Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1991-yil 10-apreldagi 95-son qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida” 1992-yil 9-martdagi 111-son
qarori quyidagicha tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Agar “Oʻzbaliq” konserni korxonalari suv obyektlari (baliq xoʻjaligi havzalari) boʻyicha baliq zaxiralarini koʻpaytirish va tiklash yuzasidan chora-tadbirlar olib borayotgan boʻlsalar, baliq ovlashga litsenziya uchun haq toʻlashdan ozod qilinadilar. (1-ilova)
Ov qilinadigan yerlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi korxonalari ular tomonidan koʻpaytirilayotgan va koʻchirib joylashtirilayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini otishga va ovlashga litsenziya uchun haq toʻlashdan ozod qilinadilar.