toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda) 8-moddasining uchinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda) quyidagi mazmundagi 1481 va 1482-moddalar bilan toʻldirilsin:
“1481-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi talablarni buzish
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sogʻligʻiga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
1482-modda. Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash
Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 491-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) quyidagi mazmundagi 501-modda bilan toʻldirilsin:
“501-modda. Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Mansabdor shaxs tomonidan xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻz faoliyati haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etmaslik, xuddi shuningdek maʼlumotlarni buzib koʻrsatish yoki maʼlumotlarni taqdim etish muddatlarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 51-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51-modda. Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash
Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 60-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yerdan, suvdan, oʻsimlik yoki hayvonot dunyosidan oʻzboshimchalik bilan foydalanish yoxud yerga va boshqa tabiiy resurslarga (bundan yer osti boyliklari va yer osti suvlari mustasno) egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish”;
5) 70-modda birinchi qismining dispozitsiyasi “yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish” degan soʻzlardan keyin “(bundan foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) quyidagi mazmundagi 702-modda bilan toʻldirilsin:
“702-modda. Foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish
Foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish, xuddi shuningdek oltin izlovchilar usulida litsenziyasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari hamda daryolar oʻzanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 147-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoʻllarga, temir yoʻldan oʻtish joylariga, yoʻl harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki texnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yoʻl harakatiga qasddan, shu jumladan yoʻl qoplamasini ifloslantirish yoʻli bilan xalal berish, xuddi shuningdek avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
8) 230-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganligini qayd etishni taʼminlashga doir choralarni vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari, topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻrmaganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan tugʻilishni va oʻlimni oʻz vaqtida qayd etishni taʼminlash choralarini koʻrmaganlik, xuddi shuningdek tugʻilganlik toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomani yoxud oʻlim haqidagi, shu jumladan perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnomani notoʻgʻri va (yoki) noaniq toʻldirganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
9) 245-moddaning birinchi qismi:
“701-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “702-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“1461-moddasida” degan soʻzlardan keyin “147-moddasida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) 248-modda ikkinchi qismining 5-bandi “147-moddalarida” degan soʻzlardan keyin “(avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzishga taalluqli qoidabuzarliklardan tashqari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
11) 255-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49, 492, 493, 50, 501, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi”;
12) 2601-moddaning birinchi qismi “(bundan yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismi mustasno)” degan soʻzlardan keyin “702-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
13) 2682-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2682-modda. Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 99 va 178-moddalarida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi”;
14) quyidagi mazmundagi 2684-modda bilan toʻldirilsin:
“2684-modda. Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish organlari
Ushbu Kodeksning 99-moddasida (yoʻl-qurilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzishga oid qismi), 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi 113-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-484-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 429-modda) 30-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda) 15-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning oʻrni davlat tomonidan yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday zararning oʻrni davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bekor qilingan, ularning mablagʻlari yetishmagan yoxud davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining mablagʻlari boʻlmagan taqdirda fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Zarar qaysi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan boʻlsa, sudning qarori bilan zararning oʻrnini qoplash ushbu organlar mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilishi mumkin”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 84-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi ushbu bitim boʻyicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror mol-mulkning qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan bitimning shartlari oʻrganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi”;
2) 88-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimni maʼqullash haqidagi qaror majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan bir ovozdan yoxud aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan aksiyadorlarning malakali koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bunda jamiyatning affillangan shaxsi bilan aktivlarining qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn yoki undan koʻp foizini tashkil etadigan bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror mol-mulkning qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati hisobga olingan, mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan bitimning shartlari oʻrganilgan holda majburiy tartibda qabul qilinadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuniga asosan 9-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 1, 3-moddalari, 4-moddasining 1, 2, 3, 7-bandlari, 9-bandining uchinchi xatboshisi, 10, 11, 13, 14-bandlari, 8-moddasi, 9-moddasining 2-bandi mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-yanvar,
OʻRQ-603-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)