toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarini chorvachilikka ixtisoslashtirish, ushbu hududlarda zamonaviy chorvachilik komplekslarini ishga tushirish, yaylov va pichanzorlardan samarali foydalanish hisobiga aholining chorvachilik mahsulotlari, ayniqsa, goʻsht va sut mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash darajasini yaxshilash hamda daromadini oshirish maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Komissiyaning (M.T. Yerniyazov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
chorvachilikni rivojlantirish borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, chorvachilik sohasiga aholini keng jalb qilish, ularning chorvachilik bilan shugʻullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
chorvachilik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan loyiha tashabbuskorlarini, shu jumladan potensial investorlarni aniqlash va ularning ishini tashkiliy jihatdan taʼminlash;
qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlovchilari oʻrtasida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyishga, chorvachilik sohasida ilmiy yondashuvlar va ilgʻor zamonaviy texnologiyalarning keng joriy etilishiga koʻmaklashish;
naslli chorva mollari va texnologiyalarni yetkazib beruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash, loyiha tashabbuskorlarining ular bilan oʻzaro samarali aloqalarini yoʻlga qoʻyishlarida koʻmaklashish;
loyiha tashabbuskorlarining kredit resurslari va yerga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash hamda ularga zarur kredit mablagʻi va yer maydoni ajratilishida amaliy yordam koʻrsatish;
chorvachilik sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda ishlarni tashkil qilish.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida yirik va mayda shoxli naslli chorva mollarini sanoat usulida, shuningdek, yaylov va pichanzorlarda haydab boqish, chorva mollari uchun ozuqa ishlab chiqarish, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlariga:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
qoramollarning goʻsht yoʻnalishidagi Aberdin-angus, Gereford, Santa-gertruda, Qozoq oqbosh, mayda shoxli mollarning qorakoʻl, jaydari, romanov, dorper zotlaridan foydalanish tavsiya etiladi;
b) foydalanishga kiritiladigan yerlarga faqat ozuqa ekinlari joylashtiriladi;
v) tumanlar hokimlari yangidan foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining faqat ozuqa ekinlari ekish uchun ajratib berilishiga, ozuqa uchun ekinlarning toʻliq ekilishiga va ularning agrotexnikasiga, shuningdek, yetishtiriladigan hosilning chorvachilik xoʻjaliklari va aholiga tizimli yetkazib berilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi;
g) yaylovlar chorvachiligida naslchilik ishlarini tashkil etish nasldorligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan, identifikatsiya qilingan va zoti boʻyicha rayonlashtirilgan naslli buqalarning muzlatilgan urugʻlaridan sunʼiy urugʻlantirish orqali amalga oshiriladi.
3. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirishga oid loyihalarga:
AT Xalq banki tomonidan 2019-2020-yillarda xorijiy moliya institutlari kredit liniyalari hisobidan 75 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan 2020-yilda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida chorvachilik sohasi samaradorligi, daromadi va raqobatbardoshligini taʼminlash, shuningdek, mahsulotlarining xalqaro sifat standartlarini joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan “Chorvachilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasining 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4498-son qaroriga muvofiq 2020-yilda vakolatli banklar tomonidan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida 291,6 milliard soʻm, “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 75 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
4. Quyidagilar:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida:
foydalanilmayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bilan bogʻliq chora-tadbirlar 3-ilovaga muvofiq;
sugʻorish kanallarini tozalash hisobiga qoʻshimcha yer maydonlarini oʻzlashtirish bilan bogʻliq chora-tadbirlar 4-ilovaga muvofiq;
pichanzor va yaylov yerlarida chorva mollarini sugʻorishni tashkil etish uchun yangidan qaziladigan quduqlar soni hamda dislokatsiyasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, quduqlarni qazish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan, qolgan qismi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjeti daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirish, shu jumladan chorva mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, shuningdek, soha mutaxassislari malakasini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlariga ilmiy ishlanmalarni joriy etishda chorvadorlarga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida Qoraqalpogʻiston chorvadorlari uyushmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpogʻiston chorvadorlari uyushmasiga:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
tadbirkorlik subyektlarini chorvachilik bilan shugʻullanishga qiziqtirish, ularni chorvachilik sohasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi uchun oʻqitish, shuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish;
chorvachilik sohasiga oid seminar, anjuman, yarmarka va koʻrgazmalar tashkil qilish, shuningdek, mahalliy chorvadorlarning xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan yarmarka va koʻrgazmalarda ishtirokini taʼminlash;
qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlovchilari oʻrtasida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish;
xalqaro sifat standartlarini joriy qilish va chorvachilik mahsulotlarini eksport qilish ishlarini tashkil etish boʻyicha yaqindan amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi chorva mollarini yer osti suvi bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 2020-yilda qoʻmitaga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 3 ta quduq burgʻulash uskunasini xarid qilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda loyiha tashabbuskorlariga ajratilayotgan yer uchastkalarida ularning murojaatiga asosan yer ostidan suv chiqarish uchun sugʻorish tik quduqlari burgʻulash joylarini aniqlasin hamda ularni xabardor qilsin.
Bunda, tik sugʻorish quduqlaridan foydalanish faqat suv oʻlchash asboblarini oʻrnatish va suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
8. Sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mazkur quduqlarni burgʻulash loyihalariga ekologik ekspertiza xulosasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi gidrogeologik xulosa berilishini taʼminlasin.
9. Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali qoshida Veterinariya texnikumi tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filialini hamda uning qoshida tashkil etilayotgan Veterinariya texnikumini joylashtirish uchun Nukus qurilish kolleji bino-inshootlarining asbob-uskuna va jihozlar bilan birgalikda ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali bakalavriatining 2020/21-2022/23 oʻquv yillariga kunduzgi taʼlim shakli uchun davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlariga takliflarni shakllantirishda Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan tegishli taʼlim yoʻnalishlari yuzasidan Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlari boʻyicha davlat granti asosida alohida maqsadli qabul koʻrsatkichlarini nazarda tutsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
11. 2020-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasida qoramollarda uchraydigan teylerioz kasalligining oldini olish boʻyicha emlash tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining choʻl yaylov oʻsimliklari urugʻchiligini tashkil qilish uchun Taxtakoʻpir tumanida Buxoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi tizimidagi Buxoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Taxtakoʻpir tumani filialiga qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish hamda filialni saqlash uchun zarur mablagʻlarni 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.
13. Ozuqabop ekinlar navlarining boshlangʻich urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish maqsadida Taxtakoʻpir tumanidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga sugʻoriladigan yerlardan kamida 200 gektar hamda Buxoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga yaylov yerlardan kamida 200 gektar yer maydonlari 6-ilovaga muvofiq ajratib berilsin.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
a) Komissiya (M.T. Yerniyazov) bilan birgalikda:
2019-yil 1-dekabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida yirik va mayda shoxli naslli chorva mollarini sanoat usulida, shuningdek, yaylov va pichanzorlarda haydab boqish, chorva mollari uchun ozuqa ishlab chiqarish, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga doir loyihalarni amalga oshirish istagida boʻlgan loyiha tashabbuskorlarini aniqlab, loyihalar roʻyxatini tasdiqlasin;
2019-yil 10-dekabrga qadar loyihalarni moliyalashtirish, qurilish va ozuqa maydoni uchun yer ajratish, ularni oʻz muddatida ishga tushirish tadbirlarini amalga oshirishni taʼminlashga qaratilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda loyihalar boʻyicha tarmoq jadvallari ijrosini tizimli ravishda muhokama qilib borsin hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish choralarini koʻrsin;
(14-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining daromadlar oshirib bajarilgan qismi hisobidan chorvachilik yoʻnalishida yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida 2019-yilda 2 milliard soʻm va 2020-yilda 5 milliard soʻm ajratsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
barqaror epizootik holatni saqlash va kasallik chiqqan joyga tezkorlik bilan yetib borishni taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasini Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan tibbiy-veterinariya jihozlari mavjud avtotransport vositasi bilan taʼminlasin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining mavjud shtat birliklari doirasida ikkita veterinar vrach shtatidan iborat mobil guruh tashkil qilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2020-2021-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazsin va mavjud yaylovlarda geobotanik tadqiqot ishlarini olib borsin hamda natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bilan birgalikda zamonaviy chorvachilik komplekslarini qurish, shuningdek, naslli chorva mollari, qishloq xoʻjaligi texnikalari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash uskunalarini sotib olish loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit liniyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri jalb etish choralarini koʻrsin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
18. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-noyabr,
PQ-4512-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4512-son qaroriga
1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi chorvachilikni jadal rivojlantirish boʻyicha komissiya
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

M. Yerniyazov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, komissiya raisi

B. Mavlonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari, komissiya raisi oʻrinbosari

B. Norqobilov

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari

Q. Sariyev

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, komissiya raisi oʻrinbosari

J. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri

A. Ergashev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

A. Abdullayev

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi raisi

N. Bakirov

Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi

U. Ismoilov

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi

F. Salomov

AT Xalq banki boshqaruv raisi

Gʻ. Gʻaniyev

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bosh direktori oʻrinbosari

X. Yunusov

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori

N. Yuldashev

Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi raisi

B. Qodirov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Oʻzbekgidrogeologiya” davlat unitar korxonasi direktori

Q. Panayev

yirik chorvador tadbirkor

Z. Bobojonov

yirik chorvador tadbirkor

N. Axmedov

yirik chorvador tadbirkor

A. Murzanazarov

yirik chorvador tadbirkor

A. Urazimbetov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi kotibiyat mudiri, komissiya kotibi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4512-son qaroriga
2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirishga doir
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼullar

1.

Chorva mollariga zooveterinariya servis xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada yaxshilash va sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tashkil etish maqsadida mavjud veterinariya uchastkalariga qoʻshimcha ravishda Boʻzatov tumanida 12 ta, Moʻynoq tumanida 7 ta, Taxtakoʻpir tumanida 9 ta va Qoʻngʻirot tumanida 7 ta yer maydonini yangidan bino qurish uchun ajratish va 2020-yilda binolarni qurib ishga tushirish.

2019-yil noyabr


2020-yil dekabr

Mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tuman hokimliklari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

2.

Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan sigirlarni sunʼiy urugʻlantirishni tashkil qilish uchun barcha ovul fuqarolar yigʻini hududlariga texnik osemenatorlarni biriktirib chiqish.

2020-2021-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzbekchorvanasl” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tuman hokimliklari

3.

Chorva mollariga zooveterinariya servis xizmatlarini koʻrsatish va naslchilik ishini yanada yaxshilash maqsadida “Chorvanasl” markaziga biriktirilgan texnik osemenatorlarni sunʼiy urugʻlantirish asbob anjomlari, zarur uskuna va jihozlar bilan toʻliq taʼminlash.

2019-yil noyabr

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan

Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tuman hokimliklari, “Oʻzbekchorvanasl” agentligi

4.

Qishloq xoʻjaligi yerlarini kafolatli suv bilan taʼminlash maqsadida Boʻzatov tumanining Porlitov va Qusqanatau ovul fuqarolar yigʻinlari hududidan oʻtgan Amudaryo daryosida 3 kub m/s suv chiqarish quvvatiga ega boʻlgan nasos agregatlarini oʻrnatish.

2021-yil aprel

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish va mavjud yaylovlarda geobotanik tadqiqot ishlarini olib borish hamda natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2020-2021-yillar

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

6.

Loyihalarni moliyalashtirish, qurilish va ozuqa maydoni uchun yer maydoni ajratish, ularni oʻz muddatida ishga tushirish tadbirlarini amalga oshirishni taʼminlashga qaratilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
10-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Veterinariya qoʻmitasi

Loyihalar boʻyicha tarmoq jadvallari ijrosini tizimli ravishda muhokama qilib borish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish choralarini koʻrish.

Doimiy

7.

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali hamda uning qoshida tashkil etilayotgan Veterinariya texnikumini joylashtirish uchun Nukus qurilish kollejining bino-inshootlarini asbob-uskuna va jihozlari bilan birga Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filialiga ajratilishini taʼminlash.

Ikki hafta muddatda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi

8.

Chorvachilik sohasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini faollashtirish maqsadida Nukus shahrida potensial xorijiy investorlarini keng jalb qilgan holda biznes forum oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2020-yil
aprel-may

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

9.

Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida mavjud sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini hamda sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash maqsadida:

kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash;

sugʻorish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish.

2020-2021-yillar

Tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari va mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tuman hokimliklari

10.

Ozuqabop ekinlarni ilmiy asoslangan xolda joylashtirishni tashkil qilish hisobiga yiliga ikki marta hosil olishni yoʻlga qoʻyish orqali har bir gektar ozuqabop ekin yeridan 8 — 10 tonnadan ozuqa birligi yetishtirishni tashkil etish.

2020-2021-yillar

Tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tuman hokimliklari, “Oʻzbekchorvanasl” agentligi

11.

Qayta foydalanishga topshirilgan yer maydonlarida donli ozuqabop ekinlarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklarini tashkil etish.

2020-yil

Tadbirkorlarning
oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tuman hokimliklari, “Oʻzbekchorvanasl” agentligi

12.

Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlaridagi yaylov va sugʻoriladigan maydonlar uchun ozuqabop oʻsimlik urugʻlarini serhosil navlarini tizimli yetkazib berishni tashkil etish maqsadida urugʻchilik xoʻjaliklarini tashkil etish.

2020-yil

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tumanlar hokimliklari

13.

Qorakoʻlchilik sohasini rivojlantirish, qorakoʻl zotli qoʻylarni koʻpaytirishni tashkil etish maqsadida Taxtakoʻpir tumanida “Qorakoʻlchilik” ilmiy naslchilik tajriba stansiyasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2020-yil
1-avgust

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi

14.

Taxtakoʻpir tumanida “Qorakoʻlchilik” ilmiy naslchilik tajriba stansiyasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun talab etiladigan 5 mlrd soʻm mablagʻlarni ajratish.

2019-yil
dekabr

Mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi

15.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining chorvachilik xoʻjaliklari tomonidan zamonaviy qushxona tashkil etish uchun, istisno tariqasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga asosan Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash boʻlgan hududidan tanlov va auksion oʻtkazmasdan yer ajratish.

2020-yil

Chorvachilik xoʻjaliklarining
oʻz mablagʻlari hisobidan

Toshkent viloyati hokimligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

16.

Pichanzor va yaylovlardan foydalanuvchilarga chorvachilik yoʻnalishidagi, ayniqsa, goʻsht yetishtirishga ixtisoslashtirilgan loyihalarni amalga oshirish va mahsulot yetishtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish.

2020-2021-yillar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

17.

Chorva mollarini yer osti suvi bilan taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 3 ta quduq burgʻulash uskunasini xarid qilish.

2020-yil

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

18.

Chorvachil�k sohasida xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ilgʻor tajribani oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida chorvachiligi rivojlangan xorijiy mamlakatga (Germaniya) chorvadorlarni yuborish.

2019-yil
dekabr

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

19.

Boʻzatov tumanida eksperiment tariqasida lotlarga boʻlingan holda (30, 60, 100 bosh molga moʻljallangan) maydonlari fermerlarga ajratiladigan chorvachilik kompleksini (kamida 2 mingta boshga moʻljallangan) tashkil qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Bunda, mazkur kompleksda, shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

xizmat koʻrsatishni tashkil qilish uchun direksiya tuzish;

zarur infratuzilmani barpo qilish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash;

lot maydonlarini chorvachilik xoʻjaliklariga imtiyozli shartlarda ijaraga berish.

2019-yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston chorvadorlari uyushmasi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4512-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida foydalanilmayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bilan bogʻliq
CHORA-TADBIRLAR

T/r

Hududlar nomi

Yer maydoni, ga

Uzunligi, km

Qiymati, jami
mln soʻm

shu jumladan:

2020-yil

2021-yil

Taxtakoʻpir tumani*

1.

“Dauqara” OFY

37,4

1,5

37,5

37,5

2.

“Borshitaoʻ” OFY

2 520,5

10

250,0

112,5

137,5

3.

“Janadarya” OFY

865,4

6

150,0

67,5

82,5

4.

“Marjankol” OFY

153,4

4

100,0

50,0

50

Jami:

3 576,7

21,5

537,5

267,5

270,0

Qoʻngʻirot tumani*

1.

“Ajiniyaz” OFY

1 410,9

10,0

300,0

300

2.

“Ravshan” OFY

1 530,7

21,0

630,0

630

3.

“Kok-darya” OFY

555,9

23,0

700,0

700

Jami:

3 497,5

54,0

1 630,0

1 630

Boʻzatov tumani**

1.

“Quskanataoʻ” OFY

1 413,9

42,2

1 392,6

1 392,6

2.

“Aspantay” OFY

1 139,0

30,3

1 000,0

1 000,0

3.

“Yerkindarya” OFY

1 853,3

100,0

3 700,0

3 700,0

4.

“Kuk suoʻ” OFY

1 104,8

38,0

1 841,5

736,6

1 104,9

Jami:

5 511,0

210,5

7 934,1

2 129,2

5 804,9

Moʻynoq tumani**

1.

“Qazaqdarya” OFY

400,0

30,0

685,0

685,0

Jami:

400,0

30,0

685,0

685,0

Hammasi:

12 985,2

316,0

10 786,6

3 081,7

7 704,9

* Tuman mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
** Respublika budjetidan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturi doirasida moliyalashtiriladi.
Izoh: loyihalar qiymati loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosalariga asosan oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4512-son qaroriga
4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarida sugʻorish kanallarini tozalash hisobiga qoʻshimcha yer maydonlarini oʻzlashtirish bilan bogʻliq
CHORA-TADBIRLAR

T/r

Hududlar nomi

Sugʻorish kanal-larini tozalash, km

Qoʻshimcha oʻzlashti-riladigan maydon, ga

Qiymati, jami
mln soʻm

shu jumladan:

Moliyalashtirish manbasi

2020-yil

2021-yil

Taxtakoʻpir tumani

1.

“Taxtakoʻpir” OFY

2,4

372,8

42,9

14,7

28,2

Tuman mahalliy budjetidan

2.

“Maqpalkoʻl” OFY

1,8

50,3

32,1

11,0

21,1

3.

“Borshitaoʻ” OFY

4,5

2 520,5

80,4

27,6

52,8

4.

“Janadarya” OFY

2,1

865,4

37,5

12,9

24,6

5.

“Koniratkoʻl” OFY

2,7

1 115,4

48,2

16,5

31,7

6.

“Mulik” OFY

2,5

985,0

44,6

15,3

29,3

7.

“Marjankol” OFY

3,6

153,4

64,3

22,0

42,2

Jami:

19,6

6 062,8

350,0

120,0

229,9

Qoʻngʻirot tumani

1.

“Tazabirlik” OFY

13,1

1 000,0

58,9

26,5

32,4

Tuman mahalliy budjetidan

2.

“Ajiniyaz” OFY

32,5

500,0

146,2

65,8

80,4

3.

“Ravshan” OFY

35,8

1 020,0

161,1

72,5

88,6

4.

“Xorazm” OFY

26,8

1 200,0

120,6

54,3

66,3

5.

“Agroxizmat” OFY

15,7

1 250,0

70,7

31,8

38,9

6.

“Kok-darya” OFY

38,5

1 500,0

173,3

78,0

95,3

60,8 mln soʻm tuman suv xoʻjaligi boʻlimi ekspluatatsiya mablagʻidan, 112,5 mln soʻm tuman mahalliy budjetidan

7.

“Koklikol” OFY

7,9

1 100,0

35,6

16,0

19,6

Tuman mahalliy budjetidan

8.

“Jana talap” OFY

8,2

500,0

36,9

16,6

20,3

9.

“Ust urt” OFY

2,5

500,0

11,3

5,1

6,2

Jami:

181,0

8 570,0

814,6

366,6

448,0

Boʻzatov tumani

1.

“Erkindaryo” OFY

51,1

1 853,3

434,4

347,5

86,9

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

2.

“Qusxanataoʻ” OFY

35,0

1 413,9

242,3

193,8

48,5

3.

“Aspantay” OFY

31,1

1 907,6

264,4

211,5

52,9

4.

“Kuk suoʻ” OFY

46,0

1 104,8

391,0

312,8

78,2

Jami:

163,2

6 279,6

1 332,1

1 065,6

266,5

Moʻynoq tumani

1.

“Xakim ota” OFY

25,0

850,0

7 450,0

7 450,0

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Jami:

25,0

850,0

7 450,0

7 450,0

Hammasi:

388,8

21 762,4

9 946,7

1 552,2

8 394,4

Izoh: loyihalar qiymati loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosalariga asosan oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4512-son qaroriga
5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov, Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlarining pichanzor va yaylov yerlarida chorva mollarini sugʻorishni tashkil etish uchun yangidan qaziladigan quduqlar
SONI HAMDA DISLOKATSIYASI

T/r

Hududlar nomi

Yer maydoni, ga

Yangi qaziladigan quduqlar

shu jumladan:

2019-yil

2020-yil

Boʻzatov tumani

1.

“Kuk suv” OFY

300

2

1

1

2.

“Kuskanatau” OFY

2600

6

1

5

3.

“Erkindarya” OFY

210

1

1

4.

“Ospantay” OFY

1 000

2

2

Moʻynoq tumani

1.

“Xakim-ota” OFY

690

1

1

2.

“Kazakdarya” OFY

180

2

1

1

Taxtakoʻpir tumani

1.

“Janagadarya” OFY

1 700

2

1

1

2.

“Marjonkul” OFY

280

1

1

3.

“Karaoy” OFY

665

2

2

4.

“Mulk” OFY

345

1

1

Qoʻngʻirot tumani

1.

“Jaslik” OFY

1 500

4

4

2.

“Karakalpakiya” OFY

1 500

5

5

JAMI

29

7

22

Izoh: Chorvador tadbirkorlarning mazkur dislokatsiyalardan tashqari qoʻshimcha quduqlarni qazish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini oʻz hisobidan qoplashi toʻgʻrisidagi murojaati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish boʻyicha komissiyasining tavsiyasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaroriga muvofiq xarajatlarning qolgan 50 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4512-son qaroriga
6-ILOVA
Yaylov va ozuqa ekinlar joylashtirilgan sugʻoriladigan maydonlarda ozuqabop ekinlar navlarining boshlangʻich urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish maqsadida Taxtakoʻpir tumanidan ajratiladigan
YER UCHASTKALARI

t/r

Ozuqabop ekin turlari

Maydoni, ga

Hosildorligi, s/ga

Yetishtirilgan urugʻlik, tonna

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi

1.

Makkajoʻxori

70

40

280

2.

Oq joʻxori

10

40

40

3.

Beda

20

3

6

4.

Oraliq ekinlar (tretikale, javdar, suli)

90

30

270

5.

Ozuqabop lavlagi

10

10

10

Buxoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

6.

Yaylov ozuqabop oʻt urugʻlari

200

20

400

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4512/4008-son; 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)