|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddatlari |
Masʼullar | ||
|
Ijro etilishiga masʼul |
Ijro nazoratiga Vazirlar Mahkamasidan masʼul | ||||
|
I. Notariat sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish | |||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: nodavlat notarial idoralari huquqiy maqomi; Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi huquqiy maqomi, vazifa va funksiyalari; nodavlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini litsenziyalash; nodavlat notarial idoralarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish; nodavlat notarial idoralari notariuslarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash. |
Qonun loyihasi |
2019-yil oktyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Oʻzbekiston Notarial palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
2. |
Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojini taqsimlash miqdori hamda notarial okrugda notarius lavozimlari sonini belgilash tartibini qayta koʻrib chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil oktyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Oʻzbekiston Notarial palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
3. |
Ayrim turdagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash talabini bekor qilish hamda yangi turdagi notarial harakatlarni joriy etish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil oktyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Yergeodezkadastr (Abdullayev), Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
4. |
Koʻchmas mulklar boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklar haqida maʼlumotlarni faqat Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi oʻrnatilgan holda tegishli kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish talabini bekor qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil oktyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Majburiy ijro byurosi (Qudratxoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
5. |
Notarial bitimlarni tasdiqlashda taqdim etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil oktyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Oliy sud (Komilov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
6. |
Nodavlat notarial idoralari notariuslarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil oktyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
7. |
Notarial tasdiqlanishi talab etiladigan hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish, natijalariga koʻra hujjatlar nusxasini notarial tasdiqlash talabini qayta koʻrib chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil oktyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
8. |
Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorini fuqarolar uchun tushunarli va shaffofligini taʼminlash maqsadida optimallashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil noyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
9. |
Avtomototransport vositalarini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda toʻlanadigan yigʻimlar miqdorini fuqarolarning koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitimlar (ishonchnoma) rasmiylashtirish holatlariga barham berish yuzasidan qayta koʻrib chiqish. |
Tahliliy maʼlumot takliflar bilan |
2019-yil noyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi (Berdibayev), Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati (Ortiqov) |
|
10. |
Notariuslar tomonidan elektron imzo va videokonferensiya orqali notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik yoʻriqnomani tasdiqlash. |
Adliya vazirining buyrugʻi |
2019-yil dekabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati (Abdullayev) |
|
11. |
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi reglamentlarni ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2020-yil iyul |
Adliya vazirligi (Davletov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
12. |
Yoʻl haraka�i qoidalariga Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari xodimlari tomonidan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlarini qarindoshlik munosabatlarini aniqlash tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil sentyabr |
Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
II. Notarial idoralar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish | |||||
|
13. |
Notarial idoralarda optik tolali aloqa tarmogʻini oʻrnatish “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash. |
“Yoʻl xaritasi” |
2019-yil sentyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati (Abdullayev) |
|
14. |
“E-notarius.uz” axborot portali va uning mobil ilovasini yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Kompleks |
2020-yil yanvar |
Adliya vazirligi (Davletov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati (Abdullayev) |
|
15. |
Masofadan turib xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan notarial harakatlarni amalga oshirish mexanizmini joriy etish. |
Kompleks |
2019-yil noyabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati (Abdullayev) |
|
16. |
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali idoraviy notarial arxivida mavjud boʻlgan hujjatlarning elektron imzo bilan tasdiqlangan nusxasini olish tartibini joriy etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Kompleks |
2019-yil dekabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati (Abdullayev) |
|
17. |
Bank va boshqa kredit tashkilotlari koʻchmas mulk va transport vositalari boʻyicha garov (ipoteka) shartnomalari boʻyicha notarial idoralariga hujjatlarni elektron tarzda yuborish va tomonlar notarial idoraga bormasdan rasmiylashtirish imkoniyatini yaratuvchi tizim yaratish hamda tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Kompleks |
2020-yil yanvar |
Adliya vazirligi (Davletov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati (Abdullayev) |
|
18. |
Idoraviy notarial arxivlarda saqlanayotgan koʻchmas mulk huquqini vujudga kelishin� nazarda tutuvchi bitimlarni raqamli koʻrinishga oʻtkazish va yagona elektron notarial arxiv fondini shakllantirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Tashkiliy Elektron notarial arxiv fondi shakllantirish |
2019-yil noyabr
|
Adliya vazirligi (Davletov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati (Abdullayev) |
|
19. |
Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanganligi va xatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritish va taqiqni (xatlovni) yechish mexanizmini joriy etish. |
Kompleks |
2021-yil yanvar |
Adliya vaz�rligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Davlat xavfsizlik xizmati (Azizov), Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov), Milliy gvardiya (Tashmatov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi (Berdibayev), Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati (Kaimbayev) |
|
20. |
Aeroportlar va temir yoʻl vokzallarida ayrim turdagi notarial harakatlarni onlayn amalga oshirish imkonini beruvchi infokioskalar joylashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Kompleks |
2021-yil yanvar |
Adliya vazirligi (Davletov), Transport vazirligi (Maxkamov), “Uzbekistan Airoport” AJ (Ismailov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li) |
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati (Abidov), |
|
21. |
Shajara dasturini yaratish va unga mavjud fuqarolik holati dalolatnomalari boʻyicha maʼlumotlarni toʻliq kiritilishi hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. Bunda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimini takomillashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Kompleks chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil dekabr |
Adliya vazirligi (Davletov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
22. |
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan tasdiqlanadigan ariza va ishonchnomalarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborish tartibini joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil dekabr |
Adliya vazirligi (Davletov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Xalqaro hamkorlik boʻlimi (Sulaymanov) |
|
23. |
Koʻchmas mulk boshqa shaxsga oʻtkazilganda barcha kommunal tashkilotlarda koʻchmas mulkning yangi mulkdori haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda oʻzgartirish tartibini joriy etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Kompleks chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil dekabr |
Yergeodezkadastr (Abdullayev), Adliya vazirligi (Davletov), Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati (Abdullayev) |
|
III. Notarial idoralar faoliyati samaradorligini taʼminlash | |||||
|
24. |
Nodavlat notarial idoralari notariuslari faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil oktyabr |
Adliya vazirligi (Davletov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
25. |
Nodavlat notarial idoralarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil oktyabr |
Adliya vazirligi (Davletov) |
Yu�idik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
26. |
Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi faoliyatini tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil noyabr |
Adliya vazirligi (Davletov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
27. |
Nodavlat notarial idoralar faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2019-yil noyabr |
Adliya vazirligi (Davletov) |
Yuridik taʼminlash �oshqarmasi (Kalandarov) |
|
28. |
Davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich nodavlat notarial idoralariga oʻtkazish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni (dastlab nodavlat shaklga oʻtkaziladigan notarial idoralarni belgilash, notarial idora moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish, arxivlarni qabul qilish va boshqa) amalga oshirish. |
Adliya vazirining buyrugʻi |
2019-yil dekabr |
Adliya vazirligi (Davletov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
29. |
Davlat notarial idoralari foydalanuvida boʻlgan bino-inshootlar, idora anjomlari va orgtexnika vositalarini (kompyuter, texnika vositalari va boshqa) nodavlat notarial idoralarga ijaraga berish va (yoki) uzoq muddatda toʻlash sharti bilan balans qiymatida sotish hamda undan tushgan mablagʻlarni davlat notarial idoralari va adliya organlarini rivojlantirish uchun sarflash tartibini belgilash. |
Vazirlar Mahkamasi qaror� loyihasi |
2019-yil dekabr |
Adliya vazirligi (Davletov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |
|
30. |
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishlari uchun qulay boʻlgan joylardan nodavlat notarial idoralariga zarur bino va inshootlar, shuningdek, bunday bino va inshootlarni qurish uchun yer maydonlarini ajratish. |
Tumanlar (shaharlar) hokimlari qarorlari |
2019 — 2021-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati (Abidov) |
|
31. |
Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarning barmoq izlarini skaner qilish asosida biometrik maʼlumotlar bilan solishtirish orqali shaxsini aniqlash mexanizmini joriy qilish. |
Tashkiliy |
2020-yil yanvar |
Adliya vazirligi (Davletov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi (Berdibayev) |
|
32. |
Notariuslarni ishdan ajralmagan holda malakasini oshirish tizimini joriy qilish. |
Tashkiliy |
2020-yil yanvar |
Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov), Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati (Abdullayev) |
|
33. |
Davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari hamda notarial idoralari faoliyatini baholash va monitoringini tashkil etish boʻyicha professional konsalting firmalari bilan shartnomalar tuzish. |
Kompleks |
2020-yil fevral |
Adliya vazirligi (Davletov) |
Yuridik taʼminlash boshqarmasi (Kalandarov) |