toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
Qarori
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3212]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-dekabr,
110-son
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. UMURZAKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-dekabr,
qq-5-son
Qishloq xoʻjaligi vaziri J. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-dekabr,
68-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 16-dekabrdagi 110, qq-5, 68-son qaroriga
ILOVA
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 10-iyundagi 373-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2026-yil 26-maydagi 2026/21-1-son hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 22-maydagi 49-sonli qarori (roʻyxat raqami 3212-2, 08.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2026-y., 10/26/3212-2/0718-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
meva-sabzavot mahsulotlari — sabzavotlar, mevalar, dukkakli, yongʻoq, uzum, poliz va rezavor mahsulotlari (shu jumladan, muzlatilgan va quritilgan);
qishloq xoʻjaligi birlashmalari — aʼzolari fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalari, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat olib boruvchi jismoniy va yuridik shaxslarni oʻz ichiga olgan yuridik shaxs;
marketing tadqiqotlari — tashqi bozordagi meva-sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabni oʻrganish, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlarining narxi, bozordagi unga boʻlgan talab miqdori, meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib beruvchi boshqa raqobatchi kompaniyalarning bozordagi oʻrnini oʻrganish (yetkazib beradigan meva-sabzavot mahsulotlarining hajmlari, narxlari, ularni yetkazib berish muddatlari).
Oldingi tahrirga qarang.
2. Eksportyorning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, ularning yerlarida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan monitoring oʻtkazish va qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari olib borish xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kalendar yili uchun Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek jalb etiladigan xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari, shu jumladan Jahon banki mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 7-oktabrdagi 77-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 6-oktabrdagi 2023/40-9-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 5-oktabrdagi 01/23-05/5087-sonli qarori (roʻyxat raqami 3212-1, 12.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 10/23/3212-1/0772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan subsidiyalar “2+1” tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Bunda, subsidiya dastlabki ikki yil davomida taqdim etiladi va uni baholash natijalari boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlari ijobiy deb topilganda, subsidiyaning amal qilish muddati qoʻshimcha bir yilga uzaytiriladi.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar ularning Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi darajasidan kelib chiqib joriy qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 10-iyundagi 373-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2026-yil 26-maydagi 2026/21-1-son hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 22-maydagi 49-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3212-2, 08.07.2026-y.) asosan xatboshlari bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2026-y., 10/26/3212-2/0718-son)
3. Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning yangi texnologiyalarini joriy etishga oʻrgatish eksportyorlar tomonidan tegishli mutaxassislarni, shuningdek xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda tashkil etiladigan maxsus oʻquv kurslari, amaliy mashgʻulotlar hamda seminarlar tashkil etish orqali amalga oshiriladi va eksportyorlar tomonidan sarflangan xarajatlarning 50 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
Agentlik eksportyorlarga qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari uchun maxsus oʻquv kurslari, amaliy mashgʻulotlar hamda seminarlar tashkil etishda koʻmaklashadi. Bunda, Agentlik eksportyorning murojaatiga asosan oʻquv kurslari, amaliy mashgʻulotlar hamda seminarlar uchun xorijdan tegishli mutaxassislarni topish va jalb qilishda yordam beradi.
4. Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan monitoring yuritish uchun eksportyor tomonidan ishga olinadigan agronomlarga hisoblangan bir oylik lavozim maoshining 50 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
Bunda, subsidiya har 300 gektardan 500 gektargacha boʻlgan ekin maydoni hisobiga 1 ta agronom uchun ajratiladi va agronomning bir oylik lavozim maoshi uchun ajratiladigan subsidiya summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravaridan oshmasligi lozim.
5. Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish boʻyicha marketing tadqiqotlari eksportyor tomonidan mustaqil ravishda yoki ixtisoslashgan tashkilotni jalb etgan holda amalga oshiriladi va eksportyorlar tomonidan sarflangan xarajatlarning 50 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
2-bob. Eksportyorga subsidiyalar ajratish shartlari
6. Agentlik tomonidan eksportyorga subsidiyalar ajratish uchun eksportyor Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi hamda mazkur nizomning 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar uchun toʻlovlar eksportyor tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi kerak.
7. Agar Agentlik tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra mazkur Nizomning 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar boʻyicha eksportyor tomonidan tayyorlangan biznes-rejada koʻrsatilgan eksport hajmi amalga oshirilmaganligi yoki toʻliq amalga oshirilmaganligi aniqlansa, Agentlik tomonidan eksportyorga ajratilgan tegishli subsidiya mablagʻlarining amalga oshirilmagan eksport hajmiga mutanosib qismini qaytarish toʻgʻrisida eksportyorga talabnoma yuboradi va eksportyor 10 ish kuni mobaynida talabnomada koʻrsatilgan mablagʻlarni Agentlikka qaytarilishini taʼminlashi zarur (bundan fors-major holatlari mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
8. Eksportyor tomonidan talabnoma bajarilmagan taqdirda, ajratilgan subsidiya mablagʻlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan subsidiyalardan maqsadsiz foydalanilganda, subsidiyalarni qoʻllash shartlariga rioya etilmaganda va (yoki) subsidiya olish uchun soxta hujjatlar taqdim etilganda subsidiyalar ular ajratilgan kundan boshlab Markaziy bankning asosiy stavkasida hisoblangan foiz toʻlovlari (penya) bilan qaytarib olinadi. Bunda, hisoblangan foiz toʻlovlari (penya) miqdori berilgan subsidiya miqdorining yarmidan koʻp boʻlmasligi shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 10-iyundagi 373-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2026-yil 26-maydagi 2026/21-1-son hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 22-maydagi 49-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3212-2, 08.07.2026-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2026-y., 10/26/3212-2/0718-son)
3-bob. Eksportyorga subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
9. Eksportyor Agentlikka subsidiya ajratish haqida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
eksportyorning imzosi bilan tasdiqlangan, mahsulotni yetishtirish (saqlash), eksport qilish vaqti va hajmlari, shu jumladan hisobot yilida eksportdan tushadigan tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan biznes-reja (bir yilda bir marotaba dastlabki murojaat qilinganda taqdim etiladi);
qishloq xoʻjaligi birlashmasi aʼzolarining ekin yer maydonlari toʻgʻrisidagi birlashma rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan maʼlumot;
agronomlarga hisoblangan ish haqi (oylar kesimida), ular boʻyicha toʻlangan soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumot va (yoki) mazkur nizomning 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni yoki ulardan birini amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnomalar, ish va xizmatlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, hisob-fakturalar hamda ular boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
hisobot davrida amalga oshirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksport hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumot. Bunda eksport hajmlari eksport shartnomalarining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimidagi identifikatsiya raqami kesimida koʻrsatiladi (birlashma aʼzolari tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti amalga oshirilgan boʻlsa).
10. Agentlik tomonidan eksportyorning arizalarini koʻrib chiqish mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun eksportyor qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi.
12. Mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
13. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etiladi.
14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar eksportyor tomonidan Agentlikka bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa, ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
15. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlikka eksportyor tomonidan pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa, Agentlik 3 ish kuni mobaynida eksportyorga hujjatlarni tegishli javob xati bilan qaytaradi.
16. Mazkur Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda, arizalar Agentlik tomonidan 7 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
17. Agentlik eksportyor va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganib chiqadi va subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
18. Agentlik subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida eksportyorga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.
Agar subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, eksportyor koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda subsidiya olish uchun Agentlikka ariza bilan qayta murojaat qilganida, arizalar Agentlik tomonidan 3 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
19. Eksportyorning arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
20. Eksportyorga subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
eksportyor mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
eksportyor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
21. Mazkur Nizomning 20-bandida qayd etilganidan boshqa holatlarga koʻra eksportyorga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Agentlik eksportyor va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni axborot tizimlari, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimi orqali va tegishli organlarning internet jahon axborot tarmogʻidagi maʼlumotlar bazalari yordamida hamda soʻrovnomalar yuborish orqali oʻrganib chiqishi mumkin.
23. Eksportyor subsidiya ajratilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda, oʻrnatilgan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
4-bob. Subsidiya toʻlovini amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
24. Agentlik tomonidan subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng 1 ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma taqdim etadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 7-oktabrdagi 77-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 6-oktabrdagi 2023/40-9-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 5-oktabrdagi 01/23-05/5087-sonli qarori (roʻyxat raqami 3212-1, 12.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 10/23/3212-1/0772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomani 1 ish kuni mobaynida buyurtmanomada koʻrsatilgan mablagʻlarni Agentlikning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 7-oktabrdagi 77-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 6-oktabrdagi 2023/40-9-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 5-oktabrdagi 01/23-05/5087-sonli qarori (roʻyxat raqami 3212-1, 12.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 10/23/3212-1/0772-son)
26. Agentlik maxsus gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan subsidiya mablagʻlari 1 bank kuni mobaynida Agentlik tomonidan tegishli eksportyorlarning tijorat bankidagi hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
27. Subsidiya ajratilgan eksportyorlarning reyestri Agentlik tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq yuritib boriladi.
28. Moliya yili yakuni boʻyicha Agentlik shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
29. Eksportyor tomonidan qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishning yangi texnologiyasiga oʻrgatish, ularning yerlarida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazilishi yuzasidan monitoring oʻtkazish va birlashma aʼzolari tomonidan ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini oʻtkazish boʻyicha xarajatlarining mazkur Nizomga asosan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga qoplangandan ortiq qismi eksportyorning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
30. Eksportyorlarga subsidiya ajratilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining X bobi.
32. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 16-dekabr
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
2019-yil 16-dekabr
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi
‎ Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga
‎________________________________ dan

‎‎Ariza

_________________________________________________________________________ (eksportyor nomi)ning
‎ _____________________________________________________________ (birlashma nomi) birlashmasi bilan
‎ bogʻliq quyidagi xarajatlarini (tegishlisi belgilanadi) 50 foizigacha qismini qoplab berish masalasini koʻrib chiqishingizni va tegishli mablagʻlarni ________________________________________ (tijorat banki nomi)
‎ tijorat bankining _______________________________________________ (hudud nomi) filialidagi bizning
‎ ______________________________________________ raqamli hisobimizga oʻtkazib berishingizni surayman.

‎‎

‎‎ Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish;‎‎

‎‎

‎‎Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish uchun ishga olingan agronomlarga hisoblangan ish haqi;

‎‎

Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan ____________________________________________ mahsulotlari boʻyicha tashqi bozorlar marketing tadqiqotlarini oʻtkazish.

‎‎Quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:
‎1)___________________________________________________________________________________
‎2)___________________________________________________________________________________
‎3)___________________________________________________________________________________
‎‎_______________rahbari

‎‎____‎‎__‎‎___________________
(F.I.O.)

‎‎Bogʻlanish uchun tel.:+998 (____)_______________
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 7-oktabrdagi 77-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 6-oktabrdagi 2023/40-9-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 5-oktabrdagi 01/23-05/5087-sonli qarori (roʻyxat raqami 3212-1, 12.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 10/23/3212-1/0772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Eksportyor

Ariza va tegishli hujjatlarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga topshirish.

Manfaatdor subyekt ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Hujjatlar pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali toʻliq taqdim etilmaganda, ularni javob xati bilan qaytarish;

3 ish kuni mobaynida

Eksportyor tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda ularni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish.

7 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Eksportyorga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuborish;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga subsidiya ajratish boʻyicha buyurtmanoma berish.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi buyurtmanomasiga asosan davlat budjetidan subsidiya ajratish.

Buyurtmanomani qabul qilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Tegishli toʻlov summasini eksportyorning arizasida koʻrsatilgan bank hisob raqamiga oʻtkazib berish.

Maxsus gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻ kelib tushganidan boshlab bir bank kuni mobaynida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 7-oktabrdagi 77-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 6-oktabrdagi 2023/40-9-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 5-oktabrdagi 01/23-05/5087-sonli qarori (roʻyxat raqami 3212-1, 12.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 10/23/3212-1/0772-son)
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etilgan eksportyorlar
REYESTRI

T/r

Eksportyor nomi

Eksport shartnomasi (invoys)ning identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa)

Mahsulot nomi

Mahsulotning

TIF TN kodi

Biznes-reja boʻyicha hisobot yilida eksport qilinishi rejalashtirilgan mahsulot hajmi

Qishloq xoʻjaligi birlashma aʼzolarini mahsulot yetishtirishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish xarajtlari, soʻm

Qishloq xoʻjaligi birlashma aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan monitoring yuritish uchun ishga olingan agronomlarga hisoblangan ish haqi xarajatlari, soʻm

Qishloq xoʻjaligi birlashma aʼzolari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar boʻyicha tashqi bozorlar marketing tadqiqotlarini oʻtkazish xarjatlari, soʻm

Eksportyorga taqdim etilgan jami subsidiya miqdori, soʻm

Tonna

AQSH dollar

Mln. soʻm

(ariza berilgan kundagi kurs boʻyicha)

1.

2.

3.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/3212/0068-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.10.2023-y., 10/23/3212-1/0772-son; 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son; 10.07.2026-y., 10/26/3212-2/0718-son)