1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.01 Sanoatdagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 18-avgustdagi PQ-4397-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xoʻjayev va “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Sh.B. Umurzoqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-oktabr,
876-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 876-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“TRADE-IN” dasturi boʻyicha fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga”;
birinchi xatboshidagi “tasdiqlash” soʻzidan keyin “hamda rasmiy dilerlar tomonidan “TRADE-IN” dasturi boʻyicha ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tasdiqlanguncha” soʻzidan keyin “hamda rasmiy dilerlar tomonidan “TRADE-IN” dasturi boʻyicha ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 951-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshlari bilan toʻldirilsin:
““TRADE-IN” — ilgari foydalanishda boʻlgan avtotransport vositasini tegishli toifadagi (yengil, yengil tijorat yoki yuk avtomobili, avtobus, maxsus texnika) yangi mahalliy ishlab chiqarishga oid avtotransport vositasiga narxlaridagi farqni toʻlagan holda almashtirish;
rasmiy diler — Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi avtotransport vositalarini realizatsiya qilish boʻyicha ishlab chiqaruvchi bilan tegishli dilerlik (distribyutorlik) kelishuviga ega yuridik shaxs.”
b) 7-bandining birinchi xatboshidagi “tasdiqlanishidan” soʻzidan keyin “hamda rasmiy dilerlar tomonidan “TRADE-IN” dasturi boʻyicha ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan” soʻzlari qoʻshilsin.
g) 33-bandga quyidagi mazmundagi “v1” kichik band qoʻshilsin:
“rasmiy dilerlar tomonidan “TRADE-IN” dasturi boʻyicha ilgari foydalanishda boʻlgan avtotransport vositasi sotib olinganda;”
d) quyidagi mazmundagi 361-band qoʻshilsin:
“361. Rasmiy dilerlar tomonidan “TRADE-IN” dasturi boʻyicha ilgari foydalanishda boʻlgan avtotransport vositasi sotib olinganda, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun rasmiy diler vakili hududiy DYHXX organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
rasmiy dilerning arizasi;
rasmiy diler vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan rasmiy diler vakilining ishonchnomasi;
rasmiy diler bilan avtotransport vositasining egasi oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi;
avtotransport vositasining ROʻDRB va roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomasi.
“TRADE-IN” dasturi boʻyicha sotib olingan ilgari foydalanishda boʻlgan avtotransport vositasi rasmiy diler tomonidan DYHXX organlarida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishda maʼlumotnoma beriladi (vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilgan avtotransport vositasiga ROʻDRB va roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma berilmaydi).
Mazkur maʼlumotnoma avtotransport vositasini boshqarish huquqini bermaydi (rasmiy dilerning joylashgan manziliga yoki avtotransport vositasini saqlash joyiga yetib olish bundan mustasno).
Rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun ularni DYHXX organlarida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida yigʻim toʻlanmaydi.”
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/876/3927-son)