Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 15-maydagi 43, 12, 6, 4, 54 va 01-02/5-20-son qarori (roʻyxat raqami 2675, 2015-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 264-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 17-sentabrdagi 100, 78, 31, 26QQ, 19,01-02/5-56-son
qarorigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
Muqaddimadagi, 1-ilovaning
nomi va 1-pozitsiyasidagi hamda 2-ilovaning
nomidagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “pensiyani hisoblashning bazaviy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-bobning
nomidagi hamda
12 — 15,
18 va
19-bandlardagi “Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar “Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.