1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RADIOChASTOTALAR BOʻYIChA DAVLAT KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq hamda radiochastotalarni rejalashtirish, ulardan foydalanish va ularni belgilash masalalari boʻyicha Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida respublika manfaatlarini ifodalash, huquqiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tuzilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 482-sonli qarori tahririda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining ilova qilinayotgan Nizomi tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining raisi etib tayinlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari toʻplami 1992-y., 9-son, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 21-son, 149-modda; 2002-y., 17-18-son, 139-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda)