1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Oʻzbekiston RespUblikasi OLIY Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan kundan boshlab amalga kiritiladi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, avvalgi Davlat gerbi 1993-yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasining yangi Davlat gerbiga almashtirilishi shart. Ana shu davr ichida avvalgi Davlat gerbidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga:
— 1992-yil 15-avgustigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbini tayyorlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlar, hujjatlarning blankalarini tayyorlash, ulardan foydalanish, saqlash va yoʻqotib tashlash tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasvirini tayyorlash va undan foydalanish masalalari” qarori.
— Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirish topshirilsin.
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 1981-yil 30-iyuldagi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1981-yil, № 22, 444-modda);
— Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmonini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1981-yil 27-noyabr Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1981-yil, № 33, 648-modda);
— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan pechatlardan va hujjatlarning blankalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi 1981-yil 30-iyul Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1981-yil, № 22, 447-modda);
— Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan pechatlardan va hujjatlarning blankalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi 1981-yil 27-noyabr Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1981-yil, № 33, 650-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
617-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 329-modda)