Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
1. “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olish uchun taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi
buyruqni (roʻyxat raqami 2206, 2011-yil 5-mart) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 2-oktabrdagi 01/00-04/10-7603-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 8-fevraldagi 7-B-son “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yigʻishtirib olish uchun taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2206, 2011-yil 5-mart) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.