1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.02 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi stavkalari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.04.00 Import (olib kirish) vaqtida aksizning qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.04.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ChETDAN KELTIRILAYoTGAN TOVARLARNING AYRIM TURLARIGA AKSIZ SOLIGʻI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vatanimizning tovar ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 1-oktabrdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirilayotgan tovarlarga ilovaga muvofiq roʻyxat va stavka boʻyicha aksiz soligʻi joriy etilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-sentabrdagi 304-son qarori bilan chetdan keltirilayotgan yengil avtomobillarga belgilangan aksiz soligʻi stavkalari chetdan keltirilayotgan foydalanilgan yengil avtomobillarga ham joriy etilsin.
Agar avtomobil ishlab chiqarilganligiga uch yil va undan ortiq boʻlgan boʻlsa, qancha masofa yurganligidan qatʼiy nazar, u foydalanilgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bir hafta muddatda aksiz soligʻi solinadigan chetdan keltirilayotgan tovarlar uchun aksiz soligʻi toʻlash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Davlat soliq qoʻmitasi aksiz soligʻi toʻgʻri hisoblanishi va toʻliq toʻlanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 23-sentabr,
333-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23 ssntyabrdagi 333-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirilayotgan aksiz soligʻi solinadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi
STAVKALARI
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi
Tovarlarning nomi
Aksiz soligʻi stavkalari (kontrakt qiymatiga nisbatan foizlarda yoki oʻlchov birligi uchun EKYu da)
1701-5704
Gilam va gilam mahsulotlari
35%
7113, 7114, 7116, 711590, 711590 100 711590 900
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari