1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qo‘riqlash. Idoraviy qo‘riqlash]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida biznes yuritish tartib-taomillarini sezilarli darajada soddalashtirish, infratuzilmani yaxshilash va moliyaviy manbalarni kengaytirish orqali tadbirkorlikning izchil o‘sishi ta’minlanmoqda.
Aholining turli qatlamlarini, shu jumladan yoshlar, kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj fuqarolar hamda kichik korxonalarning tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Birgina “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish uchun 7,2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
Shu bilan birga, bir qator hal etilmagan muammolar saqlanib qolmoqda, ayniqsa yer uchastkalarini ajratish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda, tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish infratuzilmasidan, kredit va boshqa moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashda byurokratik to‘siqlar va sansalorliklar uchramoqda.
Mansabdor shaxslar davlat himoyasida bo‘lgan xususiy mulkning daxlsiz ekanligini, har qanday vaj bilan xususiy mulkni, shu jumladan avval xususiylashtirilgan mulkni olib qo‘yish, asosli zaruratsiz mulkni buzib yuborish g‘ayri huquqiyligini anglab yetmayapti hamda yer uchastkalarini ajratishda o‘zboshimchaliklarga yo‘l qo‘ymoqda, bu esa mulkdorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash kafolatlarini kuchaytirish va bunday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun ushbu mas’ul shaxslarning javobgarligini oshirishni taqozo etmoqda.
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni kompleks va tezkor hal etishni, barcha darajadagi davlat organlarining yagona uslubiy rahbarlik ostida o‘zaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik qilishini, xususiy mulkning ishlashi, yer uchastkalarini realizatsiya qilish, tender savdolarini o‘tkazish hamda davlatga tegishli bo‘lmagan bino va inshootlarni buzishga oid aniq va lo‘nda huquqiy normalarni yaratishni, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni, aholining keng qatlamlarini biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb etishni talab etadi.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha turtki berish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda ijtimoiy qamrov darajasini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davergeodezkadastr qo‘mitasi) va ularning hududiy bo‘linmalari hamda boshqa vakolatli davlat organlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xususiy mulkning daxlsizligi, iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik erkinligini ta’minlash, tajovuzlardan himoya qilish, xususiy mulkni saqlash va yanada ko‘paytirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risidagi normalarini so‘zsiz ijro etish va ularga qat’iy rioya qilish bo‘yicha shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirilsin.
Bosh prokuratura va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil):
xususiy mulkdorlarga ularning huquqlarini buzgan holda zarar yetkazilishiga, shu jumladan mulk huquqini noqonuniy cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka, jumladan avval xususiylashtirilgan mulkka tajovuz qilish, mulkdorga qasddan nomaqbul shartlarni, shu jumladan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishga doir asossiz talablarni qo‘yish, shuningdek, mulkni olib qo‘yish yoxud mulk egasini shaxsiy mulk huquqidan voz kechishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan tizimli nazorat (kontrol) o‘rnatsin;
mansabdor shaxslar tomonidan suiiste’mol va qonunbuzarlik holatlarining oldini olish va bunga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin.
2. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu Farmon qoidalarini hisobga olgan holda qonun hujjatlariga, shu jumladan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga mulkdorlarning xususiy mulk daxlsizligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka mustaqil egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, mulkdorlarga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer maydonining bozor qiymatida to‘liq qoplanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
3. Quyidagilar barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tadbirkorlik subyektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi eng muhim vazifalari etib belgilansin:
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarining so‘zsiz bajarilishi, mulk va boshqa mulkiy huquqlar buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi tamoyillariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash;
aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, barqaror rivojlanayotgan tadbirkorlik subyektlari sonini yanada ko‘paytirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish, shuningdek, o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlar bilan ishlashni kuchaytirish;
faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va noturarjoy obyektlari negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish, yer uchastkalarini belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali ajratishda ko‘maklashish;
tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy, tovar va xomashyo resurslari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi, investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishida amaliy yordam ko‘rsatish;
tadbirkorlik subyektlari uchun mavjud imkoniyatlar, imtiyozlar va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida, davlat idoralarining rasmiy veb-saytlarida muntazam ravishda yoritib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda konsultativ yordam va axborot jihatdan ta’minlash, tadbirkorlarning moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha joylarda seminar-treninglar o‘tkazish;
tadbirkorlarga biznes forumlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘maklashish, ularda mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash;
tadbirkorlarga ishonchli sheriklar va ishlab chiqarayotgan mahsulotlari uchun yangi bozorlarni topishda, eksport salohiyatini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilar taqiqlansin:
tadbirkorlik subyektlarini o‘zlarining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan homiylik va xayriya yordami ko‘rsatish ishlariga, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, temir-tersak va makulatura yig‘ish hamda boshqa ishlarga majburiy jalb qilish;
tadbirkorlik subyektlarini har qanday shaklda qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga (ekish va yig‘ib olish ishlariga) va mehnat resurslari, pul mablag‘lari va boshqa moddiy boyliklarni yo‘naltirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
tadbirkorlik subyektlari ishtirokida majburiy tartibda, shu jumladan ularga nisbatan ma’muriy va boshqa choralarni qo‘llash tahdidi ostida yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
6. 2020-yil 1-martdan kuchga kiradigan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (keyingi o‘rinlarda — Qonun) qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-fevralga qadar Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment (keyingi o‘rinlarda — huquqiy eksperiment) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Quyidagilar huquqiy eksperimentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
qonuniylik, ixtiyoriylik, haq to‘lash, xususiylashtiriladigan yer uchastkalarining va ularda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining birligi, yer uchastkalarini xususiylashtirishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarining samaradorligini aniqlash;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish mexanizmlarini amalda qo‘llash samaradorligini baholash;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlarining vakolatlarini ularning amaliy samaradorligi, tartibga solinadigan munosabatlar sohalarini to‘liq qamrab olinishi jihatidan monitoring o‘tkazish;
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish va aholini biznes bilan shug‘ullanishga jalb qilish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir oy muddatda Qonunning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan zarur hujjatlar, shu jumladan Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni qabul qilsin;
ikki oy muddatda Sirdaryo viloyati hududlarining rejalashtirish sxemasi tasdiqlanishini ta’minlasin;
ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, aholi o‘rtasida huquqiy eksperiment amaliy ijrosining borishini muntazam ravishda yoritib borsin;
huquqiy eksperiment natijalariga ko‘ra, 2020-yil 5-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Qonun normalarini yanada takomillashtirish va uni respublikaning boshqa hududlarida qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritsin.
9. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan ta’lim muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bundan mustasno), sog‘liqni saqlash va sport, madaniyat, xususan kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha ko‘rsatish muassasalari va kinolashtirish obyektlari, shuningdek,davlat tashkilotlarining bo‘sh turgan yer uchastkalaridan (keyingi o‘rinlarda — foydalanilmayotgan aktivlar) doimiy foydalanish huquqini xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish va sotish tartibi joriy etilsin. Unga muvofiq:
foydalanilmayotgan aktivlarning mulkdorlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarmalarining tegishli so‘rovi kelib tushgan vaqtdan boshlab ikki oy muddatda balansda saqlovchining yuqori turuvchi tashkiloti (agar mavjud bo‘lsa) bilan kelishilgan, foydalanilmayotgan obyektlar va bo‘sh turgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xaritasi”) taqdim etishi shart;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan obyektlarni xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi;
foydalanilmayotgan aktivlarning balansda saqlovchisi tomonidan “yo‘l xaritasi” taqdim etilmagan yoki unda nazarda tutilgan foydalanilmayotgan aktivlardan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan muddatda bajarilmagan yoxud “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash rad etilgan hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘z vakolatlari doirasida foydalanilmayotgan aktivlarni olib qo‘yish, jumladan sotish yoki ijaraga berish uchun bo‘sh turgan davlat mulki obyektini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining tegishli hududiy boshqarmalariga berish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Bunda, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli bo‘lgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan bo‘sh turgan obyektlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasiga onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
10. Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Davergeodezkadastr qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasining quyidagi tartiblarni o‘rnatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
a) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkalari respublikaning barcha hududlarida faqat “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali mulk yoki ijara huquqi asosida taqdim etiladi, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yer uchastkalarini ijaraga berish hollari bundan mustasno.
(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ushbu tartibni buzganlik uchun shaxsiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilsin;
b) jismoniy va yuridik shaxslarga “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish maydonchasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirish to‘g‘risida takliflar kiritish huquqi beriladi.
(10-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Davergeodezkadastr qo‘mitasi tadbirkorlik va shaharsozlik uchun taklif qilinadigan yer uchastkalarining joylashuvi to‘g‘risidagi axborotlar O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlar portalida va o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirib borilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu banddagi qoidalarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali tadbirkorlik faoliyati uchun taqdim etishning yangi tartibini joriy etishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin va unda jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:
Davergeodezkadastr qo‘mitasi organlari tomonidan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlarning mustaqil kiritilishi;
yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni vakolatli organlarga kelishish va xulosa berish uchun avtomatik tarzda yuborish;
yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni kelishish paytida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlarini aniqlash, arxitektura-reja topshirig‘ini ishlab chiqish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni taqdim etish;
yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallar yuzasidan muayyan davlat organlari xulosalarini olish talabini bekor qilish;
kelishuv va ijobiy xulosalar berilgandan so‘ng qo‘shimcha qarorlarsiz yer uchastkalarini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik rejimda elektron onlayn-auksionga qo‘yish;
elektron onlayn-auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma asosida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish, shuningdek, auksion g‘olibiga yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qaror o‘rniga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma berish.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
12. Belgilab qo‘yilsinki, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) respublika davlat boshqaruvi organi bo‘lib, o‘z faoliyatida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga bo‘ysunadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining:
“Mikrokreditbank” ATB va “Xalq banki” ATBni “oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtiruvchi banklar etib belgilash;
“oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish va umuman, aholining tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash davlat dasturlari doirasida avval ajratilgan kreditlar hisobiga bo‘shaydigan mablag‘larni “Mikrokreditbank” ATB va “Xalq banki” ATBga keyinchalik kredit bozorida buzilishlarni bartaraf etish, pul mablag‘laridan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash va maqsadli moliyaviy resurslardan foydalanishda ijtimoiy-iqtisodiy samarani oshirish maqsadida kichik biznes va tadbirkorlikni bozor sharoitlariga yaqin stavkalarda kreditlash uchun yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Moliya vazirligi Agentlik va manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati cheklangan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini talab mavjud bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitishga, ularni ijtimoiy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini joriy etishga qaratilgan hukumat qarori loyihasini ushbu tadbirlarni “oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ilgari berilgan kreditlarni “Mikrokreditbank” ATB va “Xalq banki” ATBlariga joylashtirishdan tushgan qo‘shimcha daromadlar hisobiga moliyalashtirishni nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
a) 2019-yil oxiriga qadar quyidagilarni:
mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashga asoslangan hamda ularga joylashgan joyi va tijorat banklari filiallarida moliyaviy resurslarning mavjudligidan qat’i nazar tadbirkorlik faoliyati uchun kreditlarni soddalashtirilgan tartibda va teng shartlarda jalb qilish imkonini beruvchi “bir xil” (namunali) bank mahsulotlari — “modul”larni ishlab chiqishni va kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotiga joriy etishni;
tijorat banklarining kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratish bo‘yicha alohida tarkibiy bo‘linmalarini tashkil qilishni, ajratilayotgan kreditlarning maqsadliligi va samaradorligini ta’minlash yuzasidan ushbu bo‘linmalar xodimlarining javobgarligini, shuningdek, moliyalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirish natijalariga qarab ularning mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimini kuchaytirishni;
Sirdaryo va Andijon viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun ixcham “bank xizmatlari ofislari”ni tashkil qilish, keyinchalik respublikaning barcha shaharlari va tumanlarida ularning tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishni ta’minlasin;
b) ikki oy muddatda bank xizmatlari menejmenti va tizimini tubdan isloh qilish, shuningdek, bank sektorini davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha quyidagilarga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin:
tijorat banklarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish va uning samaradorligini oshirish;
tijorat banklarining mijozga qaratilganlik darajasini oshirish, ularda samarali infratuzilma yaratish va yangi xizmat turlarini, shu jumladan axborot texnologiyalarini joriy etish;
tijorat banklarining operatsion xarajatlarini optimallashtirish;
tijorat banklariga kreditlar hajmi va ularning foiz stavkalarini mavjud talabga asosan mustaqil ravishda belgilash huquqini bergan holda imtiyozli foiz stavkalari bilan kreditlar ajratish amaliyotini bekor qilish;
davlat ulushi ishtirokidagi tijorat banklarini xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va konsalting kompaniyalari ishtirokida, bozor tamoyillari asosida ishlaydigan universal banklarga transformatsiya qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk]
15. 2019-2020-yillarda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
16. “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ:
Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda o‘zining quyi bo‘g‘indagi bo‘linmalari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida xizmatlarni, shu jumladan tadbirkorlik tavakkalchiligi, garov, lizing, asbob-uskunalar, yuklar, javobgarlik va boshqalarni sug‘urta qilish masalalari bo‘yicha muntazam ravishda seminarlar va treninglar tashkil etilishini ta’minlasin;
tijorat banklari bilan birgalikda tadbirkorlik tavakkalchiligini sug‘urta qilish shartlarida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditning garov ta’minoti bilan qoplanmagan qismini kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urtalashni amalga oshirsin;
Agentlik bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, 2019-yil 1-oktabrga qadar kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining sug‘urta xizmatlarini olish uchun sarflaydigan xarajatlari va vaqtini qisqartirishga qaratilgan tadbirkorlik tavakkalchiligini sug‘urta qilish shartlaridagi zamonaviy sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqsin va joriy etsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
17. Belgilansinki, moliyaviy yil uchun barcha turdagi kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalash (kreditlar va lizing operatsiyalari bo‘yicha tadbirkorlik tavakkalchiligini sug‘urtalash) shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qoplamalarining umumiy miqdori “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ o‘z kapitalining 10 foizidan oshgan taqdirda, kompaniyaning o‘z kapitali 10 foizidan ortiq miqdoridagi zarari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi har chorakda “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ Kuzatuv kengashida kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalash (kreditlar va lizing operatsiyalari bo‘yicha tadbirkorlik tavakkalchiligini sug‘urtalash) shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qoplamalarining hajmlari va ular bo‘yicha kutilayotgan yo‘qotishlar to‘g‘risidagi jamiyat ijro etuvchi organining hisoboti eshitilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
18. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi va Agentlik 2019-yil 1-oktabrdan boshlab:
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan ma’lum sabablarga ko‘ra faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik subyektlarini hisobga olishning yagona yondashuvini;
tadbirkorlik subyektlarining demografiyasi, shu jumladan ularning faoliyat davri bo‘yicha statistik ma’lumotlar shakllantirilishini ta’minlasin;
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
19. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Bosh vazir qabulxonalarining hududiy bo‘linmalari rahbarlarini o‘z faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatini tiklash va unga jalb qilish, tegishli hududda ularning sonini oshirish yuzasidan rag‘batlantirish va javobgarligini kuchaytirish tizimi joriy etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu bandni amalga oshirish mexanizmlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
20. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda viloyatning oliy o‘quv yurtlariga o‘tkazilayotgan kasb-hunar kollejlari negizida, shu jumladan xususiy sektor ishtirokida tadbirkorlik, marketing va biznesni boshqarish kabi biznes yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish uchun O‘zbekistonda “Binary” (Malayziya) xalqaro menejment va tadbirkorlik universitetining filialini ochish masalasini ko‘rib chiqsin.
21. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov bir oy muddatda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan dolzarb muammolarni muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari huzurida faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillari orasidan jamoatchilik kengashlari tuzilishini hamda ushbu kengashlar to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlanishini ta’minlasin.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tashkil etiladigan jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
22. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiy va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari tizimli ravishda:
Agentlik bilan birgalikda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi, ijro etilishi va monitoringini tashkil qiladi;
har haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari tumanlar va shaharlar sektorlari rahbarlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari bilan birgalikda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida mahallalarga chiqishni tashkillashtiradi;
Agentlikka kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, shuningdek, hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun zarur xizmatlar ko‘rsatadigan tegishli bozor infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
26. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda:
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini belgilangan tartibda kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rsin;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish uchun mamlakat hududlariga yuborilgan vazirlik va idoralar vakillarining roli va vakolatlarini qayta ko‘rib chiqsin.
27. Vazirlik va idoralar, shuningdek, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga qat’iy rioya qilgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng jalb etish orqali barcha davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarining shaffofligi va raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha samarali choralarni ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu Qonunga muvofiq bo‘lmagan topshiriqlari, shu jumladan Qonunda ko‘zda tutilmagan, yagona yetkazib beruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish imkonini ko‘zda tutuvchi bayonnomalar shaklidagi topshiriqlarni kiritish amaliyoti qat’iyan taqiqlansin;
davlat xaridlarini amalga oshirishda istisno tarzida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish taqiqlansin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda korporativ buyurtmachilarning amalga oshiradigan davlat xaridlari bo‘yicha to‘lovlar hisobini yuritish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Davergeodezkadastr qo‘mitasi ikki oy muddatda o‘z tuzilmalarini funksional jihatdan takomillashtirish va quyidagilar bilan bog‘liq ayrim vakolatlarni hududiy bo‘linmalarga o‘tkazishni nazarda tutgan holda, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida ularning hududiy bo‘linmalari roli va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
qurilish obyektlarini loyihalashtirish, qurish, qabul qilish, foydalanish va ta’mirlash, ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, qurilish inspeksiyasini amalga oshirish, boshqa turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
yer tuzishni tashkil etish, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish, yer resurslarini hisobga olish, baholash va monitoring qilish, ushbu sohada tizimli davlat nazoratini amalga oshirish, boshqa turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish.
30. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini kiritishda tadbirkorlik faoliyati sohasida ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirishga qaratilgan mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha normalarni nazarda tutsin.
31. “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda olti oy muddatda xalqaro va milliy standartlarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning milliy klassifikatorini ishlab chiqsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son qarori bilan tashkil etilgan Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasiga ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish hamda chora-tadbirlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlash vazifasi yuklansin.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar 2-ilovaga muvofiq kiritilsin.
35. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
bir hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
36. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-avgust,
PF-5780-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoniga 1-ILOVA
2019-2020-yillarda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar
I. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish sohasida
1.
Barcha tijorat banklari rahbarlari xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan muloqot qilib, ularni toifalarga (yaxshi, standart yoki o‘rta va yordamga muhtoj) ajratgan holda bank xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash.
Mijozlarni tasniflash natijalari asosida, “yaxshi” tadbirkorga ishlab chiqarish quvvatini oshirish yoki faoliyatini yanada kengaytirish, “standart yoki o‘rta” tadbirkorga moliyaviy ko‘mak berish, yordamga muhtoj tadbirkorni har tomonlama moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat va grafik-jadval asosida bank xizmatlari ko‘rsatilayotgan har bir tadbirkorlik subyekti bilan bevosita uchrashuv-muloqotlar tashkil qilish.
2. Uchrashuv-muloqotlar mazmuni, o‘tkazish joyi va vaqtlari haqidagi ma’lumotni tadbirkorlik subyektlariga ommaviy axborot vositalari va reklama orqali yetkazish.
3. Uchrashuv-muloqotlar natijalari asosida ularni guruhlarga (yaxshi, standart yoki o‘rta va yordamga muhtoj) ajratish.
4. Toifalarga ajratilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida uchrashuv-muloqotlar asosida tuman, shahar va viloyat bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilish yuzasidan ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
2019-yil avgust
2019-yil avgust-sentabr
Tijorat banklari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(I. Norkulov,
S. Xolxo‘jayev, B. Zaxidov)
2.
Kichik biznes subyektlari joriy faoliyatini kreditlash mexanizmini takomillashtirish.
Kichik biznes subyektlarining ishlab chiqarish faoliyatini kreditlash amaliyotini tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, uni yanada soddalashtirish, ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, birinchi navbatda, qisqa muddatli va revolver kreditlar ajratishga alohida e’tibor qaratgan holda kredit siyosati va kreditlash bo‘yicha ichki tartiblarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
2019-yil sentabr
Tijorat banklari
Markaziy bank
(B. Zaxidov, S. Xolxo‘jayev)
3.
Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish va eksportini yo‘lga qo‘yish loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan yaqin hamkorlik qilish.
1. Agentlik va tijorat banklari o‘rtasida hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining xizmatlarini ilgari surish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish va uning faoliyati mazmunini har bir tadbirkorlik subyektiga tushuntirish. Tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirishda Jamg‘arma xizmatlaridan keng foydalanish.
3. Jamg‘armaning moliyaviy xizmatlari samaradorligini tahlil qilgan holda va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlari asosida Jamg‘armaning xizmatlari ko‘lamini kengaytirish.
Agentlik faoliyatini boshlagandan so‘ng 10 kun muddatda
Doimiy ravishda
Doimiy ravishda
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, tijorat banklari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(B. Usmanov)
4.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari qoshidagi jamoatchilik kengashlari bilan bevosita hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rganib borish.
1. Jamoatchilik kengashlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etib borish.
2. Yig‘ilishlarda ko‘tarilgan masalalarni qisqa muddatlarda hal qilish choralarini ko‘rish va tegishli davlat idoralariga taklif va tavsiyalar kiritish.
O‘zaro kelishilgan jadvallar asosida
Tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoatchilik kengashlari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev)
5.
Tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish va turlarini ko‘paytirish maqsadida tuman va shaharlarda “bank xizmatlari ofislari”ni tashkil etish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini yanada kengaytirish va bank filiallarining ish uslubini tubdan o‘zgartirish, jumladan ixcham “bank xizmatlari ofislari”ni tashkil etish va bu ishlarni Sirdaryo va Andijon viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida amalga oshirish. Bunda:
birinchi navbatda Xovos tumanida Milliy bank, Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank, Asaka bank va Qishloq qurilish banklari tomonidan jami 7 ta “bank xizmatlari ofislari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
2019-yil yakuniga qadar “bank xizmatlari ofislari” sonini Sirdaryo viloyatida 50 taga, Andijon viloyatida 80 taga, shuningdek Toshkent shahrida kamida 100 taga yetkazish chora-tadbirlarini ko‘rish;
tadbirkorlar bilan ishlashda aynan “mijozga yo‘naltirilgan” ish uslubini joriy etish, o‘z mijozlari bilan “biznes-hamkor” sifatida ishlash tizimni yaratish;
hududlarda ochiladigan “bank xizmatlari ofislari”da, birinchi navbatda, mahalliy aholi uchun zarur bo‘lgan bank xizmatlari turlarini mujassamlashtirish.
2019-yil sentabr — dekabr
Tijorat banklari
Markaziy bank
(B. Zaxidov)
6.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, ularning investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash doirasida yaratilgan qulaylik va imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish.
1. Yangi bank xizmatlari, shu jumladan kreditlar ajratish shartlarini oddiy va ravon tarzda bayon qilgan holda bukletlar, tarqatma materiallar tayyorlab, barcha hududlarda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish.
2. Bank xizmatlari turlari, tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni televideniyeda maxsus ko‘rsatuvlar, respublika va mahalliy gazetalar hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish.
Yil davomida doimiy
O‘zaro kelishilgan jadval asosida
Tijorat banklari,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
MTRK
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev)
II. Hududlarda tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish sohasida
7.
Tadbirkorlik subyektlarining moliyalashtirilgan investitsiya loyihalari to‘liq quvvat bilan ishlashi, shuningdek, ular faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida qisqa muddatli kreditlar ajratish ko‘lamini kengaytirish.
Investitsion kreditlar hisobiga texnologiya va asbob-uskunalar sotib olib, bugungi kunda faoliyatini to‘liq quvvatda tashkil qilmagan tadbirkorlarga belgilangan tartibda (uchrashuv-muloqotlar natijalariga ko‘ra) joriy faoliyati uchun qisqa muddatli va revolver kreditlar ajratish tizimini bank amaliyotiga keng joriy etish.
Doimiy ravishda
Tijorat banklari
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev)
8.
Kichik biznes subyektlariga taqdim etilgan kreditlar qaytarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish, kreditlar o‘z vaqtida qaytarilmagan har bir holat bo‘yicha zarur choralar ko‘rish.
1. Kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelish sabablarini o‘rganish.
2. O‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni, shuningdek, kreditlarni so‘ndirish bo‘yicha jadval-rejalarni tegishli hokimliklarga taqdim etib borish.
Doimiy ravishda
Tijorat banklari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev, B. Zaxidov)
9.
Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya va tarmoq dasturlariga asosan ajratilgan imtiyozli kreditlarning qaytarilishini tizimli nazorat qilish.
1. Kreditlarning qaytarilishi holatini tahlil qilib, o‘z muddatida qarzdorligi so‘ndirilmayotgan har bir to‘lov bo‘yicha tegishli hokimliklarga, sektor rahbarlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun ma’lumot kiritib borish.
2. Avval berilgan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi hisobiga hududlarda kreditlar ajratish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.
3. Banklar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatish.
Har oyning 10 sanasiga qadar Doimiy ravishda
Tijorat banklari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektor rahbarlari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev)
10.
Kreditlarni o‘z muddatida qaytarish bo‘yicha hududlar va tijorat banklari kesimida taqdim etilgan jadval ijrosi to‘g‘risida mahalliy hokimliklar va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish amaliyotini joriy etish.
1. Mahalliy hokimliklar va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlarni eshitish jadvallarini tasdiqlash.
2. Aniq hisob-kitoblar asosida hisobotlarni taqdim etish.
2019-yil avgust
Har oy yakuni bo‘yicha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
tijorat banklari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev, B. Zaxidov)
11.
Ajratilgan kreditlarning samaradorligini oshirish, kreditlarning muddatida qaytarilishini ta’minlash, tijorat banklari rahbarlarini ular faoliyatining yakunlari bo‘yicha baholash va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish.
1. Kredit olish uchun taqdim etilayotgan biznes-rejalarning puxta tahlil qilinishini ta’minlash, ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi, ishlab chiqarish quvvatlarini muddatida ishga tushirish va loyihaning to‘liq quvvat bilan ishlashi ustidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda monitoring olib borish.
2. Tadbirkorlarga kredit ajratish,ajratilgan kreditlarning qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini baholash mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
3. Ushbu mexanizm asosida bank filiallari rahbarlari, boshqaruvi a’zolari va kredit qo‘mitalari a’zolarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish.
Doimiy ravishda
2019-yil avgust-sentabr
Tijorat banklari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Markaziy bank,
Moli? vazirligi
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(O. Bo‘tayev)
III. Tijorat banklari tomonidan eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga moliyaviy ko‘maklashish sohasida
12.
Ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklari tomonidan eksportyor korxonalarga xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha bank foiz marjasining (spredining) minimal daromadlik darajasini tavsiya qilish.
1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan imtiyozli kreditlar olish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli eksportyorlar ro‘yxatini shakllantirish va tegishli tijorat banklariga taqdim etish mexanizmini joriy qilish.
2. Davlat ishtirokidagi tijorat banklari tomonidan eksportyor korxonalarga xalqaro moliya institutlaridan va boshqa maqsadli manbalardan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha bank foiz marjasini (spredini) minimal daromadlilik darajasida (2 foiz atrofida) belgilash.
2019-yil sentabr
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
tijorat banklari,
Moliya vazirligi
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev)
13.
Tadbirkorlik subyektlariga, fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga eksport maqsadlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishlari uchun ajratilayotgan kreditlarni to‘liq yoki qisman naqd pulda berish amaliyotini joriy etish.
1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlari fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini naqd pul hisobiga sotib oluvchi tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirish va tegishli tijorat banklariga taqdim etish.
2. Tijorat banklari tomonidan 90 kunlik muddatga eksport tushumi hisobidan qaytarish sharti bilan naqd pulda kredit berish mexanizmini joriy etish va bunda quyidagilarni inobatga olish:
avval ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikning, shuningdek, ilgari olingan kreditlarni qaytarish bo‘yicha muammolarning mavjud emasligi;
naqd pulda kredit olish uchun ariza berishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hududiy boshqarmalari kafolat xatining mavjudligi;
kredit olish uchun yuqori likvidli aktivlarning garovga taqdim etilishi;
avval o‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlarni so‘ndirishga ko‘maklashishi uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ma’lumot taqdim etish.
2019-yil
avgust-sentabr
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tijorat banklari,
Davlat bojxona qo‘mitasi,
Davlat soliq qo‘mitasi
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Bosh prokuratura
(N. Yo‘ldoshev),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev)
14.
Eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llanilayotgan tarif va komissiyalarni qayta ko‘rib chiqib, minimal daromadlilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilash.
1. Eskportyor tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan bank hisobvaraqlaridan to‘lovlarni amalga oshirishda (debet aylanmalar) hamda valyuta mablag‘larini sotib olish va sotishda bank komissiyasini 0,2 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatish.
2. Eskportyor korxonalarga naqd pul berishda komission to‘lovlarni 0,5 foizdan oshadigan miqdordagi xarajatlarni qoplash darajasida o‘rnatish.
3. Eksportyor korxonalarga bank xizmatlarini ko‘rsatishda boshqa tarif va komission to‘lovlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish.
2019-yil
avgust-sentabr
Tijorat banklari,
Moliya vazirligi,
Markaziy bank,
Respublika valyuta birjasi
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(B. Abubakirov)
15.
Eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga kreditlarni ajratishda tijorat banklari tomonidan “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislarini qabul qilish amaliyotini kengaytirish.
Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank tomonidan “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi bilan birgalikda kreditlar qaytarilishi xatarini sug‘urtalashning quyidagi mexanizmini joriy etish:
“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank va Asaka bank bilan maqsadli muddatli depozitlarni joylashtirish bo‘yicha tegishli shartnoma yoki bitimni imzolaydi;
tijorat banklari ushbu depozitlar bo‘yicha bozor stavkalarida foiz to‘laydi;
sug‘urtalanayotgan kredit miqdori banklarga joylashtirilgan depozit hajmidan yuqori bo‘lmasligi lozim;
tijorat banklari kredit qaytarilmagan holatda ushbu depozitdan sug‘urtalangan miqdor doirasida pullarni qaytarib olish huquqiga ega bo‘lishi kerak.
2019-yil
avgust
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Moliya vazirligi,
“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi,
tijorat banklari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzoqov)
16.
Eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlaridan foydalanishda yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar yuzasidan tushuntirish va maslahatlar berish, shuningdek, ularning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks yordam ko‘rsatish.
Barcha tijorat banklari tomonidan eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari muammolarini hal etishda mahalliy hokimliklar, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik tizimini joriy etish.
Doimiy ravishda
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari,
tijorat banklari, mahalliy hokimliklar,
tegishli vazirlik va idoralar
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(B. Abubakirov)
IV. Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lami va sifatini oshirish sohasida
17.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish (“bank-mijoz”, “internet-banking”, “mobil bank” “SMS-banking”) tizimlarini yanada kengaytirish.
1. Muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlari bilan bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan foydalanishning afzalliklarini tushuntirish ishlarini olib borish va mijozlarning mazkur tizimlardan foydalanishini tashkil qilish.
2. Tadbirkorlik subyektlarining kamida 50 foizini bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari bilan qamrab olish.
Doimiy ravishda
2019-yil yakuniga qadar
Tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(I. Abdugafarov)
18.
Respublikaning barcha hududlarida “HUMO” to‘lov tizimi infratuzilmasini yaratish.
1. “HUMO” to‘lov tizimi infratuzilmasi faoliyat ko‘rsatayotgan Toshkent, Buxoro va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash;
2. Respublikaning boshqa viloyatlarida tadbirkorlik subyektlarini “HUMO” terminallari bilan to‘liq ta’minlash va to‘lov infratuzilmasining butun mamlakat bo‘yicha barqaror ishlashini tashkil etish.
Doimiy ravishda
2019-yil avgust — dekabr
Markaziy bank,
tijorat banklari
Markaziy bank
(I. Abdugafarov)
19.
Tadbirkorlik subyektlari uchun to‘lovlarni 24/7 rejimida amalga oshirish imkoniyatini yaratish va amaliyotga joriy etish.
1. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini to‘laqonli ishga tushirish;
2. Tijorat banklarining mavjud avtomatlashtirilgan bank tizimlarini ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va dasturiy yechimlar asosida modernizatsiyalash va 24/7 rejimida kechayu-kunduz ishlashga tayyorlash.
3. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lovlarni 24/7 rejimida amalga oshirish amaliyotini joriy etish.
2019-yil yakuniga qadar
Markaziy bank,
tijorat banklari
Markaziy bank
(I. Abdugafarov)
20.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga joriy faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlar (shu jumladan revolver kreditlar) va jismoniy shaxslarga mikroqarzlar ajratishda qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini baholash bo‘yicha skoring modelini joriy etish.
1. Barcha tijorat banklarida o‘z skoring modeli asosida qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini tahlil qilish orqali kreditlash tizimini yo‘lga qo‘yish.
2. “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” MCHJ tomonidan skoring modelini joriy qilish, uni tegishli tashkilotlarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish va skoring tahlil natijalaridan tijorat banklari keng foydalanishi uchun imkoniyat yaratish.
2019-yil avgust
2019-yil oktabr
Tijorat banklari,
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” MCHJ
Markaziy bank
(O. Butayev)
21.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga joriy faoliyati uchun onlayn-kreditlar (shu jumladan revolver kreditlar) va jismoniy shaxslarga mikroqarzlarni onlayn ajratishda kredit axboroti almashinuvining uzluksizligini ta’minlash.
1. Tijorat banklari tomonidan dastur yaratuvchilar bilan birgalikda banklarning dasturiy majmuasiga tezkor ravishda onlayn kreditlar ajratilishini nazarda tutuvchi texnik o‘zgartirishlarni kiritish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Kredit axboroti davlat reyestri dasturiy majmuasiga onlayn kreditlar bo‘yicha uzluksiz axborot almashinuvini ta’minlovchi tegishli o‘zgartirishlarni kiritish.
2019-yil avgust
Tijorat banklari,
Markaziy bank
Markaziy bank
(O. Butayev)
V. Xalqaro kredit liniyalarini jalb etishni kengaytirish sohasida
22.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari hamda chet el banklarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish borasida hamkorlikni kengaytirish.
1. Xalqaro moliya institutlari va chet el banklarining mavjud kredit liniyalarini tadbirkorlik subyektlari uchun jozibadorligi (kreditlash shartlari qulayligi va foiz stavkalari maqbulligi) nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazish.
2. Tadbirkorlar uchun jozibador bo‘lmagan kredit liniyalari bo‘yicha tegishli xalqaro moliya institutlari va chet el banklari bilan kredit liniyalari shartlarini yengillashtirish borasida muzokaralar olib borish.
3. Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar natijalaridan kelib chiqib, shartlari qulay bo‘lgan kredit liniyalari hajmini 2019-2020-yillarda 1 mlrd dollarga yetkazish.
2019-yil sentabr
2019-yil sentabr-oktabr
2019-2020-yillar davomida
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tijorat banklari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev)
23.
Jahon banki guruhi tashkilotlari (XTTB, XTU), Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining qishloq xo‘jaligi sohasiga oid loyihalari doirasida kredit liniyalarini rivojlantirishni tizimli va samarali tashkil etish.
1. Xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini jalb etishni kengaytirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rib borish.
2. Loyihalarni moliyalashtirishda loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama yordam ko‘rsatish.
3. Mavjud kredit liniyalarining samaradorligini va yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganib borish va muammolarning yechimi yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga yordam ko‘rsatish.
Doimiy ravishda
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
tijorat banklari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev)
24.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PF-4399-son Farmoniga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining dasturi doirasida tadbirkorlik salohiyatini yanada kengaytirish, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida tadbirkorlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash borasidagi loyihalarini ko‘paytirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish.
1. Kredit liniyasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash hamda qayta moliyalash bo‘yicha tijorat banklari bilan tegishli qarz shartnomalarini imzolash.
2. Kreditlar va dastur shartlari to‘g‘risida Farg‘ona vodiysidagi tadbirkorlik faoliyati subyektlariga batafsil ma’lumotni yetkazish.
3. Ishlab chiqarish loyihalari, shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni tayyorlashga, biznes-rejasini ishlab chiqishga yordam berishga alohida e’tibor qaratish va kreditlarning samaradorligini ta’minlash.
2019-yil avgust-sentabr
Doimiy ravishda
Doimiy ravishda
Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
tijorat banklari,
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hokimliklari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev)
25.
Banklar tomonidan xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar, ularning yo‘nalishlari va shartlari to‘g‘risida har bir mijozga to‘liq ma’lumot berib borilishini ta’minlash.
1. Bank filiallari xodimlarining jalb etilgan kredit liniyalar to‘g‘risida (shartlari, talab etiladigan hujjatlar va h.k.) batafsil ma’lumotga ega bo‘lishini ta’minlash.
2. Tijorat banklari tomonidan biznes-loyihalarni moliyalashtirishda xorijiy kredit liniyalari mablag‘laridan foydalanish afzalliklari haqida tadbirkor va ishbilarmonlar orasida sodda, ravon va atroflicha tushuntirishlarni berish bo‘yicha bank xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish.
3. Xorijiy kredit liniyalari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini keng miqyosda olib borish.
Doimiy ravishda
Tijorat banklari,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
MTRK
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(S. Xolxo‘jayev)
VI. Bank mijozlarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash sohasida
26.
Mahalliy hokimlik qaroriga asosan mulki buzilayotgan qarzdorlarning kreditlarini istisno tariqasida restrukturizatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash va kiritish.
2020-yil fevral
Markaziy bank, tijorat banklari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(O. Butayev)
27.
Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha “Tadbirkorning alifbosi” va “Tadbirkorlik maktabi” nomli metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha “Tadbirkorning alifbosi” va “Tadbirkorlik maktabi” nomli metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish, tasdiqlash, chop etish va tadbirkorlar o‘rtasida tarqatish.
2019-yil noyabr
O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, tijorat banklari
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ortiqov),
Markaziy bank
(O. Butayev, B. Zaxidov)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoniga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495-son Farmonida:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi “investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun” so‘zlaridan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5511-son Farmonida:
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5552-son Farmonida: