasturiy ta’minotlar eskirgan va murakkab vazifalarni bajara olmaydi.
Ushbu masalalarni hal etish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilar tizimida foydalanishda bo‘lgan axborot-kommunikatsiya infratuzilmalarini yangilash siyosati va dasturini ishlab chiqish;
vositalar va dasturiy ta’minotlarni xarid qilish, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish;
statistika ma’lumotlarini to‘plash, qayta ishlash va saqlash uchun zarur quvvatlarni yaratish maqsadida statistika ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha markazni (Data-sentr) ishga tushirish;
zarur moliyaviy resurslarni jalb etgan holda moddiy-texnika bazasini yangilash rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
V. Alohida statistik yo‘nalishlar va metodologiyalarni takomillashtirish
Mamlakatning asosiy statistika ma’lumotlari o‘z ichiga 1,4 mingdan ziyod nomlanish yoki qariyb 1400 — 1500 ming statistika ishlarini qamrab oluvchi har yili hukumat tomonidan tasdiqlanadigan davlat statistika ishlari dasturi orqali shakllanadi.
Dastur shakllantirilishi lozim bo‘lgan statistik ko‘rsatkichlarni aniqlab beradi, Davlat statistika qo‘mitasi esa ularni shakllantirish mexanizmlariga javobgardir.
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan statistika ishlarini muvofiqlashtirish mexanizmlarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy baza va hujjatlarning mavjud emasligi sababli, bu funksiya samarali qo‘llanilmaydi. Xususan, amaldagi tizim ilg‘or xalqaro standartlar asosida statistika ma’lumotlarini shakllantirish usullari va ularning metodologik asoslarini to‘liq kelishilganligini lozim darajada ta’minlash imkonini bermaydi.
Strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri bu barcha alohida statistik yo‘nalishlarni takomillashtirish hamda xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni integratsiya qilish yo‘li bilan ma’muriy ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha zarur tavsiya va tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Xususan, mamlakatdagi barcha statistika ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchilarning tarkibi, qamrovi, kelishilganligi, aniqligi, dolzarbligi, qulayligi va tushunarliligi nuqtai nazaridan har bir statistika yo‘nalishi bo‘yicha sezilarli takomillashtirishlar kuzatiladi.
1. Ro‘yxatga olishlar sohasida statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilmagan. Aholi soni, jinsi va yosh tarkibi, respublika hududida joylashish va boshqa ijtimoiy-demografik xususiyatlariga keskin ta’sir ko‘rsatgan o‘zgarishlar aholi sonining joriy hisobidan foydalanishni sezilarli darajada cheklaydi.
Aholini ro‘yxatga olish rasmiy statistika tizimida katta rol o‘ynaydi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli prognozlarni va maqsadli davlat dasturlarini, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqishda, milliy barqaror rivojlanish maqsadlari uchun ko‘rsatkichlarni shakllantirishda, mehnat resurslarini joylashtirish va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda eng muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari ham o‘tkazilmagan, mavjud statistika ma’lumotlari esa statistik kuzatuvlar va ma’muriy ma’lumotlar orqali shakllantiriladi.
Ushbu tadbirlarning zarurati va ahamiyatini e’tirof etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmoni asosida aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini 2022-yilda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni bilan esa qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni 2023-yilda o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ro‘yxatga olish tadbirlarini samarali tashkil etish va o‘tkazish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnik, huquqiy va uslubiy asoslarni ishlab chiqish;
Davlat statistika qo‘mitasi tizimida ro‘yxatga olish tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha alohida bo‘linmalar tashkil etish;
aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha harakatlar rejalarini (shu jumladan vosita va dasturiy ta’minotlarga bo‘lgan talablarni o‘z ichiga olgan holda) tayyorlash;
ro‘yxatga olishlar bo‘yicha savolnomalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish;
ro‘yxatga olishlarni o‘tkazish uchun zarur infratuzilmani yaratish va tadbirlar natijalari bo‘yicha qamrovi, sifati va o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash uchun yangi texnologiyalarni joriy etish;
ro‘yxatga olish tadbirlari targ‘iboti bo‘yicha kampaniyalarni tayyorlash va uyushtirish;
ro‘yxatga olish tadbirlarida ishtirok etuvchi shaxslar salohiyati va malakasini oshirish maqsadida kadrlar tayyorlash sohasida reja ishlab chiqish;
ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish sohasida rahbarlar va intervyurerlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha zarur tayyorgarlikni amalga oshirish.
2. Milliy hisoblarni takomillashtirish
Milliy hisoblar tizimi (bundan buyon matnlarda — MHT) dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida bozor iqtisodiyoti rivojlanishini makro darajada tasvirlash va tahlil qilish uchun foydalaniladigan o‘zaro bog‘liq statistik ko‘rsatkichlar tizimidir. Uning yordamida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, foydalanish va taqsimlashni aks ettiruvchi o‘zaro bog‘liq hisoblar asosida mamlakat va hududlarning iqtisodiy faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish ishlari amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda MHT 1993-yilda qabul qilingan Milliy hisoblar tizimi tavsiyalari asosida amalga oshiriladi. MHT bo‘yicha qo‘llanma Birlashgan millatlar tashkiloti, Yevropa komissiyasi, IHTT, XVJ va Jahon banki kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar homiyligida ishlab chiqilgan bo‘lib, u foydalanuvchilarning o‘zgarib borayotgan talablari, global iqtisodiyotning yangi tendensiyalari, masalan iqtisodiyotning globallashuvi, moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar rolining oshib borishi va boshqalar hisobiga muntazam ravishda yangilanib turadi.
2013-yildan boshlab O‘zbekistonda MHT — 2008 ni amaliyotga joriy qilish choralari ko‘rilmoqda. Strategiya doirasida 2020-yildan boshlab, MHT — 2008 ni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish rejalashtirilgan.
Shu o‘rinda, MHT — 2008 ni amaliyotga to‘liq joriy qilish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali xalqaro standartlarga muvofiq metodologik ishlanmalarni o‘rganish va tatbiq etish talab etiladi:
milliy hisoblar statistikasi sohasida kadrlar salohiyati va malakasini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
yalpi ichki mahsulotning hajmi, tarkibi va dinamikasini belgilovchi uslubiy ishlanmalarni joriy qilish;
statistik maqsadlar uchun ma’muriy ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish;
MHT, shu jumladan MHT — 2008 bo‘yicha xalqaro standartlar va klassifikatsiyalarni joriy etib borish;
kuzatilmaydigan iqtisodiyot bo‘yicha aniqroq baholashlarni olish uchun “resurslar va foydalanish” jadvallar tizimidan foydalanish;
korxonalar xarajatlari tarkibini kuzatish natijalari asosida xarajatlar-ishlab chiqarish koeffitsiyentlarini yangilash yo‘li bilan “Resurslar va foydalanish” jadvallarini tuzish tajribasini takomillashtirish;
MHT uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlarni joriy qilish orqali axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish;
choraklik hisob-kitoblar sifatini oshirish maqsadida mavsumiy tuzatishlarni kiritish va o‘tgan yilning tegishli davri narxlari bo‘yicha YAIMni hisoblash usulidan bazis yili bo‘yicha o‘rtacha yillik narxlar asosida YAIMni hisoblash usuliga o‘tish;
YAIMning tarkibiy qismlarini va iqtisodiy statistikaning boshqa ko‘rsatkichlarini doimiy narxlarda hisoblashni takomillashtirish, shu jumladan doimiy narxlarda qatorlarni tuzishda ikki tomonlama deflyatsiyalash yondashuvini joriy etish;
milliy hisoblar, davlat moliyasi statistikasi va to‘lov balansi o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish;
choraklik milliy hisoblarni takomillashtirish, choraklik iqtisodiy statistikani tuzishda diskret yondashuvni tatbiq etish;
YAIMning tarkibiy qismlarini baholashni takomillashtirish orqali uning to‘liqroq qamrovini ta’minlash;
Xalqaro taqqoslashlar dasturining doimiy global raundlarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rib borish va xarajatlar usulidagi YAIM hisob-kitoblarini takomillashtirish;
Tarmoq statistikasining barcha darajalarida choraklik (oylik) statistik hisobotlarni taqdim etish muddatlarini, shunga mos ravishda xalqaro tajriba va xalqaro statistika tashkilotlarining (XVJ, OTB, MDH Davlatlararo Statistika qo‘mitasi) tavsiyalariga muvofiq, YAIM va boshqa makro ko‘rsatkichlarni shakllantirish muddatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish.
3. Narxlar statistikasini takomillashtirish
Hozirgi vaqtda mamlakatda narxlar statistikasi XVJ, IHTT, Yevrostat, BMT YEIK, Jahon banki va XMT kabi xalqaro tashkilotlarning standartlariga muvofiq shakllantirilmoqda.
Iste’mol narxlari indekslari va uy xo‘jaliklari budjeti kuzatuvlari, Maqsadlar bo‘yicha shaxsiy iste’mol klassifikatsiyasi (MSHIK-1999)ga muvofiq, tuzilgan. Narxlar statistikasini shakllantirishda ro‘yxatni tuzish ishlari uy xo‘jaliklari budjeti va tadbirkorlik statistikasi kuzatuvlari natijalari asosida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, narxlar statistikasini tuzish jarayonida, xususan, ma’lumot manbalarini tanlashda kamchiliklar mavjud bo‘lib, natijada Davlat statistika qo‘mitasi mahsulot va xizmatlar sifati, yangi mahsulotlar va mavsumiy o‘zgarishlar jihatlarini hisobga olishda hamda kichik korxonalarni qamrab olishda qiyinchiliklarga duch keladi.
Narxlar statistikasini shakllantirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ularni boshqa mamlakatlarning o‘xshash ma’lumotlari bilan uyg‘unlashtirish va taqqoslashni ta’minlash, xalqaro tashkilotlarning amaldagi tavsiyalariga muvofiq tuzilgan ko‘rsatkichlarni yangi darajaga ko‘tarish imkonini beradi.
Narxlar statistikasini takomillashtirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
iste’mol narxlari indekslarini hisoblashda xalqaro standartlarni, shu jumladan iste’mol savatida tovarlar (xizmatlar)ning salmoq vaznlarni belgilash metodologiyasini tanqidiy qayta ko‘rib chiqqan holda joriy etib borish;
qishloq xo‘jaligida narx indekslarini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish;
ishlab chiqaruvchilar narxlari indekslarini hisoblashda tanlanadigan mahsulotlar va korxonalar ro‘yxatini kengaytirish, shuningdek, oylik ma’lumotlarni taqdim etish talab qilinmaydigan kichik korxonalarni ham qamrab olish;
registrlar asosida iste’mol narxlari indekslari ma’lumot manbalarini tanlashni amalga oshirish;
eksport va import qilinadigan tovarlar (xizmatlar) narxlari indekslarini va uy-joy bozorida narx indekslarini xalqaro standartlarga muvofiq hisoblash metodologiyasini takomillashtirish;
tovarlar (xizmatlar) sifatini, yangi mahsulotlarni, mavsumiy jihatlarni hamda uzoq ishlab chiqarish sikliga ega va yakka tartibdagi buyurtma asosida tayyorlanadigan tovarlar va xizmatlar narxlarini aks ettiruvchi vaqtincha mavjud bo‘lmagan tovarlarni hisobga olgan holda narxlar statistikasi uslubiyatini takomillashtirib borish;
sanoat korxonalari tomonidan xarid qilingan materiallar narx indekslarini hisoblash uslubiyotini takomillashtirish;
milliy hisoblar bilan bog‘liq ravishda “Maqsadlar bo‘yicha shaxsiy iste’mol tasniflagichi — 2018”ni joriy etishga tayyorgarlik uchun zarur choralarni ko‘rish;
narx statistikasida mavsumiy tuzatish usullarini joriy etish;
Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-saytida o‘rtacha narxlarni va asosiy iste’mol tovarlari tarkibidagi ularning o‘zgarishini respublika va hududlar kesimida muntazam ravishda e’lon qilish amaliyotini joriy etish;
narxlar statistikasini shakllantirishning samarali mexanizmlarini, masalan, onlayn kassa tizimlariga integratsiyalash va boshqalarni joriy etish.
4. Uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini takomillashtirish
Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari O‘zbekistonda rasmiy statistikaning muhim manbalaridan biridir. Kuzatuvlar davomida olingan ma’lumotlar davlat idoralari va jamoatchilikka farovonlik, iqtisodiy faoliyat natijalari va boshqa muhim tendensiyalarni kuzatishga imkon beradi.
Davlat statistika qo‘mitasi 2000-yildan boshlab muntazam ravishda aholining farovonligi darajasini kuzatib boradi va uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari (UXTK) doirasida aholi turmush darajasini ifoda etuvchi ma’lumotlarni yig‘adi. Kuzatuv tanlanmasi ma’lumot vakolatliligi (reprezentativligi)ni respublika va hududlar kesimida ta’minlashga qaratilgan.
O‘tgan vaqt ichida tanlanma kuzatuv takomillashtirib borilgan. Hozirgi vaqtda tanlanma hajmi yiliga ikki marta 208 tadan klasterlar tanlab olinadigan 10000 uy xo‘jaliklari miqdorida belgilangan. Kuzatuvlar tanlab olingan uy xo‘jaliklarining unda ixtiyoriylik tamoyili asosida ishtirok etishi orqali tashkil etiladi. Tanlovga tushgan uy xo‘jaliklarida kuzatuv bir oy davomida o‘tkaziladi va shundan so‘ng boshqa uy xo‘jaligiga almashtiriladi.
Yo‘lga qo‘yilgan amaliyot maqsadga erishish uchun xizmat qiladi, ammo xarajatlarni kamaytirish, qamrovni kengaytirish va ma’lumotlarning aniqligini oshirish, shuningdek, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan vaqt sarfini kamaytirish uchun takomillashtirilishi lozim.
Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvida ishtirok etganligi uchun respondentlarga statistika organlari tomonidan bir martalik rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvini takomillashtirish uchun quyidagi vazifalar ko‘zda tutilgan:
uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlarini o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish;
uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuv tanlovini takomillashtirish;
uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlarini o‘tkazish uchun zamonaviy elektron qurilmalar (planshetlar)dan foydalanish va avtomatlashtirilgan shaxsiy so‘rov texnologiyalarini joriy etish;
ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilish uchun zamonaviy dasturiy ta’minotni joriy qilish, shuningdek, uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazuvchi xodimlarni talab darajasida tayyorlashni ta’minlash.
5. Tashqi savdo statistikasini takomillashtirish
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xorijda ham, ichki bozorda ham bozor sharoitlari o‘zgarib bormoqda, bu esa o‘z navbatida, tashqi savdo operatsiyalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish uchun respublikaning tashqi savdo faoliyatini doimiy ravishda o‘rganishni talab qiladi. Amaldagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo faoliyati to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Shu bilan birga, vazirliklar va idoralar o‘rtasida eksport-import operatsiyalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni mahsulot guruhlari yoki turlari bo‘yicha alohida-alohida tayyorlashda turli xil yondashuvlar mavjud. Davlat statistika qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan foydalanadigan klassifikatorlar va standartlarni uyg‘unlashtirishda bo‘shliqlar saqlanib qolmoqda.
Tashqi savdo sohasidagi statistikani yanada takomillashtirish uchun quyidagi vazifalar ko‘zda tutilgan:
Davlat statistika qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan foydalanadigan tashqi savdo sohasidagi klassifikatsiyalar va standartlarni uyg‘unlashtirish;
tashqi savdo sohasida mavjud hisobot shakllari sifatini yanada yaxshilash;
tashqi savdo statistikasi qamrovini yaxshilash;
tashqi savdo sohasidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash va tahlil qilishni ta’minlash amaliyotini takomillashtirish;
tashqi savdo sohasida statistika ma’lumotlarining yagona ma’lumotlar bazasini va ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash.
6. Energetika sohasida statistikani takomillashtirish
Ayni vaqtda mamlakatdagi energetika sohasining umumiy manzarasini aks ettiruvchi to‘liq ma’lumotlar majmui mavjud emas. Mavjud ma’lumotlar Energetika vazirligi hamda boshqa idora va tashkilotlarning ma’muriy ma’lumotlariga asoslanadi.
Energetika tarmog‘i faoliyati ko‘rsatkichlarini hisoblash va jismoniy shaxslarning energiya resurslaridan foydalanishini aniqlash uchun Uy xo‘jaliklari kuzatuvlari savolnomasiga qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni kiritish rejalashtirilmoqda.
Energetika sohasidagi statistikani xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirilishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va uy xo‘jaliklari tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish holatini aniqlash uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli yoqilg‘i-energetika balansini shakllantirishga yordam beradi.
Ushbu yo‘nalishdagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar ko‘zda tutilgan:
foydalanuvchi ehtiyojlari asosida mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlash va BMT standartlari asosida energiya statistikasini takomillashtirish;
energiya samaradorligi va energiya sarfi bo‘yicha savollarni qo‘shish yo‘li bilan uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini qayta ko‘rib chiqish;
yuqori sifatli energiya balansini shakllantirish uchun ko‘rsatkichlarning to‘liq qamrovini ta’minlash maqsadida xalqaro standartlarga muvofiq, energetika sohasida statistik hisobot shakllarini qayta ko‘rib chiqish;
energetika holati haqida to‘liq va izchil ma’lumotlar taqdim etish orqali energetika statistikasining dolzarbligini oshirish.
7. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida statistikani takomillashtirish
Atrof-muhitni monitoringi iqtisodiyotning barcha sohalariga ta’sir qiluvchi ko‘p qirrali masaladir. Atrof-muhit statistikasini to‘plash atrof-muhitni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish, o‘rmon xo‘jaligi va boshqa masalalar bo‘yicha mas’ul bir qator davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Barqaror iqtisodiy rivojlanish sohasida siyosiy qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan statistik hisobotlar tizimining asoslarini yaratish, atrof-muhit sohasida mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralarning statistik salohiyatini oshirish — xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari asosida ekologiya bo‘yicha ma’lumot to‘plash mexanizmi hamda ko‘rsatkichlar bo‘yicha vaqt qatorlarini tayyorlashni yaxshilash imkonini beradi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida kompleks siyosatni ishlab chiqish talablariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob beradigan, tizimli, taqqoslash imkonini beruvchi, keng qamrovli statistika ma’lumotlari va ko‘rsatkichlarni tayyorlashga ehtiyoj mavjud.
Ushbu yo‘nalishdagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
foydalanuvchi ehtiyojlari asosida yetishmayotgan ma’lumotlarni aniqlash va BMT standartlari asosida atrof-muhit sohasida statistikani takomillashtirish;
atrof-muhit holati va o‘zgarishi, tabiiy resurslardan foydalanish, xususan suv, yer, mineral, biologik resurslar zaxiralari va ularning o‘zgarishi hamda chiqindilarni qayta ishlash, ekologik aktivlar zaxiralarini va prognozlarini baholash bo‘yicha ma’lumotlarni yagona tizim doirasida yig‘ish va umumlashtirish imkonini beruvchi ekologik ma’lumot hisobi bo‘yicha xalqaro standartni joriy etish;
atrof-muhit sohasida statistik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish;
Geografik axborot tizimidan atrof-muhit holati to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish va tarqatish uchun asos sifatida foydalanish;
ekologik va iqtisodiy statistikaning qo‘shimcha tizimini yaratishga imkon beruvchi atrof-muhit bo‘yicha birlamchi ma’lumotlarni to‘plash tizimini ishlab chiqish.
8. Korxonalar statistikasini takomillashtirish
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik statistikasi bo‘yicha ma’lumotlar yuridik shaxslarning statistik hisobotlari va tadbirkorlik faoliyati kuzatuvlari asosida shakllantiriladi.
Kichik korxona va mikrofirmalarning kuzatuvlari kichik biznes statistikasini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, Davlat statistika qo‘mitasi har chorakda savdo, xizmat ko‘rsatish, sanoat va transport sohalarida yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasida kuzatuv o‘tkazadi.
Shu bilan birga, mavsumiy tuzatishlar bo‘yicha joriy metodologiyani so‘nggi xalqaro tavsiyalarni hisobga olgan holda takomillashtirish lozim.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga real baho berishga imkon beradigan ishonchli, ilmiy asoslangan statistika ma’lumotlarini olish hamda hududlar kesimida, shuningdek, korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha to‘laqonli ajratgan holda ko‘rishni ta’minlash uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq tadbirkorlik statistikasining barcha yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish;
keng qamrovli statistik biznes-registrni ishlab chiqish va mamlakatning barcha subyektlari uchun yagona milliy identifikatsiyadan foydalanishni targ‘ib qilish;
korxonalar statistikasi bo‘yicha ishonchli va to‘laqonli ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida kuzatuvlarni o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish;
mavsumiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda moslashtirilgan, yuqori chastotali vaqt qatorlari bo‘yicha ma’lumotlarni ishlab chiqarishni takomillashtirish.
9. Davlat moliyasi statistikasini takomillashtirish
Davlat moliya statistikasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tuziladi. XVJ tomonidan 2014-yilda ishlab chiqilgan Davlat moliya statistikasi bo‘yicha qo‘llanma (bundan keyin — DMSQ-2014) davlat moliya statistikasi sohasidagi asosiy xalqaro standart hisoblanadi.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan DMSQ — 2014 ga muvofiq davlat budjeti tizimining bir qismi sifatida tasniflanishi kerak bo‘lgan barcha budjetdan tashqari mablag‘lar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari hisoblari va boshqa institutsional bo‘linmalarning operatsiyalarini o‘z ichiga olgan holda butun davlat boshqaruvi tizimida davlat moliyasi statistikasi qamrovini kengaytirish ustida ish olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va Markaziy bank MHT — 2008, Davlat moliyasi statistikasi, Pul-kredit va moliyaviy tizimlar va to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiya qo‘llanmalarini uyg‘unlashtirishda yaqindan hamkorlikda ishlashi kerak, bu statistika ma’lumotlarining sifati va ishonchliligini, standartlarning uyg‘unlashishini va ekspert bilimlari almashinuvini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi fiskal statistika bo‘yicha moliyaviy hisobotlarning yaxlitligini oshirish choralarini ko‘rmoqda. Davlat budjeti tasnifi DMSQ — 2014 metodologiyasiga muvofiq qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Davlat moliya statistikasini takomillashtirish uchun quyidagi vazifalar ko‘zda tutilgan:
fiskal hisobotlarning institutsional qamrovini kengaytirish, DMSQ — 2014 standartlariga muvofiq davlat boshqaruvi tizimining bir qismi sifatida tasniflash kerak bo‘lgan davlat budjeti statistikasini, shu jumladan budjetdan tashqari mablag‘lar, budjet tashkilotlari va boshqa institutsional bo‘linmalarning budjetdan tashqari hisoblari bo‘yicha statistika ma’lumotlarini to‘plash va tarqatish;
davlat operatsiyalarini to‘g‘ri tasniflash va balans ma’lumotlarini taqdim etishni hisobga olgan holda DMSQ — 2014 standartlarini joriy etib borish;
moliyaviy statistikaning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash uchun davlat korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yangilab borish va ularni doimiy ravishda tarmoqlar bo‘yicha taqsimlash;
jamlanma fiskal ma’lumotlarning budjet ijrosi va davlat moliya statistikasi hisobotlari o‘rtasidagi muvofiqligiga erishish, moliyaviy hisobotlarda asosiy agregatlarni solishtirib borish hamda aholi savodxonligini oshirish hisobiga fiskal hisobotlarda statistika ma’lumotlari yaxlitligini ta’minlash.
10. Tashqi sektor bo‘yicha statistikani takomillashtirish
Tashqi sektor statistikasi to‘lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi, yalpi tashqi qarz, xalqaro rezerv aktivlari, tovarlar xalqaro savdosi va ayriboshlash kurslaridan tashkil topadi.
Tashqi sektor statistikasini shakllantirishda poydevor bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
a) to‘lov balansi va xalqaro investitsiya pozitsiyasi bo‘yicha — XVFning “To‘lov balansi va xalqaro investitsiya pozitsiyasi bo‘yicha qo‘llanma”si;
b) yalpi tashqi qarz bo‘yicha — XVFning “Tashqi qarz statistikasi: ishlab chiquvchilar va foydalanuvchilar uchun qo‘llanma”si;
v) xalqaro rezervlar bo‘yicha — XVFning “Xalqaro rezervlar va chet el valyutasidagi likvidlilik. Ma’lumotlarni taqdim etish shakllari: asosiy mezonlar”;
g) tovarlar xalqaro savdosi bo‘yicha — BMTning “Tovarlar xalqaro savdosi statistikasi: ishlab chiqaruvchilar uchun birinchi qayta ko‘rib chiqilgan qo‘llanma”.
Tashqi sektor statistikasini shakllantirish va e’lon qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) to‘lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi, yalpi tashqi qarz, xalqaro rezervlar va ayriboshlash kurslari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan;
b) tovarlar xalqaro savdosi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tashqi sektor statistikasini takomillashtirish quyidagi vazifalarni bajarishni nazarda tutadi:
tashqi sektor statistikasini XVF tavsiyalari asosida shakllantirish va ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish;
tashqi sektor statistikasi foydalanuvchilarining savodxonligi va keng jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirish;
XVFning Ma’lumotlarni tarqatishning maxsus standarti (SDDS) talablarini joriy qilish;
tashqi qarz bo‘yicha indikatorlarni takomillashtirish;
tashqi sektor statistikasi bo‘yicha ma’lumotlar qamrovini, davriyligini va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash.
11. Pul-kredit va moliya sektori statistikasini takomillashtirish
So‘nggi yillarda pul-kredit statistikasi bo‘yicha ma’lum yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, Strategiya Markaziy bank va Davlat statistika qo‘mitasining so‘nggi xalqaro standartlar, tasniflar va metodologiyalarga muvofiq pul-kredit va moliya statistikasi sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda quyidagi vazifalar ko‘zda tutilgan:
makroiqtisodiy va moliyaviy statistikani shakllantirish va yuritish siyosatini qayta ko‘rib chiqish;
Markaziy bank tomonidan “Moliya sektori sharhi” va “Boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhi”ni tayyorlanishi va e’lon qilib borilishini yo‘lga qo‘yish orqali O‘zbekiston Respublikasi moliya statistikasining qamrovini to‘liqligini ta’minlash;
moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish.
12. Demografik statistikani takomillashtirish
Demografik statistika 1989-yilda so‘nggi o‘tkazilgan demografik so‘rov (ro‘yxatga olish) natijalariga asosan tug‘ilish, o‘lim va migratsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilgan holda tuziladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini (tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish va hokazo) ro‘yxatga olish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakat ichkarisida ham, chet elda ham kelish va ketishni rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarining kelish va chiqish varaqalari statistik kuponlari asosida amalga oshiriladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Demografik statistikani takomillashtirish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
tug‘ilish, o‘lim va migratsiya to‘g‘risidagi ma’muriy va so‘rov asosida shakllangan ma’lumotlarni tizimlashtirish;
demografik statistika bo‘yicha standart klassifikatsiyalarni qabul qilish;
standart davriy hisobotlarni va nashr uchun yig‘ma statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish.
13. Ta’lim statistikasini takomillashtirish
Davlat ta’lim muassasalaridagi ta’lim statistikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’lim muassasalari darajasida to‘plangan ma’muriy ma’lumotlarga asoslanadi, nodavlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish esa Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda ta’limni boshqarishning axborot tizimlarini (TBAT) ishlab chiqmoqdalar, bu esa ma’lumotlarni elektron shaklda to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish imkonini beradi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi YUNISEF ko‘magida TBATni joriy qilishni boshladi va uni boshqa sohalarda, ayniqsa strategik rejalashtirish, boshqarish va ta’lim sifatini o‘lchash sohalarida qo‘llashni yanada kengaytirish choralarini ko‘rmoqda. Biroq, vazirlik ma’lumotlarni boshqarish sohasida tajribaning yo‘qligi sababli TBATdan foydalanishni kengaytirishda muammolarga duch kelmoqda.
Ushbu sohada maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
Davlat statistika qo‘mitasi va tegishli vazirliklar faoliyatida statistik jarayonlarning takrorlanishini oldini olish uchun ma’lumotlarni shakllantirish tizimini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish;
xalqaro standartlarga muvofiq ta’lim sohasida strategik rejalashtirish hujjatlari ijrosini monitoring qilish uchun zarur bo‘lgan statistika ma’lumotlari doirasini kengaytirish hamda klassifikatsiyasi va metodologiyasini takomillashtirish;
ta’lim sohasidagi barcha vazirliklarda statistik infratuzilmani rivojlantirish hamda dolzarb va sifatli ma’lumotlarni o‘z vaqtida shakllantirish bo‘yicha ularning salohiyatini mustahkamlash;
TBATning yagona tuzilmasini shakllantirishda ko‘maklashish.
14. Sog‘liqni saqlash statistikasini takomillashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vazirlik tizimi doirasida aholi salomatligi statistikasi, tibbiyot muassasalari statistikasi va kadrlar statistikasi bo‘yicha statistika ma’lumotlarini to‘playdi. Sog‘liqni saqlash xarajatlari bo‘yicha statistika ma’lumotlarini va boshqa turli xil ko‘rsatkichlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalaridan olinishi mumkin. JSSTning texnik ko‘magi bilan sog‘liqni saqlash hisoblari tizimini (SS’H) bosqichma-bosqich joriy etish boshlandi.
Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi davlat (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga kirmaydigan) va xususiy tibbiyot muassasa va tashkilotlaridan ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda to‘playdi.
Mazkur yo‘nalishdagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
xalqaro standartlarga muvofiq aholi salomatligi va farovonligi to‘g‘risidagi statistik hisobotlarga kiritilishi kerak bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini shakllantirish hamda statistikani milliy va xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida aniq aks ettirish uchun zarur o‘zgartirishlarni kiritish;
sog‘liqni saqlash statistikasi va ma’lumotlarini tarqatish amaliyotini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish;
Davlat statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ma’lumotlar shakllantirish tizimini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish;
xalqaro standartlarga muvofiq sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy strategiyalarni amalga oshirish jarayonlarini monitoring qilish uchun zarur bo‘ladigan sog‘liqni saqlash statistikasini kengaytirish (shu jumladan fuqarolikni ro‘yxatga olish hujjatlari va sog‘liqni saqlashning boshqa manbalaridan olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar) va metodologiyalarni takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining statistik infratuzilmasini rivojlantirish va ma’lumotlar ishlab chiqarish va tahlil qilish sohasidagi salohiyatini mustahkamlash;
sog‘liqni saqlash statistikasi sohasida faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish uchun ma’lumotlarni yig‘ishning avtomatlashtirilgan tizimini va idoralararo ma’lumotlar almashish tizimini ishlab chiqish.
15. Ijtimoiy soha statistikasini takomillashtirish
Ijtimoiy soha statistikasi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tuziladi, Davlat statistika qo‘mitasi esa tegishli statistika ma’lumotlarini yig‘ish, umumlashtirish va tarqatish uchun javobgar hisoblanadi.
Shu bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi strategik rejalashtirish hujjatlari uchun (masalan, BRM) ko‘rsatkichlar Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazish yo‘li bilan shakllantiriladi.
Shu bilan birga, ilg‘or xalqaro amaliyotga muvofiq ijtimoiy soha va qashshoqlik statistikasini takomillashtirish zarurati mavjud. Mazkur yo‘nalishda maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni to‘plash uchun uy xo‘jaliklari kuzatuvlari dasturini takomillashtirish;
oshkora va ishonchli ma’lumotlarni olish maqsadida tanlanma va uning metodologiyasini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish;
kuzatuvlarni o‘tkazish jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining integratsiyalashuvini amalga oshirish hamda ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va taqdim etish jarayonlariga zamonaviy dasturlarni (STATA, SPSS) kiritish;
iste’mol xarajatlarini shakllantirish uchun yangi “Maqsadlar bo‘yicha shaxsiy iste’mol klassifikatsiyasi — 2018”ni joriy etish.
16. Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bo‘yicha statistikani takomillashtirish
O‘zbekiston 2015-yilning sentabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasini qabul qilgan.
BMTning Global kun tartibining 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlarini O‘zbekiston Respublikasida izchil amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tegishli qaror qabul qilindi va 16 ta milliy maqsad va BRMning 125 ta milliy vazifalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Shu bilan birga, mavjud bo‘lmagan BRM bo‘yicha statistika ma’lumotlarini shakllantirish va tarqatishda sezilarli bo‘shliqlar mavjud, bu zarur metodologiyani o‘rganish va ishlab chiqishni hamda ma’lumotlarni to‘plashning tegishli mexanizmlarini yaratishni talab qiladi.
Mazkur yo‘nalishdagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
BRM ko‘rsatkichlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantirish jarayonlariga xalqaro standartlar va metodologiyalarni joriy etish;
BRM monitoringi bo‘yicha ilg‘or bo‘lgan mamlakatlar tajribasini o‘rganish;
BRM ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va monitoring qilish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralarning salohiyatini mustahkamlash;
BRM milliy ko‘rsatkichlari uchun metodologiyalarni ishlab chiqishni aniq muddatlari ko‘rsatilgan harakatlar rejasi va monitoring qilish tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
17. Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida statistikani takomillashtirish
Ilm-fan, tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha tegishli statistikani tayyorlash mamlakatning innovatsion rivojlanishini kuzatish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun muhimdir. Ilm-fan va innovatsiyalar statistikasida bir qator muammoli jihatlar mavjud. Xususan, xalqaro amaliyotga muvofiq klassifikatsiyalar, metodologiya va instrumentariylarni, masalan, “Oslo Yo‘riqnomasi 2018” va “Fraskati Yo‘riqnomasi 2015”ni amaliyotga joriy etishda ma’lumotlarning yetishmasligi va uslubiy yordamga ehtiyoj seziladi.
Bundan tashqari ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi statistika ma’lumotlarini yig‘ish, taqdim etish va ulardan foydalanish bo‘yicha Yevropa mamlakatlarining tajribasini o‘rganish zarurati mavjud.
Ushbu muammolarni hal etish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
Davlat statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mas’ul xodimlarining malakasini oshirish;
Ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi statistik metodologiyalarni ishlab chiqish hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi statistikani tayyorlash jarayonlariga “Oslo Yo‘riqnomasi 2018” va “Fraskati Yo‘riqnomasi 2015” kabi xalqaro tan olingan standartlarni joriy etish.
18. Gender statistikasini takomillashtirish
Davlat statistika qo‘mitasi gender bo‘yicha statistikani ishlab chiqadi va mumkin bo‘lgan darajada maksimal yoyilgan holda tarqatadi.
Shu bilan birga, gender statistikasining joriy hisobi barcha gender jihatlarini, shu qatorda xalqaro majburiyatlarning bajarilishi monitoringini to‘liq hisobga olish imkonini bermaydi.
O‘zbekistonda gender jihatlarini aks ettiruvchi xalqaro standartlarga javob beradigan gender statistikasining sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarini yillar bo‘yicha dinamik qatorlarda ishlab chiqish zarur.
Ushbu yo‘nalishdagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
gender va bolalar statistikasi bo‘yicha idoralararo ishchi guruhni tashkil etish;
BMT Statistika bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan “Gender statistikasining minimal bazaviy to‘plami”ni amaliyotga to‘liq joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha kuzatuvlarni o‘tkazish va ma’lumotlarni qayta ishlash;
xalqaro majburiyatlar, gender tenglikni ta’minlash hamda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha milliy strategiya va dasturlarning bajarilishini monitoring qilish bo‘yicha milliy indikatorlar tizimini yaratish.
19. Mehnat statistikasini takomillashtirish
Amaliyotda mehnat statistikasi Davlat statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuritiladi.
Band aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasi korxona va tashkilotlarning statistik hisobotlari, ishchi kuchi kuzatuvlari natijalari, soliq organlarining ma’lumotlari, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘rtasida kunduzgi shaklda o‘quvchilar soni bo‘yicha o‘tkazilgan davlat statistika kuzatuvlari ma’lumotlari asosida shakllantiradi.
Ishchi kuchi kuzatuvlari (IKK) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Vazirlik Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) standartlariga qisman amal qiladi, ammo sezilarli istisnolar mavjud, xususan ishsizlarning va vaqtinchalik band bo‘lgan shaxslar sonining to‘liq hisobi yo‘qligi, ishlangan soat soni to‘g‘risida ma’lumot to‘plash amaliyotining yo‘qligi va boshqalar. Shuningdek, kuzatuv davomida olingan javoblar qamrovini hujjatlashtirishda aniqlik yo‘q.
Bandlik va ishsizlikni aniqlashning amaldagi uslubiyati Mehnat statistikasi xalqaro Konferensiyasi (MSXK) rezolyutsiyalariga to‘liq mos kelmaydi. Mashg‘ulotlarning xalqaro standart klassifikatsiyasi (MXSK — 2008) va Ta’lim bo‘yicha xalqaro standart klassifikatsiyasining (TXSK — 2011) eng so‘nggi versiyalari qo‘llanilmaydi.
Mehnat sohasida statistikani takomillashtirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
bandlik va mehnat bozorining boshqa asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlashda XMT standartlariga muvofiqligini ta’minlash, XMT ko‘rsatkichlarini moslashtirish va joriy qilish;
eng so‘nggi “Mashg‘ulotlarning xalqaro standart klassifikatsiyasi — 2008” va “Ta’lim bo‘yicha xalqaro standart klassifikatsiyasi — 2011”ni amaliyotga tatbiq qilish;
Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga muvofiq, “Ishchi kuchi kuzatuvlari”ning uslubiyotini, tanlanma va savolnomalarni ham hisobga olgan holda takomillashtirish;
“Ishchi kuchi kuzatuvlari” doirasida ma’lumotlarni elektron yig‘ishni rivojlantirish;
“Ishchi kuchi kuzatuvlari” doirasida ishlagan soatlar soni bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va nashr etish;
bo‘sh ish o‘rinlari kuzatuvini xalqaro standartlarga muvofiq to‘laqonli o‘tkazilishini ta’minlash;
“Ishchi kuchiga xarajatlar kuzatuvi”ni o‘tkazishda xalqaro standartlarning qo‘llanilishini ta’minlash;
Daromadlar statistikasi asosida mehnatga haq to‘lashda gender tafovuti bo‘yicha statistika ma’lumotlarini shakllantirish.
20. Turizm statistikasini takomillashtirish
Davlat statistika qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi BMT Jahon sayyohlik tashkilotining turizm statistikasi bo‘yicha xalqaro tavsiyalariga (TSXT — 2008) muvofiq ishlab chiqiladigan turizm sohasidagi statistika ma’lumotlarini yig‘ish ishlarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yganlar.
Biroq, ushbu statistikani ba’zi yo‘nalishlarda, masalan, ichki turizm statistikasi, sayyohlik statistikasini xalqaro taqqoslash va chet ellik sayyohlar uchun mahalliy yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotni shakllantirish uchun takomillashtirish zarur.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
turizm statistikasining xalqaro kelishilgan tizimini yaratish;
turizm statistikasining xalqaro standartlarga muvofiq (Turizm statistikasi bo‘yicha xalqaro tavsiyalar — 2008) klassifikatsiyalar, usullar va metodologiyalarni takomillashtirish;
ma’lumot ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning statistik salohiyatini mustahkamlash.
21. Transport statistikasini takomillashtirish
Zudlik bilan hal qilishni talab qiladigan eng muhim muammolardan biri bu transport sohasida keng qamrovli, ishonchli va aniq ma’lumotlarning yetishmasligidir. Ayni paytda vazirlik va idoralarning alohida bo‘linmalari o‘rtasida transport infratuzilmasining asosiy ko‘rsatkichlarini statistik hisobga olishning yagona metodologik yondashuvini belgilashda muammo mavjud. Muammo ma’lumotlarni aniqlash va to‘plashdagi turlicha yondashuvlarda, shu jumladan kuzatilayotgan subyektlar ro‘yxati, transport infratuzilmasining asosiy ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topadi.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyotlarga muvofiq transport statistikasi sohasidagi klassifikatsiya va metodologiyalarni takomillashtirish;
planshet qurilmalaridan foydalangan holda ASHS (avtomatlashtirilgan shaxsiy so‘rov) texnologiyasiga asoslangan zamonaviy ma’lumotlarni yig‘ish texnologiyalarini joriy etish;
avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni yig‘ish tizimlarini joriy etish;
transport turlari kesimida transport xizmatlari narxlari va tarif indekslarini hisoblash metodologiyasini takomillashtirish;
transport va logistika infratuzilmasi, jumladan transchegaraviy logistika ma’lumotlarini tayyorlash bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi salohiyatini mustahkamlash.
22. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi statistikani takomillashtirish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari industriyasi iqtisodiyotda katalizator rolini o‘ynaydi, chunki u an’anaviy va raqamli texnologiyalar orqali o‘sish va rivojlanish omili sifatida tavsiflanadi, davlat organlarining o‘zaro va jamiyat bilan, shu jumladan ta’lim va kasbiy tayyorgarlik, shuningdek, fuqarolar o‘rtasidagi muloqot yo‘nalishlarini ochadi. Buning natijasida iqtisodiyot uchun AKT ma’lumotlariga ehtiyoj, so‘nggi texnologik yutuqlarga mos bo‘lish va yangilanishni ta’minlash nuqtai nazaridan eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, bugungi kundagi elektron tijoratni hisobga olish sohasidagi mavjud normativ-huquqiy baza o‘z subyektlarida, shuningdek, rasmiy statistika organlarida ko‘plab savollar va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida statistikani takomillashtirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
elektron tijoratni shakllantirish va hisobga olish ma’lumotlarini tayyorlash sohasida ilg‘or tavsiya va metodologiyalarni amaliyotga joriy etish;
AKT infratuzilmasi, AKTdan foydalanish, AKT xizmatlariga tariflar, AKTni ishlab chiqarish sektori, ta’limda AKTdan foydalanish, AKT savdosi va boshqa ma’lumotlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma va metodologiyalarni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish;
AKT sohasida statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi salohiyatini oshirish.
23. Kuzatilmaydigan iqtisodiyot bo‘yicha statistikani takomillashtirish
YAIM va mamlakatning boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarini baholashda iqtisodiy faoliyatning barcha turlarini qamrab olishdagi muammolar bilan bog‘liq bo‘lgan va norasmiy, yashirin va noqonuniy faoliyatni o‘z ichiga olgan “yashirin iqtisodiyot” iqtisodiy statistikaning metodologik va axborot ta’minotidagi dolzarb muammosidir.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni shakllantirishda yuqorida sanab o‘tilgan faoliyat turlaridan norasmiy sektorda ishlab chiqarishni baholash amalga oshirilmoqda. Yashirin va noqonuniy ishlab chiqarishni baholash na statistika, na soliq va na boshqa makroiqtisodiy siyosatni amalga oshiruvchi organlar tomonidan amalga oshirilmaydi va tarmoq statistikasi ko‘rsatkichlariga, shunga mos ravishda mamlakat yalpi ichki mahsulotiga kiritilmaydi.
Mazkur metodologiyaning statistik amaliyotga joriy etilishi mamlakatda yashirin iqtisodiyotning ko‘lamini aniqlash imkonini beradi, bu esa davlat boshqaruvi organlariga uni qisqartirish bo‘yicha samarali qarorlarni qabul qilish va chora-tadbirlarni ko‘rish imkonini beradi.
Ushbu yo‘nalishdagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarga muvofiq norasmiy sektor bo‘yicha keng qamrovli statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish;
YAIM baholashning yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan qo‘llanma va metodologiyalarni takomillashtirish.
24. Qishloq xo‘jaligi statistikasini takomillashtirish
Qishloq xo‘jaligi statistikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan korxonalar va tashkilotlarning statistik hisobotlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari, qishloq xo‘jaligi va fermer xo‘jaliklari kuzatuvlari asosida ishlab chiqariladi.
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim sektori bo‘lgani bois ishonchli va keng qamrovli milliy qishloq xo‘jaligi statistikasiga ehtiyoj katta.
Davlat statistika qo‘mitasi BMTning FAO tashkiloti bilan mamlakatning oziq-ovqat balansini tayyorlashda yaqindan hamkorlik qiladi, ammo ular e’lon qiladigan statistika ma’lumotlari har doim ham bir xil emas, bu esa qishloq xo‘jaligi statistikasining ishonchliligini pasaytiradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish umuman o‘tkazilmaganligi sababli statistika ma’lumotlarining ishonchliligi shubha ostiga olinadi.
Ushbu yo‘nalishdagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
ishonchli va keng qamrovli milliy qishloq xo‘jaligi statistikasi tizimini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat statistikasi ishonchliligi va mavjudligini oshirish;
qishloq xo‘jaligida tendensiyalar va bozor narxlari bo‘yicha ma’lumotlarning mavjudligini oshirish;
fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyati unumdorligi bo‘yicha ma’lumotlar ko‘lamini oshirish;
qishloq xo‘jaligi kuzatuvining tashkiliy va metodologik asoslarini ishlab chiqish;
ro‘yxatga olish natijalarining to‘liqligini ta’minlash, ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun zarur infratuzilmani yaratish va yangi texnologiyalarni (masalan, mobil qurilmalar, geomanzilli axborot tizimlari va boshqalar) joriy qilish;
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchilarning salohiyati va malakasini oshirish maqsadida kadrlarni tayyorlash sohasida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
25. Uy-joy statistikasini takomillashtirish
Uy-joy fondining mamlakatdagi holatini monitoring qilish, uy-joy bozorining samarali ishlashini ta’minlash va uy-joy siyosatini fuqarolar ehtiyojlariga moslashtirish uchun juda muhimdir. Davlat statistika qo‘mitasining faoliyati doirasida statistik hisobotlarni, ma’muriy va idoraviy ma’lumotlarni, shuningdek, uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazish orqali uy-joy bo‘yicha muhim ma’lumotlar to‘planadi.
O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish uzoq vaqt davomida o‘tkazilmaganligi bois, O‘zbekiston Respublikasining obodonlashtirish va uy-joy fondi bo‘yicha to‘laqonli va obyektiv holatni aniqlashda katta qiyinchiliklar mavjud.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
uy-joyga bo‘lgan ehtiyojning yangi davriy tekshiruvini o‘tkazish;
ma’lumotlarni tahlil qilish, aholini ro‘yxatga olish va uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini hamda mahalliy ma’muriy hisobotlarni tizimlashtirish;
uy-joy bo‘yicha zamonaviy tasniflarni qabul qilish;
e’lon qilish uchun davriy hisobotlar va yig‘ma statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish.
26. Investitsiya va qurilish sohasidagi statistikani takomillashtirish
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar va qurilish YAIMning eng katta tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, aksariyat mamlakatlarda iqtisodiy faollik ulushini ta’minlaydi. Shuningdek, ularga hukumat siyosati bevosita ta’sir ko‘rsatadigan va ushbu sektorning samarali ishlashini ta’minlash uchun ma’lumotlar zarur bo‘lgan tarmoqlar kiradi.
Davlat statistika qo‘mitasi qurilishda statistik ko‘rsatkichlarni shakllantiradi, moliyaviy bo‘lmagan aktivlarga investitsiyalarning tuzilishi va dinamikasini, asosiy kapitalga investitsiyalar, asosiy fondlarni, ishlab chiqarish obyektlarini, uy-joylarni va ijtimoiy obyektlarni ishga tushirishni tavsiflaydi.
Qurilish sohasidagi statistikani umumlashtirish uchun foydalaniladigan usul va metodologiyalarni qurilishga kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi dastlabki statistika ma’lumotlarining to‘liq qamrab olinishi va ishonchliligini ta’minlash uchun xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirilishiga ehtiyoj sezilmoqda.
Ushbu yo‘nalishdagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
ilg‘or xalqaro amaliyotga muvofiq, yangi zamonaviy klassifikatsiyalarni qabul qilish va mavjudlarini yangilash;
qurilish-montaj ishlarining boshlanishi haqida xabardor qilishlar bo‘yicha yangi davriy so‘rovlarni o‘tkazish;
qurilish loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha statistika ma’lumotlarini tizimlashtirish;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisob-kitoblarini takomillashtirish;
nashr qilish uchun qurilish sohasida davriy hisobotlarni va jamlanma statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish.
3-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Strategiyani amalga oshirishdan quyidagi natijalar kutilmoqda:
1) foydalanuvchilarning statistika ma’lumotlariga bo‘lgan yuqori qanoatlanishini ta’minlash uchun:
foydalanuvchilarning qanoatlanish darajasi bo‘yicha so‘rov natijalarini yaxshilash;
Davlat statistika qo‘mitasi axborot resurslariga tashriflar va statistika ma’lumotlaridan foydalanishlar sonini oshirish;
foydalanuvchilar bilan ma’lumotlarni joylashtirish masalalari va ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qilish uchun uchrashuvlar sonini ko‘paytirib borish;
Davlat statistika qo‘mitasining ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini son va vaqt jihatidan ko‘paytirish;
2) statistika ma’lumotlarini yetkazib beruvchilarni sifatli rag‘batlantirilishini ta’minlash orqali:
yuqori yoki hech bo‘lmaganda pasaytirilmaydigan javob berish darajasiga erishish;
hisobotlarni taqdim etishdagi kamchiliklarni bartaraf etish;
hisobot yuklamasi bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasiga yuboriladigan shikoyatlarni yo‘qotish;
ommaviy axborot vositalarida salbiy izohlarni kamaytirish;
elektron shaklda taqdim etiladigan hisobotlarning ulushini oshirish;
3) milliy statistikani rivojlantirishda hukumat va hamkorlar tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlar orqali:
hukumatdan olingan operatsion budjet bir xil darajada qolmoqda yoki boshqa davlat idoralari budjetlariga nisbatan yuqorilamoqda;
maxsus ishlanmalar uchun ajratiladigan mablag‘lar yuqori darajada saqlanib qolmoqda;
xalqaro sherik tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar avvalgidek saqlanib qolmoqda va tobora ortib bormoqda;
4) xodimlarning motivatsiyasi va yuqori malakasiga erishish bilan:
xodimlarning qanoatlanish darajasi oshadi, ularning faoliyati natijalari yaxshilanadi;
yosh, ko‘proq harakatchan xodimlarning motivatsiya ko‘rsatkichlari ortib boradi;
bo‘sh ish o‘rinlari soni kamayadi;
shaxsiy sabablarga ko‘ra ta’tillar soni maqbullashadi;
operatsion faoliyat ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
5) mamlakatning butun milliy statistika tizimini samarali muvofiqlashtirish orqali:
Statistika kengashi samarali faoliyat ko‘rsatadi;
Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa statistika ma’lumotlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, boshqa mamlakatlarning statistika idoralari o‘rtasidagi uchrashuvlarning davriyligi va muntazamligi oshib boradi;
Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa har bir milliy statistika idoralari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumlari yanada dolzarb bo‘lib boradi.
2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasiga 1-ILOVA
2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
I. Tashkiliy-huquqiy infratuzilmani takomillashtirish
1.
Jahon bankining “Mamlakatlar statistika salohiyati indeksi”da bahoni oshirib borish
ballda (100 ballik shkalada)
64,4
67,8
71,1
74,4
78,7
85,3
94,0
2.
Milliy statistika tizimi xodimlarining Davlat statistika qo‘mitasi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malakasini oshirib borish
xodimlar soni, yilda
1100
1123
1210
1240
1300
1350
1400
3.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining statistika ma’lumotlarini tarqatishning yangi standartlariga o‘tish
standart
k-MTUT
(Ma’lumotlarni tarqatishning kengaytirilgan umumiy tizimi)
MTMS (Ma’lumotlarni tarqatishning maxsus tizimi)
II. Statistik infratuzilmani takomillashtirish
4.
Hisobot topshiruvchi subyektlarning qoniqish darajasi bo‘yicha tanlanma kuzatuvlarda ishtirok etuvchi respondentlar soni
birlikda, yilda
10000
12000
14 000
16000
18000
20000
22000
5.
Davlat statistika qo‘mitasi veb-saytida e’lon qilinadigan statistik ma’lumotlar (“Rasmiy statistika” bo‘limidagi ma’lumotlar to‘plami) sonini oshirib borish
birlikda, yilda
140
250
280
310
340
370
400
6.
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari veb-saytida joylashtirish uchun indikatorlar sonini umumiy tasdiqlangan indikatorlarga nisbatan soni
foizda
32,5
41,2
45,6
51,5
55,8
60,2
65,0
7.
www.gender.stat.uz veb-saytida joylashtirish uchun indikatorlar soni
birlikda
100
110
120
130
140
150
160
8.
Ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirish uchun ma’lumot to‘plamlari soni
birlikda
6000
9000
10000
11000
12000
13000
14000
III. Statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash
9.
E’lon qilinayotgan statistika ma’lumotlaridan qoniqish darajasini aniqlash uchun foydalanuvchilar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish
so‘rov soni, yilda
2
2
4
4
12
12
12
10.
Oliy o‘quv yurtlarida “davra suhbatlari”, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan brifinglar, press-konferensiyalar va boshqa turdagi uchrashuvlarni o‘tkazib borish
birlikda, yilda
22
30
36
50
56
60
65
11.
Idoralararo axborot almashinuvini joriy qilish orqali idoraviy va ma’muriy statistika ma’lumotlarini yig‘ish jarayonlarini avtomatlashtirish darajasi
foizda
12
33
75
81
85
95
100
12.
Foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ishonch indeksi
IV. Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash
13.
Tanlanma kuzatuvlar jarayonlariga maxsus qurilmalardan (planshetlar) foydalangan holda CAPI (Computer-assisted personal interviewing) shaxsiy intervyu o‘tkazish bo‘yicha kompyuter tizimni joriy qilish
foizda
20
30
40
50
60
70
100
14.
Foydalanishda bo‘lgan AT uskunalari va dasturiy ta’minotlarni yangilash va qayta jihozlash
AT umumiy soniga foizda
10
20
30
40
10
10
10
15.
Arxiv ma’lumotlarini elektron saqlashga bosqichma-bosqich o‘tib borish
foizda
3
5
10
20
30
40
50
16.
Statistika ma’lumotlarini “onlayn” rejimida taqdim etish imkonini beruvchi e-Stat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimini bosqichma-bosqich (2023-yilga qadar) joriy etish
statistik hisobotlar shakllari, donada
-
72
110
122
-
-
-
17.
Ko‘rsatilayotgan davlat va interaktiv xizmatlar sonini oshirib borish
birlikda
10
12
14
16
18
20
22
18.
Davlat statistika qo‘mitasi veb-saytiga tashriflar soni
mingta, yilda
500
550
600
650
700
750
800
19.
Taqdim etilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan foydalanuvchilari o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish
so‘rov soni, yilda
2
3
4
4
4
4
4
V. Alohida statistik yo‘nalishlar va metodologiyalarni takomillashtirish
20.
Xalqaro standartlarni o‘zlashtirish — xalqaro tashkilotlar tomonidan tuzilgan statistika savolnomalarini uyg‘unlashgan ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilishi
foizda
50
55
60
65
70
75
80
21.
Statistika hisobotlari shakllarini takomillashtirib borish (xalqaro tavsiyalar asosida)
shakllar sonidan foizda
30
35
40
45
50
55
60
22.
Ochiq ma’lumotlar shaklida ochib berilayotgan umumfoydalanishdagi ko‘rsatkichlarning ulushi
foizda
40
60
75
85
90
100
100
23.
Xalqaro tashkilotlar ma’lumot bazalarida e’lon qilinayotgan indikatorlarni “Ochiq ma’lumotlar portali”da qamrab olish darajasi
foizda
46
54
60
62
65
70
80
24.
Statistika uslubiyoti va tasniflagichlarini ilg‘or xalqaro tajribaga mosligi
foizda
70
75
80
85
90
95
100
* Bazaviy daraja.
Izoh:
— 2025-yilga qadar maqsadli ko‘rsatkich bo‘yicha 100 foizlik natijaga erishilgan taqdirda, ushbu ko‘rsatkich keyingi yillarga ham saqlanib qoladi;
— davlat idoralari va tashkilotlari o‘z vakolatlari doirasida yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishishda Davlat statistika qo‘mitasiga amaliy yordam ko‘rsatib boradilar.
2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasiga 2-ILOVA
2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
GRAFIGI
T/r
Tadbirning nomi
2020-y.
2021-y.
2022-y.
2023-y.
2024-y.
2025-y.
I. Tashkiliy-huquqiy infratuzilmani takomillashtirish
1.
Statistika qonunchiligini takomillashtirish
√
√
√
2.
Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini yaxshilash
√
√
√
3.
Milliy statistika tizimining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish
√
√
√
√
4.
Milliy statistika tizimi uchun sifatni ta’minlashning milliy tayanch tamoyillarini ishlab chiqish
√
√
√
√
√
5.
Statistika tizimining kadrlar salohiyatini yaxshilash
√
√
√
√
√
√
II. Statistika infratuzilmasini takomillashtirish
1.
Tasniflagichlar va boshqa instrumentariylarni takomillashtirish
√
√
√
√
√
√
2.
Statistika registrlarini yaratish
√
√
√
√
√
3.
So‘rovnomalarni ishlab chiqish jarayonlari va usullarini takomillashtirish
√
√
√
√
√
4.
Vaqt qatorlarini tahlil qilish, mavsumiy tuzatish usullari va ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish siyosatini joriy qilish
√
√
√
√
5.
Tadqiqot, tahlil va monitoring qilishi bo‘yicha ishlarni takomillashtirish
√
√
√
√
√
III. Statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash
1.
Foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqalarni takomillashtirish
√
√
√
√
√
2.
Statistika ma’lumotlarini tarqatish sohasida siyosatni takomillashtirish
√
√
√
√
√
√
3.
Statistika ma’lumotlarini yetkazib beruvchilar bo‘yicha siyosatni takomillashtirish
√
√
√
√
IV. Statistika ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash
1.
Statistika ma’lumotlarini shakllantirish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha integratsiyalashgan tizimni yaratish va takomillashtirib borish
I. Tashkiliy-huquqiy infratuzilmani takomillashtirish
1.
Statistika qonunchiligini takomillashtirish.
Quyidagilarni nazarda tutgan holda “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqish:
vakolatli va mustaqil organ sifatida Davlat statistika qo‘mitasi maqomini mustahkamlash va rahbarlarining vakolatlarini kengaytirish;
mamlakatning butun milliy statistika tizimini tashkil etuvchi, ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchi davlat idoralarida statistika bo‘yicha mustaqil bo‘linmalarni tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ma’lumotlari va boshqa hujjatlarini statistik maqsadlarda foydalanish uchun olish va ularga kirishni ta’minlash bo‘yicha ma’lumot almashinuvi qoidalarini takomillashtirish;
rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilari, ularning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;
ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish hamda fuqarolar va subyektlarning ularda ishtirok etishi va so‘rovnomalarga javob berish mas’uliyati bo‘yicha tartiblarni kiritish;
statistik ma’lumotlarni tarqatish va sifatini nazorat qilish tartiblarini belgilash.
2020-yil avgust
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norkulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
2.
Milliy statistika tizimining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish.
Davlat statistika qo‘mitasining yangilangan nizomini tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.
2020-yil sentabr
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
3.
Statistik ma’lumot ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish.
Strategiyaning yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarning bajarilishiga mas’ul bo‘lgan manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan tashkil topgan tarmoq ishchi guruhlarini tuzish.
2020-yil sentabr
Vazirlar Mahkamasi,
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norkulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish.
Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish, jumladan:
statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishni BMT YEIK tomonidan tavsiya etilgan “Statistik ma’lumotlarning universal modeli” (GSIM) asosida yo‘lga qo‘yish;
statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish jarayonlarini, bu borada xalqaro darajada tavsiya etilgan namunaviy model (GSBPM) asosida yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash;
“Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning universal modeli” (GAMSO) talablarini o‘rganib chiqish va statistika tizimi amaliyotidagi mavjud tartibotlarni mazkur model talablariga moslashtirish;
ixtisoslashgan baholovchi kompaniyalar va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda tizimda sifatni boshqarish bo‘yicha (NQAF talablari asosida) standartlar, ularga amal qilish holati va xalqaro andozalarga mosligi yuzasidan o‘rganishlarni tashkil etish, natijada sifat mezonlarini ta’minlanganligini ifodalovchi ISO sertifikatini qo‘lga kiritish.
2021-yil iyul
2022-yil yanvar
2022-yil may
2022-yilda
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
II. Statistik infratuzilmani takomillashtirish
5.
Tasniflagichlar va boshqa instrumentariylarni takomillashtirish.
1. Xalqaro standartlarga muvofiq tasniflagichlarni qayta ko‘rib chiqish, Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar faoliyatida qo‘llanilishini ta’minlash;
2. Ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq, etika Kodeksi va statistika sohasida ilg‘or amaliyotlar Kodeksini takomillashtirilgan loyihalarini, shu jumladan maxfiylikni himoya qilishni inobatga olib, ularni asosiy ma’lumot ishlab chiqaruvchilar bilan muhokama qilish orqali ishlab chiqish;
3. Ma’lumotlar sohasida ko‘p tilli glossariy va lug‘atlarni yaratish, ularni keng jamoatchilikka yetkazilishini ta’minlash;
4. Ma’lumotlarni shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar mutaxassislari malakasini muntazam oshirib borish.
har yili
dekabrga qadar
2021-yil
iyul
2020-yil
avgust doimiy
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
Mehnat vazirligi
(N. Xusanov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
6.
Statistik registrlarni xalqaro amaliyotga muvofiq takomillashtirish.
1. Mavjud korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlar bazasini takomillashtirish, undagi ko‘rsatkichlar sonini kengaytirish va sifatini yaxshilash hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning ma’lumot bazalari bilan integratsiya qilish.
2. Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda registrlar ma’lumotlarini foydalanuvchilarga yetkazishning qulay ma’lumot taqdim etish mexanizmlarini joriy etish.
3. Xalqaro tajribani o‘rgangan holda biznes-registr bazasini ishlab chiqish va yuritish uchun texnik xizmat ko‘rsatish tartiblarini joriy qilish.
4. Xarajatlarni maqbullashtirish va ma’lumot almashish samaradorligini oshirish maqsadida biznesni ro‘yxatga olishni tashkil etish bo‘yicha Statistik registrlarning raqamli bazasi axborot tizimini ishlab chiqish.
5. Statistik registrlarning raqamli bazasi yordamida biznes-registr modulini ishga tushirish.
2021-yil
dekabr
2020-2021-yillarda
2021-yil dekabr
2025-yil noyabr
2025-yil dekabr
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),
Davlat xizmatlari agentligi
(U. Muhammadiyev),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
7.
So‘rovnomalarni ishlab chiqish jarayonlari va tanlanma usullarini takomillashtirish.
1. Qog‘oz va elektron ko‘rinishdagi savolnomalar, yuzma-yuz intervyular va avtomatlashtirilgan telefon orqali intervyularini o‘z ichiga olgan turli shakllar uchun savolnomalar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma va mexanizmlarni ishlab chiqish.
2. Statistik registrlarda rejalashtirilgan yangilanishlar va ishlanmalarni hisobga olgan holda korxonalar va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari tanlanmalarini takomillashtirish.
2021-yil
sentabr
har yili
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Mehnat vazirligi
(N. Xusanov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
8.
Mavsumiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda moslashtirilgan, yuqori chastotali vaqtlar qatorlari bo‘yicha ma’lumotlarni ishlab chiqarish amaliyotini takomillashtirish.
1. Qurilish ishlari dinamikasini diskret asosida aniqlashda mavsumiylik omilining statistik hisobi bo‘yicha takomillashtirilgan uslubiy nizomni ishlab chiqish.
2. Oylik va choraklik asosda ishlab chiqiladigan savdoga oid statistik ko‘rsatkichlarni mavsumiy silliqlanishi bo‘yicha uslubiy nizomni takomillashtirish.
3. Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) bozor xizmatlari dinamikasini diskret asosida aniqlashda mavsumiylik omilining statistik hisobi bo‘yicha uslubiy nizomni takomillashtirish.
4. Sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksini hisoblash bo‘yicha uslubiy nizomni takomillashtirish.
5. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar dinamikasini sof choraklar asosida aniqlashda mavsumiylik omillarini hisobga olish bo‘yicha uslubiy nizomni takomillashtirish.
2020-2021-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)
9.
Vaqt qatorlarini tahlil qilish, mavsumiy tuzatish usullari va ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish siyosatini joriy qilish.
1. Maksimal uzoq vaqt kesimida diskret ko‘rsatkichlarning vaqt qatorlarini yaratish.
2. Barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha subyillik diskret ma’lumotlarga mavsumiy tuzatishlar kiritish usulini joriy qilish.
3. Mavjud indekslar va deflyatsiya usullarini takomillashtirish.
2021-yil davomida
2022-yildan boshlab
2022-yil yanvar
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov)
10.
XVFning ma’lumotlarni tarqatishning ilg‘or tizimlariga ulanish.
O‘zbekiston Respublikasini XVJning kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimidan (e-GDDS)Ma’lumotlarni tarqatishning maxsus standartiga (SDDS) o‘tish.
2021-2022-yillarda,
XVFning tartibotlariga muvofiq
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov)
“Toshkent” RFB
(B. Usmonov)
III. Ma’lumotlardan foydalanuvchilar va ma’lumot yetkazib beruvchilar o‘rtasida samarali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish
11.
Ma’lumotlardan foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish.
1. Jamoatchilikni mavjud statistik ma’lumotlar to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha foydalanuvchilar bilan munosabatlarni takomillashtirish.
2. Davlat statistika qo‘mitasida aholining statistika bo‘yicha savodxonligini oshirishga qaratilgan video mahsulotlarni tayyorlash uchun media-markaz tashkil etish.
3. Turli guruh foydalanuvchilariga ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
4. Foydalanuvchilarning qoniqish darajasini o‘rganish yuzasidan so‘rovlar o‘tkazish.
5. Statistika idoralari va boshqa ma’lumot ishlab chiqaruvchilarning rasmiy saytlarida foydalanuvchilarga ma’lumot olish bo‘yicha qulayliklar yaratish.
2021-yil
mart
2022-yil
yanvar
2021-yil
dekabr 2022-yil
yanvar
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
12.
Hukumat va statistika organlarining o‘zaro hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirish
1. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan doimiy ravishda Bosh vazirning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha barcha tahliliy-statistika ma’lumotlarini tezkor tarzda taqdim etib borish.
2020-yil avgustdan boshlab
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)
2. Bosh vazirning o‘rinbosarlari va maslahatchilari tomonidan olingan tahliliy-statistika ma’lumotlari asosida tegishli yo‘nalishlarda tezkor choralar ko‘rish tizimini yo‘lga qo‘yish.
Doimiy
Bosh vazir o‘rinbosarlari (A. Ramatov, J. Qo‘chqorov, O‘. Barnoyev, B. Musayev, A. Abduxakimov, S. Umurzakov, O. Umarov, A. Sultanov)
13.
Ma’lumotlarni tarqatish amaliyotini takomillashtirish.
1. Ma’lumotlarni tarqatishning idoraviy siyosatini, shu jumladan ma’lumotlarni e’lon qilish taqvimlarini ilg‘or xalqaro tajribalarga muvofiqlashtirish.
2. Ma’lumot ishlab chiqaruvchi barcha tashkilotlarga, ularning ma’lumot bazalariintegratsiyasini amalga oshirish, shuningdek, ochiq ma’lumotlar portali orqali e’lon qilish uchun statistik ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
3. Vaqt qatorlari bo‘yicha nashrlarni ko‘paytirish va Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilib borish;
4. Ma’lumotlarni olishning holatini monitoring qilish va doimiy ravishda takomillashtirib borish, veb-portal faoliyatini ta’minlash va doimiy ravishda yangilab borish.
har yili
yanvar
2021-yil
yanvar
doimiy
doimiy
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
Mehnat vazirligi
(N. Xusanov),
Sog‘liqni saqlash vazirli?i
(A. Shadmanov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
14.
“Jahon bankining “Jahon rivojlanish indikatorlari” (World Development Indicators, World Bank) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.
1. Jahon bankining “Jahon rivojlanish indikatorlari” ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida mavjud bo‘lmagan indikatorlarni shakllantirish uchun tegishli xalqaro va hukumat idoralari hamda xususiy tashkilotlar bilan birgalikda hamkorlik va tegishli dasturlar doirasida indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida aks ettirilishini ta’minlash.
Doimiy
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(I. Norkulov),
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
(mas’ul bo‘lgan indikatorlar doirasida)
2. Jahon bankining “Jahon rivojlanish indikatorlari” ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida shakllangan indikatorlarni monitoring qilish va O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.
Har chorak (hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar)
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
15.
BMT statistika bo‘limi (UN data) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.
1. BMT statistika bo‘limining ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida shakllantirish.
2. Shakllangan indikatorlarni BMT statistika bo‘limining ma’lumotlar bazasiga to‘liq joylashtirish va doimiy yangilab borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.
2020 — 2022-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
16.
Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari (Key indicators of the labour Market, ILO) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.
1. Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida shakllantirish.
2. Shakllangan indikatorlarni Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari ma’lumotlar bazasiga to‘liq joylashtirish va doimiy yangilab borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.
2021-yil
dekabr
Mehnat vazirligi
(N. Xusanov),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
17.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Global sog‘liqni saqlash observatoriyasi (Global Nealth Observatory data, World Nealth Organization) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.
1. Global sog‘liqni saqlash observatoriyasi ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida shakllantirish.
2. Shakllangan indikatorlarni Global sog‘liqni saqlash observatoriyasi ma’lumotlar bazasiga to‘liq joylashtirish va doimiy yangilab borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.
2021-yil
dekabr
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
18.
FAOning Suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha global axborot tizimi. Akvastat (Global information system of water and agriculture. Aquastat, FAO) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.
1. Suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha global axborot tizimi ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida shakllantirish.
2. Shakllangan indikatorlarni Suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha global axborot tizimi ma’lumotlar bazasiga to‘liq joylashtirish va doimiy yangilab borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlarportalida (data.gov.uz) aks ettirish.
2021-yil
dekabr
Suv xo‘jaligi
vazirligi
(Sh. Xamrayev)
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
19.
Xalqaro transport forumining Asosiy transport statistikasi, (Key Transport Statistics, International Transport Forum) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.
1. O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro transport forumiga a’zo bo‘lishiga erishish.
2.Xalqaro transport forumi talablari asosida transport statistikasi ma’lumotlarini shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.
2021 — 2023-yillarda
Transport vazirligi
(E. G‘aniyev),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
20.
YUNESKOning Ta’lim bo‘yicha milliy statistika (National Statistics on Education, UNESCO) ma’lumot bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.
1. Ta’lim bo‘yicha milliy statistika ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida shakllantirish.
2. Shakllangan indikatorlarni “Ta’lim bo‘yicha milliy statistika ma’lumotlar bazasi”ga to‘liq joylashtirish va doimiy yangilab borish, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.
2021-yil
dekabr
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi
(A. Shin),
manfaatdor vazirlik va idoralar
21.
Ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish.
1. Ryespondentlar bo‘yicha siyosatni aniqlash va amalga oshirish.
2. Kuzatuvlar o‘tkazish vaqtida respondentlarga hisobot yuklamasini o‘lchash tizimini ishlab chiqish va joriy qilish.
3. Respondentlarga hisobot yuklamasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash va bajarilishini nazorat qilish.
4. Respondentlarning huquq va majburiyatlarini belgilash va tegishli axborotlarni tarqatish.
5. Koll-sentrlardan foydalangan holda so‘rov o‘tkazish uslubiyatini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.
2021-yil mart 2021-yil
iyun 2021-yil
iyul doimiy
2022-yil
yanvar
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
Mehnat vazirligi
(N. Xusanov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
22.
Respondentlar uchun qulaylik yaratish maqsadida ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalangan holda statistik hisobotlarni topshirish tizimini takomillashtirish.
1. Statistik hisobotlarni qabul qilishning veb-texnologiyaga asoslangan zamonaviy axborot tizimini ishlab chiqish.
2. Barcha turdagi statistik hisobotlarni onlayn tarzda qabul qilishni yo‘lga qo‘yish.
3. Ma’lumotlarni yig‘ish va kiritish uchun mobil ilovalarni ishlab chiqish va avtomatlashtirilgan shaxsiy intervyu vositalarini joriy qilish.
2020-yil dekabr
2021yil
dekabr
2021 — 2023-yillarda alohida grafik asosida
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar
IV. Ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish
23.
O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalini (data.gov.uz) yangi ko‘rinishini ishlab chiqish.
1. Quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) yangi ko‘rinishini ishlab chiqish:
ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanuvchilarga, jumladan ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayliklar yaratish;
ctandartlashtirilgan shaklda ma’lumotlarni yuritish, interaktiv xaritada obyektning geografik joylashuv ma’lumotlarini olish funksiyasini kiritish;
ma’lumotlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirish;
har bir ma’lumotga alohida takrorlanmas ID biriktirish hamda tegishli ma’lumotlarni joylashtirish, qayta ishlash, saqlash va izlashni uning yordamida amalga oshirish;
muddatida joylashtirilmagan ma’lumotlar bo‘yicha vazirlik va idoralarning shaxsiy kabinetiga xabar jo‘natish imkoniyatlarini yaratish.
2. Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlarni onlayn tarzda yangil?b borishni yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat organlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini portal bilan integratsiya qilish.
3. Davlat organlarining rasmiy saytlarida ochiq ma’lumotlar sahifasini ochish hamda ushbu sahifani Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan yagona ko‘rinish (standart)ga keltirish.
2021-yil
mart
2021-yil
iyul
2020-yil
oktabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
24.
Open Data Watch xalqaro tashkilotining “Open Data Inventory — ODIN” reytingida O‘zbekiston Respublikasi pozitsiyasini yaxshilash.
1. “Open Data Inventory — ODIN” reytingida mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tavsiyalar asosida shakllantirish va qo‘mitaning rasmiy sayti (stat.uz) hamda Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) to‘liq joylashtirish, doimiy ravishda yangilab borish.
Statistik ma’lumotlarning elektron arxiv bazasini yuritishni yo‘lga qo‘yish.
Qog‘oz ko‘rinishdan voz kechmagan holda statistika ma’lumotlarining elektron arxiv bazasini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish.
2020 — 2025-yillar davomida
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), “O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov)
26.
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini avtomatlashtirish.
1. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari va natijalari bo‘yicha jamoatchilikni xabardor qilib borish maqsadida maxsus rasmiy veb-saytni ishlab chiqish.
2. Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqish.
2020-yil
avgust
2021-yil
aprel
Davlat statistika qo‘mitasi(B. Begalov),
Davlat personallashtirish markazi (N. Turaxodjayev)
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)
27.
Statistik ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va taqdim etish bo‘yicha axborot tizimlarini takomillashtirish.
1. Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy veb-saytining yangi ko‘rinishini ishlab chiqish.
2. Katta hajmdagi statistik ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlariga Oracle, MSSQL Server ma’lumotlar bazasini boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish.
2020-yil
dekabr
2021-yil
dekabr
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
28.
Tanlanma statistik kuzatuvlarni o‘tkazish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish.
1. Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari uchun respondentlarni tanlab olish bo‘yicha maxsus dasturiy ta’minotni ishlab chiqish.
2. Sanoat, xizmat ko‘rsatish, savdo,transport, dehqon xo‘jaligi va bozor narxi kuzatuvlariga elektron qurilmalar (planshet tizimi)ni joriy etish.
2020-yil
avgust
2020-yil
dekabr
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
29.
Axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish.
1. Ma’nan eskirgan kompyuter, server va boshqa qurilmalarini bosqichma-bosqich, grafik asosida yangilab borish.
2. Videokonferensaloqa va IP telefoniya tizimlarini joriy etish.
3. Davlat statistika qo‘mitasining barcha hududiy bo‘linmalarini yuqori tezlikda ma’lumot almashish imkonini beruvchi optik tolali tarmoqqa ulanishini ta’minlash.
2020 — 2025-yillarda alohida grafik asosida
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(A. Ortiqov)
30.
Ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish maqsadida ko‘rsatkichlarni kodlashtirish tizimini yaratish.
1. Ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish maqsadida ko‘rsatkichlarni SDMX platformasi asosida kodlashtirish tizimini yaratish.
2. Ma’lumotlarni SDMX platformasi asosida kodlashtirish.
2020-2021-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
V. Alohida statistik yo‘nalishlar, tarmoq va hududlar statistikasini takomillashtirish
5.1 Ro‘yxatga olishlar sohasida statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash
31.
Aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rib borish.
1. “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.
2. Quyidagilarni inobatga olgan holda, aholini ro‘yxatga olish tadbirlarining dastlabki xarajatlari smetasini tayyorlash:
sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha;
asosiy aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha.
3. Aholini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari va ularni to‘ldirish tartibini ishlab chiqish.
4. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari ishtirokchilari uchun aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma, tashkiliy-uslubiy materiallarni ishlab chiqish.
5. Aholini ro‘yxatga olish tadbiri yuzasidan aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot olib borish.
6. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarni o‘qitish ishlarini tashkillashtirish, jumladan:
sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha;
asosiy aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha.
7. Aholini ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish uchun zarur infratuzilmani, jumladan aholini ro‘yxatga olish uchastkalari, instruktorlik uchastkalari, birlamchi ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash markazlari uchun zarur bino va inshootlar, shuningdek, transport, aloqa va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.
8. Respublikamizda mavjud barcha tuman va shaharlarning xaritalari hamda xonadonlar, mahalla, qishloq va ovullarning sxematik xaritalarini tayyorlash va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etish.
2020-yil sentabr
2020-yil noyabr
2021-yil iyul 2020-yil dekabr
2021-yil noyabr
doimiy
2021-yil avgust — oktabr
2022-yil avgust — oktabr
2020 — 2022-yillarda
2020 — 2022-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
Moliya vazirligi, (Sh. Sharaxmetov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(E. Muxitdinov), Davergeodezkadastr qo‘mitasi
(Sh. Habibullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(S. Buzrukxanov),
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xadjayev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Davergeodezkadastr qo‘mitasi
(Sh. Habibullayev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
5.2 Milliy hisoblarni takomillashtirish
32.
Milliy hisoblar tizimi-2008ni amaliyotga to‘liq joriy etish.
1. Milliy hisoblar tizimi, davlat moliyasi statistikasi va to‘lov balansi o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish.
2. YAIMni diskret choraklar asosida hisoblash tajribasini joriy etish orqali choraklik milliy hisoblarni takomillashtirish.
3. Korxonalar xarajatlari tarkibini kuzatish natijalari asosida xarajatlar-ishlab chiqarish koeffitsiyentlarini yangilash yo‘li bilan Resurslar va foydalanish jadvallarini tuzish tajribasini takomillashtirish.
4. Statistik ko‘rsatkichlar hisob-kitoblariga xalqaro klassifikatsiyalar va MHT-2008 ning yangi qoidalarini joriy etib borish.
2021-yil
aprel
2021-yil
dekabr
2021-yil
dekabr
2020 — 2023-yillar mobaynida
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
33.
Yalpi ichki mahsulotning tarkibiy qismlarini baholash amaliyotini takomillashtirish.
1. Milliy hisoblar tizimi sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq yalpi ichki mahsulotning hajmi, tarkibi va dinamikasiga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlarni hisoblash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni joriy etish.
2. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotnibaholash uchun Resurslar va foydalanish jadvallari tizimidan foydalanish.
3. YAIMning tarkibiy qismlarini baholashni takomillashtirish orqali uning to‘liq qamrovini ta’minlash.
4. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini baholovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimini ilg‘or tajribalarga muvofiq ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
2021-yil dekabr
2022-yildan boshlab
2020 — 2024-yillar mobaynida
2020-2021-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
34.
Xalqaro taqqoslash dasturida ishtirok etish.
1. “Xalqaro taqqoslash dasturi-2020”da O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini ta’minlash.
2. “Xalqaro taqqoslash dasturi” doirasida “Investitsion tovarlar” bo‘yicha narx ma’lumotlarini shakllantirishda Qurilish vazirligi ma’lumotlarini hisobga olish.
3. Xalqaro taqqoslashlar dasturining doimiy global raundlarida ishtirok etib borish va natijalari asosida xarajatlar usulidagi YAIM hisob-kitoblarini XTD talablaridan kelib chiqib takomillashtirish.
2020-2021-yillarda
2021-yil davomida
XTD grafigiga muvofiq
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Qurilish vazirligi (B. Zakirov)
5.3. Kuzatilmaydigan iqtisodiyot bo‘yicha statistikani takomillashtirish
35.
Yashirin sektor bo‘yicha keng qamrovli statistik ma’lumotlarni ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish.
Xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarga muvofiq, yashirin iqtisodiyotni statistik baholash metodologiyasini ishlab chiqish asosida tarmoqlar statistikasi ko‘rsatkichlari va YAIM hisob-kitoblarini takomillashtirish.
1. Xalqaro standartlarga muvofiq iste’mol narxlari indeksini hisoblash uslubiyatini takomillashtirish.
2. Iste’mol narxlari indeksi kuzatuvi o‘tkaziladigan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tanlovini Korxona va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlari asosida amalga oshirishni joriy qilish.
3. Iste’mol narxlari indeksi kuzatuvlarini “Maqsadlar bo‘yicha shaxsiy iste’mol tasniflagichi-2018” asosida tashkil etilishini ta’minlash.
5. Iste’mol narxlari indeksi kuzatuvlari va vaznlari hisoblash jarayoni shaffofligini ta’minlash.
2020-yil dekabr
2020-yil
dekabr
2021-yil yanvar
2020 — 2024-yillarda
doimiy
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
37.
Ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasini takomillashtirish.
1. Ishlab chiqaruvchilar narxlari indekslarini hisoblash bo‘yicha uslubiy nizomni takomillashtirish.
2. Eksport va import tovarlar narxlari indekslari ma’lumotlarini kengaytirish va hisoblash amaliyotini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.
3. Uy-joy bozorida narxlar indekslarini hisoblash uslubiyatini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish.
4. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlari indekslarini shakllantirish bo‘yicha uslubiy nizom ishlab chiqish.
2020-2021-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Davergeodezkadastr qo‘mitasi
(X. Turaxujayev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.5 Uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini takomillashtirish
38.
Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlarini takomillashtirish.
1. Xalqaro ekspertlar ishtirokida uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlarini tashkil etish uslubiyatini takomillashtirish,kuzatuv savolnomalarini xalqaro standartlarga moslashtirish.
2. Aholi turmush darajasi ma’lumotlari sifatini hamda turli toifadagi aholi qatlami qamrovini ta’minlash maqsadida uy xo‘jaliklari kuzatuvlari tanlanmasi hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish.
3. Kuzatuvlarning yangi shakllarini joriy etish (avtomatlashtirilgan shaxsiy so‘rov texnologiyalari), kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilish uchun zamonaviy dasturiy ta’minotni joriy qilish.
2021-yil
2021 — 2023-yillar mobaynida
2021 — 2023-yillar mobaynida
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Ortikov)
39.
Aholining umumiy daromadlarini hisoblash uslubiyatini takomillashtirish.
Xalqaro tavsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasida aholining umumiy daromadlarini hisoblash uslubiyatini takomillashtirish va amaliyotga joriy qilish.
2020-2021-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Ortikov)
5.6 Tashqi sektor va savdo statistikasini takomillashtirish
40.
O‘zbekiston Respublikasi tovarlar tashqi savdosi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishda, TIF TN bilan birgalikda, BMTning Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichini (XSST-2008) amaliyotga joriy qilish.
BMTning savdo va rivojlanish konferensiyasi (YUNKTAD) doirasida ishlab chiqilgan Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (MSTK-2008) asosida,shuningdek, eksport-import tarkibini tahlil qilishda, tegishli statistik ma’lumotlar shakllantirib, foydalanuvchilarga taqdim etib borish.
Doimiy
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)
41.
Tashqi savdo bo‘yicha yirik ma’lumotlar bazalarini qayta ishlash jarayonlariga zamonaviy dasturiy ta’minotlarni joriy qilish.
1. Tashqi savdo statistikasi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va tahlil etishning mavjud muammolarini inventarizatsiya qilish.
2. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud maxsus dasturiy ta’minotni samaradorligini oshirish bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqish.
3. Maxsus dasturiy ta’minotni texnik topshiriq asosida takomillashtirish va amaliyotga joriy etish.
2020-yil avgust
2020-yil sentabr
2020-yil dekabr
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)
42.
“Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi” (TSOYAEAT)ga ulanish orqali xizmatlar eksporti va importi bo‘yicha ma’lumotlar sifatini oshirish.
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi, integratsiyalash bo‘yicha bitim tuzish.
2. Tuzilgan bitim asosida texnik yo‘riqnoma ishlab chiqish va Davlat statistika qo‘mitasini TSOYAEATga ulanishini amalga oshirish.
2020-yil avgust — oktabr oylari
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov)
43.
Respublika eksport — importida turizm hajmini to‘liq hisobga olinishini va turizm statistikasi ko‘rsatkichlarini sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish tizimini takomillashtirish.
1. Bir oy davomida har bir kiruvchi (norezident) va chiquvchi (rezident) fuqarolarning safarlar soni haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish algoritmini ishlab chiqish.
2. Ishlab chiqilgan algoritm asosida DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan kiruvchi (norezident) va chiquvchi (rezident) fuqarolar haqidagi oylik statistik ma’lumotlarni shakllantirish, o‘rnatilgan tartibda Davlat statistika qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga muntazam taqdim etib borishni yo‘lga qo‘yish.
2020-yil noyabr
2021-yildan boshlab doimiy
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), DXX Chegara qo‘shinlari (Lavozim bo‘yicha), Davlat personallashtirish markazi (N. To‘raxo‘jayev)
44.
Qurilish xizmatlari importi tarkibida tovarlar hajmi va xizmat muddatini aniq baholashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
1. Xalqaro tajriba va tavsiyalarni o‘rgangan holda qurilish xizmatlari importi tarkibida tovarlar hajmi va xizmat muddatini aniq baholashga qaratilgan statistik hisobotlarni takomillashtirish.
2. Tashqi savdo ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha tasdiqlangan statistik hisobotlarga muvofiq ma’lumotlarni shakllantirish.
2020-yil avgust
2021-yildan
boshlab
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)
45.
Tashqi sektor bo‘yicha statistikani takomillashtirish, amaliyotga ilg‘or tajribalarni joriy etish.
Tashqi sektor bo‘yicha statistikani takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqish:
tashqi sektor statistikasi to‘g‘risida davlat organlari mansabdor shaxslarining savodxonligi va keng jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirish;
tashqi qarz bo‘yicha indikatorlarni takomillashtirish;
foydalanuvchilar kesimida moliyaviy vositachilik bo‘yicha bilvosita o‘lchanadigan xizmatlarni baholash va taqsimlash uchun axborot bazasini takomillashtirish;
TBQ-6 asosida tashqi sektor bo‘yicha2 010 yildan boshlab xronologik statistikani (dinamik qatorlar) ishlab chiqish;
XVFning portfel investitsiyalari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni muvofiqlashtirilgan tarzda ko‘rib chiqishda ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlash;
tashqi sektor statistikasi sohasida ma’lumotlarni to‘plash va tuzish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish;
tashqi sektor statistikasi bo‘yicha ma’lumotlar qamrovini, davriyligi va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash.
2021-yil yanvar
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.7 Energetika sohasida statistikani takomillashtirish
46.
BMT va Xalqaro energetika tashkilotlari standartlari asosida energetika statistikasi bo‘yicha mavjud metodologiyani takomillashtirish.
1. Energetika statistikasi bo‘yicha mavjud uslubiyatni takomillashtirish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning takliflarini yig‘ish.
2. Olingan takliflar hamda xalqaro tavsiya va qo‘llanmalar asosida energetika statistikasi bo‘yicha mavjud uslubiyatni takomillashtirish.
2020-yil dekabr
2021-yil noyabr
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Energetika vazirligi (A. Sultanov)
47.
Energiya samaradorligi va energiya sarfi bo‘yicha ma’lumotlar sifatini oshirish.
1. Energiya samaradorligi va energiya sarfi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni takomillashtirish bo‘yicha vazirlik va idoralarning takliflarini yig‘ish.
2. Uy xo‘jaligi kuzatuvlari savolnomasiga energiya samaradorligi va energiya sarfi bo‘yicha savollarni kiritish.
3. Uy xo‘jaligi kuzatuvlari asosida shakllangan ma’lumotlarni umumlashtirish va jamlanma ma’lumotlarga qo‘shish orqali energiya samaradorligi va energiya sarfi bo‘yicha ma’lumotlar sifatini oshirish va natijalarni e’lon qilib borishni yo‘lga qo‘yish.
2020-yil sentabr
2020-yil oktabr
2021-yildan boshlab
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Energetika vazirligi (A. Sultanov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov)
48.
Yuqori sifatli energiya balansini shakllantirish choralarini ko‘rish.
1. Respublika energiya balansi ko‘rsatkichlarini shakllantirishda Xalqaro energetika va statistika tashkilotlarining ko‘rsatkichlarni o‘rganish, yetishmayotgan ko‘rsatkichlarni aniqlash.
2. Aniqlangan ko‘rsatkichlarni shakllantirish maqsadida statistik hisobotlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.
3. Xalqaro standartlarga muvofiq energiya balansini ishlab chiqish.
2020-yil sentabr
2020-yil oktabr
2021-yil iyul
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Energetika vazirligi (A. Sultanov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov)
49.
Energetika statistikasi bo‘yicha mavjud bo‘lmagan ko‘rsatkichlarni aniqlash va BMT standartlari asosida shakllantirishni yo‘lga qo‘yish.
1. Energetika statistikasi ko‘rsatkichlari iste’molchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ryespublika energetika statistikasi ko‘rsatkichlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish.
2. Inventarizatsiya natijalariga ko‘ra respublikada shakllantirish imkoni mavjud, lekin shakllantirilmagan ko‘rsatkichlar ro‘yxatini tuzish va ularni shakllantirish.
2020-yil iyul — dekabr
2021-yil dekabr
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Energetika vazirligi (A. Sultanov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov)
5.8. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida statistikani takomillashtirish
50.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish.
1. Ekologik ko‘rsatkichlarni inventarizatsiya qilish bo‘yicha idoralararo Ishchi guruhini tashkil etish.
2. Idoralararo Ishchi guruhi bilan birgalikda, Respublikada shakllantirilayotgan mavjud ekologik ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritish.
3. Atrof-muhit holatini baholash hamda ekologik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish.
4. Mas’ul vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha ekologik ko‘rsatkichlar ro‘yxatini shakllantirish.
2020-yil dekabr
2020-2021-yillarda
2020-2021-yillarda
2021-yil dekabr
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
(Sh. Abdurazakov),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Energetika vazirligi (A. Sultanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
O‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov), Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi
(B. Islamov),
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev), Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)
51.
“Ekologik-iqtisodiy hisob tizimi 2012” standartini joriy qilishni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan tayyorgarlik ishlarini tashkil etish.
1. Ekologik iqtisodiy hisobni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha idoralararo Ishchi guruhni tashkil etish.
2. Ekologik iqtisodiy hisob tizimi sohasida xalqaro tajribalarni o‘rganish.
3. Ekologik iqtisodiy hisoblarni ishlab chiqish uchun ko‘rsatkichlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va natijalari bo‘yicha ushbu ko‘rsatkichlarni shakllantirishda mas’ul vazirlik va idoralarni belgilash.
2020-yil dekabr
2020-2021-yillar
2021-yil
noyabr
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
(Sh. Abdurazakov),
Iqtisodiyot taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Davergeodezkadastr qo‘mitasi (X. Turaxujayev),
O‘zgidromet (B. Nishonov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),
Energetika vazirligi (A. Sultanov), O‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasi (N. Bakirov),
Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi (B. Islamov),
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev)
5.9. Korxonalar statistikasini takomillashtirish
52.
Korxonalar statistikasi bo‘yicha ishonchli va to‘laqonli ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida tanlanma kuzatuvlarni o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish.
1. Korxonalar tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha Xitoy, Daniya, Niderlandiya, Shvetsiya va Shveysariya kabi xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish.
2. Korxonalar tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish va qo‘mitaning maxsus ekspert kengashiga kiritish.
3. Tasdiqlangan metodologiya asosida korxonalar tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish.
4. Tanlanma kuzatuvga tushgan subyektlarga har chorakda soliq to‘lovchilar bazasi orqali elektron xabarnoma jo‘natishni yo‘lga qo‘yish.
2020-yil iyul-avgust
2020-yil avgust
2021-yildan boshlab
2021-yildan boshlab
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Davlat soliq qo‘mitasi
(Sh. Kudbiyev)
53.
Tadbirkorlik statistikasini takomillashtirish.
1. Asosiy faoliyat va korxona turlarini (mikrofirma, kichik va yirik) aniqlashtirish va tegishli xabarnoma yuborish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish.
2. Tegishli vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga olgan holda xabarnomalarni taqdim etishni avtomatlashtirish mexanizmini ishlab chiqish.
3. Avtomatlashtirilgan tizim asosida xabarnomalarni o‘z vaqtida subyektlarga taqdim etilishini yo‘lga qo‘yish.
2020-yil iyul — noyabr
2020-yil dekabr
2021-yil yanvar
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)
Davlat soliq qo‘mitasi
(Sh. Kudbiyev)
Davlat xizmatlari agentligi
(U. Muhammadiyev)
5.10. Davlat moliyasi statistikasini takomillashtirish
54.
Davlat moliyasi statistikasini xalqaro standartlarga moslashtirish, amaliyotga ilg‘or tajribalarni joriy etish.
Davlat moliyasi statistikasini takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish:
fiskal hisobotlarning institutsional qamrovini kengaytirish, XVJning Davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha qo‘llanma (DMSQ-2014) standartlariga muvofiq, davlat boshqaruvi tizimining bir qismi sifatida tasniflash kerak bo‘lgan davlat budjeti statistikasini, shu jumladan budjetdan tashqari mablag‘lar, budjet tashkilotlari va boshqa institutsional birliklarning budjetdan tashqari hisoblari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash va tarqatish;
davlat operatsiyalarini to‘g‘ri tasniflash va balans ma’lumotlarini taqdim etishni hisobga olgan holda XVJning DMSQ-2014 standartlarini joriy etib borish;
moliyaviy statistikaning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash uchun davlat korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yangilab borish va ularni doimiy ravishda tarmoqlar bo‘yicha taqsimlash;
jamlanma fiskal ma’lumotlarning budjet ijrosi va davlat moliya statistikasi hisobotlari o‘rtasidagi muvofiqligiga erishish, moliyaviy hisobotlarda asosiy agregatlarni solishtirib borish hisobiga fiskal hisobotlarda statistik ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash hamda aholi savodxonligini oshirish.
2020 — 2025-yillar mobaynida
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.11. Moliya sektori statistikasini takomillashtirish
55.
Moliya sektori statistikasi qamrovini xalqaro tajribaga muvofiq kengaytirish.
1. “Boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhi” shakllantirish uchun sug‘urta, lizing va boshqa bank faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan moliyaviy tashkilotlar tomonidan Markaziy bankka tegishli statistik hisobot taqdim etilishini nazarda tutuvchi me’yoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
2. “Moliya sektori sharhi” va “Boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhi”ni shakllantirish va e’lon qilib borishni yo‘lga qo‘yish.
2020-yil sentabr
2021-yil yanvar
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.12. Demografik statistikani takomillashtirish
56.
Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida demografik statistikani takomillashtirish.
1. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy-hududiy tuzilmalarni (obyektlarni) belgilash tizimi” idoraviy statistik tasniflagichini takomillashtirish.
2. Tug‘ilganlik, o‘lganlik, nikoh tuzganlik va nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlarini, shuningdek, kelganlik va ketganlik to‘g‘risidagi statistik hisobga olish talonlarini yagona manzil ma’lumotlari bilan birgalikda to‘liq elektron shaklda qabul qilish tizimiga o‘tish.
3. Asosiy demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha uslubiyatni, davriy hisobotlarni va nashr uchun yig‘ma statistik ma’lumotlarni takomillashtirish.
2021-yil mart
2021-yil iyun
2021-yil oktabr
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Ichki ishlar vazirligi
(Sh. Sobirov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat personallashtirish markazi (N. Turaxodjayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(J. Maxsumov),
Manfaatdor vazirlik va idoralar
5.13. Ta’lim statistikasini takomillashtirish
57.
Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim statistikasini takomillashtirish.
1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ta’lim statistikasi metodologiyasini takomillashtirish, xalqaro tan olingan standartlar asosida ta’lim sohasidagi statistik ma’lumotlar doirasini kengaytirish.
2. Ta’lim sohasida statistikani takomillashtirish bo‘yicha idoralararo doimiy faoliyat yurituvi ishchi guruhini tuzish.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonun qabul qilingach
2020-yil
sentabr
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)
5.14. Sog‘liqni saqlash sohasidagi statistikani takomillashtirish
58.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi statistikani xalqaro andozalarga muvofiqlashtirish.
1. Sog‘liqni saqlash statistikasi va ma’lumotlarni tarqatish amaliyotini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish.
2. Davlat statistika qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bajariladigan ishlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ma’lumotlar shakllanish tizimini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish.
3. Xalqaro kasalliklar tasniflagichining (XKT) so‘nggi tahririga muvofiq kasalliklar statistikasi elektron bazasini ishlab chiqish va uni Davlat statistika qo‘mitasi bilan integratsiya qilish.
2021-yil iyul
2021-yil avgust
2021-yil dekabr
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.15. Ijtimoiy soha statistikasini takomillashtirish
59.
Ijtimoiy soha statistikasini takomillashtirish.
Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi tadbirlarni amalga oshirish:
turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni to‘plash uchun uy xo‘jaliklari kuzatuvlari dasturini takomillashtirish;
oshkora va ishonchli ma’lumotlarni olish maqsadida tanlanma va uning uslubiyatini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish;
kuzatuvlarni o‘tkazish jarayonlariga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va taqdim etish jarayonlariga zamonaviy dasturlarni (STATA, SPSS) kiritish;
iste’mol xarajatlarini shakllantirish uchun yangi “Maqsadlar bo‘yicha shaxsiy iste’mol klassifikatsiyasi-2018”ni joriy etish.
2020-2021-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Ortikov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.16. Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida statistikani takomillashtirish
60.
Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida statistikani takomillashtirish.
Ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi statistik metodologiyalarni ishlab chiqish hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi statistikani tayyorlash jarayonlariga Oslo Yo‘riqnomasi 2018 va Fraskati Yo‘riqnomasi 2015 kabi xalqaro tan olingan standartlarni joriy etish.
2021-yil mart
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Fanlar Akademiyasi (B. Yuldashev),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.17. Gender statistikasini takomillashtirish
61.
Gender statistikasini takomillashtirish.
1. Xalqaro ekspertlar ishtirokida gender statistikasi bo‘yicha mavjud ko‘rsatkichlar va ularni shakllantirish uslubiyatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish.
2. Inventarizatsiya natijalari bo‘yicha gender statistikasiga oid qo‘shimcha ko‘rsatkichlar ro‘yxatini tuzish.
3. BMT Statistika bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan “Gender statistikasining minimal bazaviy to‘plami”ni amaliyotga to‘liq joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha kuzatuvlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.
4. Tegishli vazirlik va idoralardan yig‘ilgan idoraviy ma’lumotlar hamda kuzatuv natijalari asosida shakllangan ko‘rsatkichlarni saytga (gender. stat.uz) joylashtirish va muntazam ravishda yangilab borish.
2020-yil
oktabr — dekabr
2020-yil dekabr
2020-2021-yillarda
doimiy
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(G. Marufova),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.18. Mehnat statistikasini takomillashtirish
62.
Ta’lim statistikasi bo‘yicha xalqaro standart klassifikatsiyani joriy qilish.
Xalqaro tavsiyalarga asosan eng so‘nggi “Ta’lim bo‘yicha xalqaro standart klassifikatsiyasi — 2011” ni amaliyotga tatbiq qilish.
2021-yil sentabr
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)
63.
Mehnat bozoriga oid statistikani takomillashtirish.
1. Ishsizlik va mehnat bozorining boshqa muhim ko‘rsatkichlarini aniq belgilashda XMT standartlariga rioya qilgan holda eng so‘nggi “Mashg‘ulotlarning xalqaro standart klassifikatsiyasi — 2008” ni amaliyotga tatbiq qilish orqali mehnat statistikasi uslubiyatini takomillashtirish.
2. Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga muvofiq, iqtisodiy faoliyat turlari (IFUT-2) bo‘yicha norasmiy sektorni qo‘shgan holda, bandlik va ishsizlik, ishlangan vaqt ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik axborot manbalarini yaratish maqsadida, “Ishchi kuchi kuzatuvlari” savolnomasi va tanlash uslubiyatini takomillashtirish.
3. “Ishchi kuchi kuzatuvlari”ni qog‘oz shaklidan voz kechgan holda zamonaviy axborot kommunikatsiya-texnologiyalari (planshetlar) asosida elektron shaklda tashkil etishni amaliyotga joriy etish.
4. Iqtisodiy faoliyat turlari, jinsi, ta’lim darajasi, yoshi, migratsiya mamlakati bo‘yicha aholining mehnat migratsiyasi statistikasi uslubiyatini takomillashtirish.
2021-yil dekabr
Mehnat vazirligi (N. Xusanov),
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
64.
Bo‘sh ish o‘rinlari kuzatuvlarini takomillashtirish.
Bo‘sh ish o‘rinlari kuzatuvini xalqaro tavsiyalar asosida o‘tkazilishini ta’minlash uchun mavjud statistik instrumentariyni takomillashtirish.
2021-yil iyul
Mehnat vazirligi (N. Xusanov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
65.
Ishchi kuchi kuzatuvlarini takomillashtirish.
Xalqaro standartlarga muvofiq, ishchi kuchiga xarajatlar tarkibi bo‘yicha statistik kuzatuvni amaliyotiga joriy etish.
2021-yil mart
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Mehnat vazirligi (N. Xusanov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
66.
Mehnat statistikasi bo‘yicha idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
Ish haqi va mehnat bo‘yicha ko‘rsatkichlarning to‘liqligi va haqqoniyligini ta’minlash maqsadida, ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
2021-yil dekabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(J. Maxsumov), Mehnat vazirligi (N. Xusanov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.19. Turizm statistikasini takomillashtirish
67.
Turizm statistikasini takomillashtirish.
1. Xalqaro standartlarga muvofiq, (Turizm statistikasi bo‘yicha xalqaro tavsiyalar — 2008) turizm statistikasi metodologiyalarini takomillashtirish.
2. Turizm bo‘yicha fizik hajmi indeksini hisoblash yuzasidan mavjud statistik instrumentariyni takomillashtirish.
2021-yil aprel
2021-yil dekabr
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
(A. Abduxakimov),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.20. Transport statistikasini takomillashtirish
68.
Transport statistikasini takomillashtirish.
Xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyotlarga muvofiq, transport statistikasi sohasidagi tasniflagichlar va metodologiyalarni takomillashtirish.
2020-2021-yil
yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)
69.
Ko‘rsatkichlarni shakllantirishda “Transport statistikasi uchun tovarlarning standart tasnifi”ga rioya etish.
Transport statistikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni BMTning “Transport statistikasi uchun tovarlarning standart tasnifi (NST-2007)” uslubiyatiga muvofiqlashtirish.
2021-yilda
Transport vazirligi
(E. Ganiyev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
70.
Tranzit tashishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirishni yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali transport turlari kesimida yuklarni tranzit tashishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish.
2021-yilda
Davlat bojxona qo‘mitasi
(M. Azimov),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.21. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi statistikani takomillashtirish
71.
AKT sohasidagi statistikani takomillashtirish.
1. Elektron tijoratni shakllantirish va hisobga olish ma’lumotlarini tayyorlash sohasida ilg‘or metodologiya va tavsiyalarni amaliyotga joriy etish.
2. AKT infratuzilmasi, AKTdan foydalanish, AKT xizmatlariga tariflar, AKTni ishlab chiqarish sektori, ta’limda AKTdan foydalanish, AKT savdosi va boshqa ma’lumotlarni tayyorlash bo‘yicha metodologiya va qo‘llanmalarni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish.
2020-2021-yillar mobaynida
2022-yil yanvar
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.22. Qishloq xo‘jaligi statistikasini takomillashtirish
72.
Qishloq xo‘jaligi statistikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish.
1. Xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO)qishloq xo‘jaligi bo‘yicha savolnomalarida mavjud ko‘rsatkichlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish.
2. Savolnomada mavjud ko‘rsatkichlar bilan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha amaldagi davlat statistika hisobot shakllaridagi ko‘rsatkichlarni taqqoslash.
3. Amaldagi davlat statistika hisobot shakllarida mavjud bo‘lmagan, lekin shakllantirish imkoni mavjud bo‘lgan ko‘rsatkichlarni hisobot shakllariga qo‘shimcha kiritish.
2020-yil avgust
2020-yil sentabr
2020-yil oktabr
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Davergeodezkadastr qo‘mitasi
(X. Turaxujayev), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Norqobilov), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov)
73.
Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha statistik kuzatuvlarning tashkiliy va uslubiy asoslarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish.
1. Xalqaro standartlarga, jumladan BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) tavsiyalariga muvofiq, kuzatuvlar bo‘yicha uslubiyatlarni qayta ko‘rib chiqish.
2. Xalqaro tavsiya va qo‘llanmalarga muvofiq, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha uslubiyatlarni takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish.
3. Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tasniflagichlarni qayta ko‘rib chiqish va xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish.
4. Aholi va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini statistik hisobga olish tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish.
2021-yil yanvar
2021-yil iyul
2021-yil dekabr
2020-2021-yillarda
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(G. Marufova), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
74.
Agrar statistikani takomillashtirish.
1. Agrar statistikasini yuritish, ma’lumotlarni yig‘ish va to‘plash metodlarni belgilab olish.
2. Agrar statistikani yuritishda ma’lumotlar ishonchliligi va haqqoniyligini ta’minlash maqsadida yuqori sifat standartlarini joriy etish tizimi ishlab chiqish — hujjatlarni yuritish ichki qoidalari, malaka oshirish rejalari, sifatni nazorat qilish tizimi, tizimni baholash metodlari (programme evaluation), texnologik talablar.
3. Agrar statistikani yuritish uchun mas’ul idorani faoliyatini belgilash va institutsional o‘zgarishlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
2021-yil may
2021-yil iyun
2021-yil sentabr
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)
5.23. Uy-joy statistikasini takomillashtirish
75.
Uy-joy statistikasini takomillashtirish.
Uy-joy fondining asosiy statistik ko‘rsatkichlari va ularni hisobga olish uslubiyatlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, zarur tasniflagichlarni ishlab chiqish.
2021-yil
dekabr
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Davergeodezkadastr qo‘mitasi
(X. Turaxujayev),
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.24. Investitsiya va qurilish sohasidagi statistikani takomillashtirish
76.
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarni asosiy fondlar tasniflagichi bo‘yicha MHT — 2008 tavsiyalari asosida guruhlash.
1. Investitsion faoliyat bo‘yicha statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish va e’lon qilish yuzasidan xorijiy tajribalarni o‘rganish.
2. Investitsiyalarga oid ko‘rsatkichlarni MHT — 2008 tavsiyalaridan kelib chiqqan holda asosiy fondlar tasniflagichi bo‘yicha ishlab chiqish.
3. Investitsiyalar hajmlarini asosiy fondlar tasniflagichiga muvofiq guruhlash va natijalarni e’lon qilish.
2020-yil
oktabr
2020-yil
noyabr
2021-yil
iyun
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov)
77.
Investitsiya dasturida ko‘zda tutilgan moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqqan holda statistik hisobotlarga tegishli o‘zgartirishlarni kiritib borish.
1. Investitsiya faoliyatida moliyalashtirish manbalarini guruhlash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.
2. Investitsiya dasturi doirasida loyihalar to‘g‘risidagi kengaytirilgan tahliliy-statistik ma’lumotlarni shakllantirish.
3. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari bo‘yicha to‘liq qamrovini ta’minlash.
2020-yil iyul — dekabr
2021-yildan har choraqda
doimiy
Davlat statistika qo‘mitasi(B. Begalov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Boboyev)
78.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisob-kitoblarini takomillashtirish.
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni haqqoniyligini va qamrovini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan idoraviy ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasiga kelishilgan muddatlarda muntazam ravishda taqdim etib borilishini ta’minlash.
2020-yil oktabrdan boshlab
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),
Davlat bojxona qo‘mitasi (A. Asamov),
Markaziy bank
(B. Abubakirov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
79.
Sotish uchun mo‘ljallangan va “Kalit ostida”gi obyektlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining boshlanishi haqida yangi statistik kuzatuvlarni tashkil etish.
1. ”Kalit ostida”gi obyektlar qurilishini statistik hisobga olishbo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish.
2. “Kalit ostida”gi obyektlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining boshlanishi haqida tanlanma kuzatuvlarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.
3. Sotish uchun mo‘ljallangan va “Kalit ostida”gi obyektlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini yakuniy jamlanma statistik hisob-kitoblarda aks ettirilishini yo‘lga qo‘yish.
2020-yil
iyul — sentabr
2020-yil oktabr
2021-yil yanvar
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
Davlat xizmatlari agentligi (U. Muhammadiyev)
80.
Qurilish ishlarini bajarayotgan korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sifatini oshirish.
1. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga Davlat statistika qo‘mitasini ulashni va ?untazam ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
2. Qurilish-montaj ishlarini bajarayotgan pudratchi va yordamchi pudratchilar, buyurtmachilar va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, oylik bajarilgan qurilish-montaj ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish.
2020-yil
oktabr
Qurilish vazirligi
(B. Zakirov)
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)
81.
Kambag‘allikni aniqlashga doir statistikani takomillashtirish.
1. Kambag‘allikni aniqlash bo‘yicha uslubiyotni xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqish;
2020-yil dekabr
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Ortiqov),
Davlat statistika qo‘mitasi (M. Begalov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Kambag‘allikni aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiyotni Toshkent viloyati misolida tajribadan o‘tkazish va uslubiyotni takomillashtirish;
2021-yil yanvar — iyun
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Ortiqov),
Davlat statistika qo‘mitasi (M. Begalov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) manfaatdor vazirlik va idoralar
VI. Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, statistik tadqiqotlarni takomillashtirish
82.
Statistika tizimining kadrlar salohiyatini yaxshilash.
1. Mamlakatning milliy statistika tizimida inson resurslari va malakali kadrlar tayyorlash sohasida keng qamrovli siyosatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
2. Kadrlar rotatsiyasini amalga oshirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, kadrlarni tanlash va saralash tartibi va siyosatini qayta ko‘rib chiqish.
3. Xodimlarning shaxsiy yutuqlari asosida lavozimda ilgari surish va rag‘batlantirishining samarali tizimini yaratish.
4. Institutning moddiy-texnik, axborot-kommunikatsiya va statistik infratuzilmasini takomillashtirish.
5. Institutda statistika sohasida kadrlarni kasbiy tayyorlash va rivojlantirish borasida ochiq va onlayn tarzdagi masofaviy o‘quv kurslarini joriy qilish, inson va moliya resurslarini boshqarish masalalarida seminarlar o‘tkazish.
6. Iqtisodiy tahlil bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun magistrlik va doktorlik dasturlarini tashkil etish.
2021-yil yanvar
2021-yil yanvar
2021-yil
yanvar
2021-2022-yillar davomida
2022-yildan boshlab
doimiy
Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norkulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Markaziy bank (M. Nurmurodov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
83.
Statistika tizimi xodimlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
1. Qo‘mita tizimi xodimlarini “Statistika asoslari” fani bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yish.
2. Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda amaldagi o‘quv kurslarini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida o‘qishlarni tashkil etish.
3. Xalqaro tashkilotlar ko‘magida “Statistica”, “SPSS”, “Eviews”, “Stata” ekonometrik paketlarini qo‘mita tizimi xodimlariga o‘rgatish bo‘yicha institutda alohida o‘quv kurslarini tashkil etish.
4. Tasdiqlangan reja — grafikka asosan axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha statistika organlari xodimlarini o‘qitish.
2020 — 2025-yillar davomida
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (B. G‘ayibnazarov)
84.
Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarini “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yish.
1. Iqtisodchi xodimlarni “Statistika asoslari” bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, shartnoma asosida o‘qitish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishilgan reja — grafiklarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan reja — grafikka asosan shartnoma asosida iqtisodchi xodimlarni o‘qitishni (shu jumladan masofadan (onlayn) o‘qitish shaklida) tashkil etish.
2020-yil
1-sentabrdan boshlab, doimiy
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (B. G‘ayibnazarov),
Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari
85.
Professional ta’lim muassasalarida Statistika yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
1. Statistika yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida, 10 ta professional ta’lim muassasalarida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
2. Statistika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.
3. Statistika yo‘nalishi bitiruvchilarini davlat statistika organlarida ish bilan ta’minlash.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov),
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (B. G‘ayibnazarov)
86.
Rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida global miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi yo‘nalishlarochish.
Iqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida xorijiy nufuzli turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dastur asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlaydigan yangi (“biznes — tahlilchi”, “katta sonlar tahlili”, “tizimli tahlilchi”, “ma’lumotlar tadqiqotchisi”, “integratsion tahlilchi”, va boshqalar) yo‘nalishlarni ochish.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov),
Davlat statistika qo‘mitasi
(B. Begalov)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2024-y., 07/24/114/0183-son )
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2024-y., 07/24/114/0183-son )
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-son qaroriga 5-ILOVA
Idoraviy statistika ma’lumotlarini shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan axborot almashinuvini ta’minlash uchun mas’ul bo‘linmalar tashkil etadigan (belgilanadigan) vazirlik va idoralarning
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
1-2
11.
Energetika vazirligi
3-4
12.
Qurilish vazirligi
3-4
13.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
1-2
14.
Innovatsion rivojlanish vazirligi
2-3
15.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
1-2
16.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
3-4
17.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
1-2
Izoh
* Vazirlik va idoralar rahbarlari ish hajmi va uning xususiyatlarini hisobga olgan holda, lozim bo‘ladigan shtat birliklari sonini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 05.03.2024-y., 07/24/114/0183-son, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)