toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.1998
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON SSJ PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON SSJ HUDUDIDA OV QILISh VA OVChILIK-BALIQ OVLASh XOʻJALIGINI YuRITISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 1991-YIL 10-APRELDAGI 95-SON QARORIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 136-sonli “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida” va “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-apreldagi 95-son qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
qaror nomidagi va matnidagi “Oʻzbekiston SSJ” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi Nizomning 1 va 3-ilovalari yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi).
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, baliq ovlashga litsenziya uchun mazkur qaror bilan joriy etilayotgan toʻlov (1-ilova) “Oʻzbaliq” konsernining baliq zaxiralarini tiklash va baliq ovlash bilan shugʻullanuvchi korxonalariga taalluqli emas.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-iyundagi 270-sonli qarori bilan toʻldirilgan)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-mart,
111-son
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yovvoyi hayvonlarni ovlashga beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning
QIYMATI

Yoshi va jinsidan qatʼi nazar, yovvoyi hayvonlarni ovlashning narxlari (bir bosh hayvon uchun soʻm hisobida)‎‎

Sport ovi‎ tayyorlov maqsadlari uchun‎ Ilmiy va boshqa maqsadlar uchun‎

SUT EMIZUVChILAR

Shu jumladan:
a) Qizil kitobga kiritilgan turlar
yoʻqolib borayotganlari
Gepard, old Osiyo qoploni, targʻil sirtlon, burama shohli echki, Ustyurt qoʻchqori yoki arkal, Tyanshan qoʻchqori yoki arxar, Qizilqum qoʻchqori yoki Seversov qoʻchqori, tojik yoki Buxoro qoʻchqori

2000
kamyob hayvonlar
Qor qoploni, qoraquloq, Buxoro bugʻusi, qulon, jayron, Tyanshan qoʻngʻir ayigʻi, asalxoʻr, Oʻrta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, manul 1000
Menzbir sugʻuri, olakoʻzan 500
b) ovlanadigan va boshqa turlar
Togʻ suvsari, qorakoʻzan 500 150 30
Toʻngʻiz, Sibir togʻ echkisi, kosulya 300 200 30
Oqquyruq (saygʻoq) 50 30
Tulki, qorsoq, qizil sugʻur, sassiqkoʻzan, oqsuvsar 100 50 30
Boʻrsiq, yovvoyi mushuklar, ariq sichqoni, chiyaboʻri, jayra 50 15 10
Ondatra 30 30
Tolay tovushqon 15 10 5
Tipratikan, yumronqoziq, qoʻshoyoqlar, koʻrshapalak, xavfli kasalliklarni tarqatadigan qishloq va oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalaridan tashqari boshqa sut emizuvchilar 1 1


PARRANDALAR‎

Shu jumladan:
a) qizil kitobga kiritilgan turlar
yoʻqolib borayotgan parrandalar
Shipun oqqushi, kichik yoki tundra oqqushi, yapaloqqush, uzun dumli suv burguti, qumay yoki qor kalxati, sariqbosh lochin yoki shaxin, oqturna, tuvaloq, bezgaldak, oqqorin bulduruq 1000
Qizgʻish va jingalak patli soqaqushlar, oq va qora laylaklar, togʻ gʻozlari, qizil gʻoz, baliqxoʻr qush, sapsan, marmarrang churrak, oq dumli burgut, kichik burgut, choʻl burguti, oʻlimtikxoʻr burgut, burgut, boltayutar, itolgʻi, yoʻrgʻa tuvaloq yoki jek, shumkar, Osiyo loyxoʻragi, uzunburun baliqchi qush, choʻl chumchugʻi, qoshiqburun, boshqa turlar 500
b) sport va havaskorlik ovi uchun taqiqlangan turlar‎
Qoravoy, qargʻa, qora kalxat, oqboshli qoʻmoy, joʻrchi, turna, ukki 30
Boshqa yirtqich qushlar 10
v) ovlanadigan va boshqa turlar
Qirgʻovul 25 10 3
Gʻozlar 5 3 2
Oʻrdaklar, churraklar, kakliklar, qashqaldoq, cheregatlar, qarqara, qoʻngʻirlar, saja, ular 1 1 2
Bedana, qoraqorin bulduruq 0,5 0,5 0,5
Kumushrang oq charloq, qorabosh chagʻalay 1 1
Kaptarlar, qumrilar, baliqchi qush, qamishzor qushi, baqlan 0,2 0,2 0,2
Qorayaloq, chugʻurchiq 0,1 0,5 0,5
Rekshesimon qushlar, kakku, tentakqush 0,5 0,5
Yovvoyi sayroqi qushlar (chumchuqsimonlar, dehqonchumchuq) 5 5
Boshqa parrandalar 0,1 0,1


‎‎SUDRALIB YuRUVChILAR

Shu jumladan:
a) qizil kitobga kiritilgan turlar
Kobra, kulrang echkiemar 1500
Xentaun yumaloqbosh, Shtraux yumaloq bosh ilonlari, Fargʻona choʻl kaltakesagi 50
b) zaharli ilonlar
Gyurza, efa, qalqon ilon, qora ilon 1000 1000
v) boshqa sudralib yuruvchilar
Boʻgʻma ilon
Zaharsiz ilonlar, sariq ilon, chirqildoq gekkon 15 5
Toshbaqa 5 2
Kaltakesaklar, gekkonlar, agamalar va boshqa turlar 3 0,5


QURUQLIKDA VA SUVDA YaShOVChILAR ‎

Qurbaqalar, baqalar va boshqa turlar 0,5 0,2


‎BALIQ

Baqrabaliq, filmoy, Orol soʻzan baligʻi, chaklik (toshbaqra) 250
Laqqa, Turkiston soʻzan baligʻi 4 1000 20
Issiqkoʻl gulmohi baligʻi, pelyad, qalqon baliq 4 2000 10
Qorabaliq, buffalo 2 1000 5
Olaboʻgʻa, karp, tovonbaliq, ilonbosh, leshch, choʻrtanbaliq 1 1000
Samarqand xramulasi, tarashabaliq, moybaliq, oqkoʻz vobla, qizilkoʻz baliq, kutum 0,7 800 1
Oqkoʻz, qizilqanot 0,5 500 0,5
Izoh:
belgilangan normada baliq ovlash uchun yoʻllanma qiymati — 1 soʻm;
birinchi katakda — belgilangan normadan ortiq ushlangan (ammo koʻpi bilan 5 kg) har 1 kg baliq uchun, shuningdek, ovchilar va baliqchilar jamiyatlarining aʼzosi boʻlmagan baliqchi ushlagan 1 kg (ammo belgilangan normadan koʻp boʻlmagan) baliq uchun;
ikkinchi katakda 1 tonna baliqning narxi;
uchinchi katakda 1 ta baliqning narxi koʻrsatilgan.
Sport-xavaskorlik maqsadida, baliq ovlashda 16 yoshgacha boʻlgan bolalar, urush qatnashchilari, urush va mehnat nogironlari haq toʻlashdan ozod qilinadilar.


‎‎
‎‎UMURTQASIZLAR

Daryo qisqichbaqasi‎‎ —‎ 3‎ 1‎
Boshqa qisqichbaqasimonlar‎ —‎ 5 (1 kg uchun)‎ —‎
Qizil kitobga kiritilgan turlar, kolleksiya
‎va muzey qimmatiga ega boʻlgan mahalliy turlar‎

‎—‎

‎—‎

‎25‎
Zaharli umurtqasizlar‎ —‎ 1‎ 1‎
Amalda foydalaniladigan turlar‎ —‎ 0,1‎ 0,05‎
Mumiyo‎ —‎ 0,4‎ (0,001 kg uchun) —‎
Odamlarda va hayvonlarda uchraydigan xavfli kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar — qishloq, oʻrmon va ovchilik xoʻjaligi zararkunandalari haq toʻlanmasdan ovlanadi (tegishli tashkilotlar beradigan roʻyxatga muvofiq).
Oʻrganish yoki iqlimlashtirish maqsadida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni; ovlashga beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalarning qiymati dastlabki qiymatidan 5 baravar kam boʻladi.
Hayvonlarni, ularning qismlarini yoki hayoti faoliyati mahsulotlarini eksportga yetkazib berish maqsadida yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma bepul beriladi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi davlat biologik nazorati bilan yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq keyinchalik valyutada hisob-kitob qilinadi.
Hayvonlarning ovlanadigan turlarini ovlash uchun ruxsatnomalar (litsenziyalar) yovvoyi hayvonlar sonini, ovchilik xoʻjaligining yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirishdagi va qoʻriqlashdagi ishtirokini hisobga olgan holda shartnoma narxlarida berilishi mumkin.
Yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (zaharlar va boshqalar), shoxlar, moʻynali hayvonlarning terilari respublika tashqarisida Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi davlat biologik nazoratning ruxsatnomalari bilangina sotiladi.
Pitomniklarda oʻstirilgan hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomalar qiymati ishlab chiqaruvchilar bilan kelishuv boʻyicha belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Noqonuniy ov qilish va baliq ovlash tufayli yetkazilgan zararni undirib olish miqdorini hisoblash uchun
QATʼIY NARXLAR

Yoshi, katta-kichikligi, ogʻirligi va jinsidan qatʼi nazar, har bir jonzot uchun (bosh, teri, shox) undirib olish miqdori, soʻm hisobida

SUT EMIZUVChILAR

Shu jumladan:
a) Qizil kitobga kirgan turlar Qor qoploni, gepard, old Osiyo qoploni, Tyanshan qoʻngʻir ayigʻi, targʻil sirtlon, burama shoxli echki yoki morxoʻr, Ustyurt qoʻchqori yoki arqal, Qizilqum qoʻchqori yoki Seversov qoʻchqori, tojik qoʻchqori, Tyanshan qoʻchqori yoki arxar, Buxoro bugʻusi yoki xongul, jayron 20000
Qoraquloq, Turkiston silovsini, Oʻrta Osiyo qunduzi, qulon, manul, asalxoʻr 15000
Menzbir sugʻuri 5000
Olakoʻzan, Geptner qoʻshoyogʻi 3000
b) ovlanadigan turlar
Toʻngʻiz, Sibir togʻ echkisi, kosulya, saygʻoq (erkagi), togʻ suvsari, qorakoʻzan, qizil sugʻur 2500
Tulki, ondatra, chiyaboʻri, saygʻoq (urgʻochisi) 1000
Boʻrsiq, jayra, suv kalamushi, qorsoq, yovvoyi mushuklar, oqsuvsar 700
Sassiqkoʻzan, ariq sichqoni, quyon 300
v) boshqa turlar
Koʻrshapalak, tipratikan 10
Xavfli yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi qishloq, oʻrmon va ovchilik xoʻjaligi zararkunandalariga kirmaydigan boshqa sutemizuvchilar 5
Sayroqlar, bugʻular, echkilar, qoʻchqorlarning shoxlari Tegishli turning bir boshiga muvofiq keladi
Buyumlardagi moʻyna Mazkur buyumdagi terilar soni boʻyicha


‎PARRANDALAR

Shu jumladan:
‎a) Qizil kitobga kiritilgan turlar
Shipun oqqushi, kichik yoki tundra oqqushi, yapaloqqush, uzun dumli suv burguti, qumay yoki qor kalxati, oq turna, tuvaloq, bezgaldak, oqqorin bulduruq 5000
Sariqbosh lochin yoki shaxin, sapsan, burgut, itolgʻi 10000
Qizgʻish va jingalak patli soqaqushlar oq va qora laylaklar, togʻ gʻozlari, qizil gʻoz, baliqxoʻr qush, oq dumli burgut, kichik burgut, uzun dumli burgut yoki qirgʻiy, oʻlimtikxoʻr burgut, boltayutar, rangdor tuvaloq yoki jek, shumkar, Osiyo loyxoʻragi, uzunburun baliqchi qush 4000
Marmarrang churrak, qoshiqburun, kazarkalar 2000‎
Choʻl chumchuqlari 1000
b) sport va havaskorlik ovi uchun taqiqlangan turlar
Turnalar, qoravoy, ukki 2000
Qarqara, saja, haqqush, qoraqorin bulduruq, boshqa yirtqich qushlar, qorabosh chagʻalay 1000‎
Bedana (erkagi), jigʻaltoy 5000
v) ovlanadigan turlar
Qirgʻovul 500
Gʻozlar 400
Oʻrdaklar, kaklik, chil kaklik, ular qargʻalar 250
Qashqaldoq, koʻlbuqa, cheregatlar, churraklar‎ 100‎
Qumri, kaptarlar, bedana, qamishzor qushi, qoʻngʻirlar, baliqchi qush‎ 50‎
g) parrandalarning boshqa turlari ‎
Yovvoyi sayroqi qushlar, kolleksiya va muzey qimmatiga ega boʻlgan turlar‎ 50 yoki xalqaro katalog narxlari boʻyicha‎
Parrandalarning boshqa turlari ‎ 10‎

‎‎
‎SUDRALIB YuRUVChILAR

Shu jumladan:
‎a) Qizil kitobga kiritilgan turlar ‎
Kobra, kulrang echkiemar ‎ 10000‎
Xentaun yumaloqbosh, Shtraux yumaloqbosh ilonlari, Fargʻona choʻl kaltakesagi‎ 2000‎
b) zaharli ilonlar‎
Gyurza, efa‎ 6000‎
Qalqon ilon, qora ilon‎ 5000‎
v) sudralib yuruvchilarning boshqa turlari‎
Boʻgʻma ilon‎ 1000‎
Zaharsiz ilonlar‎ 500‎
Toshbaqa‎ 250‎
Chirqildoq gekkon‎ 500‎
Boshqa sudralib yuruvchilar‎ 100‎
Zaharlar va boshqa hayot faoliyati mahsulotlari‎ xalqaro katalogga muvofiq narxlarda‎


‎‎‎QURUQLIKDA VA SUVDA YaShOVChILAR

Qurbaqalar, baqalar va boshqalar‎ 10‎


‎‎‎BALIQLAR

Baqrabaliq, filmoy, Orol soʻzan baligʻi, chaklik (toshbaqra)‎ 2000‎
Laqqa, Turkiston soʻzan baligʻi‎ 500‎
Issiqkoʻl gulmohi baligʻi, pelyad, qalqonbaliq‎ 250‎
Zogʻorabaliq, oqqayroq, oq va qora amur, doʻngpeshana‎ 100‎
Qorabaliq buffalo‎ 50‎
Olaboʻgʻa, karp, tovonbaliq, ilonbosh, leshch, choʻrtanbaliq‎ 25‎
Samarqand xramulasi, tarasha baliq, moybaliq, vobla, qizilkoʻz baliq kutum‎ 15‎
Oqkoʻz, qizilqanot va boshqa qimmatga ega boʻlmagan turlar‎ 10‎
Izoh:
yirik baliq turlarining uvildirigʻini noqonuniy ravishda tayyorlash tufayli yetkazilgan zarar uchun bu xil baliq uchun (1 kg uchun) undiriladigan pulning uch baravari miqdorida pul undiriladi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan zarar Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi davlat biologik nazorat tasdiqlagan yoʻriqnoma bilan aniqlanadi.

UMURTQASIZ JONIVORLAR‎

Daryo qisqichbaqasi 10‎
Boshqa qisqichbaqasimonlar 50 (1 kg uchun)
Zaharli umurtqasiz jonivorlar 25
Qizil kitobga kiritilgan, Oʻzbekiston uchun kamyob turlar hisoblanuvchi umurtqasiz jonivorlar, mahalliy umurtqasizlar 50
Kolleksiya va muzey qimmatiga ega boʻlgan turlar xalqaro katalogga muvofiq narxlarda
Xavfli yuqumli kasalliklarni tarqatadigan, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalaridan tashqari, tayyorlash obyektlari boʻlgan boshqa umurtqasizlar 1
Zaharlar va boshqa hayot faoliyati mahsulotlari 1 g zahar olish uchun
‎zarur boʻlgan bosh soni hisobidan
Mumiyo 25 (0,001 kg uchun)
Qoʻriqxona, milliy (xalq) bogʻ, zakazniklar, tabiiy yodgorliklar, qoʻriqxonalarning qoʻriqlanadigan qismlari hududlarida, maxsus pitomniklarda uyalarni, inlarni, kataklarni buzganlik uchun, xayvonlarni ovlaganlik uchun mazkur tur uchun undiriladigan
‎pulning ‎uch baravari miqdorida
Ovlash taqiqlangan parrandalarning uyasidan olingan har bir tuxum va joʻja uchun, ilon yoki echkiemarlarning har bir tuxumi uchun 50
Qizil kitobga kiritilgan turlarning uyasidan olingan har bir tuxum va joʻja uchun, shuningdek, noqonuniy ovlangan ona qushlarning har bir embrioni uchun mazkur tur uchun undiriladigan
‎ pulning 50 foizi miqdorida
Olingan har bir tuxum va joʻja uchun, shuningdek, noqonuniy ovlangan ona qushlarning har bir embrioni (yoki tuxum reptiliyasi) uchun 20
Yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylardagi toʻqaylarni, yosh nihollarni va ekilgan oʻrmon daraxtlarini, boshqa oʻsimliklarni kesganlik va oʻrganlik uchun(1 ga uchun) 1000
Yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylardagi qamishlarni yoqqanlik va boʻsh yerlarni shudgorlaganlik uchun (1 ga uchun) 500
Yovvoyi hayvonlarning yashashiga xos boʻlmagan sharoitda (muzlikda, suvda va hokazo) falokatga uchraganda (yongʻin, suv toshqini, ozuqa yetishmasligi va boshqalar), shuningdek, yoritish asboblarini qoʻllanib, transport vositalari bilan, motorli qayiqlar va katerlar, samolyotlar hamda vertolyotlar bilan ularni tunda nobud qilganlik uchun mazkur tur uchun undiriladigan
‎pulning uch baravari miqdorida
Yovvoyi hayvonlarning maqomi oʻzgargan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi davlat biologik nazoratga yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uchun undiriladigan pulning miqdorini aniqlash huquqi beriladi.