toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli ““Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment (keyingi o‘rinlarda huquqiy eksperiment deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi;
huquqiy eksperiment 2021-yil 1-martga qadar amalga oshiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
2. Quyidagilar:
Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik ma’muriy reglament 1-ilovaga muvofiq;
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, huquqiy eksperimentni amalga oshirish davrida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
4. Sirdaryo viloyatida aholi o‘rtasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishda ishtirok etadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarining 3-ilovaga muvofiq ro‘yxati shakllantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) bir hafta muddatda Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning “YERNUSUSIYLASNTIRISN” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT deb ataladi) ishlab chiqish ishlarini yakunlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
har oyda hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi kuniga qadar elektron onlayn-auksionga qo‘yiladigan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarining kartografik shakldagi umumlashtirilgan ro‘yxatini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali (keyingi o‘rinlarda “YERELEKTRON” ATT deb ataladi) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etish choralarini ko‘rsin;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Markaz bilan birgalikda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni ta’minlaydigan axborot tizimining davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lanadigan davlat bojlari va yig‘imlar miqdorlarini hisobga olishning yagona billing tizimi xamda “YERHUSUSIYLASNTIRISN” AAT bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;
2020-yil 1-yanvarga qadar “YERELEKTRON” AAT O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimi ma’lumotlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Sirdaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT orqali amalga oshiriladi;
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqini ro‘yxatga olish va xususiylashtirilgan yer uchastkalarining maydoni va chegaralarini belgilash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
8. Belgilansinki, davlat xizmatlari markazlari tomonidan Sirdaryo viloyatidagi borish qiyin bo‘lgan tumanlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar davlat xizmatlarini mobil shaklda joylarga chiqqan xolda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Sirdaryo viloyati tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida davlat xizmatlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun ularni yetarli miqdorda avtotransport vositalari, asbob-uskunalar, inventar, hujjatlar va boshqa mol-mulk bilan ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin.
9. Sirdaryo viloyati hokimligi AT “Xalq banki” bilan birgalikda huquqiy eksperimentni o‘tkazish davrida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan yig‘imlarni mazkur binolarda qabul qilish imkoniyatini yaratish choralarini ko‘rsin.
10. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari O.B. Rustamovga — huquqiy eksperimentni davom ettirish jarayonida mas’ul tashkilotlarning faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek huquqiy eksperimentning tizimli monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori X.S. To‘raxo‘jayevga — elektron onlayn-auksionga qo‘yilishi mo‘ljallangan bo‘sh turgan yer uchastkalari bo‘yicha hujjatlar sifatli tayyorlanishi va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi;
Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayevga — huquqiy eksperimentni amalga oshirish doirasida hududiy tashkilotlar faoliyati samarali tashkil etilishi va safarbar qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi o‘tkazilgan huquqiy eksperiment natijalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborotni qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqidagi takliflar bilan birgalikda 2020-yil 5-fevralga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-dekabr,
963-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qaroriga
1-ILOVA
Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi to‘g‘risida
vaqtinchalik ma’muriy reglament
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Sirdaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini (keyingi o‘rinlarda yer uchastkasi deb ataladi) xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali ko‘rsatiladi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining ushbu Reglament talablariga muvofiq belgilanadigan qiymati;
ariza beruvchi — o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki ushbu shaxs tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalariga, shuningdek ularga tutash bo‘lgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur o‘lchamlardagi yer uchastkalariga nisbatan ariza bergan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs yoki o‘ziga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalariga nisbatan ariza bergan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs;
yer uchastkasi — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi;
“YERNUSUSIYLASNTIRISN” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT deb ataladi) — ushbu tizimga ulangan vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, ko‘rib chiqish va kelishish ishlarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
yer uchastkasini xususiylashtirish — ommaviy mulk bo‘lgan yer uchastkasini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar mulkiga o‘tkazish. Bunda yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim;
4. Jismoniy va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT orqali amalga oshiriladi.
6. Ushbu Reglament qoidalari ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari va ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalariga nisbatan, tatbiq etilmaydi.
2-bob. Yer uchastkasini xususiylashtirishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
7. Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza beruvchilar yer uchastkasi joylashgan tegishli hududidagi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelgan xolda murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar.
8. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa ariza beruvchining o‘zi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakllarda ariza to‘ldiradi.
Agar xususiylashtiriladigan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyekti ulushli yoki birgalikdagi mulk bo‘lsa, ariza barcha ishtirokchilarning (mulkdorlarning) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilangan tartibda ushbu Reglament talablari asosida beriladi.
9. Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT tomonidan avtomatik tarzda Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrida:
ariza beruvchi tomonidan xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga nisbatan doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi;
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud jarayonlarining mavjudligi tekshiriladi.
10. Agar rad etish uchun ushbu Reglamentning 9-bandida qayd etilgan asoslar bo‘lmaganda ariza avtomatik ravishda kelgusida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
11. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigim undiriladi. YIDXP orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishga murojaat qilinganda yig‘im to‘lov amalga oshiriladigan kunda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida undiriladi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yigim va xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati to‘langanligi tasdig‘i “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT orqali davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan davlat bojlari va yig‘imlarini hisobga olishning Yagona billing tizimidan (keyingi o‘rinlarda Yagona billing tizimi deb ataladi) olingan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi joylashgan hududdagi tumanlar (shaharlar)ning tegishli mahalliy budjet hisobvarag‘lariga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan pul mablag‘lari xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi joylashgan hududdagi tumanlar (shaharlar)ning tegishli mahalliy budjeti hisobvarag‘lariga o‘tkaziladi.
13. Ushbu Reglamentning 9-bandida ko‘rsatilgan asoslar mavjudligi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im to‘lanmaganligi davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning arizasi ko‘rib chiqilmaydi. Bunda davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
15. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari ariza to‘ldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni tuman (shahar) qurilish bo‘limiga yuboradi;
YIDXP orqali murojaat qilinganda ariza avtomatik ravishda tuman (shahar) qurilish bo‘limiga yuboriladi.
16. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi ikki ish kuni mobaynida arizani bevosita to‘sqinlik qiladigan aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari mavjudligi yuzasidan ko‘rib chiqadi va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AATga taqdim etadi.
Tuman (shahar) qurilish bo‘limi ma’lumotlari vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
17. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi ma’lumotlari asosida “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT yer uchastkasini xususiylashtirish yoki xususiylashtirishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani tayyorlaydi, keyinchalik uni Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Ijobiy xulosada ushbu Reglamentning 18-bandiga muvofiq yer uchastkasi sotib olish qiymati ko‘rsatiladi.
Salbiy xulosa tuman (shahar) qurilish bo‘limining ma’lumotlari asosida qabul qilinadi va yer uchastkasini xususiylashtirishning imkoni mavjud emasligi to‘g‘risidagi asosli sabablar qonun hujjatlarining aniq normalariga havola qilingan holda ko‘rsatiladi.
18. Ijobiy xulosa qabul qilinganida Yagona billing tizimi “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT ma’lumotlari asosida:
yer uchastkasini sotib olish qiymati;
ushbu tizimni texnik qo‘llab-quvvatlashga va xususiylashtirilgan yer uchastkasi uchun sotib olish summasini o‘tkazish bo‘yicha ishlar qiymati;
yer uchastkasiga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali (keyingi o‘rinlarda filial deb ataladi) ishlari qiymati uchun haq to‘lashga hisobvarag‘larini shakllantiradi hamda to‘langan mablag‘lar hisobini yuritadi.
19. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati vaqt davriyligiga qarab o‘zgaradi va yer uchastkasining maydoni va tashki omillarning ta’sirini inobatga olib, murojaat turiga qarab aniq bir sanada milliy valyutada quyidagi formula orqali aniqlanadi:
a) yuridik shaxslar uchun:
S = Kyur × S × K;
b) jismoniy shaxslar uchun:
S = Kjis × S × K;
bunda:
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati (so‘mda);
Kyur, Kjis — yuridik va jismoniy shaxslar uchun sotib olish qiymatini aniqlashda o‘sha kunda belgilangan yer solig‘i stavkasining 50 baravari (1 kvadrat metr uchun so‘mda);
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining maydoni (kvadrat metrda);
K — ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq xususiylashtirilayotgan yer uchastkalarni sotib olish qiymatini shakllantirish koeffitsiyenti.
20. “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AATni texnik ko‘llab-quvvatlash ishlarining haqi xususiylashtirilayotgan yer uchastkalarini sotib olish qiymatining 3 foizini tashkil etadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymatini Yagona billing tizimi orqali qabul qilish xizmatlari qiymati xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymatining 1 foizini tashkil etadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha filialning xizmatlari qiymati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi hamda Sirdaryo viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
21. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymatini Yagona billing tizimi tomonidan ushbu Reglamentning 19 va 20-bandlarida ko‘rsatilgan ish va xizmatlar uchun to‘lovlarga hisobvaraqalar shakllantirilganidan so‘ng ariza beruvchiga to‘lovlar uchun hisobvaraqalar elektron xabarnomasi Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboriladi.
22. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkalarining sotib olish qiymati O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasining g‘azna hisobvarag‘iga to‘liq o‘tkaziladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
23. Ariza beruvchi ijobiy xulosa va to‘lov hisobvaraqalarini olgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida tijorat banklarining kassalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali ushbu Reglamentning 19 va 20-bandlarida xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati hamda ko‘rsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlarining bir martalik to‘liq to‘lovini amalga oshirishi zarur.
Agar ariza beruvchi ushbu bandda nazarda tutilgan to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirmasa, “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT avtomatik ravishda xususiylashtirishni rad etish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.
24. Ariza beruvchi yer uchastkasini xususiylashtirish rad etilgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamasdan bir marta qayta murojaat etish huquqiga ega.
25. Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati hamda ko‘rsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlarining to‘liq to‘lovini amalga oshirganidan so‘ng “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT avtomatik ravishda ushbu Reglamentga 5-ilovadagi shaklga muvofiq yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi o‘rinlarda Davlat orderi deb ataladi) belgilangan tartibda rasmiylashtiradi va Sirdaryo viloyatining tegishli tuman (shahar) hokimiga imzolash uchun yuboradi.
Tuman (shahar) xokimi “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT orqali olingan Davlat orderini o‘sha kunning o‘zida elektron raqamli imzo qo‘yadi.
26. Filial Davlat orderi Sirdaryo viloyatining tegishli tuman (shahar) xokimi tomonidan imzolangan so‘ng ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasiga mulk huquqini davlat ro‘yxatiga oladi va Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani Davlat orderi bilan birga YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Davlat orderi taqdim etilganligi uchun davlat boji undirilmaydi.
27. Davlat xizmatlari markazi Davlat orderi va Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma olinganidan so‘ng bir soat mobaynida ularni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha QR-kod (matrik shtrix-kod) qo‘yilgan elektron hujjatlar asliga tenglashtiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmasi va Davlat xizmatlari markazlari, shu jumladan, YIDXP orqali, ushbu Reglamentning talablari ijrosi yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini doimiy ravishda nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
29. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
30. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
31. Ushbu Reglament faqat Sirdaryo viloyati hududida 2021-yil 1-martga qadar amal qiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik ma’muriy reglamentga
1-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali yer uchastkasini xususiylashtirishga ariza taqdim etadi.

Uz xohishiga ko‘ra

“YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT

Ariza bilan taqdim etilgan ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshiradi.

Avtomatik ravishda

Ariza beruvchi

Rad etish uchun asos bo‘lmaganda arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘lanadi.

O‘sha kunning o‘zida

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Ariza tuman (shahar) qurilish bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AATga yuboriladi.

1 soatda (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

3-bosqich

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi

1. Yer uchastkalarini xususiylashtirish aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.

2. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AATga kiritadi.

2 ish kunida

4-bosqich

“YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT

Ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yo‘naltiriladigan xulosani shakllantiradi.

Salbiy xulosa berilganida u ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboriladi.

Avtomatik ravishda

Yagona billing tizimi

Ijobiy xulosa qabul qilinganida “YERNUSUSIYLASNTIRISN” AATni ma’lumotlari asosida yer uchastkasining sotib olish qiymati hamda ko‘rsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlarining to‘lovini amalga oshirish uchun hisobvaraqlarini ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazlari yoki YIXDP orqali yuboradi.

Avtomatik ravishda

5-bosqich

Ariza beruvchi

Yer uchastkasining sotib olish qiymati xamda ko‘rsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlarining to‘lovini amalga oshiradi.

10 ish kunida

6-bosqich

“YERNUSUSIYLASNTIRISN” AAT

Yer uchastkasining sotib olish qiymati hamda ko‘rsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlari o‘z vaqtida va to‘liq to‘langan taqdirda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.

Avtomatik ravishda

Yer uchastkasining sotib olish qiymati hamda ko‘rsatilgan ishlar va xizmatlar xarajatlari o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanmagan taqdirda xususiylashtirishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani tayyorlaydi va uni ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimi

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderiga elektron raqamli imzo qo‘yadi.

O‘sha kunning o‘zida

8-bosqich

Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderi tegishli tuman (shahar) hokimi tomonidan imzolangandan so‘ng yer uchastkasiga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani Davlat orderi bilan birga YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

2 ish kunida

9-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderi va Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma to‘g‘risida ariza beruvchini xabardor qiladi.

1 soatda (avtomatik ravishda YIDXP orqali)

Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik ma’muriy reglamentga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki ushbu shaxs tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek ularga tutash bo‘lgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur o‘lchamlardagi yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha
ARIZA

(sana)

(raqam)

I. Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

1. Yuridik shaxsning nomi

2. Tashkiliy-huquqiy shakli

3. Joylashgan eri (pochta manzili)

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)

6. STIR

II. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumot:

1. Yer uchastkasining manzili

2. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar (nomi, sanasi, raqami)

3. Yer uchastkasining maydoni (m2)

4. Yer uchastkasining kadastr raqami

5. Yer uchastkasi bo‘yicha cheklovlar (mavjud bo‘lsa)

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Yuridik shaxsning tegishli boshqaruvi organining yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori (agar bu ariza beruvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa);

2. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan hollarda).

Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik ma’muriy reglamentga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxsga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkasini xususiylashtirish bo‘yicha
ARIZA

(sana)

(raqam)

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:

1. Ariza beruvchining F.I.O.

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

3. Yashash manzili

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)

6. STIR

II. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumot:

1. Yer uchastkasining manzili

2. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar (nomi, sanasi, raqami)

3. Yer uchastkasining maydoni (m2)

4. Yer uchastkasining kadastr raqami

5. Yer uchastkasi bo‘yicha cheklovlar (mavjud bo‘lsa)

III. Ilova qilinadigan hujjat:

Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan taqdirda)

Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik ma’muriy reglamentga
4-ILOVA
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkalarini sotib olish qiymatini shakllantirish
koeffitsiyent

Yer uchastkasining maydoniga qarab (K):

Yer uchastkasining maydoni, sotix

Narxlarni shakllantirish koeffitsiyentlari

4 sotixgacha (4 sotix ham)

1,0

4 sotixdan 5 sotixgacha (5 sotix ham)

1,03

5 sotixdan 6 sotixgacha (6 sotix ham)

1,06

6 sotixdan 7 sotixgacha (7 sotix ham)

1,09

7 sotixdan 8 sotixgacha (8 sotix ham)

1,12

8 sotixdan yuqori

1,15

Sirdaryo viloyatida doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik ma’muriy reglamentga
5-ILOVA

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri



‎ER UChASTKASIGA MULK
‎HUQUQINI BERUVChI DAVLAT ORDERI


‎(O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i fonida
‎oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)




‎__________________________________________________________________________________da yashovchi

‎yashash manzili (joylashgan eri, pochta manzili)

‎‎__________________________________________________________________________________________ga
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O., yuridik shaxsning nomi)

‎‎________________________________________shahri, _______________________________________tumani,
‎____________________________________________________ ko‘chasi, _____________________________-uy,

‎manzili bo‘yicha joylashgan:

___________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎(yer uchastkasining boshqa xususiyatlari)

____________________________________________________________________________________qiymati
‎(qiymat raqamlarda va so‘zlarda ifodalanadi)

‎‎maydoni ________ m kv. bo‘lgan yer uchastkasi mulk huquqi bilan beriladi.
‎‎Order berilgan sana_________________________________________________________

‎Sirdaryo viloyati _________________ tumani (shahri) hokimi‎
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qaroriga
2-ILOVA
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida
VAQTINChALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Sirdaryo viloyatida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda jismoniy shaxslar deb ataladi) — yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda yuridik shaxslar deb ataladi) — tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda kuyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
auksion ishtirokchisi — auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanoma bergan va unda ishtirok etishga ruxsat etilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
vakolatli tashkilotlar — Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi;
yer uchastkasining boshlang‘ich narxi — yer uchastkasining bozor qiymatiga teng qilib belgilanadigan narxi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkasi (keyingi o‘rinlarda yer uchastkasi deb ataladi) — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar o‘rnatilmagan va ommaviy mulk bo‘lgan yer uchastkasi;
muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar — “Suvoqova” DUK, “Suvsoz” DUK tuman (shahar) filiali, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuman (shahar) energiya bilan ta’minlash korxonasi, “Hududgazta’minot” AJning tuman (shahar) gaz bilan ta’minlash korxonasi;
shaxsiy kabinet — www.e-auksion.uz veb-saytining faqat unda ro‘yxatga olingan ishtirokchi kira oladigan alohida bo‘limi bo‘lib, u orqali ishtirokchi shaxsiy hisobvarag‘ining holati va statistik axborot haqidagi ma’lumotlardan, buyurtmaga oid tafsilotlar va boshqa shaxsiy axborotdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi;
elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda auksion deb ataladi) — auksion shaklida elektron savdolar o‘tkazish usuli, unda lotlar butunjahon Internet tarmog‘ida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali potensial xaridorlarning undan teng foydalanishi huquqi asosida amalga oshiriladi.
elektron savdo maydonchasi operatori (keyingi o‘rinlarda operator deb ataladi) — “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishni amalga oshirish vakolati berilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
3. Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Auksionlar ochiq shaklda o‘tkaziladi. Yopiq auksionlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Auksion orqali xususiylashtirish taklif etilayotgan yer uchastkalari ro‘yxati va yer uchastkalarini tanlash materiallari Sirdaryo viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali (keyingi o‘rinlarda filial deb ataladi) tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning takliflari inobatga olingan holda tayyorlanadi.
6. Yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosa berish vakolatli tashkilotlar tomonidan filialning taqdimnomasiga asosan “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom bilan belgilangan muddatlarda yer uchastkalarini tanlash materiallari kelishilmagan yoki ular bo‘yicha xulosa taqdim etilmagan taqdirda, yer uchastkalarini tanlash materiallari kelishilgan va ular bo‘yicha xulosalar ijobiy deb hisoblanadi.
Bunda yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallar o‘z vaqtida kelishilishi va xulosalar berilishi, shuningdek, o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi uchun vakolatli tashkilotlar rahbarlari shaxsan javob beradilar.
Yer uchastkalarini sotishga qo‘yish ushbu Nizomga muvofiq yer uchastkasini tanlash materiallari vakolatli tashkilotlar bilan kelishilishiga qarab har bir yer uchastkasi bo‘yicha auksionga alohida qo‘yiladi.
2-bob. Auksionga qo‘yish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash tartibi
1-§. “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotlar bilan yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish va kelishish tartibi
7. Filiallar yerlarni xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini inobatga olgan holda yer uchastkalari ro‘yxatini tuzadi va har oyning birinchi kuniga kadar “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) qurilish bo‘limiga xulosa olish uchun yuboradi.
8. Yer uchastkalari ro‘yxatiga quyidagilar ilova qilinadi:
yer uchastkasining maydoni (gektarda), yer fondi toifasi va boshqa zarur ma’lumotlar;
yer uchastkasining topografik kartada amaldagi joylashishi rejasi (koordinatli nuqtalari bilan), WGS84 koordinat tizimida M 1:500 dan M 1:1000 cha bo‘lgan kattalikda yer uchastkalarining chegaralari va manzillari (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa) ko‘rsatiladi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan hajmi 5 megabaytdan ko‘p bo‘lmagan fotosurati.
Har bir yer uchastkasiga yagona raqam beriladi.
9. Ushbu Nizomning 8-bandida qayd etilgan barcha materiallar mavjud bo‘lmasa yoki ular tegishli sifatda (boshqa kattalikda, noaniq tasvirda) taqdim etilmagan bo‘lsa, tuman (shahar) qurilish bo‘limi filialga kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan tegishli yer uchastkasiga oid materiallarni bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qayta tayyorlash uchun elektron shaklda qaytaradi.
10. Filial bir ish kuni mobaynida tuman (shahar) qurilish bo‘limi tomonidan ko‘rsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etib, hujjatlarni tuman (shahar) qurilish bo‘limiga takroran yuboradi.
11. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi ro‘yxatni qabul qilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarining talablari asosida har bir yer uchastkasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi.
Xulosa ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasini xususiylashtirish imkoniyatining mavjudligi va ko‘rsatiladi va yer uchastkasi mulkdoriga shaharsozlik normalari qoidalarga rioya etish bo‘yicha talablar, ushbu yer uchastkasida qurilishi taqiqlanmagan yoki taqiqlangan obyektlar turlari haqidagi ma’lumotlar bayon qilinadi.
Salbiy xulosada qonun hujjatlari aniq normalariga havola qilgan holda yer uchastkasini auksionga qo‘yish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
Salbiy xulosa berilganda filial, agar yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni qayta ishlash imkoniyati bo‘lsa, bir ish kunida ushbu materiallarni qayta ishlaydi va xulosani olish uchun tuman (shahar) qurilish bo‘limiga qayta yuboradi.
12. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi ijobiy xulosa taqdim etgan taqdirda:
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha materiallar ro‘yxati ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan vakolatli organlarga kelishish va xulosa taqdim etish uchun avtomatik tarzda yuboriladi;
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha materiallar ro‘yxati muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish uchun avtomatik tarzda yuboriladi.
13. Muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar ro‘yxatni va unga ilova qilingan materiallarni qabul qilganidan so‘ng ikki ish kunida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni tuman (shahar) qurilish bo‘limiga elektron shaklda taqdim etadi.
14. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olganidan keyin bir ish kunida arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini (keyingi o‘rinlarda ART deb ataladi) ishlab chiqadi va uni ro‘yxatdagi har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida elektron fayl sifatida biriktiradi.
15. ART ishlab chiqilgandan va biriktirilgandan so‘ng yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallar avtomatik ravishda kuyidagi vakolatli organlarga:
a) xulosa olish uchun — Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga;
b) kelishish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasiga avtomatik tarzda yuboriladi.
16. Sirdaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi yer uchastkasi bo‘yicha materiallar tushgan kundan e’tiboran bir ish kunida tegishli xulosalarni beradi.
Xulosa ijobiy yoki salbiy shaklda tayyorlanadi. Salbiy xulosada qonunchilikning aniq normalariga havola qilgan holda yer uchastkasini xususiylashtirish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
Salbiy xulosa berilganda filial yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni qayta ishlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, bir ish kunida yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni qayta tayyorlaydi va ularni qayta kelishishni ta’minlaydi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi qabul qilingan qaror bo‘yicha “YERELEKTRON” AATda tegishli belgi qo‘ygan holda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, uchastkalarni tanlash materiallari bilan birgalikda ro‘yxatni kelishadi.
Kelishuv hech qanday eslatma va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishish rad etilganda qonunchilikning aniq normalariga havola qilingan holda yer uchastkasini xususiylashtirish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi.
2-§. Yer uchastkalarini auksionga qo‘yish tartibi
18. Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ijobiy xulosasi olingandan va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi bilan kelishilgandan so‘ng besh ish kuni mobaynida:
a) filial “YERELEKTRON” AATda auksionga qo‘yilayotgan yer uchastkasining boshlang‘ich narxini belgilaydi;
b) yer uchastkasi shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyati uchun qo‘yilganda tuman (shahar) hokimligi Sirdaryo viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan kelishgan holda yer uchastkasi mulkdoriga yuklangan investitsiya majburiyatlarini belgilaydi.
19. Auksionda sotish uchun qo‘yilgan yer uchastkasining boshlang‘ich narxi filial tomonidan ushbu Nizomning 72-bandiga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatiga teng qiymatda belgilanadi.
20. Yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallar xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining boshlang‘ich narxi va uning investitsiya majburiyatlari aniqlanganidan so‘ng avtomatik ravishda kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) yuboriladi va bir ish kuni mobaynida:
Jamg‘arma yer uchastkalarini tanlash materiallarining ro‘yxatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi;
Vazirlik yangi shaharlar, ishlab chiqarish zonalari va uy-joy massivlari qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha kelishadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
21. Yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallar Jamg‘arma va Agentlik bilan kelishilganidan so‘ng yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha qarorlar qabul qilinmagan holda “YERELEKTRON” AAT orqali avtomatik tarzda auksionga qo‘yiladi.
22. Auksionga qo‘yiladigan yer uchastkasi to‘g‘risidagi minimal majburiy ma’lumotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur:
yer uchastkasi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, shu jumladan, uning yagona raqami, maydoni (gektarda), qurilishi taqiqlangan yoki taqiqlanmagan obyektlar turi, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasiga ulanganligi, yer uchastkasi kiradigan yer fondi toifasi va boshqalar;
yer uchastkasini joylashtirish rejasi, yer uchastkasining chegaralari va manzili (aholi punkti va ko‘cha, ko‘cha mavjud bo‘lmagan taqdirda mavjud obyektdan uzoqlikdagi masofa metrda) ko‘rsatiladi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan fotosurati;
ART va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar (yer uchastkasi shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyati uchun qo‘yilgan taqdirda);
yer uchastkasining boshlang‘ich narxi.
23. Filial yer uchastkasi auksionga qo‘yilishi bilan bir vaqtda:
yer uchastkalari auksionga qo‘yilishi haqidagi ma’lumotlarni ushbu Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda “YERELEKTRON” AAT orqali Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga yuboradi.
Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi jismoniy va yuridik shaxslarning auksionda ishtirok etishiga doir choralarni ko‘radi, shu jumladan, filialdan olingan hujjatlar va axborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanoma joylashtiriladigan butunjahon Internet portal manziliga havola qilgan holda o‘z rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.
3-bob. Auksion tashkil etish va o‘tkazish tartibi
1-§. Auksionni tashkil etish va o‘tkazishning umumiy shartlari
24. Yer uchastkalarining auksiondagi savdosi faqat elektron shaklda “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida o‘tkaziladi.
Auksion butunjahon Internet tarmog‘i orqali ularda ishtirok etish imkonini beradigan va buyurtmanomalarni qabul qilish hamda g‘oliblarni aniqlash jarayonlariga aralashish imkoniyatini istisno qiluvchi maxsus dasturiy mahsulotdan foydalangan holda o‘tkaziladi.
25. Auksionlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar va lot haqidagi axborot ular boshlanishidan oldin 15 kalendar kundan kechikmay operatorning veb-portalida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining veb-saytida joylashtiriladi.
Auksionlarda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron buyurtmanomani taqdim etish va zakalat kiritish orqali ishtirok etiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
26. Auksion narxlarni oshirish prinsipi asosida o‘tkaziladi.
27. Yer uchastkalari uning boshlang‘ich narxi asosida auksionga qo‘yiladi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda elektron auksion o‘tkazilmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, yer uchastkasining boshlang‘ich narxini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2-§. Auksionni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani joylashtirish
28. Operator belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qabul qilganidan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan o‘z veb-portalida auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani joylashtiradi.
29. Tegishli lot bo‘yicha auksion boshlangach veb-portalida avtomatik tarzda auksion boshlanganligi to‘g‘risidagi xabarnoma qo‘yiladi.
30. Xabarnoma quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi zarur:
a) auksion o‘tkaziladigan sana, jumladan, uning boshlanish va tugash vaqti;
b) lot raqami va nomi;
v) auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish sanasi va tugash vaqti;
g) auksion obyekti to‘g‘risidagi ma’lumot, ya’ni:
yer uchastkasining yagona raqami;
yer uchastkasini joylashtirish rejasiga muvofiq chegara va manzil ko‘rsatilgan holda yer uchastkasining maydoni (gektarda) va joylashgan joyi;
muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasiga ulanish imkoniyatining mavjudligi;
ART va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlar;
yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
agar yer uchastkasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun joylashtirilgan bo‘lsa, investitsiya majburiyatlari, shu jumladan, sotib olingan yer uchastkasida bino va inshootlarni qurish muddatlari;
d) yer uchastkasining boshlang‘ich narxi;
e) boshlang‘ich narxdan foiz ko‘rinishida va qat’iy summada ifodalangan bosqich bahosi;
j) zakalat pulining boshlang‘ich narxidan foiz ko‘rinishida va qat’iy summada ifodalangan miqdori, zakalat puli o‘tkazilishi lozim bo‘lgan operatorning bank hisobvarag‘i rekvizitlari.
31. Operatorning veb-portalida barcha xohlovchilarga xabarnoma va lot bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishi, shuningdek, ushbu Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan erkin tanishish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Shuningdek, operatorning veb-portalida elektron auksionni o‘tkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.
Operator aholini ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda elektron auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida tanishtirib boradi.
3-§. Auksionda ishtirok etish shartlari
32. Auksionda qatnashish uchun buyurtmachi operatorning veb-portalida ro‘yxatdan o‘tadi va avtomatik tarzda ishtirokchining shaxsiy kabineti va shaxsiy hisobvarag‘i ochilib, unda kiritilgan zakalat summalari, lotning to‘liq qiymati to‘langanligi, shuningdek, qaytariladigan mablag‘larning hisobi yuritiladi.
33. Elektron auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va auksion o‘tkaziladigan kundan bir kun oldin (soat 24.00 da) yakunlanadi.
Qabul qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin tushgan buyurtmanomalar qabul qilinmaydi.
34. Buyurtmanomalar elektron shaklda beriladi va ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
35. Elektron auksionda ishtirok etish uchun zakalat miqdori yer uchastkasi boshlang‘ich narxining 5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
36. Buyurtmachi auksionda ishtirok etish buyurtmanomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha xabarnomani buyurtmanoma qabul qilish muddatidan kechiktirmay operatorning veb-portali orqali operatorga yuborishga haqli. Bu holda zakalat avtomatik tarzda auksionda qatnashuvchining shaxsiy hisobvarag‘iga qaytariladi.
37. Ishtirok etish uchun buyurtmanoma qabul qilinganidan keyin u avtomatik tarzda operator tomonidan quyidagi talablarga rioya etilganligi yuzasidan tekshiriladi:
buyurtmanoma belgilangan talablarga muvofiq to‘ldirilganligi va uning haqiqiyligi (shu jumladan, amal qilishi to‘xtatilishi, bekor qilinishi) elektron raqamli imzoning buyurtmanoma bergan shaxsga tegishliligi;
zakalat puli operator hisobvarag‘iga tushganligi;
buyurtmanoma xabarnomada ko‘rsatilgan uni berish muddati tugaguniga qadar berilishi.
Tekshirish natijalari va qabul qilingan qaror haqida buyurtmachiga zudlik bilan xabar qilinadi.
38. Buyurtmanoma talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, operator zudlik bilan buyurtmachiga auksionda ishtirok etishiga ruxsat beradi, shuningdek, elektron pochta orqali buyurtmachini auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi.
Auksion ishtirokchilariga auksionda ishtirok etishda foydalanish uchun shaxsiy auksion tartib raqamlari beriladi.
39. Buyurtmanoma talablarga muvofiq bo‘lmaganda, operator zudlik bilan buyurtmachining auksionda ishtirok etish uchun berilgan buyurtmanomasini rad etadi va bu haqda unga elektron shaklda rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabarnoma yuboradi.
Buyurtmachi kamchiliklarni bartaraf etganidan so‘ng xabarnomada ko‘rsatilgan buyurtmanoma qabul qilish muddati tamom bo‘lishigacha auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomani takroran berishga haqli.
40. Operator buyurtmanomalar va ularga ilova qilingan hujjatlarning saqlanishini, shuningdek, ular sir tutilishini ta’minlaydi.
Buyurtmanomalarni qabul qilish davrida, shuningdek, auksion o‘tkazilayotganda operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlar (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, yuridik shaxsning nomi va pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, ishtirokchini aniqlash imkonini beradigan boshqa ma’lumotlar) aks ettirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
41. Operator auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun yer uchastkasi sotilgan taqdirda yer uchastkasi auksionga qo‘yilgan kunda belgilangan ikki bazaviy hisoblash miqdorida mukofot oladi.
4-§. Auksionni o‘tkazish tartibi
42. Auksion operatorning veb-portalidagi xabarnomada ko‘rsatilgan kunda va vaqtda boshlanadi.
43. Auksion ikki va undan ortiq ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.
44. Auksion ish kuni mobaynida soat 9.00 dan soat 18.00 gacha o‘tkaziladi.
45. Auksion bosqichi auksion obyektining boshlang‘ich narxining besh foizini tashkil etadi.
46. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlang‘ich narxdan bitta bosqichga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi.
47. Agar taklif berilganidan keyin 10 minutda auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan bosqichga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 minutga uzaytiriladi.
48. Agar tasdiqlangan oxirgi taklifdan so‘ng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi bo‘yicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion uning natijalari haqidagi bayonnoma avtomatik tarzda shakllantirilgan xolda yakunlanadi. Lot narxi bo‘yicha taklifni oxirgi bo‘lib tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
49. Auksion ishtirokchilariga navbatdagi stavkani dastlab belgilangan bosqichning 5, 10 yoki 20 baravari miqdorda mustaqil belgilash imkoniyati beriladi.
50. Agar lot narxini oshirish bo‘yicha taklifni oxirgi bo‘lib tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni auksionni o‘tkazish vaqti yakunlanishiga o‘n minutdan kam qolganda amalga oshirgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi o‘n minutga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif elektron onlayn-auksionni o‘tkazish vaqtini o‘n minutdan uzaytirib boradi. Biroq, bunda elektron onlayn auksionni o‘tkazish vaqti 3 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion soat 21.00 qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi bo‘yicha oxirgi taklifni soat 21.00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
51. Auksionni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan yagona elektron savdo maydonchasida texnik uzilish sodir bo‘lgan hollarda auksion o‘tkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga xabar berilgan holda auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
52. Auksion yakunlangandan so‘ng operatorning veb-portalida avtomatik tarzda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
lotning boshlang‘ich narxi;
oxirgi va oxirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi bosqichlarni hisobga olgan holda auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar bo‘yicha shakllangan narxlar);
auksion g‘olibining hamda oxirgidan oldin taklifni tasdiqlagan ishtirokchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi.
53. Auksion quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb hisoblanadi:
auksionda ishtirok etish uchun uning birorta ham ishtirokchisi qo‘yilmagan bo‘lsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun bironta buyurtmanoma tushmagan bo‘lsa;
auksion ishtirokchilaridan hech biri yer uchastkasini auksion jarayonida taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmasa;
auksion g‘olibi yer uchastkasini sotib olish taklif etilgan oxiridan oldingi taklifni bildirgan ishtirokchi uning to‘liq qiymatini belgilangan muddatda to‘liq to‘lamasa.
54. Auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanganda operatorning veb-portalida bu haqda uning sabablari, shuningdek, lotning boshlang‘ich narxi ko‘rsatilgan ma’lumot aks ettiriladi.
55. Auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanganda yer uchastkasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroran auksionga qo‘yiladi.
5-§. Hisob-kitob qilish va auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi
56. Auksion g‘olibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay auksion obyektining qiymatini to‘liq to‘lashi kerak.
Bunda ushbu lot bo‘yicha to‘langan zakalat puli yer uchastkasi qiymatidan ayirib tashlanadi.
57. Auksion natijalariga ko‘ra auksion g‘olibi besh ish kunida auksion obyekti qiymatini to‘liq to‘lamasa, u holda operator keyingi kalendar kundan kechiktirmay oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga elektron shaklda u auksion davomida taklif etgan lotning narxida auksion obyektining qiymatini besh ish kunida to‘lashni taklif qiladi.
Oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisi besh ish kuni mobaynida auksion lotining qiymatini to‘liq to‘lagan taqdirda, u auksion g‘olibi deb topiladi va unga ushbu Nizomning 59-bandida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Auksion ishtirokchisi besh ish kunida auksion lotini sotib olish istagi yo‘qligi to‘g‘risida operatorni xabardor qilsa yoki ushbu muddatda uning qiymatini to‘liq to‘lamasa, u auksion lotini sotib olishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.
58. Auksion shartlarini buzgan, shu jumladan, auksion lotining narxini to‘liq to‘lamagan yoki sotib olishdan bosh tortgan auksion qatnashchilari auksionning nohalol ishtirokchilari deb hisoblanadi.
Olti oy mobaynida ikki marta auksionning nohalol ishtirokchilari deb e’tirof etilgan shaxslar keyingi kalendar yil davomida auksionda ishtirok etishga qo‘yilmaydi.
Auksionning nohalol ishtirokchilari hisobi operator tomonidan yuritiladi.
59. Auksion g‘olibi lot qiymatini to‘liq to‘lagandan so‘ng operator keyingi ish kunidan kechiktirmasdan auksion natijalari bo‘yicha bayonnomani QR-kod (matrik shtrixli — kod) qo‘yilgan maxsus blankada rasmiylashtiradi va uni elektron shaklda auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga va “YERELEKTRON” AATga yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi o‘rinlarda Davlat orderi deb ataladi) tayyorlash uchun yuboradi.
Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan taqdirda, bayonnoma “YERELEKTRON” AAT orqali investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini tayyorlash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
60. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, yer uchastkasiga mulk huquqini g‘olib nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) auksion o‘tkazilgan sana;
b) auksion g‘olibi;
v) auksion obyekti, shu jumladan:
yer uchastkasining yagona raqami, maydoni va joylashgan joyi;
muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasidan foydalanish imkoniyati;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar;
yer uchastkasini sotib olish narxi;
agar yer uchastkasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun sotib olingan bo‘lsa, investitsiya majburiyatlari, shu jumladan, sotib olingan yer uchastkasida bino va inshootlar qurish muddatlari.
61. Yer uchastkasi sotilishidan tushgan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
ikki bazaviy hisoblash miqdori — operatorning bank hisobvarag‘iga;
to‘rt bazaviy hisoblash miqdori — tegishli tuman (shahar) qurilish bo‘limining bank hisobvarag‘iga;
ushbu Nizomning 62-bandida nazarda tutilgan miqdor — Sirdaryo viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining bank hisobvarag‘iga, shundan 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4001);
(61-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
uch bazaviy hisoblash miqdori — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi huzuridagi Geodeziya va kartografiya milliy markazining bank hisobvarag‘iga;
(61-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasining g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(61-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
62. Filialning yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash, shu jumladan, yer uchastkasining topografik xaritasini tayyorlash hamda yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilash ishlarining qiymati yer uchastkasi maydoni uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
0,01 ga gacha — ikki bazaviy hisoblash miqdorida;
0,01 ga dan 0,06 ga gacha — uch bazaviy hisoblash miqdorida;
0,06 ga dan 0,1 ga gacha — to‘rt bazaviy hisoblash miqdorida;
0,1 ga va undan yuqori — besh bazaviy hisoblash miqdorida.
63. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha filial ishlarining qiymati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablaridan kelib chiqib aniqlanadi va yer uchastkalarini auksion orqali sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
6-§. Zakalatni qaytarish tartibi va shartlari
64. Auksion yakunlanganidan yoki o‘tkazilmagan deb topilganidan so‘ng zakalat:
oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga — auksion yakunlangan kundan boshlab o‘n ikki ish kunida;
boshqa ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb topilgan kundan boshlab uch ish kunida ularning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan qaytariladi.
Zakalat auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot bo‘yicha keyingi auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisobvarag‘ida qoldirilishi mumkin.
65. Zakalat auksion g‘olibi ishtirokchilariga qaytarilmaydi va u yer uchastkasi qiymatiga qo‘shib hisoblanadi.
66. Agar auksion g‘olibi lotning qiymatini belgilangan muddatda to‘liq to‘lamagan taqdirda, zakalat unga qaytarilmaydi va operator tasarrufida qoladi.
4-bob. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
67. “YERELEKTRON” AAT auksion natijalari bo‘yicha bayonnomani olganidan so‘ng avtomatik tarzda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi va uni imzolash uchun tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
68. Tuman (shahar) hokimi “YERELEKTRON” AAT tomonidan tayyorlangan Davlat orderini olganidan so‘ng bir ish kunida elektron raqamli imzo qo‘yadi.
69. Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda tuman (shahar) hokimligi operatordan auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma olingan vaqtdan boshlab besh ish kunida Sirdaryo viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan kelishgan holda investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini ishlab chiqadi va filialga yuboradi.
70. Tuman (shahar) hokimi tomonidan Davlat orderi imzolagandan, yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘lovi to‘liq to‘langandan va investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinganidan so‘ng ikki ish kunida filial:
yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda investitsiya majburiyatlari bo‘yicha yozuvni ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga va ular bilan tuzilgan bitimlarga kiritadi;
auksion g‘olibiga Davlat orderini, yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan mulk huquqlarining davlat reyestridan ko‘chirmani va investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini (yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan taqdirda) belgilangan tartibda taqdim etadi.
Davlat orderi berilgani uchun davlat boji undirilmaydi.
71. Yer uchastkasi bo‘yicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringi Sirdaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi tomonidan har chorakda amalga oshiriladi.
Sirdaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi tomonidan monitoring natijalari bo‘yicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Sirdaryo viloyati hokimligiga yuboriladi.
Yer uchastkasining mulkdori tomonidan investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilgan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi tomonidan bir ish kunida filialga yer uchastkasidan investitsiya majburiyatlari bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha xabarnoma yuboriladi.
Yer uchastkasining mulkdori auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomada ko‘rsatilgan investitsiya majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, mulkdor tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarish masalasi sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
5-bob. Auksionga qo‘yilgan yer uchastkasining boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi
72. Yer uchastkasining boshlang‘ich narxi vaqtga bog‘liq holda o‘zgaradi va aniq bir sanaga, yer uchastkasining joylashuvi va maydoni inobatga olingan holda milliy valyuta — so‘mda quyidagi formula orqali aniqlanadi:
a) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari uchun:
S = Kyur × S × K +Rk— + Rs + Ra + Ri + Rr;
b) yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilayotgan yer uchastkalari uchun:
S = Kjis × S × k +Rk + Rs+ Ra + Rn+ Rr,
bunda:
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining boshlang‘ich narxi (so‘m);
Kyur, Kjis — bozor qiymatini belgilash sanasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun tegishlicha belgilangan yer solig‘i stavkasining 50 baravari (1 kvadrat metr uchun so‘mda);
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining maydoni (kvadrat metrda);
K — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan yer uchastkasining boshlang‘ich narxini aniqlash uchun narxni shakllantiruvchi koeffitsiyent;
Rk — yer uchastkasini tanlash bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari qiymati (so‘m);
Rs — ARTni tayyorlash ishlari qiymati (so‘m);
Ra — operator xizmatlari qiymati (so‘m);
Rn — O‘zbekiston Respublikasi geoaxborot tizimiga xususiylashtirilgan yer uchastkasi chegaralarini kiritganlik uchun ishlar qiymati (so‘m);
Rr — yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha filialning ishlari qiymati (so‘m).
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
73. Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda, yer uchastkalarini, shu jumladan, unda qurilgan bino va inshootlarni investitsiya majburiyatlari bajarilguniga qadar sotish, ayirboshlash, garovga qo‘yish, yuridik shaxslarning ustav fondlariga kiritish yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
74. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
75. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
76. Ushbu Nizom Sirdaryo viloyati hududida 2021-yil 1-martga qadar amal qiladi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

“YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda amalga oshirish tartib taomili

1-bosqich

Yuridik na jismoniy shaxslar

“YERELEKTRON” AATga bo‘sh yer uchastkalarini auksionga qo‘yish bo‘yicha o‘z takliflarini yuboradi.

O‘z xohishiga kura

Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali

Jismoniy va yuridik shaxslarning takliflari asosida bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxatini shakllantiradi hamda xulosani olish uchun tuman (shahar) qurilish bo‘limiga yuboradi.

xar oyning 1-kuniga kadar

2-bosqich

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi

1. Har bir yer uchastkasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi,

2. Ijobiy xulosa bo‘lganda:

yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun mo‘ljallangan yer uchastkalarini tanlash uchun materiallar ro‘yxatini avtomatik ravishda tasdiqlash va vakolatli tashkilotlar tomonidan xulosa berish uchun yuboradi;

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha materiallar ro‘yxati muhandislik-kommunikatsion tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga yuboradi.

2 ish kunida

3-bosqich

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar (“Suvoqova” DUKning, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning, “Hududgazta’minot” AJning tuman (shahar) korxonalari)

Tuman (shahar) qurilish bo‘limiga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni topshiradi.

1 ish kunida

4-bosqich

Tuman (shahar) qurilish bo‘limi

ARTni ishlab chiqadi za avtomatik ravishda ro‘yxatni va unga biriktirilgan materiallarni xulosa olish uchun Sirdaryo viloyati ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kunida

5-bosqich

Vakolatli tashkilotlar (Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Sirdaryo viloyati davlat inspeksiyasi)

Yer uchastkasi bo‘yicha kelishuvni amalga oshiradi yoki tegishli xulosalar beradi.

1 ish kunida

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Agarda yer uchastkasi shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auksionga qo‘yilgan taqdirda, Sirdaryo viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan kelishgan holda investitsiya majburiyatlarini belgilaydi.

5 ish kunida

Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali

Yer uchastkasini auksionga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan materiallarning tayyorlanishini, shu jumladan, boshlang‘ich narxi belgilanishini ta’minlaydi.

7-bosqich

Urbanizatsiya jamg‘armasi

Yer uchastkalarini tanlash materiallarining ro‘yxatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

1 ish kunida

Urbanizatsiya agentligi

Yangi shaharlar, ishlab chiqarish zonalari va uy-joy massivlarini qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini aholi punktlarining bosh rejalari va shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha kelishadi.

8-bosqich

“YERELEKTRON” AAT

Yer uchastkasi auksionga qo‘yilish�ni ta’minlaydi.

Avtomatik ravishda

“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali elektron shaklda amalga oshiriladigan jarayonlar

9-bosqich

Operator

Auksion to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z veb-portaliga joylashtiradi.

1 ish kunida

10-bosqich

Yuridik va jismoniy shaxslar

Auksionda qatnashish uchun elektron ariza topshiradi va zakalatni kiritib auksionda qatnashish uchun ruxsat oladi.

Auksion boshlanishidan 15 kun oldin

11-bosqich

Auksion ishtirokchilari

Auksionda ishtirok etadi va narx bo‘yicha takliflarini taqdim etadi va tasdiqlaydi.

9:00 dan 18:00 gacha 1 kunda

12-bosqich

Operator

Auksion g‘olibini aniqlaydi va uning shaxsiy kabinetiga lot qiymatini to‘liq to‘lash lozimligi to‘g‘risida talabnoma yuboradi.

1 ish kunida

13-bosqich

Auksion g‘olibi

Lot qiymatini to‘laydi.

5 ish kuni mobaynida

14-bosqich

Operator

1. Elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risida bayonnomani tuzadi va g‘olibning shaxsiy kabinetiga va “YERELEKTRON” AATga yuboradi. Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda bayonnomani “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga xam yuboriladi.

2. Auksion natijalari to‘g‘risidagi xabarnomani joylashtiradi.

1 ish kunida

Tartib-taomillar “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda amalga oshiriladi

15-bosqich

“YERELEKTRON” AAT

Davlat orderini rasmiylashtiradi va uni imzolash uchun tu'man (shahar) hokimligiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

16-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Davlat orderiga elektron raqamli imzosini qo‘yadi.

1 ish kunida

Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda Sirdaryo viloyati investitsiya va tashki savdo boshqarmasi bilan kelishgan xolda tarmoq jadvalini tuzadi va filialga yuboradi.

5 ish kunida

17-bosqich

Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiali

1. Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

2. Yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilganda investitsiya majburiya�lari bo‘yicha yozuvni ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestriga va ular bilan bitimlarga kiritadi.

3. Davlat orderini, yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani va investitsiya majburiyatlarini bajarish tarmoq jadvalini (agar yer uchastkasi investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan bo‘lsa) auksion g‘olibiga beradi.

2 ish kunida

Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri



‎ER UChASTKASIGA MULK
‎HUQUQINI BERUVChI DAVLAT ORDERI


‎(O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i fonida
‎oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)




‎________________________________________________________________________da yashovchi (joylashgan)

‎yashash joyi (pochta manzili)

‎‎__________________________________________________________________________________________ga
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O., yuridik shaxsning nomi)

‎‎________________________________________shahri, _______________________________________tumani,
‎____________________________________________________ ko‘chasi, _____________________________-uy,

‎manzili bo‘yicha joylashgan:

___________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎(yer uchastkasining raqami, yer uchastkasining boshqa xususiyatlari)

____________________________________________________________________________________qiymati
‎(qiymat raqamlarda va so‘zlarda ifodalanadi)

‎‎maydoni ________ m kv. bo‘lgan yer uchastkasi mulk huquqi bilan beriladi.
‎‎Order berilgan sana_________________________________________________________

‎Sirdaryo viloyati _________________ tumani (shahri) hokimi‎
Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan yer uchastkasining boshlang‘ich narxini aniqlash uchun narxni shakllantiruvchi
koeffitsiyent

Yer uchastkasining maydoniga qarab (K):

Yer uchastkasining maydoni, sotix

Narxlarni shakllantirish koeffitsiyentlari

4 sotixgacha (4 sotix ham)

1,0

4 sotixdan 5 sotixgacha (5 sotix ham)

1,03

5 sotixdan 6 sotixgacha (6 sotix ham)

1,06

6 sotixdan 7 sotixgacha (7 sotix ham)

1,09

7 sotixdan 8 sotixgacha (8 sotix ham)

1,12

8 sotixdan yuqori

1,15

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qaroriga
3-ILOVA
Sirdaryo viloyatida aholi o‘rtasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishda ishtirok etadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarining
RO‘YXATI*

Tajiyev Baxadir Sadullayevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi

Pardayev Azamat Kenjaboyevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Iminov Odiljon Karimovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Umaraliyev Akmaljon Akbaraliyevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining a’zosi

Qulmatov Sherzod Dustmuratovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi

Mirzayev G‘ofurjon G‘aniyevich

Sirdaryo viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi

Sotiboldiyev Ulugbek Norxojayevich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi

* vakillar ro‘yxatiga kiritilganlar boshqa ishga o‘tgan hollarda, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan taqdim etilgan vakillar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 09/19/963/4104-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)