1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI boshqaruvining
Qarori
Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qoʻllagan holda toʻlov tizimlarini tashkil qilish qoidalarining 3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 2-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1767-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/10-sonli ““Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qoʻllagan holda toʻlov tizimlarini tashkil qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1767-2, 09.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 2-yanvardagi 1/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1767, 2008-yil 13-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qoʻllagan holda toʻlov tizimlarini tashkil qilish qoidalarining 3-bandi birinchi xatboshisidagi “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (1999-yil 11-fevral, roʻyxat raqami 630)” degan soʻzlar “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-noyabr,
41/1-son
Kelishilgan:
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2014-yil 17-noyabr
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2014-yil 17-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 49-son, 584-modda)