toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Har yillik “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida
Savdo (bozorlar, gipermarketlar, supermarketlar, minimarketlar, kioskalar va boshqalar) va umumiy ovqatlanish (restoranlar, barlar, kafelar, choyxonalar va boshqalar) sohasida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, shuningdek xizmat koʻrsatish sifati va madaniyatini oshirish va aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Mahalla” fondi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining:
har yili Toshkent shahrida “Savdo va xavfsizlik” tanlovini (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
tanlovni ikki bosqichda: tuman bosqichi (Toshkent shahrining har bir tumanida) va shahar bosqichi tarzida oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar tanlovni oʻtkazishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik subyektlariga aholiga xizmat koʻrsatish sifati va madaniyatini yanada oshirishda, jamoat xavfsizligini taʼminlashda amaliy tarzda koʻmaklashish;
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik subyektlarining aholining isteʼmolchi sifatidagi xavfsizligini taʼminlovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etishdan manfaatdorligini ragʻbatlantirish;
davlat standartlariga, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga, yongʻin xavfsizligi talablariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishini taʼminlash;
savdo va umumiy ovqatlanish obyektlariga tutashib ketgan joylarni obod qilish va obodonlashtirishni ragʻbatlantirish;
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida jamoatchilikning ijobiy fikrini shakllantirish.
3. Quyidagilar:
“Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik subyektlari ishini tashkil etishning xavfsizlik talablariga muvofiqligi mezonlari 2-ilovaga muvofiq;
“Savdo va xavfsizlik” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish boʻyicha maxsus komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
“Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar manbalari va miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish, oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash boʻyicha maxsus komissiya Toshkent shahri hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Mahalla” fondi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2016-yil avgust oyidan boshlab har yili tanlovni yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish uchun amaliy chora-tadbirlarni taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
5. “Savdo va xavfsizlik” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish boʻyicha maxsus komissiya:
“Savdo va xavfsizlik-2016” tanlovini tashkil etish va oʻtkazishning bosqichma-bosqich Tadbirlari rejasini bir hafta muddatda tasdiqlasin;
tanlov qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan materiallarni baholashda, joylarga chiqib oʻrganishda va gʻoliblarni aniqlashda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik subyektlari ishini tashkil etishning xavfsizlik talablariga muvofiqligi mezonlari roʻyxatiga amal qilsin;
tanlovini tashkil etish va oʻtkazishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Savdo va xavfsizlik” tanlovini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-iyul,
237-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qaroriga
1-ILOVA
“Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Savdo va xavfsizlik” tanlovini (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini, savdo (bozorlar, gipermarketlar, supermarketlar, minimarketlar, kioskalar va boshqalar) va umumiy ovqatlanish (restoranlar, barlar, kafelar, choyxonalar va boshqalar) sohasida tadbirkorlik subyektlarini (keyingi oʻrinlarda tadbirkorlik subyektlari deb ataladi) tanlab olish va ragʻbatlantirish mezonlarini belgilaydi.
2. Tanlov ochiq hisoblanadi, unda barcha tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi mumkin.
3. Quyidagilar tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik subyektlariga aholiga xizmat koʻrsatish sifati va madaniyatini yanada oshirishda, jamoat xavfsizligini taʼminlashda amaliy tarzda koʻmaklashish;
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik subyektlarining aholining isteʼmolchi sifatidagi xavfsizligini taʼminlovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etishdan manfaatdorligini ragʻbatlantirish;
davlat standartlariga, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga, yongʻin xavfsizligi talablariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishini taʼminlash;
savdo va umumiy ovqatlanish obyektlariga tutashib ketgan joylarni obod qilish va obodonlashtirishni ragʻbatlantirish;
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida jamoatchilikning ijobiy fikrini shakllantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Savdo va xavfsizlik” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish boʻyicha maxsus komissiya, Toshkent shahri hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Mahalla” fondi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tanlovning tashkilotchilari hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
5. Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi, ularning har biri boʻyicha gʻolib aniqlanadi:
a) “Eng yaxshi yirik savdo obyekti”, ushbu nominatsiyada savdo zallarining jami maydoni 1500 kv. metrdan ortiq boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etadi;
b) “Eng yaxshi oʻrtacha savdo obyekti”, ushbu nominatsiyada savdo zallarining jami maydoni 50 kv. metrdan 1500 kv. metrgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etadi;
v) “Eng yaxshi savdo obyekti”, ushbu nominatsiyada savdo zallarining maydoni 50 kv. metrgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etadi;
g) “Eng yaxshi restoran”, ushbu nominatsiyada umumiy ovqatlanish korxonalari ishtirok etadi, ular quyidagi tiplarga boʻlinadi: restoran, vagon-restoran, bar;
d) “Eng yaxshi kafe”, ushbu nominatsiyada umumiy ovqatlanish korxonalari ishtirok etadi, ular quyidagi tiplarga boʻlinadi: kafe, yozgi kafe, kafeteriy;
e) “Eng yaxshi choyxona”, ushbu nominatsiyada umumiy ovqatlanish korxonalari subyektlari ishtirok etadi, ular quyidagi tiplarga boʻlinadi: oshxona, choyxona, bufet va tamaddixona.
II. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
6. Tanlov har yili avgust oyida ikki bosqichda: tuman bosqichi (Toshkent shahrining har bir tumanida) va shahar bosqichi tarzida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
7. Quyidagilar tanlovni tashkil etish va oʻtkazishning ishchi organlari hisoblanadi:
tuman bosqichida — ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibdagi tuman komissiyasi (keyingi oʻrinlarda tuman komissiyasi deb ataladi);
shahar bosqichida — “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish, oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda Maxsus komissiya deb ataladi).
Tanlovga taqdim etilgan materiallarni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek joylarga chiqib oʻrganish uchun tuman komissiyalari va Maxsus komissiya tomonidan xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
8. Tuman komissiyalari va Maxsus komissiyaning ish tartibi ular tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda belgilanadi.
9. Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazilgan va tanlov nominatsiyalari boʻyicha loyihalar taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlari tanlov ishtirokchilari hisoblanadi.
Tanlovda ishtirok etishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ishtirokchining buyurtmanomasi toʻldirilishi va tuman komissiyasiga yuborilishi lozim.
11. Tanlov ishtirokchilari ular tomonidan taqdim etilayotgan buyurtmanoma qaysi nominatsiyaga tegishliligini mustaqil ravishda tanlaydilar. Bunda tuman komissiyasi ishtirokchining buyurtmanomasini dastlabki koʻrib chiqishda nominatsiyani oʻzgartirishni tavsiya etishi mumkin.
12. Ishtirokchi tanlovga buyurtmanoma yuborar ekan, bu bilan unda keltirilgan maʼlumotlarda tijorat, davlat siri va boshqa sir mavjud emasligini tasdiqlaydi va Ishchi organ tomonidan uning buyurtmanomasi toʻgʻrisida ochiq foydalaniladigan axborot berilishiga roziligini bildiradi.
13. Tanlovni tashkil etish va gʻoliblarni taqdirlash ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Tuman komissiyalari tuman bosqichida ishni quyidagi muddatlarda tashkil etadilar:
1 — 15-avgust — tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish;
materiallar kiritilgan sanadan boshlab 20-avgustgacha taqdim etilgan materiallarni joylarga chiqib oʻrganadilar va joylarda ishlarni tashkil etadilar;
22-avgustgacha boʻlgan muddatda ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan materiallarni puxta tahlil qilish va joylarga chiqib oʻrganish natijalari asosida har bir nominatsiya boʻyicha tuman bosqichi gʻoliblarini aniqlaydilar;
25-avgustgacha boʻlgan muddatda tuman bosqichida tanlov gʻoliblarini mukofotlashni yuqori tashkiliy darajada va tantanali vaziyatda tashkil etadilar, tegishli tavsiya beruvchi hujjatlarni tayyorlaydilar va Maxsus komissiyaga taqdim etadilar.
Maxsus komissiya:
tanlov hujjatlarini toʻldirish, tanlovda ishtirok etishning qoʻshimcha imkoniyatlari va ragʻbatlar toʻgʻrisidagi va boshqa masalalar boʻyicha ishtirokchilarga (ishtirok etishga talabgorlarga) doimiy asosda maslahat beradi;
1-avgust — 10-sentabr davrida, keyinchalik har oyda — tanlovning borishi va uning natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etadi;
25 — 28-avgustda tuman komissiyalari vakillari bilan birgalikda taqdim etilgan materiallarni joylarga chiqib oʻrganadi va har bir nominant boʻyicha joylarda ishlarni tashkil etadi;
28-avgustgacha boʻlgan muddatda nominatsiyalar boʻyicha tanlov gʻoliblarini baholaydi va aniqlaydi;
29-avgustda shahar bosqichida tanlov gʻoliblarini yuqori darajada va tantanali vaziyatda mukofotlashni tashkil etadi.
14. Zaruriyat boʻlganda Maxsus komissiya ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan muddatlarga oʻzgartirishlar kiritishga haqlidir.
15. Tuman komissiyalari va Maxsus komissiyaning qarorlari ular aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
16. Tuman komissiyalari va Maxsus komissiyaning qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar ikki nusxada tuziladi va yigʻilishda ishtirok etgan komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Bayonnomalarda komissiya aʼzolarining alohida fikri (mavjud boʻlganda) koʻrsatilishi mumkin.
III. Baholash va gʻoliblarni aniqlash mezonlari
17. Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan materiallarni baholashda, joylarga chiqib oʻrganishda va gʻoliblarni aniqlashda tuman komissiyalari va Maxsus komissiya Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik subyektlarining ishni xavfsiz tashkil etish talablariga muvofiqligi mezonlari (keyingi oʻrinlarda mezonlar deb ataladi) amal qiladilar.
18. Har bir mezon 1 dan 10 gacha boʻlgan oʻn balli shkala boʻyicha baholanadi. Har bir mezon boʻyicha berilgan baho jamlanadi va jami baho chiqariladi.
19. Mezonlarning har bir pozitsiyasi boʻyicha Maxsus komissiya tegishli soʻrovnomalar tayyorlaydi va tuman komissiyalarini ular bilan talab etiladigan miqdorda taʼminlaydi.
Agar turli ishtirokchilar bir xildagi ballar sonini toʻplasa, gʻolibni aniqlash ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan tartibga koʻra kollegial qaror asosida amalga oshiriladi.
20. Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan nominatsiyalarning har biri boʻyicha tuman komissiyasi tuman bosqichining 1-oʻrinni, 2-oʻrinni va 3-oʻrinni egallagan gʻoliblarini belgilaydi.
21. 1-oʻrinni egallagan tuman bosqichi gʻolibining tavsiya etuvchi hujjatlari shahar bosqichiga Maxsus komissiyaga kiritiladi.
2-oʻrinni va 3-oʻrinni egallagan tuman bosqichi gʻoliblari tuman komissiyalarining faxriy yorliqlari bilan mukofotlanadilar va ularga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq moddiy taqdirlash puli toʻlanadi.
22. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan nominatsiyalarining har biri boʻyicha Maxsus komissiya 1-oʻrinni, 2-oʻrinni va 3-oʻrinni egallagan shahar bosqichi gʻoliblarini aniqlaydi.
Taqdim etilgan buyurtmanoma unga tegishli boʻlgan, yaʼni ishtirokchi tuman bosqichida gʻolib boʻlgan nominatsiyani shahar bosqichida oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Nominatsiyalarning har biri boʻyicha 1-oʻrinni, 2-oʻrinni va 3-oʻrinni egallagan tanlovning shahar bosqichi gʻoliblari faxriy diplomlar bilan mukofotlanadilar va ularga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq moddiy taqdirlash puli toʻlanadi.
IV. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish
24. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
25. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar Toshkent shahri hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan shaxsiy hisob raqamida, 2016-yilda — 15-avgustgacha, keyingi yillarda — 1-iyulgacha jamlanadi.
26. Toshkent shahri hokimligining hisob raqamida jamlangan mablagʻlardan Maxsus komissiyaning qaroriga koʻra tanlovni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladi. Mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Moddiy mukofotlash tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh bank kunidan kechikmay Maxsus komissiyaning qarorlari asosida amalga oshiriladi.
V. Yakunlovchi qoidalar
28. Tanlovda qatnashish uchun taqdim etilgan materiallar qaytarilmaydi.
29. Tanlovda qatnashish uchun taqdim etilgan materiallardan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik va/yoki boshqa faoliyatini tekshirish maqsadida foydalanilishi, shuningdek ularga nisbatan maʼmuriy va yoki boshqa taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin emas.
“Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
“Savdo va xavfsizlik” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish boʻyicha tuman komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

Lavozimiga koʻra

tuman hokimi, rais

Lavozimiga koʻra

tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, rais oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

tuman ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, rais oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

tuman ichki ishlar boshqarmasining yongʻin xavfsizligi boʻlimi boshligʻi

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi

Lavozimiga koʻra

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Toshkent shahar boshqarmasining masʼul xodimi

Lavozimiga koʻra

“Savdo, xizmatlar sohasi va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish departamenti” DUK masʼul xodimi

Lavozimiga koʻra

tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

tuman hokimligi hududni kompleks rivojlantirish boʻlimi boshligʻi

Lavozimiga koʻra

tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi boshligʻi

Lavozimiga koʻra

tuman bosh arxitektori

Lavozimiga koʻra

Davlat xizmatlari markazi direktori

Lavozimiga koʻra

tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, Maxsus komissiya kotibi

Izoh. Tanlovga taqdim etilgan materiallarni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek joylarga chiqib oʻrganishlar oʻtkazish uchun tuman komissiyalari tomonidan xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
“Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Toshkent shahrining ___________ tumani “Savdo va xavfsizlik” tanlovini oʻtkazish
‎va gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish
‎boʻyicha komissiyasiga

‎____________________________dan
‎(savdo va umumiy ovqatlanish sohasida
‎tadbirkorlik subyektining nomi)

‎‎

“Savdo va xavfsizlik” tanlovida ishtirok etishga
buyurtmanoma

__________________________________________________________________________________ni

(savdo va umumiy ovqatlanish sohasida tadbirkorlik subyektining nomi)

“Savdo va xavfsizlik” tanlovida ishtirok etishga qoʻyishingizni soʻrayman.


Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:

1.

2.

3.

va shu kabilar.

20___ yil “___”

‎‎________________
‎(shaxsiy imzo)

‎‎________________
‎(F.I.O.)

“Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
“Savdo va xavfsizlik” tanlovini oʻtkazish
SXEMASI
“Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
“Savdo va xavfsizlik” tanlovi gʻoliblariga toʻlanadigan moddiy mukofotlar
MIQDORLARI*

T/r

Nominatsiyalar

Shahar bosqichi

Tuman bosqichi

Jami

1 oʻrin

2 oʻrin

3 oʻrin

Tumanlar soni

1 oʻrin

2 oʻrin

3 oʻrin

1.

Eng yaxshi yirik savdo obyekti

100

50

30

11

7

5

4

356

2.

Eng yaxshi oʻrtacha savdo obyekti

50

30

20

11

5

4

3

232

3.

Eng yaxshi savdo obyekti

30

20

15

11

5

4

3

197

4.

Eng yaxshi restoran

30

20

15

11

5

4

3

197

5.

Eng yaxshi kafe

20

15

10

11

4

3

2

144

6.

Eng yaxshi choyxona

20

15

10

11

4

3

2

144

Jami

1 270

Oldingi tahrirga qarang.
* Qonun hujjatlarida bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan karra hisobida.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qaroriga
2-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlar ishlarini tashkil etishning xavfsizlik talablariga muvofiqligi
mezonlari
1. Binoning perimetrlarida, unga kirish/chiqish joylarida videokuzatish kameralari bilan jihozlanganlik. Qattiq manbalardagi yozuvlarning saqlanishini taʼminlash.
2. Binolarni turgʻun ramkalarning oʻrnatilganligi va kirish joyida xavfsizlik xodimlarining koʻchma metall detektorlar bilan taʼminlanganligi.
3. Yongʻinga qarshi avtomatikaning (xabar qilish, tutunni yoʻqotish tizimlarining) va signalizatsiyaning (qizish, tutun bosish detektorlarining) soz holatdaligi.
4. Yongʻinga qarshi anjomlar (yongʻinni oʻchirgichlar, yongʻinni oʻchirish suvi bilan taʼminlagichlar va shu kabilar) va/yoki avtomatik (xonalar shipidagi) yongʻin oʻchirgichlar bilan binolar maydoniga muvofiq miqdorda taʼminlanganlik.
5. Evakuatsiya qilish planlari va sxemalarini ishlab chiqish, shuningdek odamlarni shoshilinch evakuatsiya qilish uchun binodan chiqish joylarining zarur holatini taʼminlash.
6. Tibbiyot xonalarining (punktlarining) mavjudligi va ularning mijozlarga dastlabki yordam koʻrsatish uchun dori-darmonlar bilan taʼminlanganligi.
7. Videokuzatish tizimlari bilan jihozlangan avtomobillar toʻxtab turish joylarini tashkil etish. Xavfsizlik xodimlari tomonidan kirib kelayotgan avtomashinalarning salonlarini va yukxonalarini koʻzdan kechirish.
8. Yongʻinlar sodir boʻlganda va keluvchilarni evakuatsiya qilish chogʻida xavfsizlik xodimlarining harakat qilishga, ularning shoshilinch xizmatlar bilan, shuningdek shubhali shaxslar va egasiz buyumlar (sumkalar, qutilar va shu kabilar) uchragan holatlarda huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro harakat qilishga oʻqitilganligi.
9. Shoshilinch xizmatlar yetib kelgungacha evakuatsiya, qutqaruv, yongʻinga qarshi va boshqa shoshilinch tadbirlarni amalga oshirish uchun xodimlardan shtatsiz guruhlar tashkil etish. Xodimlarning favqulodda hodisalar va vaziyatlardagi harakatlarga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlanganligi.
10. Hududlar, binolar va xizmat xonalarining avtomobil transportidan foydalangan holda ruxsatsiz kirib kelishidan himoyalanganligini taʼminlash, toʻsiqlar va yongʻinga qarshi qurilmalarning mavjudligi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qaroriga
3-ILOVA
“Savdo va xavfsizlik” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish boʻyicha maxsus komissiya
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

Usmonov R.J.

Toshkent shahri hokimi, rais

Lavozimi boʻyicha

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi, raisning oʻrinbosari

Shakirov X.A.

Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, rais oʻrinbosari

Xusanov N.B.

Toshkent shahri hokimining oʻrinbosari, rais oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining birinchi oʻrinbosari

Shoaxmedov Sh.Sh.

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

Qurbanov B.N.

Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi

Tillaxoʻjayev D.D.

Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasining Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi

Pardayev M.M.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi

Abdullayev U.T.

Toshkent shahar Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshligʻi

Dadaxonov Sh.A.

Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi

Xolmatov B.Z.

Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi

Rasulov G.Sh.

Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʻi

Magay B.G.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshligʻi

Odinayev K.A.

Toshkent shahar mehnat boshqarmasi boshligʻi v.b.

Safayev A.B.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi

Sabirov N.M.

Toshkent shahar moliya boshqarmasi boshligʻi

Ismailov N.N.

Toshkent shahar hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari

Gulyamov A.A.

“Mahalla” fondi Toshkent shahar kengashi raisi v.b.

Shukurov E.X.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi

lavozimiga koʻra

Toshkent shahri tumanlari hokimlari

lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi

Abdumajidov R.A.

“Savdo, xizmatlar sohasi va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish departamenti” DUK boshligʻi, Maxsus komissiya kotibi

Izoh. Maxsus komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qaroriga
4-ILOVA
“Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratilayotgan mablagʻlar
manbalari va miqdorlari
Oldingi tahrirga qarang.

Ajratilayotgan mablagʻlar manbalari

Ajratilayotgan mablagʻlar miqdorlari (qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan baravar hisobida)

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasidan tushadigan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mablagʻlari hisobiga

1 100

“Mahalla” fondi mablagʻlari hisobiga

100

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi mablagʻlari hisobiga

100

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 360-modda; 2017-y., 9-son, 132-modda, 18-son, 325-modda, 25-son, 543-modda, 33-son, 863-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son; 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)