Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
“Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qoʻllagan holda toʻlov tizimlarini tashkil qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 2-yanvardagi 1/4-son “Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qoʻllagan holda toʻlov tizimlarini tashkil qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1767, 2008-yil 13-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 33-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 41/1-sonli “Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qoʻllagan holda toʻlov tizimlarini tashkil qilish qoidalarining 3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1767-1, 2014-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 49-son, 584-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.