toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori ijrosini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jon boshiga va “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish mexanizmi tajriba-sinov tarzida joriy etiladigan Sirdaryo viloyati tibbiyot tashkilotlarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini “har bir davolangan holat uchun” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jon boshiga moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi tuzilmasida Sirdaryo viloyati “sogʻliqni saqlash” tizimidagi muassasalarning shtatlari doirasida 7 kishidan iborat tibbiy xizmatlar boʻyicha davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalarni tuzish va bajarilgan ishlarni qabul qilish boʻlimini tashkil etsin;
moliyalashtirishning yangi mexanizmlariga oʻtayotgan tibbiyot tashkilotlari uchun ctatsionar va ambulator sharoitda bemorlarni davolash xarajatlarini alohida hisobga olish maqsadida mavjud elektron buxgalteriya hisobi va hisobot dasturlarini takomillashtirish choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlangan tibbiy yordam sifati standartlariga muvofiq orderlar va yoʻllanmalar berish, tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻriligi ustidan nazoratni, shuningdek, moliyalashtirishning yangi mexanizmini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov oʻtkazish natijalarining tizimli monitoringi va tahlilini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda tajribani amalga oshirishning oraliq yakunlari boʻyicha axborotni, shuningdek, tajriba-sinov natijalariga koʻra amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-yanvar,
19-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 19-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jon boshiga va “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish mexanizmi tajriba-sinov tarzida joriy etiladigan Sirdaryo viloyati tibbiyot tashkilotlarining
ROʻYXATI

T/r

Tibbiyot tashkiloti nomi

2020-yil 1-apreldan

1.

Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi

2.

Viloyat koʻz dispanseri

3.

Viloyat narkologiya dispanseri

4.

Viloyat kardiologiya dispanseri

5.

Viloyat teri-tanosil dispanseri

6.

Viloyat oʻsma kasalliklar dispanseri

7.

Viloyat endokrinologiya dispanseri

8.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi

2020-yil 1-iyuldan

1.

Guliston shahar tibbiyot birlashmasi

2.

Shirin shahar tibbiyot birlashmasi

3.

Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi

4.

Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi

5.

Guliston shahar tibbiyot birlashmasi

6.

Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmasi

7.

Oq oltin tuman tibbiyot birlashmasi

8.

Sardoba tuman tibbiyot birlashmasi

9.

Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasi

10.

Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi

11.

Xovos tuman tibbiyot birlashmasi

12.

Viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi

13.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo filiali

14.

Viloyat perinatal markazi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 19-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarini “har bir davolangan holat uchun” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlarini Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi, Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) va tibbiyot tashkiloti oʻrtasida davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tuzish orqali klinik-xarajat guruhlari asosida har bir davolangan holat uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida oʻtayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
har bir davolangan holat — klinik xizmat koʻrsatish yakunlangan holat boʻlib, mijozga tashhis qoʻyish va davolashning tasdiqlangan bayonnomalariga muvofiq tibbiyot tashkilotida boʻlgan vaqtda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni oʻz ichiga oladi yoki mazkur bosqichda tibbiy xizmat koʻrsatishning muayyan yakuniy natijasiga erishilishi tufayli xizmat koʻrsatishning yakunlanishi;
klinik-xarajat guruhlari (KXG) — bir xil va oʻxshash klinik vaziyatlar boʻyicha nisbatan teng resurs sarflaydigan va qiymatga ega boʻlgan tibbiy xizmatlar toʻplami;
har bir davolangan holat uchun bazaviy tarif — mijozga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun bazaviy xarajatlarning meʼyori boʻlib, KXG asosida bir davolangan holat uchun xizmatlar qiymati hisob-kitobidan kelib chiqib belgilanadi;
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma — mijozga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun vakolatli organlar (davlat buyurtmachisi) va tibbiyot tashkilotlari (davlat xaridlari ijrochisi) oʻrtasida Davlat budjeti va/yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari mablagʻlari hisobiga tuziladigan bitim;
murakkablik indeksi — KXG boʻyicha har bir davolangan holat uchun oʻrta hisobdagi bazaviy tarif qiymatidan ogʻishish koeffitsiyenti boʻlib, tibbiy xizmat koʻrsatish usuliga va uni koʻrsatishga sarflanadigan xarajatlarga bogʻliq boʻladi;
tibbiy-iqtisodiy ekspertiza — tibbiyot tashkiloti tomonidan toʻlovga taqdim etilgan hisobvaraqlardagi koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar hajmining asosliligini ekspert baholash.
2-bob. Moliyalashtirishning prognoz hajmini aniqlash va shartnomalarni tuzish tartibi
4. Moliya yilida tibbiyot tashkilotiga bir shartnoma doirasida ajratilgan mablagʻlar hajmini hisob-kitob qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili 1-fevralgacha quyidagilarni tasdiqlaydi:
har bir davolangan holat uchun bazaviy tarif va murakkablik indekslari;
statsionar tibbiy yordam olishi rejalashtirilgan mijozlar soni.
5. “Har bir davolangan holat uchun” bazaviy tarifni va murakkablik indeksini hisob-kitob qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
6. Tibbiyot tashkiloti bilan “har bir davolangan holat uchun” shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tegishli tibbiyot tashkilotlari uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Vakolatli organlar va tibbiyot tashkiloti oʻrtasida “har bir davolangan holat uchun” boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar haqi oʻzaro tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
8. Sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari moliya organlari bilan birgalikda tibbiyot tashkilotlari budjetlarini hisoblab chiqadi, shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi va ular bilan shartnoma imzolangandan keyin uch kun ichida tibbiyot tashkilotlariga yetkazadi.
9. Moliya yilida shartnomaga muvofiq davolangan holatlar haqini toʻlash uchun mablagʻlar hajmi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
MH = N x BT, bunda,
MH — muayyan moliya yili uchun shartnoma boʻyicha mablagʻlar hajmi;
N — moliya yilidagi barcha rejalashtirilgan davolangan holatlar soni;
BT — har bir davolangan holat uchun tasdiqlangan bazaviy tarif. Bunda bazaviy tarif tibbiyot tashkilotini saqlab turish uchun zarur boʻlgan mablagʻlardan shakllantiriladi. Asosiy vositalarni xarid qilish, kapital qurilish va taʼmirlash xarajatlari bazaviy tarif tarkibiga kirmaydi.
10. Tibbiyot tashkilotining daromadlari va xarajatlari smetalari vakolatli organlar bilan tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan mablagʻ va boshqa daromadlar koʻzda tutilgan holda tuziladi.
11. Tibbiyot tashkilotlari ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
muassasa xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
kutilayotgan daromadlar doirasida xodimlar sonini mustaqil belgilaydi, takomillashtirilgan tarif setkasi boʻyicha bazaviy lavozim maoshlaridan, shuningdek, ustama va qoʻshimchalardan kelib chiqqan holda shtat jadvalini tasdiqlaydi.
12. “Har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida oʻtayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlari uchun amaldagi namunaviy shtat normativlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
3-bob. Koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun tibbiyot tashkilotlari xarajatlarini toʻlash tartibi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari xisobidan tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash vakolatli organlar bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan mablagʻning 1/12 qismini quyidagi ketma-ketlikda xarajatlar moddalariga boʻlmagan holda alohida satr bilan amalga oshiriladi:
har oyning 5 sanasigacha boʻlgan muddatda rejalashtirilgan mablagʻning 70 foizi miqdorida tibbiyot tashkilotining xarajatlarini qoplash uchun oldindan toʻlov;
qolgan 30 foiz mablagʻ keyingi oyning 15 sanasigacha shartnoma shartlariga koʻra bajarilgan dastlabki hisobot hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
14. Tibbiyot tashkilotlari har chorakda avvalgi chorak uchun dastlabki hisob hujjatlari asosida tibbiy yordam koʻrsatilishi boʻyicha bemorlar reyestrini shaklantiradi, oʻzaro hisob-kitoblarni yakunlash uchun shakllantirilgan hujjatlar asosida taqqoslama dalolatnoma tuzadi, ular tibbiy xizmatlar haqini toʻlash uchun hisobvaraq-faktura bilan birga hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasigacha vakolatli organlarga taqdim etiladi.
15. Tibbiyot tashkilotlari tomonidan shartnomada belgilangan majburiyatlarning toʻliq bajarilmasligi natijasida oldindan toʻlov sifatida toʻlangan mablagʻ keyingi xisobot choragida nazarda tutilgan mablagʻ xisobidan kamaytirish orqali ushlab qolinadi.
Bunda shartnomada belgilangan muddatdagi hajmdan ortiq koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni toʻlashga shartnoma doirasida avvalgi davrda bajarilmagan hajmlar hisobiga yoʻl qoʻyiladi.
16. Tibbiyot tashkiloti tomonidan shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar toʻliq hajmda bajarilganda, hisobot davri yakunida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida qolgan budjet mablagʻlari budjetga qaytarilmaydi. Ushbu mablagʻlar tibbiyot tashkilotini rivojlantirish va xodimlarni ragʻbatlantirish uchun ishlatiladi.
17. Shartnomada koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarning hajmi va qiymati yoki boshqa omillarning taʼsiri natijasida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taraflarning kelishuviga asosan amalga oshiriladi.
4-bob. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza
18. Tibbiy iqtisodiy hujjatlarning toʻgʻri shakllantirilganligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tibbiy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
19. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza quyidagi parametrlar boʻyicha birlamchi tibbiy hujjatlar asosida har chorakda oʻtkaziladi:
davolangan bemorlar reyestrining toʻgʻri toʻldirilganligi;
mijozni tibbiyot tashkilotiga joylashtirishning asosliligi;
mijozni davolashda tashhis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya etilganligi;
tibbiy xizmatlar haqini toʻlash uchun taqdim etilgan hisobvaraq-fakturadagi summalarning davolangan bemorlar reyestridagi summalarga muvofiqligi.
20. Tibbiy yordam koʻrsatishda tashhis qoʻyish va davolash sifatiga doir belgilangan standartlarga mos kelmagan holatlar aniqlangan taqdirda, tibbiy-iqtisodiy ekspertiza natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi.
21. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza natijalariga koʻra tibbiy xizmat hajmlarini sunʼiy oshirib koʻrsatish holatlari aniqlanganda, ortiqcha toʻlangan mablagʻlar keyingi toʻlovlarda ushlab qolinadi.
22. Tibbiy-iqtisodiy ekspertiza hujjatlarining haqqoniyligi ustidan nazorat vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi “har bir davolangan holat uchun” moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida oʻtayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan masalalarni oʻzaro hamkorlikda tartibga solish vakolatiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Ushbu Nizom talablariga rioya qilmaganligi uchun mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 19-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jon boshiga moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) Sirdaryo viloyatidagi qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari, shuningdek, markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarni (keyingi oʻrinlarda birlamchi boʻgʻin muassasalari deb ataladi) bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib, shartnomalar asosida moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom jon boshiga moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan Sirdaryo viloyatining birlamchi boʻgʻin tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma — aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun bir tarafdan vakolatli organlar (davlat buyurtmachisi) va boshqa tarafdan tibbiyot tashkilotlari (davlat xaridlari ijrochisi) oʻrtasida Davlat budjeti va/yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari mablagʻlari hisobiga kelishilgan hajmlarda yozma shaklda tuziladigan bitim;
tuzatish koeffitsiyenti — maʼlum bir muhim omillarni (aholi jinsi va yoshi hamda zichligi) hisobga olgan holda, bazaviy xarajatlar meʼyorini tuzatish uchun ishlatiladigan koyeffitsiyentlar;
biriktirilgan aholi — belgilangan tartibda birlamchi boʻgʻin muassasasida tibbiy xizmat olish uchun roʻyxatdan oʻtgan aholi;
bazaviy xarajatlarning meʼyori (aholi jon boshiga moliyalashtirish) — Oʻzbekiston Respublikasining hududida bir fuqaroga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiy xizmat koʻrsatish uchun xarajatlarning yagona standarti, ushbu muassasalarning yil davomida xizmatlarning barcha hajmlari uchun toʻlov miqdorini aniqlashda foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Birlamchi boʻgʻin muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 696-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
2-bob. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga aholini biriktirish tartibi
5. Aholi birlamchi boʻgʻin muassasalariga tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarining buyrugʻi bilan biriktiriladi.
6. Birlamchi boʻgʻin muassasalariga biriktirilgan aholi soni va tarkibi boʻyicha axborot tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbari tomonidan tuziladi, aholining umumiy soni esa hududiy statistika organi (tuman/shahar) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
7. Biriktirish rejalashtirilgan davr boshida birlamchi boʻgʻin muassasalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan uchastkalar asosida 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha amalga oshiriladi.
3-bob. Birlamchi boʻgʻin muassasalari budjetini aniqlash
8. Birlamchi boʻgʻin muassasalarining budjeti bazaviy xarajatlarning meʼyori asosida rejalashtiriladi.
9. Har bir birlamchi boʻgʻin muassasasini yillik moliyalashtirish hajmi bazaviy xarajatlarning meʼyori va birlamchi boʻgʻin muassasasiga biriktirilgan aholi soni hisob-kitobidan kelib chiqib, quyidagi formula boʻyicha tuzatish koeffitsiyentlaridan foydalanilgan holda aniqlanadi:
MYH = XBMreja x BAS x HTK, bunda:
MYH — rejalashtirilgan yilda hudud birlamchi boʻgʻin muassasalarini yillik moliyalashtirish hajmi;
XBMreja — rejalashtirilgan yildagi bazaviy xarajatlarning meʼyori;
BAS — rejalashtirilgan yil boshida birlamchi boʻgʻin muassasasiga biriktirilgan hududdagi aholi soni;
HTK — alohida hududlarda birlamchi boʻgʻin muassasalarini moliyalashtirish imkoniyatini hisobga oladigan hududiy tuzatish koeffitsiyenti.
Oldingi tahrirga qarang.
Borish qiyin boʻlgan hududlar roʻyxatlari va murakkab geografik sharoitlarda ishlash uchun qoʻshimcha haqlarning aniq miqdorlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq toʻlashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddatini belgilash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
10. Bazaviy xarajatlarning meʼyorini aniqlashda birlamchi boʻgʻin muassasalarining imtiyozli retseptlar boʻyicha beriladigan dori-darmonlar, shuningdek, kapital taʼmirlash va qurilish hamda qimmat baho uskunalarni xarid qilish xarajatlari nazarda tutilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Birlamchi boʻgʻin muassasalarini saqlab turish uchun xarajatlar har oyda oʻrtacha taxminan yillik budjetning 12 dan bir qismi miqdorida ayrim tibbiy xizmat turlariga boʻlgan ehtiyojlar mavsumiy oʻzgarishi hisobga olingan holda moliyalashtiriladi. Har oy uchun moliyalashtirishning prognoz hajmlari taraflar oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda belgilanadi. Birlamchi boʻgʻin muassasalari vafot etgan, hisobdan chiqarilgan va yangi biriktirilgan aholini hisobga olgan holda, biriktirilgan aholi haqida har chorakda sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarini va moliya organlarini xabardor qiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
12. Alohida birlamchi boʻgʻin muassasasini moliyalashtirishning yillik hajmi bazaviy xarajatlarning meʼyori hisob-kitobi va birlamchi boʻgʻin muassasalariga biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, tuzatish koeffitsiyentlaridan (aholi jinsi va yoshi hamda zichligi) foydalangan holda aniqlanadi.
13. Yilllik mablagʻlar hajmi bazaviy xarajatlarning meʼyori belgilangan tartibda ish haqlarini oshishi hamda kommunal xizmatlarning tariflarini oʻzgarishi hisobiga qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
14. Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi hududiy moliya boshqarmasi bilan kelishilgan holda, birlamchi boʻgʻin muassasalari budjetlarini hisoblab chiqadi hamda tuman (shahar) moliya organlariga belgilangan tartibda yetkazadi.
15. Birlamchi boʻgʻin muassasalari ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
muassasa xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
kutilayotgan daromadlar doirasida xodimlar sonini mustaqil belgilaydi, takomillashtirilgan tarif setkasi boʻyicha bazaviy lavozim maoshlaridan, shuningdek, ustama va qoʻshimchalardan kelib chiqqan holda shtat jadvalini tasdiqlaydi.
Tajriba doirasidagi tibbiyot tashkilotlari uchun amaldagi namunaviy shtat normativlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
4-bob. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun birlamchi boʻgʻin muassasalari xarajatlari haqini toʻlash tartibi
16. Birlamchi boʻgʻin muassasalarining tibbiy xizmat haqi har oyda (xarajatlar guruhini ajratmay) tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq, shuningdek, 2-ilovaga muvofiq shartnomada belgilangan kelishilgan tibbiy yordam hajmlari qiymati doirasida toʻlanadi.
17. Tibbiy xizmatlar uzluksiz koʻrsatilishini va joriy xarajatlar qoplanishini taʼminlash maqsadida birlamchi boʻgʻin muassasalariga budjet mablagʻlari har oyda ikki bosqichda, boshqa xarajatlar tarkibida xarajatlar moddalari boʻyicha alohida satrda, tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda quyidagi tartibda ajratiladi:
har oyning 5 sanasigacha boʻlgan muddatda birlamchi boʻgʻin muassasalariga oylik rejali budjetdan ajratiladigan mablagʻlar rejalashtirilgan summasining 85 foizi miqdorida oldindan toʻlov oʻtkaziladi (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash, dori-darmonlar xarid qilish va boshqa xarajatlar uchun);
Oldingi tahrirga qarang.
qolgan 15 foizi chorak yakunlangandan soʻng keyingi oyning 15 sanasigacha birlamchi boʻgʻin muassasalarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini tasdiqlaydigan hujjatlar haqqoniyligi tekshirilgandan soʻng amalga oshiriladi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Birlamchi boʻgʻin muassasalari faoliyatining samaradorligi Markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq belgilanadi. Taqdim etilgan maʼlumotlar haqqoniyligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va sogʻliqni saqlash hududiy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
19. Har bir birlamchi boʻgʻin muassasasini shartnomaga muvofiq uning uchun rejalashtirilgan budjet doirasida amalda moliyalashtirish hajmi biriktirilgan aholiga koʻrsatilgan xizmatlar hajmi va sifatiga bogʻliq, biroq tasdiqlangan xarajatlar smetasi hajmining 85 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
20. Shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar toʻliq hajmda yakunlangach, hisobot davri oxirida (chorak, yil) shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida qolgan budjet mablagʻlari birlamchi boʻgʻin muassasalari tomonidan budjetga qaytarilmaydi. Ushbu mablagʻlar tibbiyot tashkilotini rivojlantirish va xodimlarni ragʻbatlantirish uchun ishlatiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi jon boshiga moliyalashtirish tizimiga tajriba-sinov tarzida oʻtayotgan Sirdaryo viloyatining tibbiyot tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan masalalarni oʻzaro hamkorlikda tartibga solish vakolatiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ushbu Nizom talablariga rioya qilmaganligi uchun mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan jon boshiga moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
20__ yil 1-yanvardagi holatga koʻra tuman (shahar) aholisining
TARKIBI

T/r

Poliklinikalar nomi

Biriktirilgan aholi, jami (soni)

Shu jumladan:

0 — 12 oy

13 oy — 18 yosh

18 yosh va undan katta aholi

Jami

Shu jumladan: 18 — 49 yoshli ayollar





Shahar (tuman) boʻyicha jami


Shahar (tuman) sogʻliqni saqlash organi

rahbari


______________________________

F.I.O. va imzo


Shahar (tuman) statistika boʻlimi

boshligʻi


______________________________

F.I.O. va imzo

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 09/20/19/0047-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)