Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/16-son qarori (roʻyxat raqami 2707, 2015-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 4-bandning
ikkinchi xatboshisi “kreditlar,” degan soʻzdan keyin “banklararo depozitlar,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Bankning bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga toʻgʻri keluvchi taʼminlanmagan kredit (eʼtimodli kredit), shuningdek faktoring xizmatlari uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdori bank birinchi darajali kapitalining 5 foizidan oshmasligi zarur, bundan banklararo kredit (depozit)lar mustasno boʻlib, ushbu operatsiyalar mazkur Nizomning 5-bandi talabiga muvofiq amalga oshiriladi.”.
3.
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Mazkur Nizomning 5 — 7-bandlarida koʻzda tutilgan cheklovlar quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
bozor qiymati kreditlarning 125 foizini qoplay oladigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankining qimmatli qogʻozlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yoki boshqa majburiyatlari bilan taʼminlangan kreditlar;
kreditlar kredit beruvchi bankdagi depozitlar bilan taʼminlanganda;
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki, Yevropa Kengashining taraqqiyot banki bilan yuzaga keladigan tavakkalchiliklar, shuningdek bank aktivlari va/yoki balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlari ushbu tashkilotlar tomonidan kafolatlanganda.”.