Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5476-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-sonli qarori)”gi
Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 533-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq hoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomini tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-son qarori (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
7-band “toʻlovlarning uchinchi shaxslar (xoʻjalik yurituvchi subyektlar) hisobidan undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi,” degan soʻzlardan keyin “tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlari va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2.
59-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) — Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat agentlariga (“Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzagrolizing” AJ, “Oʻzmashlizing” MChJ) ajratilgan maqsadli mablagʻlarni qaytarish boʻyicha majburiyatlar tijorat agentlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ularning bank hisobvaraqlariga.”.