Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
“Mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ularning hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul mablagʻlarini berishning oʻrnatilgan tartiblarini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2001-yil 23-iyundagi 14/22-son “Mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ularning hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul mablagʻlarini berishning oʻrnatilgan tartiblarini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1044, 2001-yil 30-iyun).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 15-fevraldagi 4/4-son “Mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ularning hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul mablagʻlarini berishning oʻrnatilgan tartiblarini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1044-1, 2006-yil 21-fevral).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/4-son “Mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ularning hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul mablagʻlarini berishning oʻrnatilgan tartiblarini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1044-2, 2013-yil 8-fevral).