1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 17-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2886-4]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 401-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-avgust,
343-V-4-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-avgust,
23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 24-avgustdagi 343-V-4, 23-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“uchinchi tomon — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar.”.
yettinchi xatboshi “sotib olinishi” degan soʻzlardan keyin “(rezident jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 AQSh dollaridan oshgan miqdorda naqd chet valyutasi sotib olinganda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 232-band bilan toʻldirilsin:
“232. Tijorat banklari mazkur Qoidalarning 23-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik tijorat banklarining zimmasida qoladi. Bunda tijorat banklari:
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni (elektron tizimlar orqali) kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxasini soʻrov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Tijorat banklari mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.
Tijorat banklari mijoz bilan ish munosabatlariga kirishish toʻgʻrisidagi qarorni oʻz tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi hamda mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga haqli.
Tijorat banklari shartnomada va (yoki) shartnoma ofertasida mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini koʻrsatishi lozim.”.
“26. Tijorat banki tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) yoki mijozning biometrik maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi. Bunda tijorat banki jismoniy shaxs — mijoz identifikatsiyasi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) asosida amalga oshirilganda bunday hujjatning asli bilan tanishib chiqishi;
biometrik maʼlumotlar asosida amalga oshirilganda esa ushbu maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot tizimi bilan verifikatsiya qilishi lozim.”.
5. 38-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “eng kam ish haqining 50 baravari miqdorigacha” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 45-bandning toʻrtinchi xatboshisi “tomonidan amalga oshirilgan” degan soʻzlardan keyin “yoki tijorat banklari tomonidan biometrik maʼlumotlar asosida identifikatsiya qilingan, shuningdek uchinchi tomonlar amalga oshirgan mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalariga tijorat banklarining ishongan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
oʻn yettinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“jismoniy shaxslarning foydasiga yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlaridan operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablagʻlarining dividend yoki daromad sifatida koʻchirilishi;”;
yigirmanchi xatboshidagi “miqdori eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirma birinchi xatboshi “oluvchining hisobvaragʻiga” degan soʻzlardan keyin “operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan summada” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining 20000 baravari miqdoriga” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining 20000 baravariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2886-4/3932-son)