

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3586735">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7489"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-3586735">[<b>TSZ:</b><div id="LS3790"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-3586789">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3586790">Farmoni</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-3586791">Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3586793"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586794">Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga ogʻishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik, tinchlik va osoyishtalik — demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586795">Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida oʻrin tutadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586796">Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni taʼminlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586797">Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yoʻnalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586798">Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha <a href="/mact/-3107036">Harakatlar strategiyasi </a>vazifalariga muvofiq:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586799">1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586800">Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586801">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586802">2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586803">Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yoʻnalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586804">bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning taʼsirchan shakl hamda uslublarini joriy etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586805">yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586806">Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini taʼminlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi maʼlumotlar oshkor boʻlishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586807">fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ogʻishmay rioya etilishini kafolatlaydigan taʼsirchan mexanizmlarni joriy qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586808">Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586809">mehnatga munosib haq toʻlash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586810">3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586811">Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taʼminlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586812">Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586813">Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoʻriqlash va himoya qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586814">Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boʻyicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586815">terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586816">davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan buzgʻunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586817">iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy maʼnaviy merosini himoya qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586818">davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586819">telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586820">Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586821">davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining taʼminlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586822">davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586823">Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy qilingandagi harakatlarga tayyorlash.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4757534"><a href="/mact/-3586735?ONDATE=15.03.2018 00#-3586824">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4757534"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4757536">4. Quyidagi funksiyalar: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4757537">2018-yil 1-apreldan rejimli mudofaa obyektlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilganligi haqida maʼlumotnoma berish — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4757538">Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarishga ruxsat berish — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga oʻtkazilsin. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4757547">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-sonli <a href="/mact/-4753150?ONDATE=26.07.2019 00#-4753545">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586827">5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-3516847">Farmoniga </a>muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586828">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda qonun loyihasini qayta ishlash tavsiya etilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586829">6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xizmat bilan birgalikda bir oy muddatda 2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari uchun arzon uy-joylarni qurish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586830">7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrogʻi va emblemasi namunalari <a href="javascript:scrollText(-3586842)">1</a> va <a href="javascript:scrollText(-3586852)">2-ilovalarga </a>muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586831">Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586832">8. Xizmat ikki oy muddatda:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586833">Xizmat faoliyatini tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586834">Xizmatning taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586835">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash tizimining samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586836">9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xizmat va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586837">10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-3586838">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-3586839">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-3586840">2018-yil 14-mart,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-3586841">PF-5379-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3586842"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3586843">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son <a href="javascript:scrollText()">Farmoniga </a><br />1-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-3586844">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrogʻining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3586845"><strong>TAVSIFI</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3586846"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-3586847"><img src="/files/3586848" /></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586849">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrogʻi barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi toʻq koʻk rangli toʻgʻri burchakli mato koʻrinishiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586850">Bayroq markazida geraldik belgi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining emblemasi tasvirlangan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586851">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrogʻining uzunligi — 250 sm, eni — 125 sm.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3586852"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3586853">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son <a href="javascript:scrollText()">Farmoniga </a><br />2-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-3586854">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi — geraldik belgi</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3586855"><strong>TAVSIFI</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3586856"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-3586857"><img src="/files/3586858" /></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586859">Geraldik belgi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi toʻq koʻk rangli aylana tasmasi boʻlgan kumush rang doiradan iborat.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586860">Aylana tasmaning yuqori qismida oq rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida: “OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida: “DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI” deb yozilgan. Ushbu yozuvlar hurlik maʼnosini anglatuvchi sakkiz qirrali ikkita yulduz bilan ajratilgan. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586861">Doira markazida davlat va jamiyatni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish ramzini anglatuvchi, pastki qismi choʻzilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak koʻrinishiga ega qalqon tasvirlangan. Qalqon yuzasi kumush rangda. Qalqonning markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586862">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbidan qalqonning kambar hoshiyalariga qadar quyosh nurlarini ifodalovchi toʻgʻri chiziqlar tortilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586863">Qalqonning kesilgan ikki yuqori va pastki burchaklarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari muhofazasini anglatuvchi uchta halqa tasvirlangan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586864">Qalqon ortida simmetriya oʻqi boʻyicha tigʻi pastga yoʻnaltirilgan qilich joylashgan. Qilich kuch, shaʼn, adolat, jasorat va hushyorlikni anglatadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586865">Qilich kumush rangda. Qilich dastagi yettita halqadan iborat boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy tamoyillarini anglatadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586866">Qalqon va qilich ortida simmetrik ravishda ikki tomonga hilpirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3586867">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining qalqon va qilich ortida joylashuvi konstitutsiyaviy tuzum, suverenitet, hududiy yaxlitlik va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganligini anglatadi.</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-3586792">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2018-y., 06/18/5379/0897-son; 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
