1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5718-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, Surxondaryo viloyatida olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-sentabr,
PQ-4461-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentabrdagi PQ-4461-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qaroriga 1-ilovada:
a) “Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi” blokida:
“yetakchi mutaxassis — 1” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
b) izohdagi “54 — 59” raqami “53 — 58” raqami bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomda:
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
uchinchi xatboshidagi “Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi” soʻzlari “Yuridik taʼminlash boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(2-bandning “b” kichik bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi “Toshkent shahar hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3050-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matnida:
a) “Gruppa po razvitiyu predprinimatelstva i delovoy sredi, okazaniya sodeystviya i podderjki eksporta” blokida:
“veduщiy spetsialist — 1” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
b) izohdagi “59” raqami “58” raqami bilan almashtirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3802-son qarori 15-bandining birinchi xatboshidagi “11 880” raqami “11 666” raqami bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-oktabrdagi “Toshkent viloyatining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3987-son qaroriga ilovada:
a) “Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi” blokida:
“yetakchi mutaxassis — 1” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
b) izohdagi “69” raqami “68” raqami bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4105-son qarorida:
“Sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻlimi 5 — 10*” blokidagi “5 — 10” raqamlari “4 — 9” raqamlari bilan almashtirilsin;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari xodimlarining umumiy ChEKLANGAN SONI
Toifalar boʻyicha hududlar nomi
Xodimlarning cheklangan soni (birlikda)
I toifadagi hududlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
54
Andijon viloyati
54
Qashqadaryo viloyati
54
Samarqand viloyati
54
Toshkent viloyati
54
Fargʻona viloyati
54
II toifadagi hududlar
Buxoro viloyati
46
Navoiy viloyati
46
Namangan viloyati
46
Surxondaryo viloyati
46
Xorazm viloyati
46
III toifadagi hududlar
Jizzax viloyati
40
Sirdaryo viloyati
40
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son)