Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. “Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 2736, 2015-yil 1-dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2019-yil 24-sentabrdagi 01/4606-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015-yil 30-oktabrdagi 6-son, k-8-son “Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2736, 2015-yil 1-dekabr);
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2017-yil 8-noyabrdagi 6-son, k-4-son “Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2736-1, 2017-yil 16-noyabr);
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi 7-son, K-13-son “Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2736-2, 2018-yil 3-iyul).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.