1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat to‘g‘risida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-dekabr,
1014-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorida:
a) 3-ilovaning rus tilidagi nomida “Gosudarstvennogo komiteta po sodeystviyu privatizirovannim predpriyatiyami razvitiyu konkurensii” so‘zlari “Antimonopolnogo komiteta, Agentstva po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami, Agentstva po zashite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Naimenovaniye doljnosti” grafasining birinchi — uchinchi xatboshilari tegishli kelishikda “Direktor” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po sodeystviyu privatizirovannim predpriyatiyam i razvitiyu konkurensii” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Goskomkonkurensii” so‘zi “Antimonopolnogo komiteta, Agentstva po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1997-yil 25-apreldagi 211-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1998-yil 27-maydagi 232-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 2-ilovasida:
a) yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Qo‘shma korxonalar tashkil etish, eksport mahsulotlarini sotish bozorlarini, jahon bozori konyunkturasi, mahsulot ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash uchun xorijiy sheriklar izlab topishda ko‘maklashish. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonuniy huquqlarini, manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ularning bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan mansabdor shaxslarining hujjatlari va harakatlaridan himoya qilishni o‘z vakolati doirasida amalga oshiradi.
”;
b) quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonuniy huquqlarini, manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ularning raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan mansabdor shaxslarining hujjatlari va harakatlaridan himoya qilishni o‘z vakolati doirasida amalga oshiradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2000-yil 15-martdagi 96-son qarori 8-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’mol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2001-yil 31-oktabrdagi 433-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 61-modda) 2-bandi birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2003-yil 9-yanvardagi 11-son qarorining 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 118-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 2003-yil 17-martdagi 140-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 25-modda) 2 — 5-ilovalarning 8-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
16. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga” va “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga” va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) 6-banddagi “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2004-yil 31-maydagi 251-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda) 7-bandi birinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3, 13, 17-bandlari uchinchi xatboshisidagi va 23-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi 129-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llanish maqsadida tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27, 66-bandlaridagi va 112-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida”gi 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 3-modda) 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
23. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 67-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-iyundagi 376-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2020-y., 09/20/376/0753-son)
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
29. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni ko‘rib chiqishda ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
30. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2011-yil 16-fevraldagi 34-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 8-modda) 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
32. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
34. Vazirlar Mahkamasining “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 89-modda) 6-bandidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
36. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarining 9-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 253-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
39. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) 1-ilovaning “Ruxsat beruvchi tusdagi hujjatni berishga vakolatli organ” ustuni 126 va 127-pozitsiyalaridagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son)
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son)
43. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-maydagi 118-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishi tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
44. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etishda (qayta nashr etishda) rentabellikning cheklangan darajasini belgilash to‘g‘risida”gi 2014-yil 28-maydagi 134-soni qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 52-modda) 2-bandidagi “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/551/0875-son)
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/563/0889-son)
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/321/0479-son)
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
50. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar markazlarida va shaharlardagi tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2016-yil 4-martdagi 68-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 9-son, 95-modda) 2-ilovaning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Lavozimi bo‘yicha — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari”.
51. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 5-maydagi 143-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
52. Vazirlar Mahkamasining “Har yillik “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda):
a) 4-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandidagi va 1-ilovadagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Lavozimi bo‘yicha — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi, raisning o‘rinbosari”;
o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Lavozimi bo‘yicha — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i”.
53. Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 78-modda) 1-ilovaning II bo‘limida:
a) “Davlat qo‘mitalari” kichik bo‘limining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
b) quyidagi mazmundagi kichik bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
“Qo‘mitalar
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi”;
v) “Agentliklar” kichik bo‘limi quyidagi mazmundagi 6 va 7-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
7. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi”.
54. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2016-yil 30-dekabrdagi 422-son qarorida:
a) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Lavozimi bo‘yicha — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi”.
55. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi Reglamentiga ilovaning “Ma’lumotlarning Tizimga kiritilishini amalga oshiruvchi organlar” ustuni 13-bandidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
56. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 11-martdagi 129-son qaroriga 4-ilovaning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Lavozimi bo‘yicha — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari”.
57. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 243-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandining beshinchi xatboshisidagi, 14-bandining uchinchi xatboshisidagi va 54-bandining oltinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qo‘mitasining” va “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari tegishincha “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining” va “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 83-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/83/0157-son)
61. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 55-bandning birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zidan keyin “markaziy apparati va hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
b) qo‘yidagi mazmundagi 551-band bilan to‘ldirilsin:
“551. Lavozim maoshlariga ustamalar (rag‘batlantirish koyeffitsiyentini hisobga olgan holda) va boshqa rag‘batlantirish to‘lovlari, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini moddiy mukofotlash Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi”.