toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni taʼminlash, ilgʻor xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh ishlab chiqarishni yaratish maqsadida:
1. 2019 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;
yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oʻrta hisobda 60 foizgacha yetkazish;
yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;
avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, “YERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;
aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop boʻlgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;
“Oʻzavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ yetakchi xorijiy kompaniyalar va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha aniq takliflarni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan “Oʻzavtosanoat” AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisini tashkil etish choralarini koʻrsin:
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2023-yilgacha yanada jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
ilgʻor xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish;
avtomobil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan motor transport vositalari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi barcha korxonalar uchun soliq va bojxona rejimlarini unifikatsiyalash yoʻli bilan oshirish;
ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni oʻzlashtirish darajasini oshirish va import hajmlarini pasaytirish imkonini beradigan qoʻshimcha ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning ustuvor segmentlarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish, milliy muhandislik markazlarini tashkil etish;
avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2020-yil 1-yanvarga qadar “Oʻzavtosanoat” AJ va uning ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi boʻyicha texnik topshiriqlar original ishlab chiqaruvchi (OYEM) yoki avtomobillar litsenziari tomonidan tasdiqlangan (belgilab qoʻyilgan) yoki tavsiya etilgan mahsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan yoki bunday talab avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha asosiy, litsenzion va investitsiyaviy bitimlar, shuningdek, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash boʻyicha bitimlar, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda texnik koʻmaklashish boʻyicha bitimlar bilan oʻrnatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazilmaydi;
b) 2019-yil 1-oktabrdan keyin tuziladigan shartnomalar boʻyicha “UzAutoMotors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz soligʻi bekor qilinadi;
v) 2019-yil 1-oktabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadi;
g) “Oʻzavtosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan, 1-ilovada koʻrsatilgan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
qoʻshilgan qiymat soligʻini (koʻchmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (xoʻjalik jamiyatlaridagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga boshlangʻich bahosi boʻyicha auksionga qoʻyish orqali;
(3-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
savdoga qoʻyilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud boʻlmagan taqdirda, boshlangʻich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali.
4. “Avtosanoat invest” MCHJ va “Oʻzavtosanoat” AJning “Oʻzavtosanoat” AJ va “Avtosanoat invest” MCHJning tegishli ravishda ustav kapitalini kamaytirish hisobiga “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJning ustav kapitalidagi “Avtosanoat invest” MCHJ ulushini balans qiymatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. “Oʻzavtosanoat” AJ 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha dilerlik tashkilotlarining ustav jamgʻarmalari (kapitallari)dagi ulushlar sotilishini tezlashtirsin.
6. Quyidagilar:
2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
import qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini 120 kunga uzaytirish imkoniyati beriladigan avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar, materiallar va texnologik jihozlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ:
a) ikki oy muddatda:
tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillarni mahalliylashtirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy banklar va eksport-kredit agentliklarining imtiyozli kredit liniyalari jalb etilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish qismida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar yakunlanishini taʼminlasin;
b) 2019-yil 1-dekabrga qadar:
5-ilovaga muvofiq, “Oʻzavtosanoat” AJning 2019 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha “General Motors” kompaniyasi bilan muzokaralar nihoyasiga yetkazilishi va bitimlar tuzilishini;
5-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy banklar, eksport-kredit agentliklari, shuningdek, investitsiya kompaniyalari va jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobiga eng qulay shartlarda kamida 700 million AQSH dollarini jalb etishni;
avtomobil sanoatidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, jumladan 6-ilovaga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarining ustav kapitallaridagi “Oʻzavtosanoat” AJning ulushlari (aksiyalari)ni sotish orqali investorlar jalb etishni taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJning yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotadigan rasmiy dilerlik tashkiloti (keyingi oʻrinda — rasmiy diler)ga xaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan oʻzlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni toʻlash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturini 2019-yil 1-oktabrdan tatbiq etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
“TRADE-IN” dasturi doirasida quyidagilar belgilansin:
a) rasmiy diler tomonidan jismoniy shaxslarning ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga olgan sotilayotgan obyektning sotish narxi bilan balans qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq soliqqa tortish bazasi boʻlib hisoblanadi;
b) rasmiy dilerlar tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan majburiy notarial rasmiylashtiruv tatbiq etilmaydi:
belgilangan shakldagi hisob-maʼlumotnomalarni xaridorga berish tartibini joriy etish orqali ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;
mahalliy ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilerlaridan sotib olingan yangi avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;
v) rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida yigʻim toʻlanmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy zavodlarning rasmiy dilerlarini “TRADE-IN” dasturi doirasida sotib olingan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotish uchun tegishli darajada himoyalangan hisob-maʼlumotnomalar blanklari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
9. “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda:
2019-yilning 1-noyabriga qadar ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning xavfsizlik va sifat koʻrsatkichlarini taʼminlaydigan namunaviy tajriba dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2019-yilning 1-dekabriga qadar Piskent avtomobil poligoni negizida avtomobillarni va ularning ehtiyot qismlarini sinovdan oʻtkazish bazasini tashkil etish hamda uni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2020-yil 1-yanvarga qadar avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni toʻla-toʻkis sinovdan oʻtkazishni taʼminlash uchun mahalliy laboratoriyalarni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2020-yil 1-martga qadar “Avtomobillar uchun oʻrtacha korporativ yoqilgʻi tejamkorligi” standartini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Quyidagilar:
Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid choralarni ishlab chiqish va amalda ijro etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 7-ilovaga muvofiq;
mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruhi (Xodjayev):
ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
ushbu qaror ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har 15 kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
12 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-iyul,
PQ-4397-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzavtosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan, elektron savdo maydonchalari orqali sotiladigan aktivlari
ROʻYXATI

T/r

Korxona (obyekt) nomlanishi

Asosiy faoliyat turi

“Oʻzavtosanoat” AJ va uning tarkibiga

kiruvchi korxonalarning sotiladigan ulushi

1.

“Ist Batterflyay” MCHJ

Xalq isteʼmol mollarini ishlab chiqarish

“Oʻzavtosanoat” AJ — 100 foiz

2.

“Oʻzavtosanoattrans” MCHJ

Transport xizmatlari koʻrsatish

“Oʻzavtosanoat” AJ — 100 foiz

3.

“Avtosanoat Agro” MCHJ

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish

“Oʻzavtosanoat” AJ — 81,626 foiz

“OʻzKoram Ko.” MCHJ — 9,187 foiz

“Avtosanoat invest” MCHJ — 9,187 foiz

4.

“OʻzNaslelita” MCHJ

Goʻsht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarish

“Oʻzavtosanoat” AJ — 32,09 foiz

“Sergeli Avtotexservis” MCHJ — 58,68 foiz

“Avtosanoat invest” MCHJ — 2,2 foiz

“Oʻzavtosanoat-Lizing” MCHJ — 6,97 foiz

5.

“Zenit” MCHJ

Koʻchmas mulkni ijaraga berish xizmatlari

“Oʻzavtosanoat” AJ — 14,7 foiz

6.

“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ

Koʻchmas mulkni ijaraga berish xizmatlari

“Oʻzavtosanoat” AJ — 7,68 foiz

7.

“Oʻzsanoatqurilishbank” AJ

Bank xizmatlarini koʻrsatish

“Oʻzavtosanoat” AJ — 0,000015 foiz

8.

“Og`irsanoatloyiha” AJ

Loyiha-smeta hujjatlarini tuzish xizmatlarini koʻrsatish

“Avtosanoat invest” MCHJ — 7,95 foiz

9.

Qoʻshkoʻpir Elita Chorva MCHJ

Goʻsht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarish

“XAPO” MCHJ — 100 foiz

10.

“Nyu Djen” MCHJ

“Gulshan” madaniyat va istirohat bogʻida dam olishni tashkil etish

“Avtosanoat universal servis” MCHJ — 100 foiz

11.

“Universal Tennis Plyus” MCHJ

“Tennis kortlari” sport majmuasida dam olishni tashkil etish

“Avtosanoat universal servis” MCHJ — 100 foiz

12.

“Agregat Agrotex” MCHJ

Qishloq xoʻjaligi texnikasining ulgurji savdosi

“Oʻz Se-Myung” AJ — 49,2 foiz

13.

“Oltinkoʻl Toʻqimachilik Sanoati” MCHJ

Chulki-paypoq ishlab chiqarish

“Avtosanoat Invest” MCHJ — 61,23 foiz

“Andijon Avtotexxizmat” MCHJ — 36,86 foiz

14.

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Elbek koʻchasida joylashgan 142-bino

Koʻchmas mulk

“Avtosanoat Invest” MCHJ

“Avtoolam jurnali tahririyati” MCHJ

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga
2-ILOVA
Ustav jamgʻarmasi (kapitali)dagi ulushi xususiy investorlarga sotiladigan “Oʻzavtosanoat” AJning dilerlik tashkilotlari
ROʻYXATI

T/r

Korxonaning nomlanishi

Sotiladigan ulush

(foiz)

1.

“AVTOTEXXIZMAT” MCHJ

32,16

2.

TOSNVILOYAT AVTOTEXXIZMAT” MCHJ

51,62

3.

BUXORO AVTOTEXXIZMAT” MCHJ

34,51

4.

QQAVTOTEXXIZMET” MCHJ

58,07

5.

QASNQADARYO AVTOTEXXIZMAT” MCHJ

43,05

6.

“SAMARKAND AVTOTEXXIZMAT” MCHJ

51,44

7.

AVTOTEXXIZMAT-F” MCHJ

51,96

8.

XORAZM AVTOTEXXIZMAT” MCHJ

51,14

9.

G'IJDUVON AVTOTEXXIZMAT” MCHJ

51,24

10.

“VOBKENT AVTOTEXXIZMAT” MCHJ

51,85

11.

SIRDARYO AVTOTEXXIZMAT” MCHJ

97,38

12.

QO'QON AVTOTEXXIZMAT” MCHJ

51,00

13.

CNUST AVTOTEXXIZMAT-N” MCHJ

50,00

14.

ASAKA AVTOSAVDO” MCHJ

51,00

15.

BEKOBOD AVTOSAVDO” MCHJ

51,00

16.

QO'QON-AVTOSAVDO” MCHJ

51,00

17.

NAMANGAN AVTOSAVDO” MCHJ

51,00

18.

NUKUS AVTOSAVDO” MCHJ

51,00

19.

TOSNKENT AVTOSAVDO” MCHJ

51,00

20.

UCNTEPA AVTOSAVDO” MCHJ

40,00

21.

FARGONA-AVTOSAVDO” MCHJ

51,00

22.

XORAZM-AVTOSAVDO” MCHJ

50,00

23.

ANDIJON AVTOSAVDOSERVIS” MCHJ

20,00

24.

BUXORO AVTOSAVDO” MCHJ

20,00

25.

“FERGANA MOTORS” MCHJ

50,00

26.

“TOSNKENT MOTORS AVTOSAVDO” MCHJ

10,00

27.

“JIZZAX MOTORS” MCHJ

50,00

28.

“TOSNKENT AVTOMARKAZ” MCHJ

50,00

29.

“SITORA-AVTOSAVDO” MCHJ

40,00

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga
3-ILOVA
2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish
muddati

Bajarilishi ustidan
nazorat

boshlanishi

yakunlanishi

nazorat uchun masʼul

koʻrib chiqish muddati

I. Avtomobil sanoatining eksport salohiyatini oshirish

1.

2019-2020-yillarda, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi boʻyicha avtomobil eksportini amalga oshirish va 2019-yil 1-yanvardan tuzilgan eksport shartnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali “Oʻzavtosanoat” AJ korxonalari tomonidan avtomobil eksportining prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishish.

Masʼullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

31-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(E. Gʻaniyev)

har oyda

2.

Xorijiy korporativ distribyutorlarga realizatsiya hajmiga qarab tabaqalashtirilgan komissiya mukofotini belgilangan holda, ichki bozorda avtomobillarni sotish huquqini berib, eksport bozorlarida mahalliy avtomobillarning sotilishini taʼminlash uchun ularni hamkorlikka jalb etish yoʻli bilan avtomobillar eksport hajmini kengaytirish.

Masʼul: “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2019-yil

31-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(E. Gʻaniyev)

2019-yil dekabr

3.

Jumladan XXR hududidan yuklarni tashish uchun chegirmalar berish boʻyicha XXR vakolatli organlar bilan muzokaralar olib borish orqali yuklarni tashish xarajatlarini optimallashtirish.

Masʼullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

30-aprel

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov)

2019-yil

dekabr

II. Avtomobil sanoatini normativ va texnik jihatdan tartibga solishni takomillashtirish

4.

Avtomobilsozlik sohasida yagona sanoat siyosatini ishlab chiqish, shu jumladan texnologik operatsiyalarning toʻliq siklini — shtamplash, payvandlash, boʻyash va yigʻishni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tartib-taomillarni soddalashtirish uchun normativ-huquqiy bazani joriy etish.

Masʼullar: Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va ��ashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

30-sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Sultanov)

2020-yil

oktabr

5.

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar xavfsizligi va sifati koʻrsatkichlarini taʼminlovchi namunaviy sinov dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Masʼullar: “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2019-yil

1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Sultanov)

2019-yil

noyabr

6.

Piskent avtomobil poligoni negizida avtomobillar va uning ehtiyot qismlari sinov bazasini tashkil qilish, shuningdek, uni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash.

Masʼullar: “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

1-noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Sultanov)

2020-yil

dekabr

7.

“Avtomobillar uchun oʻrtacha korporativ yoqilgʻi tejamkorlik” standartini ishlab chiqish va tasdiqlash

Masʼullar: “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

1-mart

Vazirlar Mahkamasi

(A. Sultanov)

2020-yil

mart

8.

Avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar sinovlarining toʻliq spektrini taʼminlash uchun mahalliy laboratoriyalarni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Masʼullar: “Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), Moliya vazirligi (Ishmetov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi

(A. Sultanov)

2020-yil

yanvar

9.

Yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotadigan rasmiy dilerlik tashkilotiga xaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan oʻzlariga tegishli avtotra�sport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni toʻlash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturini 2019-yil 1-oktabrdan tatbiq etish.

Masʼullar: “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev)

2019-yil

1-avgust

2019-yil

1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Sultanov)

2019-yil oktabr

III. Avtomobil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish

10.

Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun yetakchi xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarini tanlash va bitimlar tuzish.

Masʼullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2019-yil

20-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(E. Gʻaniyev)

2019-yil

dekabr

11.

Avtomobil sanoati korxonalarining ustav kapitalida ishtirok etish uchun kamida ikkita portfel investorini jalb etish.

Masʼullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

1-fevral

Vazirlar Mahkamasi

(E. Gʻaniyev)

2020-yil

fevral

12.

Avtomobillarning yangi modellarini yagona unifikatsiyalashgan platforma negizida ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha “General Motors” (AQSH) kompaniyasi bilan muzokaralarni yakunlash va 2019 — 2023-yillarda kamida 700 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etishni nazarda tutuvchi manzilli dasturni ishlab chiqish.

Masʼullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2019-yil

20-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(E. Gʻaniyev)

2019-yil

dekabr

13.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarni mahalliylashtirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy banklar va eksport-kredit agentliklarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish.

Masʼullar: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), “Asaka” ATB (Saydullayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2019-yil

25-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(E. Gʻaniyev)

2019-yil

dekabr

14.

Fransiyaning “BPI France” investitsiya banki bilan hamkorlik doirasida kichik biznes korxonalarida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Masʼullar: Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xoʻjayev), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2019-yil

20-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(E. Gʻaniyev)

2019-yil

dekabr

15.

“Oʻzavtosanoat” AJni xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlar tuzishga oʻtkazish va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb etgan holda mustaqil tashqi audit oʻtkazish.

Masʼul: “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

15-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

dekabr

2020-yil

IV. Avtomobil sanoatining kadrlar salohiyatini rivojlantirish

16.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Avtomobilsozlik” yoʻnalishi boʻyicha boʻlim tashkil etish va amaliy tadqiqotlarni olib borish uchun moddiy-texnik baza yaratish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov), Turin politexnika universiteti (Salomov)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

1-iyul

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

Har chorakda

17.

Turin Politexnika universitetida sirtqi va masofaviy taʼlimni tashkil etish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov), Turin politexnika universiteti (Salomov)

2019-yil

1-sentabr

2020-yil

1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

Har chorakda

18.

Turin Politexnika universiteti tomonidan Andijon mashinasozlik instituti bilan birgalikda ushbu oliy oʻquv yurtlarining har birida ikki yil oʻqish va ikki tomonlama diplom olishni nazarda tutuvchi “2+2” taʼlim modelini ishlab chiqish va tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov), Turin politexnika universiteti (Salomov), Andijon mashinasozlik instituti (Turdialiyev).

2019-yil

1-sentabr

2020-yil

1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

Har chorakda

19.

Shu jumladan mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xodimlar malakasini oshirish boʻyicha qisqa va oʻrta muddatlarga moʻljallangan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi (Majidov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov).

2019-yil

1-avgust

2020-yil

1-avgust

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

Har chorakda

20.

2019-2020-yillarda XXR, Koreya Respublikasi, Italiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarda ishlab chiqarish, injiniring, iqtisodiyot, moliya, marketing, savdo, xodimlarni boshqarish va boshqa eng muhim yoʻnalishlarda tarmoqdagi 200 ta xodimning malakasini oshirishni tashkillashtirish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi (Majidov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)”Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov).

2019-yil

1-avgust

2020-yil

15-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

Har chorakda

21.

Injiniring sohasida mahalliy va xorijiy loyiha-konstruktorlik kompaniyalari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik oʻrnatish.

Masʼullar: “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), Turin politexnika universiteti (Salomov)

2019-yil

1-avgust

2020-yil

20-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Sultanov)

Har chorakda

22.

“Oʻzavtosanoat” AJ faoliyatiga injiniring, marketing va moliya sohasida faoliyat yurituvchi kamida uch nafar yuqori malakali xorijiy mutaxassis jalb qilish.

Masʼullar: “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

1-avgust
2019-yil

2019-yil

20-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Sultanov)

2019-yil

dekabr

23.

Samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari — KPI asosida xodimlarni baholash tizimini ishlab chiqish va “Oʻzavtosanoat” AJning barcha korxonalarida yoʻlga qoʻyish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2019-yil

15-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

2019-yil

dekabr

24.

Andijon shahrida “Oʻzavtosanoat” AJ korporativ bandlik markazini tashkil etish.

Masʼul: “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2019-yil

1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

2019-yil

oktabr

25.

Avtomobil sanoati korxonalarida kadrlar zaxiralarini shakllantirish va asosiy lavozimlar uchun oʻrindoshlik tizimi boʻyicha samarali dasturni joriy etish.

Masʼullar: “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov)

2019-yil

1-avgust

2019-yil

1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Sultanov)

2019-yil

oktabr

26.

Turin politexnika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti va Oʻzbekiston Respublikasining ushbu sohadagi boshqa oliy oʻquv yurtlarida taʼlimning ilk yillaridan avtomobil sanoati korxonalarida malaka oshirish va keyinchalik ishga olish uchun eng iqtidorli talabalarni aniqlash va saralab olish tizimini joriy etish.

Masʼullar: Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi (Majidov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov).

2019-yil

1-sentabr

2020-yil

1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

Har chorakda

V. Moliyaviy barqarorlikni taʼminlash

27.

2019-yil 1-oktabrga qadar tuzilgan yetkazib berish shartnomalari boʻyicha mahsulotni sotish qismida, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun tovarlar xarid qilishda QQS toʻlashdan ozod etish boʻyicha mexanizmni amalga oshirish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

a) 2019-yil 1-oktabrga qadar tuzilgan avtotransport vositalari, shatakka olinadigan va usti yopiq texnikalarni yetkazib berish shartnomalari soni boʻyicha DBQ va DSQga axborotlar kiritish;

b) 2019-yil 1-oktabrga qadar tuzilgan yetkazib berish shartnomalari boʻyicha sotilishi kerak boʻlgan avtotransport vositalari, shatakka olinadigan va usti yopiq texnikalar hajmidan kelib chiqqan holda xarid qilinishi (shu jumladan import qilinishi) rejalashtirilayotgan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar boʻyicha DBQ va DSQga axborot kiritish;

v) import boʻyicha lokal mahalliy korxonalarni, shuningdek, mahalliy yetkazib beruvchilarni QQS toʻlashdan ozod etgan holda bojxona tozalash tartib-taomilini oʻtkazish.

Masʼullar: “Oʻzavtosanoat” AJ (Umurzoqov), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azizov), Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev)

2019-yil

1-oktabr

2019-yil

2-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov)

2019-yil

oktabr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga
4-ILOVA
Import qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini 120 kunga uzaytirish imkoniyati beriladigan avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar, materiallar va texnologik jihozlar
ROʻYXATI
1. Avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, avtotransport vositalarining butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish uchun mashinalar va uskunalar, ularga ehtiyot qismlar, instrumentlar, texnologik uskuna.
2. Avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, avtotransport vositalarining butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish uchun dvigatellar, transmissiyalar, materiallar (shu jumladan listli va sortli metall prokati), butlovchi mahsulotlar va uzellar.
3. Avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, avtotransport vositalarining butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish uchun texnik hujjatlar, sanoat kompyuterlari, periferiya uskunalari va dasturiy taʼminot.
4. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va mahalliy avtomobil sanoati korxonalarining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish ehtiyot qismlari, sarflash, qoʻshimcha va reklama materiallari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga
5-ILOVA
“Oʻzavtosanoat” AJning 2019 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari
ROʻYXATI

T/r

Loyiha nomi

Loyiha
quvvati, kamida

Amalga oshirish muddati

1.

Xrom qismlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish

600 ming toʻplam

2020-2021 yy.

2.

Elektr motorchalarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish

250 ming dona

2020-2021 yy.

3.

Avtomobillarning yangi modellarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish

190 ming dona

2021-2022 yy.

4.

Dvigatelning yangi turini oʻzlashtirish

190 ming dona

2021-2022 yy.

5.

Yangi avtomobil modellari uchun plastik yoqilgʻi baklarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

6.

Yangi avtomobil modellari uchun amortizator qismlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

7.

Yangi avtomobil modellari uchun yarimoʻqlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

8.

Yangi avtomobil modellari uchun rul gʻildiraklarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

9.

Yangi avtomobil modellari uchun orqani koʻrish oynasini (zerkala) ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

10.

Yangi avtomobil modellari uchun tormoz va yoqilgʻi tizimlari trubkalarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

11.

Yangi avtomobil modellari uchun havo kanallarini (vozduxovod) ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

12.

Yangi avtomobil modellari uchun magnitofonlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

13.

Yangi avtomobil modellari uchun oyna tozalagich (stekloochistitel) ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

14.

Yangi avtomobil modellari uchun oyna yuvgich ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

15.

Yangi avtomobil modellari uchun kauchuk tutqichlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

16.

Yangi avtomobil modellari uchun mashinalar toʻxtash tormozlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish

190 ming toʻplam

2021-2022 yy.

Izoh: loyihaning umumiy qiymati va yillar boʻyicha investitsiyalar hajmi loyihadan oldingi hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash natijalari asosida aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga
6-ILOVA
Ustav kapitallaridagi “Oʻzavtosanoat” AJning ulushlari (ulushlarning bir qismi) investorlarga sotiladigan korxonalar
ROʻYXATI

T/r

Korxona nomi

1.

UZAUTO MOTORS” AJ

2.

AVTOOYNA” MCHJ

3.

“AVTOKOMPONENT” MCHJ

4.

“UZAVTOSANOAT LEASING” MCHJ

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga
7-ILOVA
Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid choralarni ishlab chiqish va amalda ijro etish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI

B. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, guruh rahbari

T. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, guruh rahbarining oʻrinbosari

R. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

R. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh. Vafayev

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

D. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

M. Joʻrayev

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

A. Haydarov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

D. Sattarov

Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzstandart” agentligi direktori

O. Fayzibayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

M. Saliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

S. Xolxoʻjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari

Sh. Umurzoqov

“Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

A. Shukurov

“Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari v.b.

M. Anarbayev

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi departamenti boshligʻining oʻrinbosari, guruh kotibi

Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qarorini amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar
REJASI

T/r

Qaror bandlari

Bajarish muddati

Nazorat uchun masʼullar

Ishchi guruhidan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan va Vazirlar Mahkamasidan

1.

1. 2019 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:

yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;

yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oʻrta hisobda 60 foizgacha yetkazish;

yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;

avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, “YERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;

aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop boʻlgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;

“Oʻzavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish.

batafsil chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash —
2019-yil

1-avgustgacha

Batafsil chora-tadbirlar rejasining bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda maʼlumot kiritish

B. Xodjayev,
Sh. Umurzoqov

G. Saidova,
E. Gʻaniyev

2.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ yetakchi xorijiy kompaniyalar va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha aniq takliflarni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan “Oʻzavtosanoat” AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisini tashkil etish choralarini koʻrsin:

Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2023-yilgacha yanada jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

ilgʻor xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish;

avtomobil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan motor transport vositalari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi barcha korxonalar uchun soliq va bojxona rejimlarini unifikatsiyalash yoʻli bilan oshirish;

ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni oʻzlashtirish darajasini oshirish va import hajmlarini pasaytirish imkonini beradigan qoʻshimcha ishlab chiqarishlarni tashkil etish;

ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning ustuvor segmentlarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish, milliy muhandislik markazlarini tashkil etish;

avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish.

2019-yil
1-sentabrgacha

Batafsil chora-tadbirlar rejasining loyiha ofisi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda maʼlumot kiritish

T. Ishmetov,
R. Gulyamov,
Sh. Umurzoqov

J. Qoʻchqorov,
B. Mavlonov

3.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2020-yil 1-yanvarga qadar “Oʻzavtosanoat” AJ va uning ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi boʻyicha texnik topshiriqlar original ishlab chiqaruvchi (OYEM) yoki avtomobillar litsenziari tomonidan tasdiqlangan (belgilab qoʻyilgan) yoki tavsiya etilgan mahsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan yoki bunday talab avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha asosiy, litsenzion va investitsiyaviy bitimlar, shuningdek, sanoat namunalarini ishlab chiqish va loyihalash boʻyicha bitimlar, avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda texnik koʻmaklashish boʻyicha bitimlar bilan oʻrnatilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazilmaydi;

b) 2019-yil 1-oktabrdan keyin tuziladigan shartnomalar boʻyicha “UzAutoMotors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aksiz soligʻi bekor qilinadi;

v) 2019-yil 1-oktabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadi;

g) “Oʻzavtosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan, 1-ilovada koʻrsatilgan aktivlari quyidagicha sotilishi mumkin:

qoʻshilgan qiymat soligʻini (koʻchmas mulk uchun) va haqiqiy qiymatini (xoʻjalik jamiyatlaridagi ulushlar va aksiyalar paketi uchun) hisobga olgan holda ularning qiymatini baholamasdan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga boshlangʻich bahosi boʻyicha auksionga qoʻyish orqali;

savdoga qoʻyilgan vaqtdan buyon ikki oy ichida talabgorlar mavjud boʻlmagan taqdirda, boshlangʻich bahosini qadam-baqadam tushirib borish orqali.

2019-yil
1-sentabrgacha

B. Xodjayev,
D. Sultanov

A. Aripov,
J. Qoʻchqorov,
B. Mavlonov

4.

4. Avtosanoat invest” MCHJ va “Oʻzavtosanoat” AJning “Oʻzavtosanoat” AJ va “Avtosanoat invest” MCHJning tegishli ravishda ustav kapitalini kamaytirish hisobiga “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJning ustav kapitalidagi “Avtosanoat invest” MCHJ ulushini balans qiymatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.

2019-yil
1-avgustgacha

B. Xodjayev,
A. Haydarov

J. Qoʻchqorov,
G. Saidova

5.

5. “Oʻzavtosanoat” AJ 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha dilerlik tashkilotlarining ustav jamgʻarmalari (kapitallari)dagi ulushlar sotilishini tezlashtirsin.

2019-yil
1-sentabrgacha

B. Xodjayev,
A. Haydarov

A. Aripov

6.

6. Quyidagilar:

2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;

import qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini 120 kunga uzaytirish imkoniyati beriladigan avtotransport vositalari, tirkamali va osma texnikalar, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar, materiallar va texnologik jihozlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

“Yoʻl xaritasi”ning bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda maʼlumot kiritish

B. Xodjayev,
M. Saliyev

A. Aripov,
E. Gʻaniyev

7.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ:

a) ikki oy muddatda:

tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillarni mahalliylashtirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy banklar va eksport-kredit agentliklarining imtiyozli kredit liniyalari jalb etilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish qismida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar yakunlanishini taʼminlasin;

2019-yil
1-sentabrgacha

S. Umurzoqov,
Sh. Vafayev,
Sh. Umurzoqov

E. Gʻaniyev

b) 2019-yil 1-dekabrga qadar:

5-ilovaga muvofiq, “Oʻzavtosanoat” AJning 2019 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha “General Motors” kompaniyasi bilan muzokaralar nihoyasiga yetkazilishi va bitimlar tuzilishini;

2019-yil
1-dekabrgacha

5-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy banklar, eksport-kredit agentliklari, shuningdek, investitsiya kompaniyalari va jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobiga eng qulay shartlarda kamida 700 million AQSH dollarini jalb etishni;

avtomobil sanoatidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, jumladan 6-ilovaga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarining ustav kapitallaridagi “Oʻzavtosanoat” AJning ulushlari (aksiyalari)ni sotish orqali investorlar jalb etishni taʼminlasin.

Ijroning borishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda maʼlumot kiritish

8.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJning yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotadigan rasmiy dilerlik tashkiloti (keyingi oʻrinda — rasmiy diler)ga xaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan oʻzlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni toʻlash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturini 2019-yil 1-oktabrdan tatbiq etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

“TRADE-IN” dasturi doirasida quyidagilar belgilansin:

a) rasmiy diler tomonidan jismoniy shaxslarning ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga olgan sotilayotgan obyektning sotish narxi bilan balans qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq soliqqa tortish bazasi boʻlib hisoblanadi;

b) rasmiy dilerlar tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan majburiy notarial rasmiylashtiruv tatbiq etilmaydi:

belgilangan shakldagi hisob-maʼlumotnomalarni xaridorga berish tartibini joriy etish orqali ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;

mahalliy ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilerlaridan sotib olingan yangi avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;

v) rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida yigʻim toʻlanmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy zavodlarning rasmiy dilerlarini “TRADE-IN” dasturi doirasida sotib olingan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotish uchun tegishli darajada himoyalangan hisob-maʼlumotnomalar blanklari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.

2019-yil
1-sentabrgacha

Ijroning borishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda maʼlumot kiritish

R. Davletov,
M. Joʻrayev,
Sh. Umurzoqov

A. Aripov,
J. Qoʻchqorov

9.

9. “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda:

D. Sattorov,
A. Shukurov

E. Gʻaniyev

2019-yilning 1-noyabriga qadar ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning xavfsizlik va sifat koʻrsatkichlarini taʼminlaydigan namunaviy tajriba dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2019-yil
1-noyabrgacha

2019-yilning 1-dekabriga qadar Piskent avtomobil poligoni negizida avtomobillarni va ularning ehtiyot qismlarini sinovdan oʻtkazish bazasini tashkil etish hamda uni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2019-yil
1-dekabrgacha

2020-yil 1-yanvarga qadar avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni toʻla-toʻkis sinovdan oʻtkazishni taʼminlash uchun mahalliy laboratoriyalarni zarur texnika va uskunalar bilan jihozlash boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2020-yil
1-yanvargacha

2020-yil 1-martga qadar “Avtomobillar uchun oʻrtacha korporativ yoqilgʻi tejamkorligi” standartini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

2020-yil
1-martgacha


Ijroning borishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga har oyda maʼlumot kiritish

Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2019-y., 07/19/4397/3449-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)