|
Bosqichlar |
Chora-tadbirlar |
Muddatlar |
Masʼullar |
|
1-bosqich |
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini (keyingi oʻrinlarda — loyiha tashabbuskorlari) xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari, xorijiy kompaniyalar, tashkilotlar va jamgʻarmalar (keyingi oʻrinlarda — donorlar) tomonidan amalga oshirilishi taklif etilayotgan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari, hajmlari va yoʻnalishlari toʻgʻrisida xabardor qilish. Donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalarning pasport namunalarini va ularni toʻldirish yoʻriqnomalarini ishlab chiqish va loyiha tashabbuskorlariga yuborish. Loyiha tashabbuskorlari xodimlari oʻrtasida grantlar, texnik koʻmaklar va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak vositalari (keyingi oʻrinlarda — grantlar)ni jalb etish va ulardan samarali foydalanish masalalari boʻyicha seminarlar va treninglar oʻtkazish hamda mazkur jarayonga donorlar vakillari va malakali xorijiy mutaxassislarni faol jalb etish. |
1-fevralga qadar |
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va va savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) |
|
2-bosqich |
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar, Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari, tarmoqni va hududlarni rivojlantirish dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini inobatga olgan holda donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalarning tarmoqlarga oid hamda hududiy roʻyxatlarini tuzish. Donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalar roʻyxatlari va pasportlarini ularning ustuvorligini koʻrsatgan holda Vazirlikka taqdim etish. Loyihalarning ustuvorligi loyiha tashabbuskorlari tomonidan ularga tegishli tartib raqamlari berish orqali koʻrsatiladi. |
1-martga qadar |
Loyiha tashabbuskorlari |
|
3-bosqich |
Taqdim etilgan takliflarni yigʻish va donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan, shu jumladan loyihalarning nomlanishi va ularning qisqacha tavsifi, loyihalarning dastlabki qiymati va moliyalashtirish manbalarini nazarda tutuvchi istiqbolli va ustuvor loyihalarning dastlabki yigʻma roʻyxatini shakllantirish. Donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalarning yigʻma roʻyxatini kelishish uchun tegishli vazirliklar va idoralarga yuborish. |
1-aprelga qadar |
Vazirlik |
|
4-bosqich |
Donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalarning yigʻma roʻyxatini kelishish. |
10-aprelga qadar |
Manfaatdor vazirliklar |
|
5-bosqich |
Donorlar tomonidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan istiqbolli va ustuvor loyihalar roʻyxatini oʻz ichiga olgan Tashqi begʻaraz koʻmak vositalarini jalb etish dasturini tasdiqlash va uni Vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtirish. |
15-aprelga qadar |
Vazirlik |
|
6-bosqich |
Donorlar bilan Tashqi begʻaraz koʻmak vositalarini jalb etish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratish imkoniyatini koʻrib chiqish. |
Doimiy asosda |
Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari, loyiha tashabbuskorlari |
|
7-bosqich |
Donorlar tomonidan maʼqullangan loyihalar asosida donorlar bilan hamkorlik qilish dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — Hamkorlik dasturlari) ishlab chiqish va tasdiqlash. Hamkorlik dasturlarida donorlar bilan hamkorlik qilishning asosiy yoʻnalishlari, shuningdek, har bir tashqi begʻaraz koʻmak loyihasining nomlanishi, qisqacha tavsifi, maqsadli koʻrsatkichlari, vazifalari, oluvchilari, donorlar, hajmi va moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarining roʻyxati belgilanadi. |
Belgilangan muddatlarda |
Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
8-bosqich |
Hamkorlik dasturlarini Vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtirish. |
Hamkorlik dasturlari tasdiqlangan kundan boshlab besh kun muddatda |
Vazirlik |
|
9-bosqich |
Hamkorlik dasturlarining parametrlarini aniqlash va ularga zarur oʻzgartirishlar kiritish. |
Zarur hollarda |
Vazirlik |
|
10-bosqich* |
Grantlarni jalb etishni nazarda tutuvchi bitimlar loyihalarini ekspertlar darajasida ishlab chiqish va kelishish. |
Kiritilgan kundan boshlab besh kun muddatda |
Vakolatli vazirliklar va idoralar |
|
11-bosqich* |
Grantlarni jalb etishni nazarda tutuvchi bitimlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish. |
Kiritilgan kundan boshlab besh kun muddatda |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi |
|
12-bosqich* |
Muzokaralar olib borish va grantlarni jalb etishni nazarda tutuvchi bitimlarni imzolash toʻgʻrisidagi qarorlarni kelishish. |
Kiritilgan kundan boshlab bir hafta muddatda |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi |
|
13-bosqich* |
Muzokaralar olib borish va grantlarni jalb etishni nazarda tutuvchi bitimlarni imzolash vakolatlari toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish. |
Qaror kelishilgan kundan boshlab uch kun muddatda |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi |
|
14-bosqich |
Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini moliyalashtirish va amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib borish va bitimlar imzolash. |
Belgilangan muddatlarda |
Vazirlik, loyiha tashabbuskorlari |
|
15-bosqich |
Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirish. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan olingan va oʻzlashtirilgan grantlar hamda amalga oshirilayotgan tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari toʻgʻrisida Vazirlikka maʼlumotlar taqdim etish. |
Belgilangan muddatlarda |
Loyiha tashabbuskorlari |
|
16-bosqich |
Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarining oʻz vaqtida va tegishli darajada bajarilishi monitoringini amalga oshirish. |
Doimiy asosda |
Vazirlik |
|
17-bosqich |
Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini nihoyasiga yetkazish, ularning samaradorligini va 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari, tegishli tarmoq va hududlarni rivojlantirish dasturlari parametrlariga erishish jarayoniga boʻlgan taʼsirini baholash. |
Loyihalar xususiyatidan kelib chiqqan holda |
Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
T/r |
Loyihaning nomlanishi |
Donor |
Oluvchilar |
Dastlabki summa |
|
1. |
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi markaziy fitosanitariya laboratoriyasini modernizatsiya qilish. |
Xitoy Xalq Respublikasi |
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi |
2,9 |
|
2. |
Bolalar va kattalar viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini magnit-rezonans tomograflari bilan jihozlash (1-faza). |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
10,9 | |
|
3. |
Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
21,5 | |
|
4. |
Sirdaryo viloyatida tugallangan ishlab chiqarish sikliga ega integratsiyalashgan agrosanoat klasterini yaratish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi |
30 | |
|
5. |
“Oʻzstandart” agentligining yangi sinov bazalarini yaratish hamda mutaxassislarini oʻqitish. |
“Oʻzstandart” agentligi |
8,1 | |
|
6. |
Belgilangan 20 MVt quvvatga ega shamol parki qurilishi. |
“Oʻzbekgidroenergo” AJ |
28 | |
|
7. |
Toshkent va Nukusda kasb-hunar taʼlimi markazi. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
12 | |
|
8. |
Oqava suvlari uchun tozalash stansiyasi va kanalizatsiya tarmoqlari qurish. |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
14 | |
|
|
Xitoy Xalq Respublikasi bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati: |
127,4 | ||
|
1. |
Tuproqning shoʻrlanishini kamaytirish uchun yopiq mikrodrenaj tizimlarini joriy etish. |
DJAYKA (Yaponiya) |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
5 |
|
2. |
Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash. Orolboʻyi hududida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish. |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
4 | |
|
3. |
“Oʻzbek-Yaponiya markazi (5-faza)” loyihasini amalga oshirish. |
Oʻzbek-Yaponiya markazi |
4 | |
|
4. |
Elektr energetika tarmogʻida investitsiyalar sohasidagi imkoniyatni oshirish uchun potensial koʻmaklashish maqsadida oʻzaro hamkorlik. |
Energetika vazirligi |
0,5 | |
|
5. |
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari boʻyicha mutaxassisni jalb etish va moliyaviy hisobot xalqaro standartlari sohasida salohiyatni oshirish uchun koʻmaklashish. |
Energetika vazirligi |
0,5 | |
|
6. |
Bugʻ-gaz qurilmalaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarni oʻqitish dasturi. |
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
0,5 | |
|
7. |
80 ming gektar maydondagi Orol dengizining qurib qolgan tubida ihota daraxtzorlari yaratish. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
6 | |
|
8. |
Oʻzbekiston nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarining salohiyatini yaxshilash (tibbiyot va reabilitatsiya uskunalarini yetkazib berish). |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
7,5 | |
|
|
DJAYKA (Yaponiya) bilan amalga oshirilayotgan loyihalar umumiy qiymati: |
28 | ||
|
1. |
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni boshqarish jarayoniga axborot tizimlarini joriy etish. |
KOIKA (Janubiy Koreya) |
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi |
4,9 |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish. |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi |
0,4 | |
|
3. |
Bojxona xizmati salohiyatini rivojlantirish va infratuzilmasini modernizatsiya qilish. |
Davlat bojxona qoʻmitasi |
2,9 | |
|
4. |
“Mirzo Ulugbek Innovation Center” axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash Innovatsiya markazi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish. |
“Mirzo Ulugbek Innovation Center” axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash Innovatsiya markazi |
10 | |
|
5. |
Karantin xizmati infratuzilmasini takomillashtirish, konsultativ xizmatlari koʻrsatish va uning salohiyatini oshirish. |
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi |
2,7 | |
|
6. |
Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish. |
Davlat xizmatlari agentligi |
8 | |
|
7. |
Oʻzbekistonda biznes-inkubatorlar tashkil etish va tadbirkorlikning oʻsishini ragʻbatlantirish. |
Savdo-sanoat palatasi |
6 | |
|
8. |
Oʻzbekistonda Kimyo texnologiyalari markazi (UzCCT) ilmiy-tadqiqot va loyiha institutini tashkil etish. |
“Oʻzkimyosanoat” AJ |
7 | |
|
9. |
Urganchda kasb-hunar taʼlimi markazi va Toshkent kasb-hunar taʼlimi markazida Milliy malaka tizimini tashkil etish. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
15 | |
|
10. |
Koreya tajribasi asosida yer resurslari toʻgʻrisidagi koʻp maqsadli maʼlumotlar bazasini yaratish uchun texnik qoʻllab-quvvatlash. |
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi |
17 | |
|
|
KOIKA (Janubiy Koreya) bilan amalga oshiriladigan loyihalar umumiy qiymati: |
73,9 | ||
|
1. |
Oʻzbekistonni budjet tomonidan qoʻllab-quvvatlash. |
Yevropa Ittifoqi Komissiyasi |
Moliya vazirligi |
40 |
|
2. |
Oʻzbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish koʻnikmalarini rivojlantirish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
15 | |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi jarayonlariga koʻmaklashish. |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar |
5 | |
|
4. |
Budjetni qoʻllab-quvvatlash, davlatning moliyalash tizimini baholash, loyihalarni oʻrta muddatli baholash va boshqalar boʻyicha dasturlar tayyorlash. |
Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
2,5 | |
|
|
Yevropa Ittifoqi Komissiyasi bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati: |
62,5 | ||
|
1. |
Markaziy Osiyo mintaqasida mayda shoxli chorva mol yetishtirilishini barqaror rivojlantirish. |
BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) |
Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
0,7 |
|
2. |
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarni yetishtirishga nisbatan siyosatni tahlil qilish hamda iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlarida maʼlumotlar olish imkoniyatlarini baholash. |
Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
0,2 | |
|
3. |
Oʻzbekistonda ipak sanoatini barqaror rivojlantirish va mayda fermerlar daromadlarini oshirish boʻyicha Investitsiya-sheriklik forumi. |
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
0,1 | |
|
4. |
Gʻarbiy Bolqon, Kavkaz va Markaziy Osiyoda chuchuk suv akvakulturasi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini baholash. |
Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
1,5 | |
|
5. |
Markaziy Osiyoda baliq xoʻjaligi va akvakultura barqaror boshqarish manfaatlarida salohiyat yaratish. |
Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
1 | |
|
6. |
Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat yoʻqotilishi va chiqindilarni qisqartirish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
0,5 | |
|
7. |
Parij bitimiga muvofiq Oʻzbekistonning belgilangan milliy hissasini amalga oshirish va monitoring qilish shaffofligini oshirish uchun Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va yerdan foydalanish sektorlarida salohiyatni mustahkamlash. |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
1,3 | |
|
8. |
Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalarida bugʻdoyning zang kasalliklariga qarshi kurashish va chidamli navlar seleksiyasi sohasida mintaqaviy hamkorlik va milliy salohiyatni mustahkamlash. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
1,1 | |
|
9. |
Kelajak avlodlar uchun aqlli qishloq xoʻjaligi. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
4,5 | |
|
10. |
Oʻzbekistonning qurgʻoqchil tumanlarida oʻrmondan barqaror foydalanish. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
4,3 | |
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasida yangi yerlarni oʻzlashtirish Milliy konsepsiyasini amalga oshirish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi |
40 | |
|
12. |
Tanazzulga uchragan oʻrmonlarni va boshqa yerlarni qayta tiklash. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
2 | |
|
13. |
“Hech kimni ortda qoldirmaylik” dasturi: Turkiya va Markaziy Osiyodagi qishloq ayollarining huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularni yanada keng jalb etish orqali iqtisodiy oʻsish uchun imkoniyatlardan foydalanish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
0,9 | |
|
14. |
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Oziq-ovqat xavfsizligini muvofiqlashtirish markazining loyiha tashkilotidan barqaror tashkilotga aylantirilishini qoʻllab-quvvatlash. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
0,5 | |
|
15. |
2030-yilgacha BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlari salohiyatini oshirib borish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
0,1 | |
|
16. |
Baliqchilikda akvakultura va qoʻshilgan qiymat zanjiri sektori uchun milliy sharh va strategiya. |
Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
0,3 | |
|
17. |
Oʻzbekistonda raqamli qishloq xoʻjaligining transformatsiyasini texnik-iqtisodiy asoslantirish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
0,1 | |
|
18. |
Oʻzbekistonda asalarichilikni barqaror rivojlantirish. |
Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
0,4 | |
|
|
FAO bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati: |
59,5 | ||
|
1. |
Afgʻoniston Islom Respublikasidan xodimlar ishtirokida Termiz shahrida tibbiy taʼlim va malaka oshirish dasturlarini modernizatsiya qilish. |
GITS, “KfV” Germaniya rivojlanish banki |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
17,5 |
|
2. |
Zamonaviy terapevtik va tashxis maqsadlarida yuqori texnologiyalardan foydalanish samaradorligini taʼminlash. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2 | |
|
3. |
Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
5 | |
|
4. |
Sogʻliqni saqlash sektorida raqamli islohotlarni qoʻllab-quvvatlash — bogʻliq boʻlgan choralar. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
1,5 | |
|
5. |
Oʻzbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash. |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
5,5 | |
|
6. |
Oʻzbek sifat infratuzilmasini isloh qilishga va Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun sifatni taʼminlash boʻyicha xizmatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish. |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
1,3 | |
|
7. |
Texnik koʻmaklashish liniyasi boʻyicha tadqiqotlar va mutaxassislar jamgʻarmasi. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
1 | |
|
8. |
Markaziy Osiyoda kasb-hunar taʼlimi — oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tizimli yondashuvlarga koʻmaklashish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
|
GITS va “KfV” Germaniya rivojlanish banki bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati: |
33,8 | ||
|
1. |
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida moliyaviy boshqarishni mustahkamlash (2-faza). |
Osiyo taraqqiyot banki |
Moliya vazirligi |
0,1 |
|
2. |
Rivojlanish boʻyicha statistika maʼlumotlari (2-faza). |
Davlat statistika qoʻmitasi |
1 | |
|
|
OTB bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati: |
1,1 | ||
|
1. |
Sirdaryo viloyatining suv taʼminoti (loyihani uzaytirish). |
Shveysariya Konfederatsiyasi |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
1 |
|
Shveysariya bilan amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati: |
1 | |||
|
1. |
Taʼlimni boshqarish axborot tizimini yaratish (EMIS — Educational Management Information System). |
Eksimbank |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
0,32 |
|
Eksimbank (Janubiy Koreya) bilan amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati: |
0,32 | |||
|
1. |
Xalqaro politsion oʻquv dasturlari (7 kursdan iborat malaka oshirish mashgʻulotlarini tashkil etish). |
TIKA (Turkiya) |
Ichki ishlar vazirligi |
aniqlanmoqda |
|
2. |
Davlat muassasalari xodimlari uchun tajriba almashish dasturlarini tashkil etish. |
Manfaatdor vazirlik |
aniqlanmoqda | |
|
3. |
Turkiyada tajriba almashish boʻyicha dasturlarni tashkil etish. |
Manfaatdor vazirlik va idoralar |
aniqlanmoqda | |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish dasturlarini tashkil etish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish. |
Moliya vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
7. |
3D modellashtirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
8. |
Ona va bola sogʻligʻini saqlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
9. |
Oʻzbek-turk salomatlik haftaliklarini tashkil etish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
10. |
“Oʻzstandart” agentligi xodimlari uchun malaka oshirish va oʻquv dasturlarini tashkil etish. |
“Oʻzstandart” agentligi |
aniqlanmoqda | |
|
11. |
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirish doirasida ikkita chora-tadbirni qoʻllab-quvvatlash. |
Manfaatdor vazirlik |
aniqlanmoqda | |
|
12. |
Oʻzbekistonning organik mahsulotlarini brendlashga yoʻnaltirilgan faoliyatni qoʻllab-quvvatlash. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
13. |
Turizm va mehmon kutish sohasida turk taʼlim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash. |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
aniqlanmoqda | |
|
14. |
Orol dengizi hududida saksovul ekish loyihasini qoʻllab-quvvatlash. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
aniqlanmoqda | |
|
15. |
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida aholi daromadlarini oshirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
aniqlanmoqda | |
|
16. |
Kichik va oʻrta tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan dasturlarni amalga oshirishda koʻmaklashish. |
Savdo-sanoat palatasi |
aniqlanmoqda | |
|
17. |
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dasturlarni amalga oshirishda (xushboʻy oʻsimliklar va organik urugʻlarni yetishtirish) koʻmaklashish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
18. |
“Tadbirkor ayol” uyushmasining Buxoro filiali yangi binosini jihozlash. |
“Tadbirkor ayol” uyushmasi |
aniqlanmoqda | |
|
19. |
“Tadbirkor ayol” uyushmasi qoshidagi toʻqimachilik sexini uskunalar bilan jihozlash. |
“Tadbirkor ayol” uyushmasi |
aniqlanmoqda | |
|
20. |
“Tadbirkor ayol” uyushmasi qoshidagi toʻqimachilik sexini jihozlash. |
“Tadbirkor ayol” uyushmasi |
aniqlanmoqda | |
|
21. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi muassasalaridan birini uskunalar bilan jihozlash. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
22. |
Orol dengizi hududida qurgʻoqchilikning oldini olish maqsadida koʻchatxonalar yaratish. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
aniqlanmoqda | |
|
23. |
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti qoshida studiya tashkil etish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
24. |
Turizmni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish. |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
aniqlanmoqda | |
|
25. |
Xiva shahridagi Nurulloboy madrasasini restavratsiya qilish. |
Madaniyat vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
26. |
Imom Moturudiy maqbarasida qoʻshimcha binolarni qurish. |
Madaniyat vazirligi |
aniqlanmoqda | |
|
TIKA (Turkiya) bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati: |
||||
|
1. |
Oʻzbekistonda moslashuvning oʻrta va uzoq muddatli rejalashtirilishini olgʻa surish uchun sektorlarga tayangan milliy moslashuv rejasi. |
Yashil iqlim jamgʻarmasi (YAIJ) |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
1,67 |
|
2. |
Oʻzbekistonning Yashil iqlim jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilishiga tayyor turishini oshirish. |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi |
0,6 | |
|
Yashil iqlim jamgʻarmasi (YAIJ) bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati: |
2,27 | |||
|
1. |
Oʻzbekistonda iqlim maʼlumotlarini saqlash (2-faza). |
Koreya meteorologiya administratsiyasi (KMA) va Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi |
0,45 |
|
KMA va JMT bilan amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati: |
0,45 | |||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasida Atrof-muhitni monitoring qilish tizimi yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasini yaratish. |
Yaponiya Hukumati |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
6 |
|
Yaponiya Hukumati bilan amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati: |
6 | |||
|
1. |
Orolboʻyida suv-botqoq, koʻl va qayir ekotizimlarini yaratish va ulardan barqaror foydalanish. |
Global ekologiya jamgʻarmasi (GEJ) |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
4 |
|
Global ekologiya jamgʻarmasi bilan amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati: |
4 | |||
|
Barcha loyihalarning umumiy qiymati: |
400,2 | |||
|
J.A. Xodjayea |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi |
|
|
2. |
A.A. Paygamov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti rahbari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari |
|
3. |
L.Sh. Kudratov |
— |
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari |
|
4. |
B.O. Saidov |
— |
tashqi ishlar vaziri |
|
5. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
|
6. |
T.Yu. Rapiqov |
— |
Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati mudiri |
|
7. |
M.M. Nosirov |
— |
Markaziy bank departament direktori oʻrinbosari |
|
8. |
N.B. Nurmatov |
— |
Tashqi ishlar vazirligi Ijro apparati boʻlim boshligʻi |
|
9. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament rahbari |
|
10. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari-Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmalari boshliqlari |
|
11. |
Kelishuv asosida |
— |
Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi vakili |
|
12. |
Kelishuv asosida |
— |
xorijiy donorlar vakillari |
|
13. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Vazirlar Mahkamasi Tashqi begʻaraz koʻmak (grantlar)ni jalb etish va donorlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish masalalari boʻlimi boshligʻi, Muvofiqlashtiruvchi kengash masʼul kotibi |
|
Aripov A.N. |
— |
Premyer-ministr Respubliki Uzbekistan, predsedatel Soveta |
|
Gulyamov R.A. |
— |
sovetnik Prezidenta Respubliki Uzbekistan, zamestitel predsedatelya Soveta |
|
Kuchkarov D.A. |
— |
zamestitel Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan — ministr finansov Respubliki Uzbekistan |
|
Xodjayev B.A. |
— |
ministr ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan |
|
Umurzakov S.U. |
— |
ministr investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan |
|
Ishmetov T.A. |
— |
perviy zamestitel ministra finansov Respubliki Uzbekistan |