Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 29-dekabrda 17-son bilan tasdiqlangan Tugatilayotgan korxonaning mol-mulki va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish va qiymatini aniqlash boʻyicha
yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 887, 2000-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 3-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 1.6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2.9-bandning beshinchi xatboshisidan “hamda tugatilayotgan korxonaning muhri bilan tasdiqlanishi (muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 8-ilovadan “M.Oʻ.” qisqartmasi chiqarib tashlansin.