OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining
7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 11-sentabrdagi 2007-54-son “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaror (roʻyxat raqami 1724, 2007-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 422-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 30-avgustdagi 2013-37-son “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (roʻyxat raqami 1724-1, 2013-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 517-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 6-maydagi 2014-17-son “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
qaror (roʻyxat raqami 1724-2, 2014-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 235-modda).