Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni, 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori)”
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son qarori (roʻyxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 122-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining
namunaviy shtatlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. I-bob quyidagi mazmundagi 18-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
2. XVI-bobdan 3-pozitsiya chiqarib tashlansin.
3. Ilovaning
68-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“68. Mazkur meʼyorlar OTMlarning rahbar va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga ham tatbiq etiladi.”.