Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1991-yil 10-apreldagi 95-son qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida” 1992-yil 9-martdagi 111-son
qarori quyidagicha tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Agar “Oʻzbaliq” konserni korxonalari suv obyektlari (baliq xoʻjaligi havzalari) boʻyicha baliq zaxiralarini koʻpaytirish va tiklash yuzasidan chora-tadbirlar olib borayotgan boʻlsalar, baliq ovlashga litsenziya uchun haq toʻlashdan ozod qilinadilar. (1-ilova)
Ov qilinadigan yerlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi korxonalari ular tomonidan koʻpaytirilayotgan va koʻchirib keltirilayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini otishga va ovlashga litsenziya uchun haq toʻlashdan ozod qilinadilar.