1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo faoliyatini samarali tartibga solish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish yakuniy ko‘rsatkichlari bilan sust bog‘langanligi saqlanib qolmoqda. Davlat boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Respublikaning investitsiya salohiyatini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor soha va tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya kiritish jarayonining raqobatbardosh eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash hamda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
1. Quyidagilar investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari etib hisoblansin:
birinchi — raqobatbardosh eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mahalliy va xorijiy tadbirkorlarga O‘zbekistonning ustuvor soha, tarmoq va hududlariga investitsiya kiritish uchun qulay investitsiya iqlimi va rag‘batlarni yaratish, shuningdek, har bir davlat organi tomonidan investitsiyalarni faol jalb qilish va savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi vazifalarning so‘zsiz bajarilishi;
ikkinchi — mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal qilish uchun davlat moliyaviy vositalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz resurslari va texnik ko‘maklashish vositalari (grantlari)dan foydalanish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi markazlashgan investitsiyalarning boshqaruv tizimini yaratish;
uchinchi — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash, ilg‘or texnologiyalarni transfer qilish uchun xorijiy, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb qilish, ishbilarmonlik va investitsiya iqlimini bosqichma-bosqich takomillashtirish;
to‘rtinchi — respublikaning iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining xorijiy investorlar, savdo bo‘yicha hamkorlar, xorijiy hukumat va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro samarali aloqalarini ta’minlash;
beshinchi — barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida optimal bojxona-tarif siyosatini amalga oshirish, Jahon savdo tashkilotiga integratsiyalash, boshqa ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy tizimlar bilan hamkorlik qilish;
oltinchi — eksport qiluvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, savdo, shu jumladan tashqi savdo infratuzilmasini, elektron tijorat tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
yettinchi — mahalliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, samarali transport yo‘laklarini shakllantirish, yetkazib berish geografiyasini diversifikatsiya qilish maqsadida zamonaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish;
sakkizinchi — tashqi bozorlarda mahalliy tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun mahsulotni sifat jihatdan boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy qilishni hamda ularning xalqaro standartlar va texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini ta’minlash, savdoning barqaror o‘sishi va investitsiya siyosatini faollashtirishni ta’minlovchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik);
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining vakolatli vakillari va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari negizida Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari tashkil etilsin.
Belgilansinki, Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, xorijiy, birinchi navbatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, xalqaro moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tashqi savdo, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, respublikaga tashqi beg‘araz ko‘mak (grantlar, texnik ko‘mak, maqsadli beg‘araz yordam) mablag‘larini jalb qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul vakolatli davlat organi hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son)
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan o‘rta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi asosida hududlar va tarmoqlarning rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi;
mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish doirasida vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda eksportni qo‘llab-quvvatlash strategiyasini, shu jumladan, uni rag‘batlantiruvchi instrumentlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlarining jalb qilinadigan kredit resurslari va texnik ko‘maklashish vositalari (grantlari)dan, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan markazlashgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazining ichki va tashqi bozorlardagi savdo faoliyatiga ta’sir qiluvchi choralarni qo‘llash qismi bo‘yicha harakatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda davlat organlari vakolatlarining investitsiyaviy, shuningdek, savdo faoliyatiga ta’sir etish nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin va qo‘llaniladigan choralarni Vazirlik bilan kelishish tartibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
4. Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatda o‘zaro samarali hamkorlikni amalga oshirish;
davlat organlari va tashkilotlarining, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamda xorijiy moliya va iqtisodiy institutlardagi doimiy vakillarining, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat organlari va tashkilotlarining respublikaga tashqi beg‘araz ko‘mak (grantlar, texnik ko‘mak, maqsadli beg‘araz yordam) mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning maqsadli foydalanilishini hisobga olish va monitoring qilish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son)
O‘zbekiston Respublikasining investitsiyaviy hamkorlik masalalari borasidagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash, kelishish va imzolashda ishtirok etish;
investorlar bilan doimiy qayta aloqani yo‘lga qo‘yish, investitsiyalarni jalb qilishda hududlar va mahalliy kompaniyalarga ko‘maklashish, investitsiya takliflarini ishlab chiqishni tashkillashtirish;
tashqi savdo sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashiga ko‘maklashish va ta’minlash, tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
savdoda tarif va notarif tartibga solish choralarini qo‘llash hamda elektron tijorat tartib-taomillarini takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash;
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va boshqa ko‘p tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
ulgurji va birja savdolarini tartibga solish masalalarini muvofiqlashtirish, bozor holatini monitoring va tahlil qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va tovarlar narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish;
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
5. Belgilansinki:
Vazirlik investitsiya va savdo faoliyatiga, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muammolarni o‘rganishni ta’minlaydi;
Vazirlikning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir;
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari Vazirlikning so‘roviga ko‘ra tegishli ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi;
Vazirlik tegishli idoralarning investitsiya siklining har bir bosqichida investorlarga hamrohlik qilishi, byurokratik ko‘rinishlarning oldini olgan holda yuzaga kelayotgan tashkiliy masalalarni, shu jumladan, investitsiyadan keyingi davrda hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishini tashkil qiladi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, ustav kapitalida davlat ulushi ustun bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tashabbusi bilan qiymati 10 mln AQSh dollaridan ortiq ekvivalentdagi investitsiyalarni jalb qilish sohasidagi kelishuvlar Vazirlik bilan oldindan kelishilishi shart;
davlat organlari va tashkilotlarga investorlar, shuningdek, investitsiya ishtirokidagi tashkilotlardan kelib tushgan murojaatlarning Vazirlik tomonidan monitoring qilish uchun ularning nusxalari murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab bir kun muddatda “Investitsiya portali”ga joylashtiriladi;
Vazirlik doimiy asosda investorlar murojaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning umumlashtirilishini ta’minlaydi va investorlarning, shu jumladan, salohiyatli investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
investitsiyalar, savdo va iqtisodiy tartibga solish masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Vazirlik bilan kelishilishi lozim.
6. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
a) vakolatli davlat organlari va tashkilotlarda, ularning hududiy bo‘linmalarida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha taklif kiritsin:
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, investorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qilish, tegishli tarmoq yoki hududning investitsiya salohiyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar va axborotlarni tizimlashtirish;
davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan investorlar va investitsiya ishtirokidagi tashkilotlar murojaatlarining ko‘rib chiqilishini monitoring qilish;
b) 2019-yil 1-martga qadar “Investitsiya portali”da investitsiya loyihalarini amalga oshirish, investorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalarining markazlashgan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqsin va joriy qilsin;
v) Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi negizida tashqi savdo statistikasini hisobga olish, monitoring va tahlil qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
7. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan, vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari va qarz mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar, ko‘rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlarini rag‘batlantirish (ish haqi, mukofotlar, ustamalar va boshqa mukofot pullarini to‘lash) manbalari hisoblanadi;
Vazirlik xodimlarining mehnatiga budjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan haq to‘lash shartlari Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
8. Vazirlikka xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari doirasida tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarini, shuningdek, investitsiyaviy loyihalarning tashabbuskorlari bo‘lgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari mutaxassislarini investitsiya siklining barcha bosqichlarida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonlariga jalb etish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
ushbu Farmon talablaridan kelib chiqqan holda, davlat organlari va tashkilotlarining investitsiya va savdo sohasidagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni;
Vazirlik faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-yanvar,
PF-5643-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoniga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4996-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-apreldagi “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5012-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2868-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2887-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3542-son qarori.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2019-y., 06/19/5643/2545-son; 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)