1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Qarori
Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2736-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 428-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2736-3, 25.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015-yil 30-oktabrdagi 6, k-8-son qarori (roʻyxat raqami 2736, 2015-yil 1-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 48-son, 610-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi D. ISAQULOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyun,
7-son
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktori A. KARIMOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyun,
K-13-son
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 12-iyundagi, 7 va K-13-son qaroriga ILOVA
Maishiy isteʼmolchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddimadagi “2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli” degan soʻzlar “2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida oʻrnatiladigan hisobga olish priborlarining qiyoslashdan oʻtkazilishi “Oʻzstandart” agentligi tomonidan xar 10 yilda amalga oshiriladi.”.
“6. Hisobga olish priborini navbatdagi qiyoslashdan oʻtkazish elektr taʼminoti korxonasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashabbusi bilan oʻtkazilganda, qiyoslashdan oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.”.
“19. Hisobga olish priborini yechib olishda vakolatli xodim va Byuro vakili isteʼmolchi ishtirokida hisobga olish pribori va oʻrnatilgan plombalarning butligini tekshirib, hisobga olish pribori yechib olinganligi haqida toʻrt nusxada dalolatnoma tuzadi. Bunda dalolatnomaning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari elektr taʼminoti korxonasida va Byuroda qoladi hamda toʻrtinchi nusxasi davlat metrologiya xizmati organiga taqdim etiladi.”.
8. 34-banddagi “2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli” degan soʻzlar “2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 36 va 37-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Vakolatli xodim tomonidan qiyoslashdan oʻtkazilgan hisobga olish pribori Byuro xodimi ishtirokida oʻrnatilib, priborning klemmnik qopqogʻi (sxemasi) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va Byuroning belgilangan namunadagi plombalari bilan plombalangandan soʻng, isteʼmolchiga hisobga olish priborining qiyoslashdan oʻtganligi haqidagi sertifikatning asl nusxasini beradi.
37. Hisobga olish pribori oʻrnatilib plombalangandan soʻng, bu haqida uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada hisobga olish priborining turi, zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi va uning oʻrnatilgan vaqtdagi koʻrsatkichlari hamda boshqa zarur maʼlumotlar qayd etiladi.
Dalolatnoma vakolatli xodim va Byuro vakili hamda isteʼmolchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari esa, elektr taʼminoti korxonasida va Byuroda saqlanadi.”.
10. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 11-iyun,
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U. MUSTAFOYEV
2018-yil 18-may,
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori B. QUDRATXODJAYEV
2018-yil 16-may,
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/2736-2/1447-son)