Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-iyundagi 20/1-son qarori (roʻyxat raqami 3022, 2018-yil 9-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2018-y., 10/18/3021/1333-son) bilan tasdiqlangan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “tijorat banklari” degan soʻzlar “AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB (bundan buyon matnda tijorat banklari deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Kreditlar dastur doirasidagi resurslar hisobidan ajratiladi.”.
4.
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Kreditlar tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda ajratiladi.
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qoʻllaniladi.”.
5.
16-banddan “yillik 8 foiz stavkada imtiyozli” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6.
32-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Import shartnomalari asosida kredit mablagʻlari hisobidan xorijdan keltiriladigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlovlar mazkur shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.”.