Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 28-oktabrdagi 63-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2046, 2009-yil 24-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 48-son, 515-modda) bilan tasdiqlangan Shtamplash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq shtamplash ishlab chiqarishida mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”.
2.
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”.
3.
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
4.
35-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5.
37-banddagi “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyruq (roʻyxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun)” degan soʻzlar “Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
84-banddagi “Davlat sanitar nazorati organlari” degan soʻzlar “hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 94-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining markazlari” degan soʻzlar “hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.