Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-son qarori (roʻyxat raqami 2093, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
7-banddagi “olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlgan” degan soʻzlar “sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.”
3.
10-banddagi “va davlat bojining stavkalari” degan soʻzlar “miqdori” degan soʻz bilan almashtirilsin.