1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.03.00 Savdoda narxni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
NARXLARNI LIBERALLAShTIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-noyabrdagi 505-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ularning baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirish va bozor munosabatlarini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yil 16-yanvardan ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarga, xalq isteʼmoli tovarlariga, ishlar va xizmatlarga talab va taklif asosida shakllanadigan shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarga asosan oʻtish amalga oshirilsin.
2. Aholining, eng avvalo ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi talabalarining manfaatlarini himoya qilish zarurligini eʼtiborga olib, 1—3-ilovalarga muvofiq oziq-ovqat va sanoat (bolalar) tovarlarining chegaralangan doirasiga cheklangan narxlar miqdorlari, shuningdek, aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarga tariflarning cheklangan miqdorlari belgilansin.
3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va eng muhim oziq-ovqat tovarlarining belgilanadigan cheklangan chakana narxlari bilan bogʻliqlikni taʼminlash maqsadida don, guruh, chorva mollari, parranda, sut va tuxum uchun 4-ilovaga muvofiq boshqariladigan xarid narxlarining chegarasi belgilansin. Bunda xoʻjaliklarga belgilanadigan topshiriqdagi mahsulotning 15 foizining va topshirishdan oshiqcha barcha mahsulotning narxi ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilanadi, yaʼni koʻrsatilgan mahsulot hajmlari erkin narxlarda sotiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Savdo vazirligi, moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasi va Oʻzbekbirlashuvga mahalliy Kengashlar ijroiya qoʻmitalari bilan birgalikda respublika tashqarisidan olib kelinadigan tovarlarning shartnomaviy narxlari hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining cheklangan chakana narxlari oʻrtasidagi tafovutni 1, 2-ilovalarga muvofiq koʻrib chiqish va belgilangan tartibda hal qilish topshirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv oʻn kun muddat ichida Davlat narxlar qoʻmitasi bilan birgalikda umumiy ovqatlanish korxonalari uchun ustama narxlarning cheklangan darajalarini ishlab chiqsinlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi esa ularni tasdiqlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasiga narxlarni tahlil qilish asosida oʻzining yakkahukmronlik holatidan foydalanuvchi va narxlarni asoslanmagan xolda oshirishga yoʻl qoʻyuvchi korxonalarni shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarni qoʻllash huquqidan mahrum qilishga hamda ularning mahsulotlariga narxlarning cheklangan darajalarini joriy qilishga ruxsat berilsin.
7. Konsernlarga, birlashmalarga; korxonalar va xoʻjaliklarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida zaruriyat boʻlganda oʻz mablagʻlari hisobidan, eng avvalo oʻz xodimlari va xizmatchilari uchun quyidagicha kompensatsiyalar ajratish hisobiga narxlarning cheklangan darajalarini kamaytirish imkoniyatlarini qidirib topish tavsiya qilinsin:
umumiy ovqatlanish korxonalari mahsulotlariga (maktab, studentlar, ishchilar oshxonalari va boshqalar);
transport, maishiy, Kommunal va boshqa xizmat turlariga.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 22-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
9. Konsernlar, korxonalar va tashkilotlar (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar va isteʼmol tovarlarining qoldiqlarini qayta baholasinlar, oshirib baholangan summa miqdorining 50 foizi aholini ijtimoiy himoya qilish uchun respublika budjetiga va 50 foizi oʻzining oborot mablagʻlarini toʻldirishga oʻtkazilsin,
10. Kalish ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “Oʻzbekrezinotexnika” birlashmasiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining 15 foizini tuzilgan shartnomalar boʻyicha valyutaga sotishga ruxsat berilsin.
11. Aholining ayrim toifalarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-apreldagi 82-son, 1991-yil 12-apreldagi 97-son, 1991-yil 22-maydagi 140-son qarorlari bilan belgilangan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning hisob-kitoblari boʻyicha 1992-yilgi budjetda aholiga ayrim oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini belgilangan norma boʻyicha sotishdan, shahar avtomobil va shahar elektr transportida yoʻlovchilar tashish, shuningdek, issiqlik taʼminoti va kvartira haqi xizmatlaridan dotatsiyalarni nazarda tutsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi oʻn kun muddat ichida ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotga, xalq isteʼmoli tovarlari va xizmatlarga shartnomaviy (erkin) narxlarni qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizom ishlab chiqsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi, Davlat soliq xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi xalq isteʼmoli tovarlari, ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar va xizmatlar uchun narx intizomiga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarlari — komplekslarning rahbarlariga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Izoh. Ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatlardan kelib chiqib, mol yogʻi yetishtiruvchilar uchun uning eng yuqori ulgurji narxi har kilogrammiga 50 soʻmgacha qilib belgilansin
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 25-avgustdagi 397-sonli qarori tahririda)