1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-sonli “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni saqlash, yashash muhiti xavfsizligini va inson sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tizimini takomillashtirish, ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, bitta davlat organi doirasida bir vaqtning oʻzida davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash funksiyalarining ushbu sohada ruxsat berish va nazorat funksiyalari bilan birga amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati samaradorligini taʼminlashga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolar yuzaga kelishiga olib keldi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, uning institutsional salohiyatini oshirish, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi sohasida taʼsirchan monitoring va nazoratni yoʻlga qoʻyish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tashkilotlari va ularning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati) negizida:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalarini (keyingi oʻrinlarda — Davlat inspeksiyasi);
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligini (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasini tugatish va uning shtat birliklarini Agentlikka oʻtkazish;
v) qayta tashkil etilayotgan Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining laboratoriya xizmati negizida, moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda, Agentlik huzuridagi Laboratoriya kompleksini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
a) Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni taʼminlash;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishi boʻyicha belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasida qonun buzilishlar boʻyicha maʼmuriy javobgarlik choralarini belgilangan tartibda qoʻllash;
oziq-ovqat xomashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi obyektlar faoliyati, shuningdek, zarur xalqaro amaliyotlarni qoʻllash tajribasiga asoslangan standartlar talablariga rioya qilish ustidan nazorat qilish metodologiyasini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish;
xavf-xatarlarni barvaqt aniqlashni taʼminlash, baholash va bartaraf etish maqsadida kelib chiqishi oziq-ovqat bilan bogʻliq kasalliklar ustidan milliy monitoring olib borish va nazorat qilish tizimini joriy etish;
tarmoqning tegishli kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojini hisobga olgan holda, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor usullarini tizimli asosda joriy etish;
b) Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni taʼminlash;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (SanQvaN) xalqaro standartlar va normalarga muvofiq uygʻunlashtirish va dolzarbligiga qarab takomillashtirishni hisobga olgan holda ishlab chiqish va joriy etish;
yuqumli boʻlmagan, yuqumli, parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari oʻtkazilishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
jamoat salomatligini taʼminlash sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish jarayonida xavf-xatarlarni tahlil qilish va ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi siyosatni amalga oshirishga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻlatning tabiiy oʻchoqlari epizootologik monitoringini olib borishni, oʻlat va oʻta xavfli infeksiyalar boʻyicha epidemiologik nazorat hamda profilaktik va epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
sanitariya, gigiyena, epidemiologiya, parazitologiya, mikrobiologiya, virusologiyaning dolzarb masalalari boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash hamda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borilishini muvofiqlashtirish;
barcha ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda fuqarolarni sanitariya-gigiyenik oʻqitish va tarbiyalashni tashkil etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish;
tarmoqning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor usullarini tizimli asosda joriy etish.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 28 nafardan iborat markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Davlat inspeksiyasining hududiy boshqarmalari xodimlarining cheklangan soni 4 179 nafardan iborat etib;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi tuman (shahar) filialining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 45 nafardan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining qoʻshib olish, qoʻshib yuborish, oʻzgartirish va tugatish yoʻli bilan faoliyati optimallashtirilayotgan tashkilotlari (laboratoriyalari va boʻlinmalari) roʻyxati 7-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4055-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar roʻyxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilarga:
Davlat inspeksiyasi boshligʻiga zarur hollarda Davlat inspeksiyasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga ularning boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Agentlik direktoriga zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri bilan kelishilgan holda Agentlikning markaziy apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Davlat inspeksiyasi boshligʻi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya inspektori hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Davlat inspeksiyasi boshligʻi va oʻrinbosari maqomi, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishincha vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
b) Agentlik direktori bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik direktori maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
v) Davlat inspeksiyasi va Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
g) Davlat inspeksiyasi va Agentlik, shuningdek, ularning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Davlat inspeksiyasi va Agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan budjetdan tashqari moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — tegishincha Davlat inspeksiyasi jamgʻarmasi va Agentlik jamgʻarmasi) tashkil etilsin.
Belgilansinki, tugatilayotgan davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining budjetdan tashqari hisob raqamlaridagi barcha mablagʻlar Agentlik jamgʻarmasiga toʻliq oʻtkaziladi.
6. Quyidagilar mablagʻlarni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
a) Davlat inspeksiyasi jamgʻarmasi:
sanitariya-epidemiologiya qonunchiligini buzganlik uchun qoʻllanilgan jarimalar summasidan va jarimalarni toʻlash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablagʻlarning 50 foizi;
jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda jalb etiladigan grant va homiylik mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Agentlik jamgʻarmasi:
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ixtisoslashgan pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlarning ularni amalga oshirishga ketgan jami xarajatlar qoplangandan keyin qolgan summasining 15 foizi;
jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda jalb etiladigan grant va homiylik mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilansinki:
a) Davlat inspeksiyasi jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Davlat inspeksiyasining farmoyish berish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq, shu jumladan tekshirishlarning elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish xarajatlarini qoplash;
Davlat inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash, shuningdek, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Davlat inspeksiyasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha xarajatlar;
b) Agentlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Agentlikning farmoyish berish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq, shu jumladan sanitariya-epidemiologik osoyishtalikning elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish xarajatlarini qoplash;
Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash, shuningdek, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Agentlik oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha xarajatlar.
Belgilansinki, Davlat inspeksiyasi bepul asosida oʻz tashkilotlarini Agentlik binolarining boʻsh maydonlarida joylashtirish va uning laboratoriyalari xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Davlat inspeksiyasi va Agentlik faoliyatini tashkil etish, shuningdek, 2019 — 2026-yillarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
a) 2019-yil 1-noyabrga qadar ushbu Farmon qoidalarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) 2019-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Agentlik tashkilotlari xodimlarining shtat birliklari normativlarini quyidagilarni hisobga olib, tasdiqlasin:
zamonaviy laboratoriya uskunalarini joriy etish, shtat jadvali va lavozim majburiyatlarini oʻrganish, xizmat yuklamasini tahlil qilish, xronometraj tekshiruviga asoslangan holda ishlar hajmini xodimlar oʻrtasida toʻgʻri taqsimlash;
2020-yil 1-aprelga qadar sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatlari xodimlari sonini 7 ming shtat birligiga bosqichma-bosqich maqbullashtirish va shtat birliklarining bir qismini Davlat inspeksiyasiga berish;
v) uch oy muddatda Agentlik va Davlat inspeksiyasi faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etsin;
g) ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu Farmonga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-sentabr
PF-5814
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining
tashkiliy tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlari soni — 28 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son Farmoniga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmalarining
namunaviy tuzilmasi
* Inspektorlar soni nazorat obyektlari hisobidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat normativlariga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son Farmoniga 4-ILOVA
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi tuman (shahar) filialining
namunaviy tuzilmasi*
*Filial davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati hududiy boshqarmasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
**Inspektorlar soni nazorat obyektlari hisobidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat normativlariga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining
tashkiliy tuzilmasi
* Har bir tuman (shahar)da bittadan birlik.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son Farmoniga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlari soni — 45 nafar.
* Taʼminot Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining Moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son Farmoniga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining qoʻshib olish, qoʻshib yuborish, oʻzgartirish va tugatish yoʻli bilan faoliyati optimallashtirilayotgan tashkilotlari (laboratoriyalari va boʻlinmalari)
ROʻYXATI
T/r
Hududlar
Tugatilayotgan davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari*
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman (shahar) markazlarining tumanlararo laboratoriyalarga qoʻshib yuborilishi koʻzda tutilgan sanitariya-gigiyena laboratoriyalari
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining
tugatilayotgan virusologiya markazlari
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
5
2.
Andijon viloyati
1
1
3.
Buxoro viloyati
5
4.
Jizzax viloyati
6
5.
Qashqadaryo viloyati
3
4
6.
Navoiy viloyati
7.
Namangan viloyati
6
4
8.
Samarqand viloyati
7
9.
Surxondaryo viloyati
2
2
10.
Sirdaryo viloyati
3
11.
Toshkent viloyati
3
12.
Fargʻona viloyati
5
1
13.
Xorazm viloyati
1
8
2
14.
Toshkent shahri
6
JAMI:
2
59
14
*Xorazm viloyati Pitnak shahridagi va Andijon viloyati Qorasuv shahridagi 2 ta davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tugatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5814-son Farmoniga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4055-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar roʻyxati
1. 2-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “osoyishtaligi taʼminlanishini nazorat qilish” soʻzlari “osoyishtaligini taʼminlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PQ-4055-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparatining
tashkiliy tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 121 nafar.
* Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 14 nafar, ularning taʼminoti Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
** Ularning taʼminoti Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PQ-4055-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 29 nafar.
*Boshqaruv xodimlarining soni 4 nafar, ularning taʼminoti Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PQ-4055-son qaroriga 4-ILOVA
Viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining
namunaviy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 24 — 30 nafar.
*Boshqaruv xodimlarining soni 3 — 5 nafar, ularning taʼminoti Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PQ-4055-son qaroriga 5-ILOVA
Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining
tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 30 nafar.
*Boshqaruv xodimlarining soni 5 nafar, ularning taʼminoti Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
”
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2019-y., 06/19/5814/3714-son)