toggle_night_mode
Hujjat 16.03.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisob roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Notarial okrugdagi notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash tartibi toʻgʻrisida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:
80 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga;
Keyingi tahrirga qarang.
10 foizi — budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga;
Keyingi tahrirga qarang.
10 foizi — xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning bankdagi hisobvaragʻiga hamda tegishlicha adliya organlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlash yoʻli bilan davlat notarial idoralari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarni (keyingi oʻrinlarda idoraviy notarial arxivlar deb ataladi) moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining murojaatlariga koʻra notarial harakatlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan davlat bojining tumanlar va shaharlar budjetlari daromadiga kelib tushadigan qismini 10 foizgacha kamaytirish orqali davlat bojining 20 foizgacha boʻlgan qismini oʻzini oʻzi moliyalashtirish imkoniyati mavjud boʻlmagan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tasarrufida qoldirish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga:
ushbu qarorning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining daromad va xarajatlari oʻrtasidagi salbiy tafovutni qoplash uchun yoʻnaltirish;
Keyingi tahrirga qarang.
notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarini Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlari (29.05.2020-y., roʻyxat raqami 3235).
davlat notarial idoralari tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan davlat bojlarining adliya organlari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushadigan mablagʻlarning bir qismini notarial idoralar va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirishga, shuningdek notarial idoralar va idoraviy notarial arxivlar taʼminoti uchun ayrim mintaqalar oʻz mablagʻlarining yetishmagan qismini qoplashga maqsadli yoʻnaltirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida jamlash huquqi berilsin.
4. Quyidagilar:
a) davlat notarial idoralari va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
notarial harakatlarni amalga oshirilganlik uchun undiriladigan davlat bojidan ajratmalar;
huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun olinadigan toʻlovlar;
idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlarini, reyestrlardan koʻchirmalarni, shuningdek maʼlumotnomalarni va arxiv hujjatlarining nusxalarini berganlik uchun toʻlovlar;
gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning bir qismi;
budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar;
Keyingi tahrirga qarang.
b) xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarda qoladigan qismi;
huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirganlik, shuningdek, notariatning faol modeli doirasida xizmatlarni koʻrsatganlik uchun olinadigan toʻlovlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki:
davlat notarial idoralari notariuslarini tanlov asosida tayinlash tartibi saqlab qolinadi;
faoliyat yuritayotgan davlat notarial idoralari notariuslariga xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar faqatgina ularning arizasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri rasmiylashtirib beriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda oʻn besh kun muddatda:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda vakolatli organning elektron shaklda ofertani yoʻllashi va ariza beruvchi uni akseptlashi yoʻli bilan litsenziya shartnomasini tuzishning texnik imkoniyatini yaratsin;
YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarni koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich tugatilishini hamda ulardan tegishli materiallar va arxivlarni idoraviy notarial arxivlarga qabul qilib olinishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining YIDXPga ulanishini taʼminlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-mart,
156-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qaroriga
1-ILOVA
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar (keyingi oʻrinlarda notarius deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan kafolatlangan huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Notarius faoliyatini litsenziyalash, notariusni hisobga qoʻyish va uni hisobdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmalari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Notarius hisobga qoʻyilganidan soʻng adliya boshqarmalari bu haqda shu kunning ertasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining (keyingi oʻrinlarda Notarial palata deb ataladi) tegishli hududiy boshqarmasiga xabarnoma yuboradi. Xabarnoma Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasiga tushgan paytdan eʼtiboran notarius Notarial palataning aʼzosi boʻladi va notarius maqomiga ega boʻladi.
5. Notarius yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadi, bankda hisobvaraq ochadi, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, ish faoliyatini tashkil etish uchun mutaxassislar yoki yuridik shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻladi.
6. Notarius oʻzining faoliyatini boshlashdan oldin oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qildirishi shart.
7. Notarius faoliyat yuritadigan bino notarial okrugi doirasida joylashgan boʻlishi shart.
8. Notariusning nomida “xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius” soʻzlari boʻlishi, tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi lozim.
Misol uchun: “Samarqand viloyati Samarqand shahridagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Ashurov Dilshod Rustamovich”.
9. Notariusning muhri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona namunaga muvofiq tayyorlanadi.
Notarius oʻz muhrining eskizini kelishish uchun adliya boshqarmalariga taqdim etadi.
Notarius muhrining eskizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrlar va hujjatlar blankalarini tayyorlash, foydalanish, saqlash va yoʻq qilish tartibiga muvofiq koʻrib chiqiladi va natijasi haqda notariusga xat beriladi.
10. Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar davlat notarial idorasi notariusi bilan teng huquqlarga ega boʻladi va bir xil majburiyatlarni zimmasiga oladi. Ular tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega.
2-bob. Notarius xodimlari
11. Notarius stajyor, yordamchi, kotib, shuningdek, notarial faoliyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa xodimlarga (tarjimon, operator, kuryer va boshqa) ega boʻlishi mumkin.
Notarius oʻzining xodimlarini lavozimga tayinlashda va lavozimdan ozod qilishda mustaqildir, ushbu Nizomning 12 va 13-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Notarius oʻzining ish va dam olish vaqtini mustaqil belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius xodimlarning mehnat faoliyatini mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga asosan tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius xodimlar haqidagi maʼlumotni ularni ishga qabul qilgandan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Notarius stajyorini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tavsiyasiga asosan biriktirilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi. Notarius tomonidan notarius stajyorini ishga qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan notarius yordamchisini ishga qabul qilishni rad etishga nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-moddasida belgilangan talablarga mos kelmasligi asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Stajirovka notarial idorada oʻtaladi. Notarius stajyori oʻz faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.
Stajyorga rahbar etib notariuslik lavozimida kamida uch yil ishlagan notarius tayinlanadi. Bunda bir notariusga navbat asosida va qoida tariqasida bitta stajyor biriktiriladi.
Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Notarial palata bilan birgalikda belgilanadi.
13. Notarius yordamchisini ishga qabul qilish Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda notarius tomonidan amalga oshiriladi.
Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan notarius yordamchisini ishga qabul qilishni rad etishiga nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-moddasida belgilangan talablarga mos kelmasligi asos hisoblanadi.
14. Notarius Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda xodimlarining vazifalar taqsimotini belgilab berishi mumkin.
3-bob. Notarial faoliyat va uni moliyalashtirish
15. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius notariat sohasida davlatning funksiyasini amalga oshiruvchi shaxs sifatida ommaviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi.
16. Notarial harakatlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda Tizim deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarius Tizimdan foydalanganligi uchun har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida toʻlov toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Notariuslarning Tizimdan foydalanish hamda unga ulanishi uchun qoʻyiladigan texnik va dasturiy talablar, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. Notariuslar Tizimdan foydalanishda quyidagilarga majbur:
notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarning shaxsini aniqlashni zamonaviy usullardan (barmoq izlarini skaner qilish va ularni pasportdagi (fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatidagi) biometrik maʼlumotlar bilan solishtirish) foydalangan holda amalga oshirish;
notarial harakatlarni Tizimda majburiy qayd etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Tizimga notoʻgʻri va xato maʼlumotlar kiritilishiga yoʻl qoʻymaslik.
18. Notarius oʻz faoliyatini mustaqil moliyalashtiradi.
19. Notariusning notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojining qonun hujjatlariga muvofiq notariuslarda qoladigan qismi hamda huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar koʻrsatganlik uchun undiriladigan pul mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda notarius tomonidan undiriladigan tushumlar deb ataladi) uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji belgilangan tartibda tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kirim qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalari.
21. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish uchun Notarial palataning hududiy boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalariga notariuslar bilan bogʻliq zarur maʼlumotlar (notariusning toʻliq nomi, pochta manzili, litsenziyasi va bank rekvizitlari)ni tuman va shaharlar boʻyicha tasdiqlangan holda taqdim etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat bojini avtomatik ravishda taqsimlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga notariuslar uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini taqdim etadi.
Notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar koʻrsatganlik uchun undiriladigan pul mablagʻlari toʻgʻridan-toʻgʻri ularning bankdagi hisob varaqlariga tushiriladi.
22. Notarius tomonidan undirilgan tushumlar davlat budjetiga soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganidan soʻng notariusning tasarrufiga oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Notariuslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
23. Adliya boshqarmalari zaruratga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notariuslarning faoliyatini tashkil etishda:
jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishlari uchun qulay boʻlgan joylardan notariuslarga zarur bino va inshootlar, shuningdek, bunday bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalari ajratilishiga koʻmaklashadi;
notariuslarning Tizimga ulanishi va undan foydalanishini taʼminlaydi;
notariuslarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
notariuslarning xorijiy mamlakatlarda tajriba almashishiga yordam beradi.
5-bob. Notarial okrug
24. Notarial okrug — bu Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi hisobga olingan holda tashkil etiladigan notarial idoraning hududi.
25. Har bir tuman (shahar) hududi bitta notarial okrug hisoblanadi. Notarial okrug nomi tuman (shahar) nomi bilan ataladi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar tuman (shahar)lari va Toshkent shahar tumanlari har biri alohida notarial okrug hisoblanadi.
26. Notariuslar notarial okrug doirasida faoliyat koʻrsatish hududini erkin tanlash huquqiga ega.
27. Jismoniy va yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqli, Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 37, 51, 52, 59, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan notarial harakatlar bundan mustasno.
Notarius notarial harakatlarni oʻz ish joyidan boshqa joyda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda amalga oshirishi mumkin.
Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos boʻlmaydi.
Notarius mavjud boʻlmagan hududdagi vasiyat qiluvchi ogʻir kasal boʻlgan hollarda notarius vasiyatnomani oʻzi xizmat koʻrsatadigan hududdan tashqariga chiqib tasdiqlashi mumkin.
6-bob. Notarius faoliyat yuritadigan bino
28. Notarius faoliyat yuritadigan bino (keyingi oʻrinlarda bino deb ataladi) notariusga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqi asosida tegishli boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu binoga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asli (yoki ularning nusxasi) notariusda saqlanishi lozim.
Bino notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat etuvchi shaxslarning erkin kirishini taʼminlaydigan joyda joylashishi kerak.
29. Binoda fuqarolarning notarius huzuriga kirishi, notarial harakatlar maxfiyligi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, toʻlovlarni qabul qilish, audio va videoda qayd etish uchun shart-sharoitlar taʼminlanishi lozim.
30. Notarius oʻz faoliyatini faqat bitta binoda amalga oshiradi.
Ikki yoki undan ortiq notariuslar oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun bitta binoda joylashishi mumkin.
31. Quyidagilar notarius faoliyatini tashkil etish uchun minimal talablar hisoblanadi:
bino notarius ish faoliyatini amalga oshiradigan notarial okrug hududida joylashgan boʻlishi;
binoda nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsqinliksiz kirishi uchun sharoitlar (pandus, lift) mavjud boʻlishi;
bino qoʻriqlash (temir panjara yoki kamera va signalizatsiya yoxud qoʻriqchi) va yongʻin xavfsizligi tizimiga ega boʻlishi;
sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi;
notarial harakatni amalga oshirish va hujjatlar saqlanishi uchun maxsus jihozlangan alohida xona (arxiv) mavjud boʻlishi;
notariusning muhri, shtamplari, qatʼiy hisobda turadigan gerbli (maxsus) blankalar saqlanadigan poʻlat seyf yoki temir javon mavjud boʻlishi;
notarius xodimlarining faoliyat yuritishi uchun zarur kompyuter toʻplami va boshqa texnik jihozlar (printer, skaner, lyuvers, modem qurilmalari, barmoq izini olish uskunasi, audio va videoda qayd etish vositalari)ga ega boʻlishi;
telefon va internet aloqasi bilan taʼminlangan boʻlishi;
notarius litsenziyasining nusxasi, notarial harakatlar namunalari, talab qilinadigan hujjatlar, notarial harakat uchun toʻlovlar va ish tartibi toʻgʻrisida axborotlar koʻrsatilgan peshlavhalar yoki elektron axborot beruvchi vositalar mavjud boʻlishi;
notarial harakatlarning maxfiyligini taʼminlash maqsadida notarius fuqarolarni qabul qiladigan xona alohida boʻlishi hamda u tabiiy va sunʼiy yoritish tizimiga ega boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
notarius huzurida navbatda turgan shaxslarning kutish xonasi zarur yorugʻlik bilan taʼminlanishi, yetarli maydonga, oʻrindiq va mebel jihozlariga, shuningdek, aholiga sifatli xizmat koʻrsatish va fuqarolarning kutishi uchun zarur predmetlar bilan jixozlangan boʻlishi. Notarius qabulini kutish xonasida notarial harakatlarning loyihalarini tayyorlash, hujjatlardan nusxa olish moslamalarini oʻrnatish, shuningdek, notarial arxivlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
32. Notarial arxiv hujjatlarini saqlash uchun maxsus stellajlar, javonlar, seyflar bilan jihozlangan alohida xonalar (arxiv) ajratilishi, belgilangan talablarga rioya etilishi hamda arxiv hujjatlari saqlanishi toʻgʻri tashkil etilishi, ularning yoʻqolishi va oʻgʻirlanishini bartaraf etish choralari koʻrilishi lozim.
Notarius tomonidan arxiv hujjatlarining but saqlanishini taʼminlash maqsadida begona shaxslarning arxivga kirib hujjatlar bilan tanishishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
33. Binoning notarius faoliyatini tashkil etishga oid minimal talablarga muvofiqligini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan notariusning ish faoliyati yuzasidan kompleks, maqsadli yoki nazorat tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Notarius joylashgan joy oʻzgarganda, shu jumladan binodan foydalanish huquqi muddatidan oldin bekor qilinganda, bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari va Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmalariga uch kun ichida xabarnoma berilishi lozim.
Xabarnomada bino joylashgan joy va ish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatilishi shart.
35. Notarius joylashgan binoning tashqi tomonidan, binoga kirish joyida shu notarius toʻgʻrisida joylashtirilgan yoki notarial faoliyat bilan bogʻliq xizmatlar haqida shu bino vitrinasidagi qogʻoz yoki elektron axborot (peshlavha) reklama hisoblanmaydi va buning uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi.
7-bob. Notarial faoliyat ustidan nazorat
36. Notariuslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda adliya boshqarmalari amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Notariusning odob-axloq qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etishi ustidan nazorat Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari tegishli buyruqqa asosan notariuslarni kameral, qisqa muddatli va rejali tekshirishi mumkin.
Notarial faoliyat ustidan nazorat notariusning notarial harakatlarni amalga oshirishi bilan bogʻliq, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyatlari boʻyicha oʻtkaziladigan tekshirishlar jarayonida amalga oshiriladi.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari, shuningdek, Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari Tizimdan foydalangan holda kameral nazoratni quyidagi chora-tadbirlarni bajarish orqali amalga oshiradi:
notarial harakatlar ustidan axborot tizimi orqali onlayn tarzda monitoring olib borish;
tezkor xabar olingan taqdirda notarial harakatlarni toʻxtatib qoʻyish;
“SMS” xabarnoma yuborish hamda idoralararo elektron axborot almashish yoʻlga qoʻyilganligini nazorat qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarial faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularni umumlashtirish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash maqsadida Tizimni texnik taʼminlash va yuritish uchun masʼul organ hisoblanadi.
40. Qisqa muddatli tekshirish reydi, “Sirli mijoz” tadbirlari va xizmat tekshiruvi oʻtkazish tartibida amalga oshiriladi.
41. Notariuslar ish faoliyatida rejali tekshirish uch yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Notarius ish faoliyatini dastlabki tekshirish u ish faoliyatini boshlaganidan bir yil oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi.
42. Notarius faoliyatini tekshirishda vakolatli shaxslar vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan soʻng notarius ularga tegishli hujjatlarni taqdim etishi shart.
43. Notariusning faoliyatini tekshirishga Notarial palataning boshqaruvi aʼzolaridan biri yoki notariuslar jalb qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Tekshirish natijalariga koʻra maʼlumotnoma, xizmat tekshiruvi oʻtkazilganda xulosa tuziladi. Tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan hujjatlar notariusga tanishtiriladi va bir nusxasi taqdim etiladi.
45. Notarius litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilganda yoki tugatilganda adliya boshqarmalari Notarial palataning hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda ushbu notariusning tugallanmagan notarial harakatlarini amalga oshirish uchun boshqa notariusga vakolat beradi va bu haqda tegishli buyruq rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Notarius faoliyati ixtiyoriy yoki sud tartibida tugatiladi.
47. Faoliyati tugatilgan notarius notarial faoliyatiga oid hujjatlarni muqovalangan, tikilgan va raqamlangan holda adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivga ikki haftada topshirishi shart.
Notarius faoliyati tugatilganda unga tegishli muhr, shtamplar va ishlatilmagan gerbli (maxsus) blankalar shu kunning ertasidan kechiktirmay adliya boshqarmalariga topshirilishi shart.
48. Notarius vafot etganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilganda notarial faoliyatiga oid hujjatlarni idoraviy notarial arxivga topshirish adliya boshqarmalari tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
49. Notariuslar faoliyatini litsenziyalash, notariusni hisobga olish va hisobdan chiqarish, notariuslar faoliyatini sugʻurta qilish va ular faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qaroriga
2-ILOVA
Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda talabgor deb ataladi) xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda davlat xizmati deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) ishchi organi hisoblanadi.
3. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali komissiya qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan koʻrsatiladi.
4. Davlat xizmatlari markazlari, ishchi organ va litsenziyalovchi organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
5. Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
6. Quyidagilar xususiy notarial faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, Notariuslarning kasb etikasi qoidalariga, notarial harakatlar maxfiyligi va notarius qasamyodiga rioya etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial palataga aʼzo boʻlish;
notarial idora faoliyatini tashkil etishga oid qonun hujjatlarida belgilangan minimal talablarni bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
notarial idora tashkil etgan notarial okrugda kamida ikki yil ishlash;
notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzish;
har uch yilda kamida bir marta oʻzining kasbiy malakasini oshirish.
7. Litsenziya olish uchun talabgor yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta boʻlmasligi, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan boʻlishi hamda malaka imtihonini topshirishi shart.
Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining boshqaruv xodimi (notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlmagan) yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan, biroq vakolat muddati tugatilgan vaqtdan boshlab besh yil oʻtmagan shaxslar olti oy stajirovka oʻtaydi.
8. Xususiy notarial faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
3-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
9. Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
10. Talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil tarzda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
11. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;
mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma.
Talabgordan ushbu band va soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
12. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yigʻimning 90 foizi undiriladi.
13. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun amalga oshirilgan yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
14. Agar soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan yoki tegishli hujjatlar toʻliq topshirilmagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga oʻn besh kun muddat beradi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi muddatining oʻtishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmaganligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
15. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
16. Talabgor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlanganidan soʻng yigirma daqiqa ichida elektron shaklda komissiyaga oʻrganib chiqish uchun yuboriladi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda komissiyaga elektron shaklda yuboriladi.
17. Komissiya oʻn besh ish kunigacha boʻlgan muddatda soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.
18. Oʻrganish natijalariga koʻra:
talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishiga ushbu Reglamentning 19-bandida nazarda tutilgan rad etish asoslari mavjud boʻlsa, komissiya ishchi organi tomonidan bu haqda xulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi;
talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishi ushbu Reglament talablariga muvofiq deb topilganda, komissiya ishchi organi tomonidan bu haqda xulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan keyin bir ish kuni ichida komissiya masʼul kotibi tomonidan oʻzi murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markaziga yoki elektron tarzda murojaat etgan taqdirda YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
19. Quyidagi asoslarga koʻra talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishi rad etiladi:
talabgor ushbu Reglamentning 7-bandi talablariga javob bermaganda;
malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirmagan yoki imtihonga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan yoxud imtihondan chetlashtirilgan talabgor imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab olti oy oʻtmasdan murojaat qilganda;
hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Talabgorni boshqa asoslarga koʻra malaka imtihonida ishtirok etishini rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Talabgorga malaka imtihonida ishtirok etish rad etilgan taqdirda hamda talabgor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
20. Malaka imtihoni talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kundan soʻng, lekin oʻn besh kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Malaka imtihoni kuni va oʻtkazish joyi haqida talabgor malaka imtihoni oʻtkaziladigan kundan kamida besh kun oldin xabardor qilinadi.
21. Malaka imtihoni oʻtkazish kuni va joyi malaka imtihoni oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
22. Malaka imtihoni oʻtkazish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
23. Malaka imtihonida olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning ellik besh foizidan yuqori ball toʻplagan talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topiladi.
Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirmagan yoki unda uzrsiz sabablarga koʻra ishtirok etmagan yoxud undan chetlashtirilgan talabgorlar malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan olti oy oʻtgandan soʻng malaka imtihonida qayta ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.
24. Komissiya imtihon yakunlari boʻyicha, imtihon qabul qilingan kunining oʻzida, natijalari maʼlum boʻlganidan soʻng qaror qabul qiladi.
25. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor komissiya majlisida qasamyod qabul qiladi va talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qasamyod qabul qilingan sana va joy bayon etilgan tegishli hujjatni imzolaydi.
26. Komissiya qarori bir nusxada tuziladi. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar boʻyicha qarordan koʻchirma bir ish kuni ichida tegishli adliya organiga litsenziya rasmiylashtirish uchun yuboriladi.
27. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali tegishli adliya organiga bir oy ichida murojaat qilishi kerak. Ushbu muddatni oʻtkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini qayta topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.
28. Litsenziya berish haqida qaror litsenziyalovchi organ tomonidan uch ish kunida qabul qilinadi.
Qaror qabul qilinganidan soʻng uni berish uchun davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan xabarnoma litsenziyalovchi organ elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanib, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi xabarnoma kelib tushganidan soʻng bu haqda talabgorni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
29. Talabgor xabarnomani olgan kundan boshlab bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorida davlat boji toʻlovini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiradi.
30. Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda davlat boji summasining 90 foizi undiriladi.
Litsenziya olish uchun davlat boji undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
31. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
60 foizi — Adliya vazirligi budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning maxsus hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
60 foizi — Adliya vazirligi budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
32. Talabgor tomonidan litsenziyani olish uchun davlat boji toʻlanganidan soʻng:
litsenziyalovchi organ bir ish kuni ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziyani rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi;
Davlat xizmatlari markazi litsenziya kelib tushgan kuni talabgorga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) uning elektron manziliga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda litsenziyani yuboradi yoki uning soʻroviga asosan litsenziyani qogʻoz shaklda beradi.
33. Litsenziyani berish uchun davlat boji toʻlovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasligi litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning bekor qilinishi uchun asos boʻladi. Bunda talabgor litsenziyani olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
34. Litsenziyalovchi organ tomonidan ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq elektron shaklda litsenziyalar reyestri yuritiladi.
Reyestr notarius maqomi bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyalar reyestrini yuritadi.
35. Litsenziyani bekor qilish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
36. Talabgorning (notariusning) familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda u bir oy muddatda koʻrsatilgan maʼlumotlarni va litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilishi shart.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdorida yigʻim undiriladi hamda yigʻim ushbu Reglamentning 13-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
4-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
37. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni hisob roʻyxatiga olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarius tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
38. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari notarius tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, uning litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish masalasini koʻrib chiqish haqidagi hujjatlarni malaka komissiyasi muhokamasiga kiritadi.
39. Notariusga nisbatan toʻplangan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, malaka komissiyasi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
40. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida, notarius litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda, ushbu notariusni hisob roʻyxatiga olgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalariga aniqlangan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar beradilar.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
41. Davlat xizmatlari markazlari va litsenziyalovchi organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
42. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
43. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiy notarial faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Talabgor

1. Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.

1. xohishiga koʻra

2. Yigʻimni toʻlash.

2. murojaat qilinganda


2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnomani Komissiyaga yuborish.

1. 20 daqiqa ichida

2. YIDXP

2. avtomatik tarzda


3-bosqich

Komissiya

1. Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, malaka imtihonida ishtirok etishga xulosa tuzish.

1. 15 kungacha boʻlgan muddatda;

2. Imtihon tashkillashtirish.

2. xulosa tasdiqlangan kundan boshlab 5 kundan soʻng, lekin 15 kundan kechiktirmay

3. Malaka imtihoni yakunlari boʻyicha qaror qabul qilish.

3. imtixon oʻtkazilgan kuni

4. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar boʻyicha qarordan koʻchirmani litsenziyalovchi organga yuborish.

4. 1 ish kuni


4-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Litsenziyani berish haqida qarorni qabul qilish va uni davlat xizmatlari markaziga yuborish.

3 ish kuni mobaynida


5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Xabarnomani talabgorning elektron manziliga yuborish va bu haqda talabgorni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilish.

qaror qabul qilingandan soʻng


6-bosqich

Talabgor

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorida davlat boji toʻlovini amalga oshirish.

1 oy mobaynida


7-bosqich

Litsenziyalovchi organ

Davlat boji toʻlanganidan soʻng litsenziyani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuborish.

1 ish kuni davomida


8-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Litsenziyani talabgorning elektron manziliga yuborish va bu haqda talabgorni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilish.

litsenziya kelib tushgan kuni

Keyingi tahrirga qarang.
Xususiy notarial faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Xususiy notarial faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

__________________

(sana)

________________

(raqam)

Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash boʻyicha
davlat xizmatlaridan foydalanish
uchun
SOʻROVNOMA

I. Talabgor toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. JSH SHIR:

4. Faoliyatini amalga oshirish joyi:

5. Yashash joyi:

6. Elektron pochta manzili:

7. Telefon raqami:

8. Stajirovkani tugatganligi haqida maʼlumotlar (sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslarga tatbiq etilmaydi):

9. Malaka imtihonini topshirganligi (qayta topshirganligi) haqida maʼlumot:

10. Murojaatning maqsadi:

□ Yangi litsenziya olish

□ Litsenziyani qayta rasmiylashtirish

II. Taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati:

1. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;

2. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma.


Talabgorning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi toʻgʻrisidagi roziligi:

roziman

rozi emasman


Talabgorning imzosi

Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
_________________________ hududida xususiy notarial amaliyot bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziyalarning
DAVLAT REYESTRI

Tartib raqami

Litsenziya olgan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi

Litsenziya olgan fuqaroning shaxsiy identifikatsiya raqami

Litsenziya olgan fuqaroning yashash joyi (litsenziya olish paytida)

Litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash asosi hamda sanasi

Litsenziyaning amal qilishini tugatish asosi va sanasi

Litsenziyani bekor qilish asosi va sanasi

Qoʻshimcha maʼlumotlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qaroriga
3-ILOVA
Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisob roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisob roʻyxatiga olish (keyingi oʻrinlarda roʻyxatga olish deb ataladi) va hisob roʻyxatidan chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Roʻyxatga olish xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius va uning faoliyat koʻrsatish manzili haqidagi maʼlumotlarni shakllantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Roʻyxatga olish xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius joylashgan joydagi adliya organi tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
4. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial idora tashkil etilgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida adliya organlarini bu haqda xabardor qiladi.
5. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius roʻyxatdan oʻtkazish uchun adliya organiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius boshqa notarial okrugda notarial faoliyat amalga oshirgan boʻlsa, xabarnomaga adliya organining roʻyxatdan chiqarish haqidagi xabarnomasi nusxasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Roʻyxatdan oʻtkazishda ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
7. Adliya organi roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni roʻyxatga oladi va bu haqda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasini xabardor qiladi. Shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Notarial palataning aʼzosi boʻladi va notarius maqomini oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning roʻyxatdan oʻtganligi va uning faoliyat koʻrsatish hududi haqidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi elektron reyestriga (keyingi oʻrinlarda elektron reyestr deb ataladi) kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Elektron reyestr adliya organi tomonidan yuritiladi.
10. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning litsenziyasi qayta rasmiylashtirilganda adliya organi bu haqda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusdan maʼlumot kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay elektron reyestrga oʻzgartirish kiritadi.
Adliya organi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusga ilgari berilgan muhrni olib qoʻyadi va yoʻq qiladi.
Bunda, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius yangi muhr tayyorlangandan soʻng notarial faoliyatini davom ettiradi.
11. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius oʻz faoliyat koʻrsatish hududida manzilini oʻzgarganligi boʻyicha adliya organiga xabarnoma berishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius manzilining uning faoliyat koʻrsatish hududi doirasida oʻzgarishi takroran roʻyxatdan oʻtkazishni talab etmaydi.
Bunda, adliya organi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning yangi joylashgan manzili boʻyicha elektron reyestrga tegishli oʻzgartirish kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Roʻyxatdan chiqarish tartibi
12. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Notarial palata aʼzoligidan chiqish haqida xabarnoma bergan kunidan boshlab uch ish kuni mobaynida Notarial palataning hududiy boshqarmasi bu haqda adliya organini xabardor qiladi.
13. Xabarnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida adliya organi Notarial palataning hududiy boshqarmasi bilan birgalikda quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
oxirgi uch yil davomida amalga oshirilgan notarial harakatlar qonuniyligini tekshiradi;
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning muhrini olib qoʻyadi va yoʻq qiladi;
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning hujjatlarini idoraviy notarial arxivga topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshiradi;
xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni hisob roʻyxatidan chiqarish haqida xulosa rasmiylashtiradi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni hisob roʻyxatidan chiqarish haqidagi xulosa asosida adliya organi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni roʻyxatdan chiqaradi va bu haqda mazkur notariusga xabarnoma yuboradi.
14. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni roʻyxatdan chiqarish haqidagi maʼlumot elektron reyestrga kiritiladi.
15. Adliya organlari xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius roʻyxatga olingan va roʻyxatdan chiqarilgan vaqtdan boshlab ikki kun ichida bu haqda davlat statistika organlariga va davlat soliq xizmati organlariga xabar beradilar.
5-bob. Yakunlovchi qoida
16. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisob roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

________________________________________________________________________________________________

(Roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi adliya organ nomi)

________________________________________________________________________________________________

Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi
‎notariusni hisob roʻyxatiga olish haqida
XABARNOMA

________________________________________________________________________________________________

(xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariusning toʻliq nomi)

________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________

(faoliyat koʻrsatish hududi)

Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariusni hisob roʻyxatiga olishingizni soʻrayman.
Pochta manzili: ___________________________________________________________________________________
Pochta indeksi: _____________________________ Bogʻlanish telefoni: ____________________________

______________________________

_________________________________________

(toʻldirilgan sanasi va vaqti)

(xususiy notarial faoliyat bilan
‎ shugʻullanuvchi notarius imzosi)

Keyingi tahrirga qarang.
Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisob roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

_________________________________________________ boʻyicha hisob roʻyxatiga olingan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning

(hudud nomi)

ELEKTRON REYESTRI

Tartib raqami

Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariusning F.I.O.

Pasport seriyasi va raqami

Litsenziyaning raqami va berilgan sanasi

Notarial palataga aʼzo boʻlgan sana

Hisob roʻyxatiga olingan sana

Faoliyat
yuritish hududi

Bino joylashgan hudud (pochta manzili)

1

2

3

4

5

6

7

8

-

-

-

-

-

-

-

-

davomi

Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariusning
yashash manzili

Notarial palataning aʼzoligidan chiqarilgan sana

Hisob roʻyxatidan chiqarilgan sana

Yozuv kiritgan shaxsning F.I.O.
va lavozimi

Notariusning muhri
va imzo namunasi

9

10

11

12

13

-

-

-

-

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qaroriga
4-ILOVA
Notarial okrugdagi notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Notarial okrugdagi notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash bilan bogʻliq munosabatlarini tartibga soladi.
2. Notarial okrugda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar soni tegishli notarial okrugda notariuslar lavozimlarining belgilangan eng kam sonidan kam boʻlgan taqdirda davlat notarial idorasi notariusi lavozimlari taʼsis etiladi.
3. Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. Notarial okrugda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar soni cheklanmagan miqdorda tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilash mezonlari
5. Har bir notarial okrugda kamida bitta notarius faoliyat yuritishi shart. Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam sonini belgilashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
a) notarial okrug notariuslari tomonidan, qoida tariqasida, oxirgi uch yilda amalga oshirilgan notarial harakatlarning oʻrtacha oylik soni. Bunda notariuslar soni bir notariusga bir oyda 300 — 400 notarial harakatlar hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
b) notarial okrugdagi aholi soni. Bunda notariuslar lavozimlari soni quyidagi tarzda belgilanadi:
Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlari chegaralarida belgilangan notarial okruglarda — 10 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga bir notarius;
viloyat boʻysunishidagi shaharlar chegaralarida belgilangan notarial okruglarda — 25 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga bir notarius;
qishloq tumanlari chegaralarida belgilangan notarial okruglarda — 30 mingdan koʻp boʻlmagan aholiga bir notarius.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Notarial okrugda notariuslar lavozimlari soni toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish tartibi
6. Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni belgilash toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandi talablaridan kelib chiqib kiritiladi.
Takliflarga quyidagilar ilova qilinadi:
oxirgi uch yilda amalga oshirilgan notarial harakatlar soni;
aholi soni;
notarial idorasi taʼminoti xarajatlarini qoplash imkoniyati;
notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni toʻgʻrisidagi taklifni asoslaydigan boshqa maʼlumotlar.
7. Notarial okrugda notariuslar lavozimlarining eng kam soni toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi va belgilanadi.
4-bob. Davlat notarial idoralarida boshqa lavozimlarni joriy etish normativlari
8. Davlat notarial idoralarida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarori bilan notariusning yordamchisi, notariusning stajyori, notariusning kotibi va arxivarius lavozimlari joriy etilishi mumkin.
Adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun notariuslar tomonidan undiriladigan davlat bojidan ajratmalar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun tushumlar hisobidan davlat notarial idoralarida qoʻshimcha tarjimon, operator, kuryer va aholiga notarial va u bilan bogʻliq kompleks xizmatlarni koʻrsatish uchun boshqa ishchilar shtat birligini kiritishi mumkin.
9. Har bir davlat notarial idorasi notarius lavozimiga kamida bir birlik notarius yordamchisi va bir birlik notarius kotibi lavozimlari joriy etiladi.
10. Davlat notarial idoralari stajyorlar va arxivariuslar soni har bir lavozim boʻyicha respublikadagi davlat notarial idoralari notariuslari umumiy sonining 25 foizidan oshmasligi kerak.
11. Yordamchi xodim lavozimlari soni (ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilganlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi organlari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
12. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 2-iyundagi 104-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 25-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni)” 2011-yil 23-fevraldagi 46-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 14-modda) ilovaning 4-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining notariat faoliyatini tashkil etishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 10-apreldagi 105-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 24-modda) ilovaning 3-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 100-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 23-dekabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 52-son, 603-modda) 1-bandning “a” kichik bandi va ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarori)” 2017-yil 24-oktabrdagi 873-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 43-son, 1094-modda) ilovaning 5 va 13-bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi 124-son qaroriga 2-ilova.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori)” 2018-yil 9-avgustdagi 638-son qaroriga ilovaning 8 va 14-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son qarori)” 2018-yil 26-sentabrdagi 767-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son, 08.07.2022-y., 09/22/369/0609-son; 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)