1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrog‘i. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING TASVIRINI TAYYORLASH VA UNDAN FOYDALANISH MASALALARI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Qonunini amalga kiritish haqida” 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni ko‘plab chiqarish Tartibi 1-ilovaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrlarni va hujjatlar blankalarini tayyorlash, ulardan foydalanish, saqlash va yo‘q qilish Tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Davlat gerbi tasviri tushirilgan pechatlarni va hujjatlarning blankalarini tayyorlash, saqlash va yo‘qotib tashlash Tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1981-yil 18-sentabrdagi 751-son va “O‘zbekiston SSR Davlat gerbi tasviridan foydalanish Tartibi haqida” 1981-yil 21-sentabrdagi 754-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-avgust,
401-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-avgustdagi 401-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni ko‘plab chiqarish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini metalldan, gipsdan va boshqa materiallardan quyish, shuningdek, gerbning yog‘ochdagi gravyurasini, hajmli shakllarini boshqa texnikada o‘yish va tayyorlash ushbu tasvirning badiiy qiymatini ta’minlash va uning tasdiqlangan etalonga to‘liq muvofiq bo‘lishi sharti bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli, grafik va hajmli tasvirining reproduksiyasi, uning hajmlaridan qat’i nazar, har doim “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida tasdiqlangan gerbning rangli, qora-oq va hajmli tasviri etalonlariga mos bo‘lishi kerak.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami,2002-y., 11-12-son, 97-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbini ko‘plab chiqarishni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tegishli tasvirini muhrlarda, muassasalarning blankalarida, maqtov va faxriy yorliqlarda, diplomlarda, guvohnomalarda va shu muassasalarning boshqa rasmiy hujjatlarida foydalanish huquqi berilgan barcha muassasalar amalga oshirishlari mumkin. Bu muassasalarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tegishli tasvirini ma’muriy binolarni bezash va shu binolarning peshtoqidagi axborot yozuvlariga tushirishga ruxsat etiladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan vimpellarda, xalqalarda, nishonlarda, shuningdek, binolar va vitrinalarni bezashda dekorativ maqsadlarda foydalanilishi mumkin. Buning uchun mazkur buyumlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan, binolar va vitrinalarni jihozlash esa tegishli hokimliklar tomonidan ma’qullangan bo‘lishi kerak.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
4. O‘zbekiston Respublikasi gerbining tasvirini tushirishda yoki uni ko‘plab chiqarayotganda unga hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydigan sharoit yaratilishi zarur.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
5. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirini tayyorlash hamda uni ko‘plab chiqarish Tartibiga rioya etilishi uchun mas’uliyat tegishli davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
6. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunning va mazkur Tartibning aniq bajarilishini kuzatib borish hokimliklar zimmasiga yuklatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-sonli qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrlar va hujjatlar blankalari tayyorlash, foydalanish, saqlash va yo‘q qilish
TARTIBI
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlardan O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi, uning Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va uning devoni, Vazirlar Mahkamasi, respublika Oliy Kengashining qo‘mitalari, komissiyalari va Kotibiyati, O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari va davlat qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Vazirlar Mahkamasi tasarrufidagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasining sudlari va hakamlik sudlari, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovlarini o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasining prokuratura organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, davlat notarial kontoralari, banklari muassasalari va tashkilotlari, barcha darajalardagi davlat ilmiy va o‘quv yurtlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan muhrlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini tushirish huquqi berilgan respublika va mahalliy bo‘ysunuvdagi boshqa davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanadilar.
Davlat ixtiyorida bo‘lmagan va mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlardan, hujjatlar blankalari va burchaklari tamg‘alardan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhr diametri 40—45 millimetrli dumaloq shakldagi metall, polimer yoki kauchuk buyumdan iborat bo‘ladi.
Doira o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, muhrning aylanasiga esa vazirlikning, idoraning (markaziy muassasaning) nomi, so‘ngra bosh boshqarmaning (boshqarmaning) nomi va muassasa, korxona, tashkilotning nomi yoziladi. Har bir rekvizit avval davlat tilida, so‘ngra esa rus tilida ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining muhrdagi tasviri “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida” 1992-yil 2-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida bayon etilgan tasvirga qat’iy mos bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhr shtempel-o‘ymakorlik korxonalari tomonidan, muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalari bo‘yicha tayyorlanadi, bunda tasdiqlangan namunalar (eskizlar) va ichki ishlar organlarining muhrni tayyorlash uchun ruxsatnomasi albatta ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrni tayyorlashga ruxsat olish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, prokuraturalar, sudlar, davlat notarial kontoralari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini muhrlarga tushirish huquqi berilgan respublika va mahalliy bo‘ysunuvdagi boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar iltimosnoma bilan birga quyidagilarni ham taqdim etadilar:
muhr tayyorlash uchun dastlabki buyurtma berilayotganda — ularning yuqori tashkilot tomonidan imzolangan ikki nusxadagi namunalari (eskizlari), shuningdek, ustavdan, nizomdan, buyruqdan yoki bunday muhrlardan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlardan ko‘chirma;
korxona, muassasa, tashkilot, ilmiy va o‘quv yurtlarining nomi o‘zgarishi munosabati bilan muhr tayyorlash uchun buyurtma berilayotganda ularning rahbarlari tomonidan imzolangan ikki nusxadagi muhr namunalari (eskizlari) va yuqori tashkilotning nomni o‘zgartirish haqidagi ustavi, nizomi, qarori, buyrug‘i yoki farmoyishidan ko‘chirma;
muhrlar eskirganligi munosabati bilan ularni tayyorlash uchun buyurtma berilayotganda — mazkur korxona, muassasa, tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan ikki nusxadagi muhr namunasi (eskizlari).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
5. Metall, polimer yoki kauchuk muhrlarning namunalari (eskizlari) alohida-alohida topshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
6. Muassasalar, korxonalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan faqat bir nusxadagi polimer, kauchuk yoki metall muhrga ega bo‘lishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan “2” raqamli qo‘shimcha muhr ichki ishlar organlari ruxsati bilan tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirib tayyorlangan muhrni berish, uni saqlash va shtempel-o‘ymakorlik korxonasi tomonidan yaroqsiz holda ishlab chiqarilgan muhrni yo‘q qilib tashlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhr uning aks ettirilishi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida maxsus nazarda tutilgan hujjatlarga, shuningdek, muhim ma’lumotlar yozilgan boshqa hujjatlarga qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘rsida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrdan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan hujjatlar blankalaridan qonuniy foydalanish uchun va ularni saqlash tartibiga rioya etilishi uchun mas’uliyat organ yoki muassasa, korxona, tashkilot rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Organ yoki muassasa rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrni va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan hujjatlar blankalarini saqlash, shuningdek, ulardan foydalanish uchun mas’uliyatni, zarur hollarda, o‘z buyrug‘i bilan o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlardan biri zimmasiga yuklashi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
10. Organ yoki muassasa rahbari almashganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhr va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan hujjatlar blankalari dalolatnoma bo‘yicha yangi tayinlangan yoki saylangan rahbarga dalolatnoma bo‘yicha beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlar va blankalar yonmaydigan metall shkafda yoki seyfda saqlanadi va maxsus daftarda hisobga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrni saqlash uchun mas’ul mansabdor shaxslar uning buzilishiga yoki yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka majburdirlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhr yo‘qolgan taqdirda organ yoki muassasa, korxona, tashkilot rahbari uni topish chora-tadbirlarini ko‘rishga, shuningdek, bu haqda darhol ichki ishlar organlariga xabar berishga va matbuotda e’lon qilishga majburdir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan yo‘qolgan muhr o‘rniga yangisini tayyorlab berishga ruxsat umumiy asoslarda beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan yo‘qolgan muhr o‘rniga tayyorlab berilgan muhr matnida “D” (dublikat) harfi bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlardan foydalanishga ehtiyoj qolmaganda, shuningdek, buzilgan yoki yaroqsiz holga kelganda yo‘q qilish uchun ichki ishlar organlariga topshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan hujjatlar blankalari tashkiliy-farmoyish hujjatlari andazalariga muvofiq ravishda organlar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan tayyorlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1992-yil, 8-son, 26-modda; 2002-y., 6-son, 36-modda; 2005-y., 27-son, 191-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda)