1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida “Folksvagen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.02.00 Iqtisodiy integratsiya. Sarmoyalarni himoya qilish]
1. “Oʻzavtosanoat” AJ va “Folksvagen Grupp Rus” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — “Folksvagen” kompaniyasi) oʻrtasida 2020-yil 2-mart kuni “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJ negizida “Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasida (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) “Folksvagen” kompaniyasining bosqichma-bosqich ishtirok etishini nazarda tutuvchi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzavtosanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining investitsiya loyihasini amalga oshirishni davom ettirish boʻyicha “Folksvagen” kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan va quyidagilarni nazarda tutuvchi konsepsiyani maʼqullash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
a) birinchi bosqichda 2020-2021-yillarda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.10.00 Xalqaro koʻrgazmalar, savdolar, kimoshdi savdolari, yarmarkalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.03.00 Transport vositalarini olib kirish va olib chiqish]
bozorni oʻrganish hamda marketing tahlilini oʻtkazish maqsadida “Folksvagen” va “Shkoda” markalaridagi tayyor avtomobillarni yetkazib berishni tashkil qilish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
“Folksvagen” kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJ xodimlarini yirik uzelli avtomobillarni yigʻish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;
“Folksvagen Keddi” modelini yirik uzelli yigʻishni tashkil etish maqsadida butlovchi qismlarni yetkazib berish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.25.00 Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi]
mamlakatning barcha hududlarida dilerlik tarmogʻi va servis xizmatlarini koʻrsatish stansiyalarini tashkil etish;
b) ikkinchi bosqichda 2022-yildan boshlab yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellarini ishlab chiqarishning toʻliq siklini oʻzlashtirish.
3. Quyidagilar davlat xaridlarining maxsus axborot portalida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladigan Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga tegishlicha kiritilgan holda yagona yetkazib beruvchilar sifatida belgilansin:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.15.00 Mashinasozlik va metallga ishlov berish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati]
ishtirokchisi (aksiyadori) “Oʻzavtosanoat” AJ va/yoki “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvchi kompaniyalari boʻlgan ishlab chiqaruvchi korxonalar, “Oʻzavtosanoat” AJ tizimidagi korxonalar, “Oʻzavtosanoat” AJga ishonchli boshqaruvga berilgan va ularning tarkibida boʻlgan ishlab chiqaruvchi korxonalar — ular tomonidan avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sanoati uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlar boʻyicha;
(3-bandining ikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.15.00 Mashinasozlik va metallga ishlov berish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati]
avtomobil mahsulotlarining asl ishlab chiqaruvchisi (OEM) yoki litsenziari tomonidan belgilangan yoki maʼqullangan yoxud tavsiya etilgan yetkazib beruvchi tashkilotlar — ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan korxonalar uchun tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha;
avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha hadli, litsenziyaviy, investitsiyaviy yoki boshqa bitimlar, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini amalga oshirishda texnik koʻmak berish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi tashkilotlar — ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan korxonalar uchun tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha.
4. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.06.00 Chet ellik investorlarga kafolatlar]
investorni noqulay oʻzgarishlardan kafolatlash amal qilishini boshlash maqsadida mazkur qarorning kuchga kirishi investor Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirishining tasdigʻi sifatida belgilanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
qurilish, xom ashyo, materiallar, muhandislik, texnologik va boshqa uskunalarni yetkazib berish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalar va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish investitsiya loyihasining dastlabki tasdiqlangan texnik-iktisodiy asoslari doirasida, lekin shu asosda ishlab chiqilgan va oldin tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini hisobga olmagan holda amalga oshiriladi.
5. “Oʻzavtosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda investitsiya loyihasini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakunlaridan kelib chiqib, oʻrnatilgan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va “Folksvagen” kompaniyasi oʻrtasida “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan “Folksvagen” kompaniyasi bilan hamkorlikda qoʻshma korxona tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi, xorijiy investor majburiyatlarini hamda tashkil etilayotgan korxonaga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan beriladigan davlatning qoʻllab-quvvatlash choralarini aniq aks ettiruvchi investitsiya bitimini tuzish boʻyicha tegishli takliflarni kiritsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi 2020-yil iyul oyidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Yevro-5” standarti talablariga javob beradigan yuqori sifatli dizel yoqilgʻisi va avtobenzinga ega kamida bitta avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi boʻlishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.Oʻ. Umurzoqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-iyun,
PQ-4757-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4757/0952-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)