

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4739967" id="onLBC-4739967">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9491"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4739967" id="onLS-4739967">[<b>TSZ:</b><div id="LS3741"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4741407" id="-4741407">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4741409" id="-4741409">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4741410" id="-4741410">Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqarishni tartibga solish va sifatli metall prokatini qoʻllash chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4741414" id="-4741414"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741415" id="-4741415">Mamlakatda tegishli qurilish ishlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli investitsiya va infratuzilma loyihalari qurilish materiallari, metall mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlash vazifalarida zamonaviy yondashuvlarni qoʻllashni talab etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741416" id="-4741416">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 14-dekabrdagi 999-son <a href="/mact/-4644410">qaroriga</a> muvofiq tashkil etilgan idoralararo ishchi guruhlar tomonidan joylarga chiqib qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaruvchi 117 ta korxonaning faoliyati oʻrganib chiqildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741417" id="-4741417">Ushbu korxonalar faoliyatini oʻrganish tayyor mahsulot va bevosita ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi kamchiliklar mavjudligini, shu jumladan, texnik reglamentlar yoʻqligini, ishlab chiqarishning ekologik ekspertizasi oʻtkazilmasligini, sinovlar oʻtkazib ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi nazorat qilinmasligini aniqladi. Ayrim hollarda korxonalar tomonidan muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan mahsulotlar sotilmoqda, shuningdek, davriy davlat tekshiruvidan oʻtmagan oʻlchash vositalaridan foydalanilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741418" id="-4741418">Qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq xoʻjalik va sanoat obyektlari qurilishida xavfsizlikni taʼminlash, ular qulashining oldini olish, qurilishda ishlatilayotgan metall mahsulotlari sifatini, shuningdek, metall prokati ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741419" id="-4741419">1. Belgilansinki, 2020-yil 1-iyundan boshlab:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741421" id="-4741421">sotilayotgan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan metall prokatining har bir toʻpiga ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik yuzasidan sinovlarning ijobiy natijalari asosida rasmiylashtiriladigan sifat toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinishi kerak. Bunda ishlab chiqaruvchilarda tegishli ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda, metall prokatini boshqa sinov laboratoriyalarida (shu jumladan, tuzilgan shartnomalar asosida) sinovdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741422" id="-4741422">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmatlari texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik yuzasidan sertifikatlashtirilgan qurilish uchun moʻljallangan metall mahsulotlari xarid qilinishi va qoʻllanilishi uchun javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741423" id="-4741423">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda sifati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan metall prokati va qurilish uchun moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar reyestrini shakllantirsinlar va eʼlon qilsinlar, shuningdek, reyestr har yili yangilanishini taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741424" id="-4741424">3. Belgilansinki, 2020-yil 1-iyundan boshlab induksion pechlardan foydalangan holda tayyorlangan qurilish uchun moʻljallangan metall prokatini ishlab chiqarish va qoʻllash taqiqlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5652514" id="edi-5652514"><a href="/mact/-4739967?ONDATE=18.02.2020 00#-4741426">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5652514" id="-5652514"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5652516" id="-5652516">Bunda qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha komissiyaning xulosasiga asosan belgilangan talablarni bajargan korxonalarga qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqarishga hamda qurilishdan boshqa maqsadlar uchun metall mahsulotlarini ishlab chiqarish va qoʻllashda induksion pechlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5652518" id="-5652518">(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 577-sonli <a href="/mact/-5639153?ONDATE=18.09.2021 00#-5644589">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/577/0884-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6828130" id="edi-6828130"><a href="/mact/-4739967?ONDATE=18.02.2020 00#-4741427">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6828130" id="-6828130"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6828131" id="-6828131">4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari metall prokati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi hamda obyektlarda binolar va inshootlarning zilzilaga bardoshligiga taʼsir koʻrsatuvchi hamda insonning hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qoʻllanilishi aniqlangan hollarda metall prokati va undan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarilishi, sotilishi va qoʻllanilishini toʻxtatish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6828133" id="-6828133">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli <a href="/mact/-6815461?ONDATE=26.02.2024 00#-6815887">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741428" id="-4741428">5. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741429" id="-4741429">xavfli ishlab chiqarish obyektlarini, shu jumladan, qora va rangli metallar eritmalari va ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan obyektlarni identifikatsiyalash faqat akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6016593" id="edi-6016593"><a href="/mact/-4739967?ONDATE=18.02.2020 00#-4741432">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6016593" id="-6016593"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6016597" id="-6016597">qora va rangli metallar eritmalari va ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan ishlab chiqarish obyektlari ular foydalanishga topshirilgunga qadar qonunchilik hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari sifatida majburiy identifikatsiyadan oʻtkazilishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6016612" id="-6016612">(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5940476">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741433" id="-4741433">Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741434" id="-4741434">metallurgiya mahsulotlarini tayyorlash va metallurgiya ishlab chiqarishlarini ishlatish bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlarga xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashda belgilangan tartibda koʻmaklashsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741437" id="-4741437"> Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-1413931#-1414064">nizomga</a> ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741438" id="-4741438">6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ruhli va polimer qoplamali sovutib yoyilgan listdan ishlab chiqariladigan qurilish mahsulotlari toʻgʻrisida”gi maxsus texnik reglamentni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7163648" id="-7163648">Qarang: “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-6392312">Qonun</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741439" id="-4741439">amaldagi standartlarni qayta koʻrib chiqsin hamda ular ruhlangan va polimer qoplamali sovutib yoyilgan listdan ishlab chiqariladigan qurilish mahsulotlariga, shuningdek, qurilish armaturasiga qoʻllaniladigan eʼtirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishini taʼminlaydigan chora-tadbirlar koʻrsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6828134" id="edi-6828134"><a href="/mact/-4739967?ONDATE=18.02.2020 00#-4741440">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6828134" id="-6828134"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6828136" id="-6828136">7. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi metall prokatini majburiy sertifikatlash va sinashda ishtirok etadigan obyektlar faoliyati xavf-tahlil asosida davlat nazoratidan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6828137" id="-6828137">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli <a href="/mact/-6815461?ONDATE=26.02.2024 00#-6815889">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741441" id="-4741441">8. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, Qurilish vazirligi Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga obyektlarning sanoat xavfsizligi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi, texnik reglamentlarga va standartlarning majburiy talablariga rioya qilinmaganligi uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadigan qonun loyihasini kiritsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741442" id="-4741442">9. 2020-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/mact/-4739967#-4741657">ilovaga</a> muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741443" id="-4741443">10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4741444" id="-4741444">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4741448" id="-4741448">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4741449" id="-4741449">2020-yil 17-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4741451" id="-4741451">89-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4741657" id="-4741657"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4741670" id="-4741670"><p>Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 89-son <a href="/mact/-4739967">qaroriga</a></p><p>ILOVA</p></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4741676" id="-4741676"><strong>Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2020-yil 1-iyundan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar </strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4741677" id="-4741677"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5279072" id="edi-5279072"><a href="/mact/-4739967?ONDATE=18.02.2020 00#-4741681">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5279072" id="-5279072">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli <a href="/mact/-5249376?ONDATE=01.05.2021 00#-5251392">qaroriga </a>asosan 2021-yil 1-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741686" id="-4741686">2.<strong> </strong>Vazirlar Mahkamasining “Qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 14-dekabrdagi 999-son qarorining <a href="/mact/-4644410?ONDATE=14.12.2019 00#-4646512">7-bandida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741691" id="-4741691">a) <a href="/mact/-4644410?ONDATE=14.12.2019 00#-4646526">uchinchi xatboshi </a>quyidagi tahrirda bayon qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741698" id="-4741698">“2020-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda “Oʻzbekiston” ilmiy sinovlar va metall prokati, shuningdek, ruhlangan va polimer qoplamali sovutib yoyilgan listning sifati va xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha markazi” davlat korxonasining sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrsin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4741876" id="-4741876">b) <a href="/mact/-4644410?ONDATE=14.12.2019 00#-4646527">toʻrtinchi xatboshiga</a> “viloyatlaridagi” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston” ilmiy sinovlar va sifat nazorati” davlat korxonasining” soʻzlari qoʻshilsin.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4741412" id="-4741412">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/89/0179-son; 01.02.2021-y., 09/21/43/0071-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/577/0884-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
