toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
822-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 29-modda):
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Umumta’lim muassasalarining rahbarlari kelgusi o‘quv yilida birinchi sinfga keladigan va uyida yakka tartibda ta’lim oladigan imkoniyati cheklangan bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumta’lim muassasasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuviga qarab tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga har yili 20-sentabrga qadar taqdim etadi.
Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari ushbu ma’lumotlar asosida umumlashtirilgan buyurtmalarni tegishli tuman (shahar) hokimliklari bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga har yili 25-sentabrga qadar taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari yig‘ilgan buyurtmalarni tahlil qilib, umumlashtirgan holda buyurtmalar tayyorlaydi hamda ularni tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga har yili 30-sentabrga qadar taqdim etadi”;
5-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7 va 11-bandlardagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarorida:
a) 1-ilovaning 6.3-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari umumiy o‘rta ta’limni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
b) 3-ilovaning 10-bandi sakkizinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 5, 31 va 32-bandlardagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilardagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Farzandlikka olish uchun bola tanlangandan keyin farzandlikka oluvchiga nomzod bolaning yashash joyi (bola turgan joy) dagi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yoshi va jinsini ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi. Ariza bilan birgalikda nomzodning farzandlikka oluvchi bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan berilgan xulosa taqdim etiladi”;
ikkinchi xatboshidagi “tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 26-banddagi “tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarida” hamda “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga” so‘zlari tegishlicha “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida” hamda “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” hamda “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga” so‘zlari tegishlicha “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” hamda “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorining 2-pozitsiyasidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 22-maydagi 104-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Ota-onasining qarovisiz qolgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari to‘g‘risidagi nizomning 22-bandidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-iyundagi 145-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 26-27-son, 253-modda) bilan tasdiqlangan Bolalarning umumiy o‘rta ta’lim bilan, umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan qamrab olinishi, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishi hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishi, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishining doimiy monitoringini olib borish uchun tahliliy axborotlarni tayyorlash sxemasi 1-pozitsiyasining “Axborot taqdim etish tartibi” ustunidagi “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari” so‘zlari “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 43-modda):
a) 8-band ikkinchi xatboshining davlat tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20 foiz — ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarga chuqur o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha amalda o‘tkazilgan darslar uchun, shuningdek ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda pedagog xodimlarga, shu jumladan tarbiyachilar yordamchilariga”;
b) Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi Nizomda:
birinchi xatboshidagi “va tegishli fanlardan og‘zaki va yozma sinovlar o‘tkazish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi vakili hamda umumta’lim muassasasi o‘qituvchilari” so‘zlari “tegishli ta’limni boshqarish organi vakili, umumta’lim muassasasi o‘qituvchilari hamda ota-onalarning vakillari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Farzandlari ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha sinovda qatnashayotgan shaxslar komissiya tarkibiga kiritilmaydi.”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “2” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin 4-sinf o‘quvchilarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etish mezoni hisoblanadi”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
9-bandning birinchi xatboshidagi “2” raqami “5” raqami, “umumta’lim muassasasi sinflarining” so‘zlari “ularning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “5” raqami “7” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin 6-sinf o‘quvchilarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar bo‘yicha shakllantiriladigan va o‘tkaziladigan test sinovi natijalari ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish mezoni hisoblanadi.”
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Prezident maktablariga saralash tanlovlarida qatnashib, ajratilgan qabul kvotasidan keyingi eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar orasidan ballar ketma-ketligi asosida ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablarining 5-sinfiga va maktab-internatlarining 7-sinfiga qo‘shimcha qabul kvotasi doirasida o‘quvchilar saralash test sinovlari o‘tkazilmasdan qabul qilinadi.”;
uchinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
11-banddagi “tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi” so‘zlari “xalq ta’limi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandning ikkinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari” so‘zlari “xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-bandning ikkinchi xatboshidagi “san’at” so‘zi “texnologiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Davlat test markazi” so‘zlari “Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21-bandning sakkizinchi xatboshidagi “akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga” so‘zlari “oliy ta’lim muassasalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
22-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining qabul kvotasini belgilaydi”;
birinchi xatboshidagi “2 — 9” raqamlari “5 — 11” raqamlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “5 — 9” raqamlari “7 — 11” raqamlari bilan almashtirilsin;
24-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
25-banddagi “5 — 9” raqamlari “5 — 11” raqamlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
“o‘quvchining reyting va akademik o‘zlashtirishida tizimli pasayish yuz berganda, ushbu o‘quvchini o‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risida taqdimnomani tegishli voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalariga kiritadi”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
42-banddagi “vasiylik” so‘zi “kuzatuv” so‘zi bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-avgustdagi 191-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 34-son, 336-modda) bilan tasdiqlangan “Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivali to‘g‘risidagi nizomning 15-bandidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarida” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
11. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxati 68-pozitsiyasining “Axborotning turi” ustunidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
13. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 9-son, 91-modda):
a) 1, 4 va 5-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 3-bandning birinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilova ilova deb hisoblansin;
d) ilovaning nomidagi va “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari” ustunidagi “Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/638/0962-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 39-son, 490-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning “a” kichik bandidagi, 5-bandning birinchi va o‘n beshinchi xatboshilaridagi, 6-bobning nomidagi “tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 39-bandning uchinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 41-banddagi “tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarining” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-martdagi 67-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 16, 17, 18 va 23-bandlardagi “tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning “Subyektlar” ustunidagi “tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil qilish bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 18-son, 193-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 10 va 18-bandlardagi, 56-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 58-bandning ikkinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 14-son, 230-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining 12-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Qonunchilikda belgilangan holatlarda, o‘quv rejalari va dasturlari xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilishi mumkin”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarini tashkil etishning minimal normativlari va mezonlarining “III. Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari” bo‘limidagi “tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-oktabrdagi 868-son qarorida:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish” so‘zlari “Xalq ta’limini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 9-bandida “O‘quv-ishlab chiqarish majmualarining faoliyatini tashkil etish” so‘zlari “Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son, 13.10.2021-y., 09/21/638/0962-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son)